ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
15
INTERNET TARMOG`I ORQALI TUZILADIGAN TASHQI IQTISODIY
BITIMLARNI TUZISH VA BAJARISH TARTIBI
Tursunaliyeva Gulbahor Abduqahhor qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13888773
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi kunda ommalashib borayotgan internet tarmog`i
orqali tuziladigan iqtisodiy bitimlar tushunchasi, ularni tuzish va bajarish tartiblari to`g`risida
so`z boradi. Shuningdek, elekrtron tartibda tuziladigan bitimlarda shartnoma ishtirokchisi
bo`lgan tomondan chiquvchi oferta va uni qabul qilib oluvchi tomonning askepti xususida va
shartnomaga kiritilishi kerak bo`lgan shartlar to`g`risidagi ma`lumotlar ham keltirib o`tiladi.
Annotation:
This article describes the concept of economic transactions made through
the internet network, which is becoming popular nowadays and the procedures for their
creation and execution. Also, in electronic transactions, the the information about the offer
issued by the contracting party and the acceptance of the another party and the conditions to
be included in the contract are mentioned.
Kalit so`zlar:
elektron bitim, elektron tijorat bitimi, shartnoma, oferta, aksept, elektron
hujjat.
Key words:
electronic transaction, e-commerce transaction, contract, offer, acceptance,
electronic document.
Zamonaviy axborot asrida Internet tarmog`idan foydalanish, elektron to`lov tizimlari va
elektron hujjatlar aylanishining tez ommalashuvi inson faoliyat sohasining barcha jabhalariga
kirib bormoqda. Bunday ta`sir natijasida iqtisodiy sohada ham rivojlanishlar ro`y bermoqda.
Iqtisodiy aloqalarning tezroq va samaraliroq olib borilishini ta`minlovchi, iqtisodiy
integratsiyani chuqurlashuviga yordam beruvchi yangi soha – elektron tijorat faoliyati paydo
bo`ldi. Elektron tijorat axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida amalga
oshiriluvchi xo`jalik va tijorat faoliyatiga aylandi. Bunday xo`jalik faoliyatida jismoniy shaxslar
va yuridik shaxslar o`z xohishini ifodalashi, kelishuvga erishishi, fuqarolik-huquqiy faktlarni
rasmiylashtirish harakatlari ham elektron ko`rinishda, elektron bitimlar asosida amalga
oshiriladi.
Hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatini elektron aloqa tarmoqlari vositasida, hujjatlarni
qog`ozda rasmiylashtirmasdan amalga oshirish tobora keng tarqalmoqda
1
. Bu holat o`z
o`rnida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi subyektlarga katta imkoniyatlarni yaratib
bera olyapti desak mubolag`a bo`lmaydi. Ya`ni ular o`zaro shartnoma tuzish jarayonida
vujudga kelishi mumkin bo`lgan ba`zi noqulayliklarni bartaraf etish imkoniyatini qo`lga
kiritadi. Bunda subyektlar bitim imzolash uchun muayyan vaqtni, joyni belgilash, yo`l
harajatlari va boshqa shunga o`xshash chiqimlardan ozod bo`ladi.
D.V.Ogorodov qayd etishicha, “elektron savdo pirovard natijada elektron bitimlar
yig`indisidan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, elektron biznesni huquqiy tartibga
solishning o`zagini fuqarolik huquqi umumiy va maxsus qismlarining institutlari tashkil
etadi”
2
.
1
Теdeev А.А. Электронная коммерция (электронная экономическая деятельность) правовое регулирование и
налогообложение. – М.: ПРИОР-издат, 2002. – 19–21-b.
2
Огородов Д.В. Электронное ведение бизнеса, электронные сделки правовое регулирование //http://
technolaw.ru/revtevss/docs/nl170
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
16
Bizga ma`lumki, bitim tushunchasi alohida fuqarolik-huquqiy institut sifatida e`tirof
etilib, unda ikki yoki undan ortiq tomonlarning xohish irodasi ifodalanadi hamda bitim uni
tuzayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan kelishuv hisoblanadi.
Qonunchiligimizda bitim, shartnoma to`g`risida turli normativ huquqiy hujjatlarda belgilab
qo`yilgan qoidalar mavjud. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 101-
moddasida bitim tushunchasi fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va
burchlarini belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlar deya ta`riflanadi.
Ushbu kodeksining 102-moddasiga ko`ra bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko`p
taraflama bo`lishi mumkinligi to`g`risida to`xtalib o`tilgan. Fuqarolik kodeksining 105-
moddasida bitimlarning shakllari sanab o`tilgan, ya`ni ular yozma va og`zaki shakllarda
bo`lishi ko`rsatilgani holda, berilgan moddada bitimning elektron shakli xususida so`z
bormagan. Shuningdek, 107-moddada xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar,
teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasining mazmunini
ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o`zaro ayirboshlash, agar qonun hujjatlarida yoki
taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, yozma shaklda tuzilgan
bitimga tenglashtirilishi mumkinligi aniq qoida qilib belgilab qo`yilgan.
Xalqaro tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi to`g`risidagi Vena Konvensiyasining 13-
moddasida telegraf va teletayp orqali xabar berib tuziladigan shartnomalar “yozma shakl”da
tuzilgan shartnomalarga tenglashtirilgan. Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 366-moddasi
to`rtinchi qismida yozma shartnoma telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat
shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa
aloqa yordamida hujjatlar almashish yo`li bilan tuzilishi mumkin ekanligi ko`rsatilgan. Mazkur
qoida elektron shaklda tuzilgan bitimlarning alohida tushuncha sifatida ta`riflamasa ham,
yozma shakldagi bitimlar bilan teng huquqiy maqomga egaligini bildiradi
3
.
Shuningdek, internet tarmog`i orqali tuziladigan shartnomalar xususida А. Belousov
“agar milliy qonunchilikda shartnomaning maxsus “elektron shakl”i to`g`risidagi qoidalar
mavjud bo`lmasa, bunday bitimning yuridik e`tirof etishning eng samarali usuli uni amalda
mavjud bo`lgan u yoki bu shartnoma shakli bilan tengalashtirish hisoblanadi”
4
deb ta`kidlab
o`tgan.
Elektron bitimlarni tuzish uchun fuqarolik huquqida bitimlar tuzishda qo`yiladigan
quyidagi shartlarning bo`lishi muhimdir:
a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining sub`ekti hisoblanishi;
b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki bo`lishi va bu erk ma`lum
huquqiy oqibatlar tug`dirishga qaratilgan bo`lishi;
v) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda o`zining tashqi ifodasini
topishi, ya`ni ma`lum shaklda ifodalangan bo`lishi kerak
5
.
Shuni qayd etish lozimki, bugungi kunda ommaviy kommunikatsiyalar global
tarmoqlaridan foydalanilishi bilan fuqarolik huquqining axborot va intellektual mulk
obyektlari singari elementlaridan yanada faol foydalanish imkoniyati paydo bo`ldi. Natijada
mavjud shartnomalarning yangi turlari vujudga keldi: axborotni saqlash shartnomasi, veb-
3
Интернет тармоғида фуқаролик-ҳуқуқий муносабатларни тартибга солиш муаммолари. Монография. –
Тошкент: ТДЮУ, 2020.
4
См.: Белоусов А. Электронный документ о оборот. Юридические аспекты IT- бизнеса // Crimeresearch.org.
5
Зокиров И.Б. Фуқаролик ҳуқуқи: Дарслик. I қисм. И.Б.Зокиров; Масъул муҳаррир: Ҳ.Раҳмонқулов: Қайта
ишланган ва тўлдирилган бешинчи нашр. –Т.: ТДЮИ нашриёти, 2009. 611 бет, 296-bet.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
17
sayt ijara shartnomasi, serverdagi disk makoni ijara shartnomasi, domen nomlarini olish
sotish shartnomasi va hokazo
6
.
Fuqarolik huquqidan bizga ma`lumki, shartnoma oferta va aktseptdan iborat bo`ladi.
Shartnoma, agar shartnomada o`zgacha holat nazarda tutilmagan bo`lsa, oferta yuborgan taraf
tomonidan boshqa taraf yuborgan aktsept olingan paytdan boshlab tuzilgan deb e`tirof etiladi.
Internet orqali tuziladigan shartnomalarda ham xuddi shunday qoida qo`llanilishi mumkin.
Bunda oferta o`zida elektron hujjatni ifodalaydi, uning vositasida elektron tijorat ishtirokchisi
bitta shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga va shaxslarning nomuayyan doirasiga shartnoma
tuzishni taklif etadi va ularning shartnoma shartlari mavjud bo`lgan, shu jumladan ushbu
qoidalarga muvofiq, majburiy shartnoma shartlari mavjud bo`lgan matndan foydalanish
lozimligini ko`rsatadi. Shartnomalar elektron tarzda tuzilgan taqdirda, shartnoma
ishtirokchisidan chiquvchi ofertada shartnomaga kiritilishi kerak bo`lgan barcha shartlar
yoxud bunday shartlar mavjud bo`lgan elektron hujjatlar yoki elektron xabarlarga havolalar
ko`rsatilgan bo`lishi kerak.
Oferta unda ko`rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir. Elektron tijorat ishtirokchisi
tomonidan olingan oferta, agar ofertaning o`zida o`zgacha holat qayd etilmagan yoxud
taklifning mohiyatidan yoki taklif bildirilgan vaziyatdan kelib chiqmasa, uning aktsepti uchun
belgilangan muddat mobaynida chaqirib olinishi mumkin emas.
Ofertani chaqirib olish uni oluvchiga chaqirib olish sabablari ko`rsatilishi kerak bo`lgan
elektron hujjat yoki elektron xabar shaklida chaqirib olish to`g`risida bildirishnoma yuborish
orqali amalga oshiriladi.
Shartnoma: uning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi elektron
hujjat tarzida;
-
matnida elektron tijorat ishtirokchisining roziligi bildirilgan matn bo`lgan elektron
xabar tarzida;
-
ofertada ko`rsatilgan shartlarni bajarish bo`yicha harakatlarni sodir etish orqali
aktseptni amalga oshirish yo`li bilan tuzilishi mumkin.
Аksept o`zida elektron hujjatni yoki elektron xabarni, shuningdek ofertadagi mavjud
shartlarni bajarish bo`yicha harakatlarni ifodalaydi, uning orqali shaxs ofertada taklif etilgan
shartlarda shartnoma tuzishga to`liq va so`zsiz rozilikni ifodalaydi.
Аktseptda oferent tomonidan taklif etilgan shartnomaning barcha shartlari
o`zgartirilmasligi kerak. Oferentga shartnomaning o`zgartirilgan shartlari bilan javob
yuborilgan taqdirda, bunday javob aksept hisoblanmaydi va yangi oferta hisoblanadi.
Oferta yoki aktsept, agar taraflarning ahdlashuvida o`zgacha hol nazarda tutilmagan
bo`lsa, axborot tizimi tomonidan avtomatik aniqlanadigan oluvchi tomonidan uning
olinganligi to`g`risida bildirishnoma jo`natilgan paytdan boshlab olingan deb hisoblanadi.
Xulosa o`rnida aytib o`tish mumkinki, dunyo mamlakatlarining elektron tijorat
faoliyatini tartibga solish sohasidagi amaliyotini tahlil qilish davomida, elektron tijoratni
tartibga solishning bir necha ko‘rinishlarini mavjud ekanligini bilib olamiz. Ular fuqarolik
qonunchiligining umumiy qoidalari va axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
asosida, bundan tashqari, elektron tijorat (savdo) to‘g‘risidagi qonunlar bilan amalga
6
Интернет тармоғида фуқаролик-ҳуқуқий муносабатларни тартибга солиш муаммолари. Монография. –
Тошкент: ТДЮУ, 2020.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
18
oshiriladi. Elektron tijorat bitimlar tuzish uni amalga oshirish xususidagi qoidalar jamiyatdagi
keng ijtimoiy munosabatlar doirasini qamrab olishini ham alohida ta`kidlab o`tish joiz.
References:
1.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi – 2021 y.
2.
Гречков В.Ю. Внешнеэкономическая деятельность / В.Ю. Гречков, Ю.М.
Ростовский. - 3-е изд. перераб. и доп. - М.: Магистр, 2010. - 591 с.
3.
О договорах международной купли-продажи товаров [Электронный ресурс]:
конвенция Организаций Объединенных Наций от 11 апреля 1980 г. // СПС
КонсультантПлюс. - Электрон. текстовые дан. – Режим доступа: компьютер. локал. сеть
каб. 414 Ин-та культуры и искусств Тамб. гос. ун-та им. Г.Р. Державина. - Загл. с титул.
экрана.
4.
Орлова Е.В. Внешнеэкономическая сделка: правовые и налоговые риски
несоблюдения письменной формы / Е.В. Орлова // Рос. импортер. – 2011. - № 10. – С. 11-
23.