ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
136
SUD TIZIMIDA GENDER TENGLIK
Mahkamov Abdiqayum Mahkamovich
Qarshi davlat universiteti erkin izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13884387
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sud tizimida gender tenglik masalalari tahlil qilinadi. Sud
tizimida erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglikni ta'minlash nafaqat inson huquqlari himoyasi,
balki adolatli va teng huquqli jamiyatni barpo etishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot
davomida gender tenglikka erishish uchun mavjud muammolar, to'siqlar va imkoniyatlar
hamda xalqaro va milliy me'yoriy hujjatlar ko'rib chiqiladi. Sud tizimida gender tenglikka
erishish borasidagi tajribalar tahlil qilinib, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va ular
ta'siri muhokama qilinadi. Gender tenglikni ta'minlash sud tizimining adolatli faoliyat
ko'rsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratadi.
Kalit so'zlar:
Gender tenglik, sud tizimi, inson huquqlari, adolat, islohotlar, to'siqlar,
ayollar huquqlari, xalqaro hujjatlar, milliy qonunchilik, teng huquqlar.
Gender tenglik, ya’ni erkaklar va xotin-qizlar tengligi - insonning asosiy huquqlaridan
biri hisoblanadi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu omil eng yuqori darajadagi
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotning ham negizidir.
Mutaxassislarning fikricha, faqat erkaklardan iborat jamoaga nisbatan 50/50 foiz erkak
va ayollardan iborat mehnat jamoalari, ayniqsa, agar ular aqliy mehnat bilan band bo‘lsa, bir
necha barobar yuqori natija ko‘rsatar ekan.
Qolaversa, gender tenglik – bu mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini
ko‘rsatuvchi indikatordir. Gender tenglik – bu nafaqat insonning asosiy huquqlarining ifodasi,
balki tinchlik, farovonlik va barqaror rivojlanishga erishishning zarur asosi hamdir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta’minlash,
xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish, ayollarni turli mas’uliyatli lavozimlarga
tayinlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada, xotin-qizlar deputat, senator, hokim, elchi,
prokuror, sudya, soliqchi kabi faxrli lavozimlarda mehnat qilmoqdalar.
Tarixga nazar tashlasak XIX asrda Yevropa qit’asining bir qator mamlakatlarida qabul
qilingan konstitutsiyalarda tenglik tamoyili e’lon qilingan bo‘lsa-da, ularda xotin-qizlarning
ta’lim olish va yuridik kasbni egallash kabi asosiy huquqlari na¬zarda tutilmagan edi. Ushbu
tarixiy shart-sharoitlar natijasi¬da Yevropa mamlakatlarining aksariyat sud tizimlarida ayol-
sudyalar XX asrga kelib¬gina paydo bo‘lishdi.
O‘zbekistonda ham sud-huquq sohasida huquqshunos ayollar alohida o‘rin tutgani bilan
bog‘liq voqelik XX asrning ikkinchi choragidan ko‘zga tashlanadi va ushbu asrning o‘rtalariga
kelib hatto sud tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yurita boshlashdi. Xususan, uzoq
yillar mobaynida O‘zbekiston SSR Oliy sudi raisi bo‘lgan, Markaziy Osiyoda jinoyat huquqi fani
asoschisi, yurisprudensiya bo‘yicha ilmiy maqom olgan birinchi o‘zbek ayoli - akademik
Xadicha Sulaymonova, O‘zbekiston SSR Adliya vaziri bo‘lgan huquqshunos olima, professor
Mamlakat Vosiqova, O‘zbekiston SSR Oliy sudi raisi bo‘lgan professor Halima Muxitdinova va
boshqa huquqshunos ayollar O‘zbekistonda huquqshunoslik nufuzini oshirishga katta xissa
qo‘shgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng xotin-qizlarni jamiyatning
barcha jabhalarida ishtirokini kengaytirish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Ushbu holat
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
137
mamlakatning Asosiy Qonunidagi bir qator normalarda mustahkamlab qo‘yildi. 1992 yil 8
dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 18-moddasida
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi,
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar,
qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy
adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart» ekanligi, 46-moddasida esa «Xotin-qizlar va erkaklar
teng huquqlidirlar» deb bayon etilgan[1].
O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi 87-I-
sonli «O‘zbekiston Respublikasining 1979 yil 18 dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Xotin-
qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilishi
haqida»gi qaroriga asosan a’zo bo‘lgan[2]. Mazkur hujjatning 15-moddasiga ko‘ra
«Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarga erkaklar bilan bir xil fuqarolik huquqlarini va ularni
amalga oshirishning bir xil imkoniyatlarini beradilar, jumladan, ular mulkni boshqarish va
shartnomalarni tuzish vaqtida xotin-qizlarning teng huquqlarini, shuningdek, tribunal va sud
muhokamasining barcha bosqichlarida ularga nisbatan teng munosabatni ta’minlaydilar» deb
bayon etilgan[3].
Biroq O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki o‘n yilligi davrida ayol-sudyalarning soni
ancha past darajada saqlanib qolaverdi. Buning asosiy sabablaridan biri aholi orasida sudyalik
kasbiga “erkaklar kasbi” sifatida noto‘g‘ri qarashning shakllanganligida edi. Sudyalik
lavozimiga tanlash erkaklar tomonidan amalga oshirilgan va ular nomzodlarni baholash
jarayonida sudyalik “erkaklar kasbi” degan noto‘g‘ri fikrdan kelib chiqib, erkak nomzodlarni
tashlashni afzal ko‘rganlar. Buning natijasida “erkaklar erkaklarni tanlaydigan” yopiq doira
hosil bo‘lgan. Vaziyatni o‘zgartirish uchun sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash
tartibining shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni
talab etar edi.
O‘zbekiston Respublikasida faol gender siyosati doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy-
siyosiy mavqeini mustahkamlash bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilda BMT Bosh
Assambleyasining 75-yubiley sessiyasida mamlakatimiz uchun gender tenglik siyosati ustuvor
masalaga aylangani, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni tobora kuchayib
borayotganini ta’kidlab o‘tgan edi. Odil sudlovni amalga oshirish sohasi ham bundan istisno
emas.
Shuningdek, sudyalik kasbini xotin-qizlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadi¬da
ijtimoiy xizmatlar to‘plamini (tibbiy xizmatlar uchun haqni ish beruvchi hisobidan to‘lash,
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablarga yoki yozgi oromgohlarga bolalarni
joylashtirishda imtiyozlar berish) taqdim etishni, maktabgacha yoshdagi bolalari bor ayol-
sudyalar uchun ustamalar (ustamalarning miqdori bolalarining yoshi va soniga bog‘liq
bo‘ladi) to‘lash tartiblari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Buning natijasida, O‘zbekiston sud hokimiyati tizimida ham ayol-sudyalar va xodimlar
soni oshib bormoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek: “Hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi
emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart. Afsuski, biz uzoq vaqt bu
masalaga yetarlicha e’tibor bermasdan, hurmatli opa-singillarimizning dardu tashvishlariga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
138
beparvo qarab kelganimiz tufayli yillar davomida to‘planib qolgan ijtimoiy muammolarni hal
qilish bugun, ochig‘ini aytish kerak, oson bo‘lmayapti. Buni aholi bilan joylarda o‘tkazilayotgan
ochiq
muloqotlar
chog‘ida
xotin-qizlarni
o‘ylantirayotgan
qator
muammolar
aniqlanayotganida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu kabi muammolarni hal etish, opa-
singillarimiz uchun munosib ish va turmush sharoitlarini yaratib berish bor kuch va
imkoniyatlarimizni to‘la safarbar etishni taqozo qiladi. Agar ayol, ona baxtli bo‘lsa, oila baxtli
bo‘ladi, oila baxtli bo‘lsa, butun jamiyat, davlat mustahkam va barqaror bo‘ladi”[4].
Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining umumiy soni 96 nafarni
tashkil etib, ularning 32 nafarini (33 foiz) ayollar, 64 nafar (67 foiz)ini erkaklar tashkil etgan.
Viloyatlar kesimida xotin-qiz sudyalarning ulushi quyidagicha edi: Sirdaryo viloyatida 67%,
Qashqadaryo viloyatida 67%, Toshkent shahrida 58%, Andijon viloyatida 50%, Namangan
viloyatida 43%, Toshkent viloyatida 38%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 33%, Navoiy
viloyatida 33%, Samarqand viloyatida 25%, Surxondaryo viloyatida 17%, Xorazm viloyatida
17%, Buxoro viloyatida 17%, Jizzax viloyatida 17%, Farg‘ona viloyatida 14%ni tashkil
etgan[5].
Ayol-sudyalarning aksariyati 40 yoshdan katta va sudya sifatida 5 yildan ko‘p ish stajiga
ega edi. 32 nafar ayol-sudyadan 11 nafari 5 yil muddatga, 16 nafari 10 yil muddatga, 5 nafari
muddatsiz davrga tayinlangan. Viloyat sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha hay’atlarida
faoliyat yuritgan xotin-qiz sudyalarning 28 nafari o‘zbek, 1 nafari qoraqalpoq, 1 nafari tatar va
yana 1 nafarini boshqa millat vakillari tashkil etgan.
Bugungi kunda gender tenglikni ta’minlash butun dunyoda kuzatilayotgan tendensiyalar
xalqaro sudlar tizimidagi ham o‘z aksini topib, BMT Bosh assambleyasining 2021 yil 28
apreldagi 75/274-sonli rezolyusiyasi bilan “10 mart – Xalqaro ayol sudyalar kuni” deb
belgilandi[6]. Jumladan, 2021 yil 28 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” tasdiqlangan
bo‘lib, unga ko‘ra 2030 yilga qadar sudyalar orasida xotin-qizlar ulushini 30 foizga ko‘tarish
belgilangan[7]. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi
Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ham “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,
ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash” alohida maqsad qilib belgilangan.
References:
1.
Конституция Республики Узбекистан. –Ташкент: Узбекистан, 1992. С.37-38..
2.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1995 йил 6 майдаги 87-I-сонли
«Ўзбекистон Республикасининг 1979 йил 18 декабрда Нью-Йоркда қабул қилинган
Хотин-қизларни камситишнинг барча шаклларига барҳам бериш тўғрисидаги
Конвенцияга
қўшилиши
ҳақида»ги
Электрон
манба:
https://lex.uz/docs/2685526
3.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1995 йил 6 майдаги 87-I-сонли
«Ўзбекистон Республикасининг 1979 йил 18 декабрда Нью-Йоркда қабул қилинган
Хотин-қизларни камситишнинг барча шаклларига барҳам бериш тўғрисидаги
Конвенцияга
қўшилиши
ҳақида»ги
Электрон
манба:
https://lex.uz/docs/2685526
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
139
4.
Аёллари қадр топган юрт // «Адолат» газетаси, 2019 йил №26
5.
Ўзбекистон Республикаси судьялар ҳамжамияти гендер таркиби.-Тошкент: Baktria
press,2021.- Б.12.
6.
Суд соҳасида гендер тенглик ва ҳуқуқ устуворлигини таъминлашда аёл
судьяларнинг роли // «Куч адолатда» газетаси, 2023 йил, 24 март.
7.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг 2021 йил 28 майдаги «
йилга қадар Ўзбекистон Республикасида гендер тенгликка эришиш стратегиясини
тасдиқлаш ҳақида
»ги қарори. Электрон маба: https://lex.uz/docs/5466673