Авторы

  • Shaxboz Toshtemirov
    Sho’rchi tumani 2-son kasb-hunar maktabi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46236

Аннотация

Jahonda yuz berayotgan globallashuv hamda vertikal integratsiya jarayonlarining avj olishida transport-logistika faoliyatining ahamiyati tobora ortib bormoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

62

QISHLOQ XO‘JALIGI IQTISODIYOTIDA LOGISTIKA TIZIMINI TASHKIL QILISH

Toshtemirov Shaxboz

Sho’rchi tumani 2-son kasb-hunar maktabi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13889560

Jahonda yuz berayotgan globallashuv hamda vertikal integratsiya jarayonlarining avj

olishida transport-logistika faoliyatining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Transport sohasida zamonaviy logistika provayderlaridan foydalanish moddiy zaxiralar

hajmini 30% dan 60% gacha tejash, shuningdek, transport xizmatlaridan foydalanuvchi
sanoat korxonalarining transport xarajatlarini taxminan 25-30 foizga kamaytirilishiga
erishish imkonini beradi

1

.

Jahonda transport-logistika tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirish yuzasidan keng

qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, transport-logistika faoliyatini yanada
samarali rivojlantirish masalalariga tizimli yondashish, zamonaviy logistika provayderlarini
qo‘llash asosida yuklarni tezkor yetkazib berish, logistikaning zamonaviy usullaridan
foydalangan holda transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan
iqtisodiy yondashuvlarni shakllantirish hamda transport-logistika tizimi faoliyati
samaradorligini oshirish shular jumlasidan hisoblanadi

2

.

Shu boisdan, transport-logistika tizimi iqtisodiy samaradorligini baholash metodikasini

takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borishni yanada rivojlantirish asosiy ilmiy
tendensiyalardan hisoblanadi.

Transport xizmatlari sohasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy

tarmoqlaridan biri hisoblanadi.

E’tirof etish joizki, transport vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi transport

tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab
chiqilib, barcha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda 2019-yil 4-sentyabrda
xat bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. O‘z navbatida Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 14-
dekabr kuni mazkur qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga
kelishish va tasdiqlash uchun kiritgan

3

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 2-martda

4

tasdiqlangan davlat

dasturiga muvofiq Strategiya loyihasi 2030-yilgacha o‘zgartirilgan.

Tarixga nazar tashlasak, qadimdan asosiy transport vositasi tuya hisoblanib, havoning

issiq-sovug‘iga va suvsizlikka chidamli tuyaning nafaqat terisi va go‘shti iste’molda bo‘lgan,
balki undan katta miqdorda jun ham olingan. xonliklar davrida , masalan, Buxoro amirligida
birinchi jahon urushiga qadar 70000 pud tuya juni tayyorlanib, shundan 30000 pudi
Rossiyaga jo‘natilgan. Yirik shohli hayvonlar butun amirlikka tarqalgan bo‘lsa ham, ular

1

Рихсибоев Н. Транспорт-логистика тизими иқтисодий самарадорлигини баҳолаш методикасини

такомиллаштириш // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy
elektron jurnali 91

http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal

2

Рихсибоев Н. Транспорт-логистика тизими иқтисодий самарадорлигини баҳолаш методикасини

такомиллаштириш // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy
elektron jurnali 91

http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal

3

Норкулов С. Транспорт корхоналарини иқтисодий жихатдан ривожланиши ва замонавий холати // Taʼlimda

raqamli

texnologiyalarni

tadbiq

etishning

zamonaviy

tendensiyalari

va

rivojlanish

omillari.

file:///C:/Users/Admin/Downloads/96-109.pdf

4

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги Фармони. 2022-2026 йилларга

мўлжалланган Янги Ўзбекистонннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида//www.lex.uz


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

63

asosan katta miqdorda amlokdorliklarida boqishgan. Yirik shohli hayvonlar amirlikda 1,7
million boshni tashkil etgan, bundan tashqari tog‘li hududlarda katta miqdorda echki boqilib,
ularning soni 6,5 millionga yetgan.

Amlokdorliklarda ijtimoiy turmush tarzi va iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim

ahamiyatga ega bo‘lgan savdo-sotiq, uning rivojiga hissa qo‘shgan yo‘llarni qurish masalasiga
alohida e’tibor berishga harakat qilingan. Masalan, amlokdorligini o‘zaro aloqasini
bog‘laydigan yo‘llarni qurish, ta’mirlash, ko‘priklarni qurish ishlariga ma’lum e’tibor berildi.
Sho‘rchi amlokdorligining yo‘llarini ta’mirlash, davonlarni, daryo jilg‘alarini tozalash, suv
o‘pirib, yuvib ketgan daralarni tiklash masalasida Hisor-Sho‘rchi-Qumqo‘rg‘on-Jarqo‘rg‘on
manzilgohlaridagi ko‘priklarni qurish ishlari, qayta ta’mirlash X1X asrning 20-30 yillarida
mukammal amalga oshirildi. Biroq yo‘llarni asosiy qismida tosh yotqizilmaganligi tufayli, loy,
botqoqlik aravalarining harakatiga jiddiy to‘siq bo‘lib, karvonlar harakatini to‘xtatib,
g‘ildiraklarini tez izdan chiqishiga sabab bo‘lar edi.

Yo‘l qurilishi imkoniyat va yetarli xarajatlar bo‘lishiga qaramasdan amir va uning

bekliklarida e’tibor nihoyatda sust bo‘lib, yo‘l hamda ko‘prik qurishga oid muhandislik
imkoniyatlaridan foydalanilmas edi.

Gʻildirakli aravalar uchun yo‘llarning yo‘qligi, yuk tashuvchi hayvonlarning tuyog‘i

ta’sirida yo‘llarni tezda buzilib, o‘nqir-cho‘nqir bo‘lishi oqibatlari deyarli ta’mirlanmaslik
tufayli yo‘lning enini aniqlash qiyin bo‘lib, yo‘llar o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirib turardi.
Masalan Sho‘rchi amlokdorligining yo‘li XIX asrda doimo shu ahvolda ekanligi ko‘plab tarixiy
manbalarda qayd etilgan. Natijada yuk tashuvchi hayvonlar uchun nihoyatda qiyin bo‘lib,
og‘ir yuk tashuvchi ot va tuyalar harakati mashaqqatli edi. Biroq Sho‘rchi amlokdorligida otlar
asosiy transport vositasi bo‘lib, chidamli hamda baquvvatligi bilan ajralib turardi. XIX asrning
boshlarida Hisor, Bobotog‘ otlari alohida ajralib, bu otlar o‘zining mashhurligi bilan ajralib
turgan. Chidamli bo‘lgan bir botmon (8 pud) arpani va baquvvat egasini ko‘tarib keta olardi.

1900-yil Termiz harbiy istehkomi harbiy qismlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan

strategik yo‘llar loyihasini tayyorlashni boshladi. Sho‘rchi amlokdorligiga olib boriladigan
yo‘llarini aniqlash zarur harbiy harakatlar uchun qulay imkoniyatlarni yaratishga Rossiya
harbiy majburiyati jiddiy kirishdi. Chunki Sho‘rchi amlokdorligi daryo qirg‘oqlarida
joylashgan bo‘lib, yo‘llar nihoyatda notekis, qum-loyqa bosgan baland-pastliklardan iborat
bo‘lganligi uchun Rossiya harbiy qismlari harakatiga to‘sqinlik qilar edi.

Sho‘rchi-Denov-Hisor yo‘llari loy, chang egri-bugri yo‘llar bo‘lib, ushbu yo‘llarni

ta’mirlash, yangidan qurish, pochta, savdo xizmatini yaxshilash, ko‘priklar qurish, ta’mirlash
masalasida yetarli darajada mablag‘ bo‘lsada, ish qilinmadi. Asosan yo‘llar so‘qmoq
ko‘rinishda bo‘lib, tuya karvonlarini harakat qilishiga to‘sqinlik qilib, loygarchilik davrida ba’zi
yo‘llarda harakat 2-3 oy to‘xtab qolgan. Yuklar asosan otlar bilan tashilib, inson va yuk
tashuvchi hayvonlar uchun katta qiyinchiliklar keltirib, savdo-sotiq rivojlanishini keskin
kamaytirib yubordi. Rossiya hukumati Termizni egallab, o‘zining muhim harbiy strategik
tayanch markaziga aylantirgach, Termiz-Denov yo‘llarini loyihasini yashirincha tuzishga
kirishdi. Temir yo‘l qurish, g‘ildirakli aravalar uchun tosh yotqizilgan yo‘llarni ishga tushirish
masalasida o‘z loyihalarini yaratdi. Biroq mahalliy xalq hamda beklik ma’muriyatini Rossiyaga
nisbatan bo‘lgan yomon kayfiyati ushbu masalani amalga oshirishda ancha vaqt xalaqit berib
turdi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

64

Surxon daryosidagi ko‘priklardan tashqari viloyat yo‘l qurilishiga aloqador bo‘lgan

tashkilotlar va mablag‘ ajratadigan omillarni yildan yilga ko‘payishi, yangi mablag‘larni
ajratilishi, davlat hisobidan ko‘priklar, yo‘llar qurilishi hamda qayta ta’mirlash ishlari
transport sohasiga xizmat ko‘rsatishni takomillashib borishiga olib keldi.

References:

1.

Sharipov K., Kalonov M. O‘zbekiston pespublikasida transport xizmatlarini rivojlanish

istiqbollari hamda transport logistikasi — Iqtisodiyot va ta’lim / 2020 № 6
2.

Xidirov X. “O‘zbekistonda transport sohasi: natijalar va muammolar (XX asrda Surxon

vohasi misolida)” Tarix fanlari nomzod. diss. –Toshkent, 2008. – B. 53-71.
3.

Botirov, Z. (2024). The History of Studying the Social-Psychological Foundations of the

Development of Creative Activity in Teenage Students. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION
IN NONFORMAL EDUCATION, 4(2), 93-95.
4.

Botirov, Z. (2024). SOCIAL PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF CREATIVITY.

Educational Research in Universal Sciences, 3(4 SPECIAL), 189-192.
5.

Tursunov S., Pardayev T., Maxmadiyorova N. Surxondaryo – etnografik makon. — T.:

“Akademnashr”, 2012. – 232 b.

Библиографические ссылки

Sharipov K., Kalonov M. O‘zbekiston pespublikasida transport xizmatlarini rivojlanish istiqbollari hamda transport logistikasi — Iqtisodiyot va ta’lim / 2020 № 6

Xidirov X. “O‘zbekistonda transport sohasi: natijalar va muammolar (XX asrda Surxon vohasi misolida)” Tarix fanlari nomzod. diss. –Toshkent, 2008. – B. 53-71.

Botirov, Z. (2024). The History of Studying the Social-Psychological Foundations of the Development of Creative Activity in Teenage Students. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(2), 93-95.

Botirov, Z. (2024). SOCIAL PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF CREATIVITY. Educational Research in Universal Sciences, 3(4 SPECIAL), 189-192.

Tursunov S., Pardayev T., Maxmadiyorova N. Surxondaryo – etnografik makon. — T.: “Akademnashr”, 2012. – 232 b.