ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
20
HARAKAT NOMI O‘RAMLI MURAKKABLASHGAN SODDA GAPLARNING
SEMANTIK-SINTAKTIK PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
SEMANTIC-SYNTACTICIAN PRAGMATIC FEATURES OF COMPLEX SIMPLE
SENTENCES WITH WRAPPED ACTION NAMES
Nurillayeva Shoxsanam Anvarovna
1
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU tayanch doktoranti.
e-manzil: shnurillayeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13888792
Annotatsiya:
Ushbu maqolada harakat nomi o‘ramli murakkablashgan sodda
gaplarning semantik-sintaktik pragmatik xususiyatlari, shakl va mazmun nomuvofiqligi
yoritilgan.
Annotation:
This article explains the semantic-syntactician pragmatic features of
complex simple sentences with wrapped action nouns, and the inconsistency of form and
content.
Kalit so‘zlar:
Propozitiv subyekt, asosiy propozitsiya, ikkinchi darajali predikat,
nominalizatsiya, mazmuniy uzviylik.
Harakat nomi o‘ramli murakkablashgan sodda gaplarning semantikasi, pragmatik
xususiyatlari o‘ziga xos bo‘lib, sodda shakl orqali murakkab axborot berish, voqelikka
so‘zlovchining subyektiv munosabatini ifodalashda bunday qurilmali gaplar qo‘l keladi. Kesim
vazifasidagi so‘zning harakat ma’nosini bildiruvchi fe’l bilan ifodalanishi gapda propozitiv
subyekt qatnashishiga mone’lik qiladi. Propozitiv subyekt qo‘llanishi uchun gapdagi asosiy
predikat holat bildiruvchi fe’l bo‘lishi zarur.
Ajal hidining kutilmaganda Qoratepada paydo
bo‘lishi dastlab Yoldorni cho‘chitdi, so‘ng taajjublantirdi. (N. Norqobilov. "G‘animlar". Qissa.
"Yoshlik" jurnali, 2006-y.15-b).
Ushbu gapdagi asosiy predikat holat fe’llari (cho‘chitdi,
taajjublantirdi) bilan ifodalangan bo‘lib, ikkinchi darajali predikatsiyali harakat nomili
qurilma (
ajal hidining kutilmaganda Qoratepada paydo bo‘lishi
) bilan mazmunan zich
bog‘langan. Asosiy propozitsiya (cho‘chitdi, taajjublantirdi)ning subyekti (paydo bo‘lishi) o‘z
subyekt bo‘lagi (ajal hidi)ga ega bo‘lib, u qaratqich shaklida qo‘llangan. Propozitiv
subyektning fizik harakat uchun bajaruvchi bo‘la olmasligi mantiqiy bo‘lgani bois ushbu gapda
propozitsiyalar o‘rtasida mazmuniy uzviylik ta’minlangan. Harakat nomili o‘ramda
so‘zlovchining voqelikka salbiy munosabati ifodalangan bo‘lib, bu baho
ajal
leksemasi orqali
berilgan. Yuqoridagi gapdagi kabi holatni quyida ham ko‘rishimiz mumkin:
O‘ziga ortiq
darajada bino qo‘ygan bu odamning osmonga qarab qah-qah otishi G‘uchchi pakananing
nafsoniyatiga tegdi.(N. Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik" jurnali,2006-y.10-b).
Asosiy propozitsiyaning subyekti bo‘lgan harakat nomi o‘ramlar sintaktik ega vazifasini
bajarib, shaklan sodda gapning mazmuniy murakkablashuviga xizmat qiladi:
Keyinroq,
orqavarotdan eshitishimizcha, tovarish Yakning uylanish-uylanmasligi yoki qachon uylanishi
uning moliyaviy ahvoli (uy-joy, kelinga sep-mep deganday) yoki erkaklik mayliga emas, ulug‘
1
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU tayanch doktoranti. e-manzil:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
21
dohiyning xohish-qaroriga bog‘liq ekan. (E. A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati". Qissa.
www.ziyouz.com 7-b)
Ushbu gapda asosiy propozitsiya (bog‘liq ekan)ning subyekti (uylanish-uylanmasligi
yoki qachon uylanishi)uyushiq holda qo‘llangani semantik-sintaktik nomuvofiqlikning yanada
oshishiga sabab bo‘lgan.
Birinchi darajali predikat fizik harakatni ifodalovchi fe’ldan boshqa so‘z bilan, ya’ni holat
fe’llari yoki zamon va mayl ma’nosiga ega bo‘lgan boshqa so‘z turkumlariga oid birliklar bilan
ifodalanganda propozitiv subyekt bilan bog‘lana olishi mumkin degan xulosaga keldik:
Namuncha o‘ylanmasang, boshqalarni bilmadim-u, ammo senga avf tegishi aniq… (U. Hamdam.
Isyon va itoat.Yangi asr avlodi, 2003-y. 3-b). U yaxshi biladiki, raqibi bilan qonli to‘qnashuv yuz
bermaguncha, halovat topishi mushkul (N. Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik" jurnali,2006-
y.13-b.Bir kun emas, bir kun bu sharmandali qilmishlari uchun tarix oldida javob berishlari
muqarrar! (E. A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati".Qissa. www.ziyouz.com 6-b)
Harakat nomi o‘ramlar kuchli nominalizatsiyalashgani bois turli kelishik shakllari bilan
turlana oladi va egadan tashqari aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol sintaktik vazifalarini ham bajarib
kela oladi. Quyidagi gaplardagi harakat nomi o‘ramlar (qirqishga, qurishimizga,
qilinishimizga) jo‘nalish kelishigi bilan turlanib, vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan va
gapning mazmun munosabati tarkibiga muayyan mazmuniy uzv sifatida kirgan.
Ularga sochini
kalta qilib qirqishga ruxsatni shu bergan-da. Inqilobiy kurashlarda toblanib, hamon daqqi
qarashlar quli bo‘lib kelayotgan akasini ham shu ko‘ndirgan: keling, jigar, shu qurg‘urlar sochini
kessa kesaqolsin, bitta-yarimining uzunroq kokili oyoq-poyog‘iga o‘ralashib, yangi jamiyat
qurishimizga halal bermasin! (E.A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati".Qissa.
www.ziyouz.com 3-b).Hazilmi, chinmi, “Aftidan, bular garovga tushgan yo boshqa biror kor-hol
ro‘y bergan” degan gumon bilan jahon jamoatchiligiga ovoza qilinishimizga bir bahya qolibdi!
(E. A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati".Qissa.
-ish qo‘shimchasi bilan shakllangan harakat nomi o‘ramlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida
boshqa harakat nomi shakllariga ko‘ra kengroq qo‘llanadi. Chiqish kelishigi bilan qo‘llanib,
vositali to‘ldiruvchi, hol vazifalarini bajara oladi:
Ergash bodi so‘kina-so‘kina uzoqlasharkan,
Yoldorning yuragida o‘ziga nisbatan qasos o‘tini battar alangalatgani va bir kun kelib, bu o‘tda
o‘zi kuyib ado bo‘lishidan bexabar edi.(N. Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik" jurnali,2006-
y.7-b)
Yuqoridagi gapdagi chiqish kelishigi shaklini olgan harakat nomili tizim (kuyib ado
bo‘lishidan) sifatdosh o‘ram (battar alangalatgani) bilan uyushib kelgan va gapda vositali
to‘ldiruvchi sintaktik vazifasini bajargan. Harakat nomi o‘ramli qurilma turg‘un birikma
shaklida bo‘lib, so‘zlovchining subyektiv munosabatini ifodalagan.
Quyidagi gapda juft harakat nomili o‘ram ko‘makchi bilan qo‘llanib, vositali to‘ldiruvchi
sintaktik vazifasini bajargan.
Qishning erta kelish-kelmasligi haqida har kim o‘z bilganicha
bashorat qila boshladi. (N. Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik" jurnali,2006-y. 2-b)
Quyida ko‘makchi yordamida ifodalangan harakat nomili o‘ramning sabab holi
vazifasida kelganini ko‘rishimiz mumkin:
Bu xil qotinishlar tufayli undagi bo‘rilarga xos tabiiy
viqorga putur yetgandi (N. Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik" jurnali,2006-y.12-b)
Harakat nomi o‘ramlar ko‘makchisi bilan qo‘llanganda vositali to‘ldiruvchi va hol
sintaktik vazifalarida kela oladi. Quyida ikkita misolni ko‘rib o‘tamiz:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
22
"Zo‘r" mag‘lublikka yuz tutishi bilan, qolganlari o‘z-o‘zidan to‘zib ketadi
(N.Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik" jurnali,2006-y.14-b)
Ushbu gapdagi harakat nomili o‘ram (mag‘lublikka yuz tutishi bilan) payt holi vazifasini
bajarib, asosiy predikat (to‘zib ketadi)ga bevosita bog‘langan. Keyingi gapdagi ko‘makchili
harakat nomili o‘ram esa vositali to‘ldiruvchi sintaktik vazifasini bajargan va har ikkala
gapdagi bog‘lamalar sodda gapning mazmuniy muvofiqligi buzilishiga sabab bo‘lgan:
Belgilarini
yangilab,
hududini
ko‘zdan
kechirish
bilan
band
bo‘ladi.
(N.
Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik" jurnali,2006-y.14-b)
Qaratqich kelishigini olib, gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida kela oladi. Quyidagi
gapda harakat nomili o‘ramlar uyushiq holatda qaratqich aniqlovchi sintaktik vazifasini
bajarib, sodda gapni mazmuniy jihatdan sezilarni darajada murakkablashtirgan:
Muayyan bir
g‘oya, mafkurani targ‘ib etish, singdirishning eng soz, eng ishonchli usuli shu- sarf etilajak
sarmoyaning yuziga qaramaslik! (E. A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati".Qissa.
www.ziyouz.com 11-b).
Gapdagi to‘rt predikatdan bittasi (qaramaslik) asosiy predikat bo‘lib,
qolgan uch predikat ikkinchi darajali predikatlar: ulardan biri (sarf etilajak) sifatdosh, qolgan
ikkisi (targ‘ib etish, singdirish) harakat nomi o‘ramli bog‘lamalardir.
Tushum kelishigini olib vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelishi ko‘p uchraydi. Vositasiz
to‘ldiruvchi o‘timli fe’lgagina bog‘lana olgani bois kesim vazifasidagi fe’lning mazmuni asosiy
rol o‘ynaydi.
Shuningdek safsatalarga to‘la kitoblardan olam-jahoni yig‘ilib qolgan ekan, qaytar
chog‘imiz bularni nima qilishni bilmay, tovarish Baxtiyor ikkimizning rosa boshimiz qotdi.
(E. A'zam."Chapaklar va chalpaklar mamlakati".Qissa. www.ziyouz.com 12-b)
Qo‘rquvdan ishtonini ho‘llab, undan nari qocharkan, bo‘rilarning ko‘z qarashlari
itlarnikidan tubdan farq qilishini o‘shanda bilgan. (N. Norqobilov."G‘animlar".Qissa."Yoshlik"
jurnali,2006-y.15-b)
Harakat nomining inkor shakli -maslik qo‘shimchasi bilan shakllantirilgan harakat nomi
o‘ramli qurilmalar ham ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol sintaktik vazifalarida kela oladi.
Temur g‘orida ilgari ham bo‘lib, shoshqaloqlikning oqibati yaxshilikka olib kelmasligini
bilardim. (N. Norqobilov, Temur g‘ori. 1999-y.3-b)
Quruq qo‘l bilan g‘orni zabt etib bo‘lmasligini o‘shandayoq bilganman. (N. Norqobilov,
Temur g‘ori. 1999-y.3-b)
Harakat nomi o‘ramli gaplar subyekt sonining birdan ortiqligi, bir necha propozitsiya
ifodalashi, voqelikka subyektiv munosabat bildirishi bilan sodda gaplarni murakkablashtiradi.
References:
1.
Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1995.
2.
урмонов А. Кўмакчили конструкциялар пресуппозицияси (-дан ташқари
конструкцияси) // Танланган асарлар. 3 жилдлик. 3-жилд.Тошкент, 2012. Академнашр.
3.
Раҳимов Ў. Тагмаъно ва пресуппозия // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2005.
5-сон. – Б.29.
4.
Бойматова, Д. 2022.Мураккаблашган содда гапларда аксиологик модалликнинг
семантик-прагматик тадқиқи. Филол.фан.бўй.фалс.д-ри(PhD) дисс.aвтореф. – Жиззах,
2023.