Авторы

  • Dinora Mamatqulova
    Erkin izlanuvchi Qarshi davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46255

Ключевые слова:

maktabgacha ta’lim o‘yin faoliyati mahdudlikni bartaraf etish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy rivojlanish kognitiv rivojlanish ijodiy qobiliyatlar pedagogik yondashuv individual yondashuv.

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda o‘yin faoliyati orqali mahdudlikni bartaraf etishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘yin faoliyatining bolalar rivojlanishidagi ahamiyati, ijtimoiy, emotsional va kognitiv mahdudliklarni yengishdagi ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘yinlar orqali bolalarning ijodiy qobiliyatlari va jamiyatdagi munosabatlarni shakllantirish yo‘llari hamda o‘yin faoliyatini tashkil qilishning pedagogik yondashuvlari muhokama qilingan. Maqolada maktabgacha ta’limda individual yondashuv va har bir bolaning rivojlanish ehtiyojlarini inobatga olish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

133

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA O‘YIN

FAOLIYATI ORQALI MAHDUDLIKNI BARTARAF ETISHNING O‘ZIGA XOSLIGI

Mamatqulova Dinora Yunus qizi

Erkin izlanuvchi

Qarshi davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13884381

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda

o‘yin faoliyati orqali mahdudlikni bartaraf etishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
Tadqiqotda o‘yin faoliyatining bolalar rivojlanishidagi ahamiyati, ijtimoiy, emotsional va
kognitiv mahdudliklarni yengishdagi ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘yinlar orqali
bolalarning ijodiy qobiliyatlari va jamiyatdagi munosabatlarni shakllantirish yo‘llari hamda
o‘yin faoliyatini tashkil qilishning pedagogik yondashuvlari muhokama qilingan. Maqolada
maktabgacha ta’limda individual yondashuv va har bir bolaning rivojlanish ehtiyojlarini
inobatga olish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim, o‘yin faoliyati, mahdudlikni bartaraf etish,

tarbiyalanuvchilar, ijtimoiy rivojlanish, kognitiv rivojlanish, ijodiy qobiliyatlar, pedagogik
yondashuv, individual yondashuv.


Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining Odamovi ligi va tortinchoqligi

muammosi haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, mazkur maqolada bolalarda dadillik va
kommmunikativlik qobiliyatlarini shakllantirishni turli o‘yin faoliyati orqali bartaraf etish
yo‘llari haqida tahlillar amalga oshirilgan. Metodik tavsiyalar maktabgacha yoshdagi bolalar
bilan Mahdudlik, o‘ziga ishonmaslikni yengishga qaratilgan, kommunikativ qobiliyatlarni
rivojlantirish va atrofdagilarga ishonch bildiruvchi munosabatni shakllantirishga yordam
beruvchi yakka tartibdagi mashg‘ulotlar o‘tkazish tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

Odamlarga aralashmaydigan bolalar bilan ish dastlab bolada muloqot qilish istagini

shakllantirish va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim [1, 65-
b.].

Odamovi likni yengish bo‘yicha ish yetarlicha murakkab va uzoq muddatli davom

etadigan ishdir. Bolaning bolalarga aralashmasligi bir kunda yo‘q bo‘lmaydi, shuning uchun
sabrli bo‘lib uzoq muddatli ishga tayyorgarlik ko‘rish kerak, u bola bilan muloqot davomida
muntazam amalga oshirilishi lozim. Odamovi bola bilan ishlashda unda muloqot qilish
istagini shakllantirish hamda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish lozim. Buni inobatga
olgan holda uyatchanlik va mahdudlikni korreksiya qilishga qaratilgan mashqlar tanlanadi.
Kuzatuvlar bunday bolalarga shuningdek o‘zgalardan qo‘rqish, yangi vaziyatda bezovtalik va
siqiqlik xos bo‘lishi haqida guvohlik beradi. Odatda bunday bolalar onasiga juda bog‘lanib
qolgan bo‘ladi. Odamovi bola bilan muloqot qilganda uning passiv muloqot doirasini har doim
kengaytirib borish kerak, masalan, bola ishtirokida notanish yoki kam tanish bo‘lgan odam
bilan so‘zlashish. Bunda bola o‘zini xotirjam va xavfsiz his qiladigan sharoitni ta’minlash
kerak, masalan, so‘zlashuv davomida uni qo‘lidan ushlab turish yoki boshini silab turish
kerak. Bolani boshqa odamlar doirasiga kirititish orqali unda muloqotga nisaban xotirjam va
adekvat munosabatni asta-asta shakllantirib, muloqot ko‘nikmalari rivojlantirilib, nutqini
takomillashtirib boriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

134

Bola bilan ishonchga asoslangan munosabatga intilayotgan bo‘lsangiz, yumshoq va

muloyim harakat qiling. Bolalar bayramlarida ishtirok etganingizda bolangizning har qanday
chiqishlarga qiziqtiring, rag‘batlantiring. Bu karaokeda ashula aytish, raksga tushish,
hammani oldida she’r o‘qib berish bo‘lishi mumkin. Bolani Odamovi lik holatidan chiqarish
uchun shovqinli o‘yinlar tashkil qiling, unda bola g‘olib chiqishiga imkon bering [4, 2-b.].

Agar bola xulq-atvoridagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida e’tibor bermasa, unda o‘ziga

ishonmaydigan inson bo‘lib ulg‘ayadi. Bolangiz odamovi bo‘lmasligi uchun, uyingizga tez-tez
mehmon chaqiring. U har xil odamlar jamoasiga o‘rganishi kerak. Uydagi o‘yinlar, katta va
kichiklar bilan muloqot, unda asta-sekin muloqotga ehtiyojni shakllantiradi, siz esa uning
yonida bo‘lib, jamoada o‘zini to‘g‘ri, tabiiy tutishga o‘rgatib borasiz [3, 97-b.].

Bolada Odamovi likni aniqlash uchun tashhislash usullarga quyidagilar kirishi mumkin:

bolaning ko‘ziga qarashga, uni “hayol surish” holatidan chiqarish maqsadida “turtish” yoki
“siltash” kabi kuchli ta’sirlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Dastlab bola bilan muloqotda tazyiq,
qistovlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi [5].

Muloqotda salbiy tajribaga ega bo‘lgan bola, uni yana uning uchun noxush vaziyatga

tortishayapti degan hayolga bormasligi kerak. Bolani suhbatda ishtirok etishga
majburlashning xojati yo‘q, Odamovi lik to‘sig‘ini darhol bartaraf qilib bo‘lmaydi. Shunday
sharoitlarni yaratish kerakki, bola o‘zini xotirjam, qulay, xavfsiz his qilishi kerak. Masalan,
so‘zlashganda qo‘lidan ushlab turish, boshini silab turish yoki uni tizzaga o‘tkazib olish kerak.
Bola nima qilayotganini kuzatib, u bilan xuddi shu ish bilan shug‘ullanish kerak, boshqa
o‘yinlarni taklif qilmaslik kerak.

Affektiv aloqani o‘rnatishda u butun korreksiya ishining birdan-bir maqsadi emasligini

hisobga olish zarur. Uning vazifasi nafaqat bola e’tiborini o‘ziga qaratish bo‘lmasdan, balki
birgalikda atrofdagi olamni o‘zlashtirish uchun affektiv o‘zaro ta’sirni o‘rnatishdan iborat.
Shuning uchun bola bilan aloqani o‘rnatib borish davomida uning affektiv diqat-e’tibori sekin-
asta muhit bilan birgalikdagi aloqa jarayoni va natijasiga yo‘nalib boradi. Bolani muloqot
jarayoniga jalb qilish davomida unda atrofdagilarga nisbatan xotirjam va adekvat munosabat
shakllanadi. Bolaga yaqin inson muloqot qilishini kuzatgan bola ijtimoiy o‘zaro ta’sir
meyorlari va qoidalarini o‘zlashtirib boradi, unda samarali muloqot ko‘nikmalari haqida
tasavvurlar shakllanadi, nutqi takomillashadi. Bolaga hech narsani zo‘rlab o‘tkazish, berish
kerak emas, bolaga moslashish kerak. Tengdoshlar bilan munosabatlarni quyidagi usulda
qurish kerak: uning xulq-atvorini boshqalarnikidan farqlanishiga ko‘ra ajratish. Topshiriqni
majburlab bermaslik, lekin uni rad etmaslik. Tendoshlar jamoasiga tegishliligini his qildirish
kerak. Bunday bolalarga qiziqarli sohani topib, va ushbu mavzuni muhokama qilish, suhbat
qurish orqali muloqotni yo‘lga qo‘yish. Odamovi bolalar bilan guruhda ishlash usuli – istalgan
natijaga erishishning eng yaxshi usulidir. U boshqa odamlar bilan aloqa qilish, nisbatan xavfsiz
sharoitda boshqalar oldida o‘zini ko‘rsatish va oqibatda ijobiy tajribaga ega bo‘lish, o‘ziga o‘zi
beradigan bahoni korreksiya qilish imkoni bilan bog‘liq turli vaziyatlarni modellashtirish
imkonini beradi [2, s. 129].

Afsuski, mahdud bolalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Va bu hol bu haqda so‘z yuritish,

uning ustida ishlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamovi bolalarning o‘ziga xos
xususiyatlariga yo‘nalgan va guruhda o‘tkaziladigan o‘yinlar va mashqlar bunday bolalarga
jiddiy yordam berishi mumkin. O‘yinda turli “niqoblardan” foydalanish mumkin – bular
hayvon, o‘simlik yoki jonsiz tabiat obrazlarini aks ettirgan “niqoblar” bo‘lishi mumkin. Bolalar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

135

badanlari bilan aloqa qiladigan o‘yinlar Odamovi bolalar uchun ayniqsa oydali. Odamovi va
aloqa qilolmaydigandek tuyuladigan bolalar guruhida sukunat muzini sindiri uchun ularga
bo‘shashish va arslonlardek irrilash, paravozchalardek pishillash imkonini berish. Odamovi
bolalar o‘zini bo‘sh qo‘yishni o‘rganishlari juda zarur [3, s. 17].

Shuning uchun har bir mashg‘ulotga maxsus relaksatsion mashqlarni kiritish yaxshi

natija beradi. Bunday mashqlar ta’siri juda ortadi, agar matnga maxsus tanlangan musiqa jo‘r
bo‘lsa, relaksatsiyani o‘tkazish sifati ahamiyatli darajada yuqori bo‘ladi. Bolaga topshiriq
berganda, uning harakatlari muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonganlikni namoyish qilish kerak,
lekin bunga urg‘u berish kerak emas. Bola o‘zining harakatlariga kuchli qiziqishni payqasa,
yanada ko‘proq uyaladi. Agar kattalar bunga o‘z o‘zidan ma’lum narsaga qaraganday
munosabatda bo‘lsalar, bola xotirjam bo‘ladi. Odamovi bolalarni ishontirish oson
(vnushayemiye): ular kattalarning o‘zlariga bo‘lgan munosabatini, uning emotsional holatini
yaxshi his qiladilar. Shuning uchun kattalarning xotirjamligi, o‘ziga ishonganligi – eng yaxshi
dori. Bola erishgan natija uchun uni albatta maqtash zarur. Odamovi likning oldini olish uchun
bola tarbiyasida muayyan tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur [4,s. 99].

Shunday qilib, bolaning muloqot qobiliyatini va boshqa odamlar bilan birgalikda harakat

qilish qobiliyatini maqsadli shakllantirish shartlari mavjud. Bolani tarbiyalashda katta
mas’uliyat uni tarbiyalovchi kattalar zimmasida bo‘lishi kerak, chunki ularning shaxsi
bolaning shaxsini rivojlantirishda kuchli omil hisoblanadi (tarbiyalovchi kattalarning vazifasi
– madaniyatga, avlodlar ijtimoiy tajribasiga erishtirishdan iborat), ularning roli — o‘zini tutish
modellarini, ijtimoiy meyorlar, qadriyatlarni namoyish qilishdan iborat. Bolaning sog‘lom
ruhiy rivojlanishining dastlabki shartlaridan biri – u emotsional jihatdan iliq va barqaror
muhitda o‘sib ulg‘ayishidan iborat. Bolaning boshqa odamlar bilan yaxshi muloqot qilishi
qobiliyati quyidagi uch komponentdan iborat: muloqot qilish istagi, qanday muloqot qilini
bilish va muloqot ko‘nikmasi. Odamovi bola muloqot qilishni istamaydi va uni qanday amalga
oshirishni bilmaydi. Odamovi lik o‘zining manbalariga ega. U bola xulq-atvorida deyarli erta
paydo bo‘ladi, va odatda bola hayotida arzimagan o‘zgarishlarga javoban bezovtalik,
emotsional yengillik, yig‘loqilik, kayfiyatining pastligi, ishtahaning buzilishi, uyqining buzilishi
yuzaga keladi [5, s. 49].

Xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘yin harakatlarida bolani nimalar qoniqtirishini aniqlash

zarur, boshqacha qilib aytganda, bola autostimulyatsiyani qanday, qaysi vositalar yordamida
amalga oshirishini kuzatib, so‘ng ushbu harakatlarni bola uchun takrorlash kerak.

References:

1.

Мухина В.С. Возрастная психология/ Учебник для студентов высших учебных

заведений. / В.С. Мухина – М.: Издательский центр «Академия». – 2011. – 223 с.
2.

Панфилова М.А. Игротерапия общения: Тесты и коррекционные игры. - М., 2000.

3.

Смирнова Е.О. Детская психология.–М.: Изд–во РОУ, 2003. – 368с.

4.

Смирнова Е.О., Холмогорова В. М. Межличностные отношения дошкольников:

диагностика, проблемы, коррекция. -М.: Гуманитар. изд. центр ВЛАДОС, ил. —
(Психология для всех). — 158с.
5.

URL: http //www.fport.ru [Электрон таълим ресурси].

Библиографические ссылки

Мухина В.С. Возрастная психология/ Учебник для студентов высших учебных заведений. / В.С. Мухина – М.: Издательский центр «Академия». – 2011. – 223 с.

Панфилова М.А. Игротерапия общения: Тесты и коррекционные игры. - М., 2000.

Смирнова Е.О. Детская психология.–М.: Изд–во РОУ, 2003. – 368с.

Смирнова Е.О., Холмогорова В. М. Межличностные отношения дошкольников: диагностика, проблемы, коррекция. -М.: Гуманитар. изд. центр ВЛАДОС, ил. — (Психология для всех). — 158с.

URL: http //www.fport.ru [Электрон таълим ресурси].