Авторы

  • Tursunboy Dadajonov
    Unversitiy of Business and Science o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46256

Ключевые слова:

«Tarixi Turkiston» Farg‘ona Qo‘qon Xuroson Xorazm Movaraunnahr Somoniylar Qoraxoniylar Xorazmshohlar O‘ratepa Mirzaboshi Sarkor Miroxurboshi Yuzboshi Bekovulboshi Dahboshi otaliq beklarbegi biy devonbegi xazinachi inoq eshikog‘asi parvonachi dodxoh dasturxonchi sarkor sharbatdor oftobachi qorovulbegi tunqator qushbegi kitobdor risolachi bakovul mirzoboshi sarmunshi mehtari zakotxona miroxo‘r shig‘ovul va past darajali mansablarga: salomog‘asi mirzo fayzi munshi surnaychi karnaychi dafchi chopquchi jarchi (boshi) shotir zinbardor jilovdorlar.

Аннотация

Ilmiy maqolada o‘rganilayotgan mavzu Qo‘qon xonligi davlatchiligi tizimining ijtimoiy – siyosiy qatlamlari tarixi bo‘lsa – da, voqealarning tadrijiy rivojini qamrab olish va aks ettirish maqsadida Qo‘qon xonligining tashkil topishi masalalariga qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

124

QO’QON XONLIKDAGI SAROY UNVON VA MANSABLARI

Dadajonov Tursunboy Abdusamatovich

Unversitiy of Business and Science o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13884371

Annotatsiya:

Ilmiy maqolada o‘rganilayotgan mavzu Qo‘qon xonligi davlatchiligi

tizimining ijtimoiy – siyosiy qatlamlari tarixi bo‘lsa – da, voqealarning tadrijiy rivojini qamrab
olish va aks ettirish maqsadida Qo‘qon xonligining tashkil topishi masalalariga qisqacha
to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.

Kalit so’zlar:

«Tarixi Turkiston», Farg‘ona, Qo‘qon, Xuroson, Xorazm, Movaraunnahr,

Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, O‘ratepa, Mirzaboshi, Sarkor, Miroxurboshi,
Yuzboshi, Bekovulboshi, Dahboshi, otaliq, beklarbegi, biy, devonbegi, xazinachi, inoq,
eshikog‘asi, parvonachi, dodxoh, dasturxonchi, sarkor, sharbatdor, oftobachi, qorovulbegi,
tunqator, qushbegi , kitobdor, risolachi, bakovul, mirzoboshi, sarmunshi, mehtari zakotxona,
miroxo‘r, shig‘ovul va past darajali mansablarga: salomog‘asi, mirzo, fayzi, munshi, surnaychi,
karnaychi, dafchi, chopquchi, jarchi (boshi), shotir, zinbardor, jilovdorlar.


XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Buxoro xonligining siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz

bergan chuqur tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi, 1709 yilda
Chodak xo‘ja[1]larining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi uchun shart-
sharoit hozirlab berdi.

Mirzo Olim Mahdum hojining «Tarixi Turkiston» asarida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra

ming urug‘ining boshlig‘i Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad[2] (taxminan 1669-1670 yillarda
tug‘ilgan) xo‘jalar jamoasining qo‘lida bo‘lgan siyosiy hokimiyatni kuch bilan tortib olib,
1709/1710 yilda Farg‘ona vodiysida yangi davlatga, ya’ni Qo‘qon xonligiga asos soldi[3].

Tadqiqotchi olim Sh.Vohidov o‘z tadqiqotlarida Markaziy Osiyodagi davlatlarning

boshqaruvi masalasini tahlil qilar ekan, unda “Markaziy Osiyoda markaziy apparat
an’anaviylikka asoslangan va o‘tmishdagi idoraviylik usullarini namunasi sifatida ham
namoyon bo‘ladi. Buni biz o‘rta asr islomiy jamiyatlaridagi ayrim unsurlarning amirliklar va
xonliklarga o‘tishi bilan aloqadorligi misolida ko‘rishimiz mumkin. Qadimiy podshohliklar,
imperiyalar bilan o‘zaro madaniy muloqtda bo‘lgan arab dunyosi ta’sirida Xuroson, Xorazm,
Movaraunnahr va ularga qo‘shni hududlarda halifalikning siyosiy unsurlari mustahkam joy
topa oldi” – deyilgan[4]. Demak, tadqiqotchining fikricha Qo‘qon xonligi tashkil topgandan
so‘ng ushbu an’ana deyarli o‘zgarishsiz faqatgina moslashtirilgan (saroy unvon va mansablari,
shuningdek, ijtimoiy qatlamlar T.) holda davom ettirilgan.

Shunday ekan Farg‘ona hududlarida Shohruhbiy tomonidan xolikka asos solindi va

uning davrida, xonlik hududlari kengaytirilib, o‘z hokimiyatini mustahkamladi.
Shohruhbiyning o‘limidan so‘ng 1721 yilda uning shu vaqtgacha Namangan hokimi bo‘lib
turgan o‘g‘li Abdurahimbiy (1690 yilda tug‘ilgan) taxtga o‘tirdi. U ham xonlik hududlarini
kengaytirar ekan, 1726 yilda O‘ratepani zabt etib Qo‘qon xonligi xududlarini yanada
kengaytiradi[5].

1734-1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn Shohruxbiy

(1703 yilda tug‘ilgan)[6] esa asosiy e’tiborini mudofaa ishlariga qaratadi. Mamlakat
poytaxtida Qo‘qon, Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Haydarbek nomli darvozalar qurdirdi va
shahar atrofi devor bilan o‘rab olindi[7].


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

125

Abdulkarimbiyning vafotidan so‘ng, xonlik taxtiga uning o‘g‘li Abdurahmon o‘tirdi.

Oradan to‘qqiz oy o‘tib, Abdurahmon Marg‘ilonga hokim etib jo‘natildi va taxtni
Abdurahimbiyning ikkinchi o‘g‘li Erdonabiy (Abd ul-Qayumxon) egalladi[8]. 1753 yilda
qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qo‘lida garov sifatida ushlab turilgan Bobobek
xonlik taxtiga ko‘tarildi. Lekin bir yil o‘tmay O‘ratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda
o‘ldirildi va Erdonabiy qayta Qo‘qon taxtini egalladi[9].

Tarixdan ma’lumki, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar sulolalari yurtimizdagi

muhim musulmon siyosiy tashkilotlari sanalib, ba’zi bir farqlarga qaramay abbosiylar
xalifaligining namunsi sifatida moziyda o‘z izini qoldira oldi. Hatto g‘ayridinlardan bo‘lgan va
yurtimizni istilo qilib, o‘z tasarrufiga kiritgan mug‘ullar Chig‘atoy ulusi davrida sobitlikka ega
islomiy tuzumni o‘z idoraviy usullariga joriy etishdan o‘zga yo‘l topa olmadi[10]. Shu kabi
mulohazalarga tayanib va ko‘plab mahalliy tarixchilarning XIX asrda yozib qoldirgan tarixiy
asarlarining ma’lumotlari asosida Qo‘qon xonligidagi markaziy boshqaruvi siyosiy qatlamlari
bo‘yicha muhim ma’lumotlarni tahlil qilish mumkin.

Sulolaviy boshqaruvdagi davriy ketma-ketlikni davom ettirar ekanmiz, Erdonabiy

vafotidan so‘ng xonlikni boshqarish Sulaymonxon ibn Shodibiy ibn Shohruhbiyga o‘tdi. Uning
taxtga kelishida urug‘ oqsoqollarining ko‘magi katta bo‘ldi. Lekin, bir necha oydan so‘ng u
taxtdan tushirilib, xonlik taxtiga Abdulhamidxon ibn Abdurahmonbiy «Norbotir»[11]
Norbo‘tabiy (1770-1800) o‘tirdi. Qo‘qonshunos olim H.Bobobekovning tadqiqotlarida Qo‘qon
xonlari ichida eng yaxshi xonlardan biri bo‘lib Norbutabek hisoblanadi, deyilgan. Xususan,
uning davrida aholining faravonligi oshgan, arzonchilik bo‘lganligi tufayli mayda pul kerak
bo‘lib qoladi va “pulus”ni joriy etib, zarb qiladi. Bu Qo‘qon xonligida eng mayda chaqa pul
hisoblangan. Ma’lumki, pul yiriklashsa inflyatsiya oshganligini, devalvatsiya qilinmasdan turib
pul maydalansa, inflyatsiya pasayganini yoki yo‘qligini bildiradi. Qo‘qon xonligi tarixiga oid
qancha qo‘lyozma kitoblar bo‘lsa, deyarli hammasi Norbutabek davrini maqtashgan. Uning
davrida madrasa-yu maschitlar barpo etilgan, suv inshootlari qurilgan, qishloq ho‘jaligi,
chorva va hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Xitoy davlati Norbo‘tabekni
mustaqilligini rasman tan olgan[12].

Mirzo Olim Mahdum hojining «Tarixi Turkiston» asarida berilgan ma’lumotlarga tayanar

ekanmiz, u xonlikdagi amaldorlarni 24 darajaga bo‘ladi. Ularning ba’zilarini tahlil qilib
o‘tamiz:
1.

Amiri lashkar – xonlikda qo‘shin boshlig‘i. Mingboshi darajasidagi lavozim. Mingboshiga

juda katta huquq va imkoniyatlar berilgan va shu bilan birga davlat boshqaruvida unga juda
katta mas’uliyatlar yuklatilgan. Manbalarda Umarxon davrigacha mingboshi nomi
uchramaydi. Bu mansab Umarxon tomonidan ta’sis etilib, 1810 yilda unga Shohi Marg‘iloniy
ismli shaxs tayinlanganligi bir necha manbalardan ma’lum. Shuningdek, Umarxon davrida
Yusuf Qoshg‘ariy ushbu darajaga erishgan. Bu haqida Tarixi Turkiston asarida quyidagicha
ma’lumot keltiriladi. “Ikki yil nihoyatda osoyishta va forig‘bollik hukmronlik aylab, andin
keyin Kalli Shodiyni Xo‘jandga hokim qilib, oning o‘rniga Yusuf Qoshg‘ariyni mingboshi va
amiri lashkar qilib, maslahat aylabdurkim: «Yusuf mingboshini askar ilan dushman ustiga
yuborurmiz tokim, oning quvvati bozusi va shakati amoratini dushmanlar nazari diqqatiga
olsunlar»”[13].


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

126

Umuman olganda Buxoro amirligida mingboshi mansabi harbiy mansab sifatida

mashhur edi. Xiva xonligida esa mingboshi mahalliy boshqaruv tizimida quyi mansablar
qatoridan o‘rin olgan edi.

Tadqiqotchi olim Azamat Ziyo xonlik boshqaruvidagi ayrim mansab va unvonlarni

Markaziy Osiyodagi xonliklar bilan solishtirib, Qo‘qonda ham boshqaruv tizimi ko‘p jihatdan
Buxorodagi xolatni eslatsa-da, ammo uning ham o‘ziga xos tomonlari bo‘lganligini eslab o‘tadi.
Shuningdek, qo‘shbegi, devonbegi, otaliq, parvonachi, dodxoh kabi mansablarning mavqei bu
yerda ham baland hisoblangan holda, harbiy lavozim egalarining, ayniqsa, mingboshining roli
ba’zi zamonlarda nihoyatda yuqori bo‘lganligini ta’kidlaydi[14]. Haqiqatdan qo‘shbegi,
parvonachi lavozimidagilarga mingboshi harbiy unvoni berilganligi tarixiy manbalarda ham
eslab o‘tilgan. Yuqorida eslab o‘tganimizdek, Musulmonqul mingboshi hatto hokimiyatni
qo‘lga olib, butun xonlik ishlarini yurgizgan.
2.

Qo‘shbegi – qo‘sh, harbiy qo‘noq. Bu mansabdagi odamlar doimo xon huzurida

maslahatchi qatorida turib va yoki biror katta shaharga hokimlik qiladi. Uning faoliyati
xususida Mulla Olim Mahdum Hoji o‘z asarida quyidagicha yozadi. “Ikkinchi, qo‘shbegilik
mansabidagi odamlar doimo xon huzurida maslahatchi qatorida turub va yoki biror katta
shahar hokimi bil - istiqlol nasib qiladur”[15]. Qo‘qon xonligida qo‘shbegini mansablar
qatoriga emas balki unvonlar qatoriga qo‘shsa to‘g‘ri bo‘ladi. Bu unvon egalari harbiylar
qatoridan ham o‘rin egallagan bo‘lib, davlatning harbiy kuchlar boshqaruvida faol ishtirok
etishgan. Qo‘shbegi unvonidagi kishi harbiy harakatlar vaqtida qo‘shin boshlig‘i vazifasini
bajargan. Xususan, Olimxon davrida Rajab qo‘shbegi obro‘li kishlilardan bo‘lib, Toshkent
hokimi Yunusxo‘jani mag‘lub etishda o‘zini ko‘rsatadi. Buning uchun “... qilgan xizmatiga
istihson aylab, hamma ashyolarni qo‘shbegiga qaytarib berib, amir qilibdur xizmat qilgan
askarlar miyonlariga taqsim qilib berulsin deb, ... ul urushda yaxshi xizmat ko‘rsatganlarga
o‘ziga munosib mansab va yorlig‘ berilib, o‘z joylariga qaytmoqqa ijozat aylab, amir Olimxon
Rajab qo‘shbegiga sarupoyi podshohona berib, martabasini hamma umarolardin mumtoz
qilibdur”[16].

Qo‘qon xonligidan farqli ravishda Buxoro amirligida qo‘shbegi mansabi bosh vazir

hisoblanib, poytaxt uning nazorati ostida bo‘lgan. Ayniqsa, mang‘itlar hukmronligi davrida bu
mansabning mavqei yuqori bo‘lgan[17]. Xiva xonligida ham qo‘shbegi Qo‘qon xonligidagi
singari bosh vazirdan keyingi o‘rinda turgan asosiy amaldorlardan hisoblangan bo‘lsada,
ikkala xonlikda bu mansabdagi vazirlarning faoliyati bir-biridan keskin farq qilganligini
ko‘rish mumkin. Xivada qo‘shbegi moliya – soliq ishlariga mutasaddi rahbarlardan
sanalgan[18].
3.

Parvonachi - bu unvon egasi xon nomiga kelgan xat va arizalarni saroyga olib kirib,

javobini olib chiqqan. Bu unvon boshqa unvon sohiblariga ham berilgan. O‘z davrida xonlikda
Aziz parvonachi shunday lavozimda faoliyat yuritgan. Musulmonqul Qo‘qon atrofidagi
hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng Aziz parvonachiga Toshkent hokimligini taqdim etadi.
Keyinchalik xonlikda siyosiy vaziya keskinlashib Musulmonqul mingboshilikdan tushurilgach
Aziz parvonachining ko‘magida ikkinchi marortaba (1847 yil) mingboshilik mansabiga
ko‘tarilgan. Hattoki o‘z homiysi sifatida bilgan Musulmonqulni uchinchi marotaba (1848 yil)
ham mingboshilikka qaytaradi.

Shig‘ovul - saroyga tashrif buyurgan elchilar va choparlarni xon huzuriga boshlab

kiruvchi amaldor. Manbalarga ko‘ra, bu mansabdagi amaldorning vazifalari keng bo‘lgan[19].


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

127

Odatda boshqa davlatlarga yuboriladigan elchilar nomzodini ham xonga shig‘ovul tavsiya
etgan. Bu xususida Sulton Sayyidxon (1863-1865) davrida shig‘ovul mansabida bo‘lgan
muarrix Muhammad Yunus bosh vazir Aliquli amirlashkarga nufuzli martabaga ega bo‘lgan Ali
Akbar hoji naqib, Eshon qozi, Abulqosimxon eshon va Yo‘ldosh karvonboshilarni elchilikka
nomzod etib ko‘rsatganligini qayd etib o‘tadi[20]. Shuningdek, Qo‘qon tarixnavisligi
maktabida Toyib nomi bilan mashhur mullo Muhammad Yunusjon Shig‘ovul ham katta
maqomga ega bo‘lgan vakillaridan biridir. U bir qancha tarixiy asarlarning muallifi bo‘lib,
xonlik davrida Aliquli amirlashkar (1830 yil 11 may, 1865 yil)ning muovini, podsho Rossiyasi
Toshkentni bosib olgandan so‘ng Sharqiy Turkistonda Yorkand hokimi bo‘lgan, 1877 yildan
keyin Qo‘qonga qaytib, qozi lavozimida ishlagan[21]. Uning “Tuhfayi Toyib”[22] va “Tarixi
Aliquli amirlashkar”[23] asari Qo‘qon tarixnavisligining yirik asarlaridan biridir.
4.

Hudaychi – xonning yaqin yordamchisi (Tarixi Turkiston asarida “... bu zot xonga

adyutanthukmida bo‘lub, xonga mazsus beruladurgon arizaga va bo‘lak ishlariga vosita
bo‘ladur” – deyiladi). 6. Tunqator

– tun bo‘yi uyg‘oq bo‘ladigan soqchi. Xonning dam olishi va

yurishlari vaqtida qo‘riqchilik qilib, xonning yaqin kishilaridan tayinlanadigan amaldor bo‘lib,
Tarixi Turkiston asarida u quyidagicha ta’riflanadi. “... tunqotir/tunqator. Bu mansabdagi
odam xonni maxsus yotadurgon joyiga pospondek, kechasi doimo uxlamay xonni amriga
muntazir bo‘lub turadur”. 7. Noib – jamiyki sarbozlar uning ixtiyorida bo‘ladigan mansab
egasi 8. Otaliq – xon yoki xonzodaning murabbiysi, ularning homiylari. Ular tarbiyalagan
xonzoda taxtga o‘tirganidan so‘ng, otaliqlar ham yuqori mansab va unvonlarni egallagan. 9.
Dodxoh – xon oldiga fuqarolarning xohish-istak hamda maqsadlarini bayon etish huquqiga
ega mansab, saroy unvoni. 10. Mehtarboshi - xon otxonasining boshlig‘i hamda zakotchi.
Zakotxona mehtari zakot uchun aholidan eng yaxshi otlarni olardi. Miroxur vazifasi ham
shunga yaqin, lekin u faqat otxonaga va otlarga javobgar edi. 11. Sharbatdor - eng oliy va
faxriy unvonlardan. Xonga xos majlislarda va safarlarida xizmat qilardi. 12. Dasturxonchi –
xon dasturxoniga, umuman, oshxonasiga javobgar mansab, xon saroyidagi ziyofatlarni
uyushtirgan. 13. Xazinachi – davlat xazinasining hisob-kitobiga javobgar shaxs. Xazinachilar
viloyat markazlarida ham faoliyat yuritgan. 14. Mahramboshi. 15. Eshikog‘aboshi (Eshikog‘asi
yoki chehraog‘asi) – eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon mahramlari va soqchi-
mulozimlarining boshlig‘i. Notanish kishilarni xon huzuriga ijozatsiz qo‘ymaslikka javobgar
shaxs. 16. Ponsadboshi – besh yuz nafar askarlardan iborat guruh rahbari. 17. To‘qsabo –
o‘zlarining tug‘iga ega bo‘lgan harbiy guruhning boshlig‘i. 18. Devonbegi – xon devonining
boshlig‘i, Qo‘qon xonligi viloyatlaridan Toshkent va Dashti qipchoq mulkida ham devonbegi
mansabi bo‘lgan. Mamlakat xazinasiga tushadigan mablag‘lar va ularning sarf xarajati
devonbegi nazoratida bo‘lib, ular maxsus kirim-chiqim daftarlarida qayd qilib borilgan. Xonlik
devonxonasida vaqf yerlari, machit va madrasalarga tegishli kirim-chiqim yozuvlari, xonga
hadya qilingan sovg‘alar hisoboti hamda muhim statistik ma’lumotlar qayd etilgan daftarlar
saqlangan. 19. Mirzaboshi. 20. Sarkor – saroydagi xon amaldorlarining boshlig‘i. Bu
mansabdagi shaxs xonga tegishli shifoxonalar, korxonalar hamda qurilish ishlariga ham
boshchilik qilgan. 21. Miroxurboshi. 22. Yuzboshi - yuz kishilik dastaning boshlig‘i. 23.
Bekovulboshi. 24. Dahboshi (o‘nboshi) - o‘n nafarlik jangovar dastaning sardori.

Ayrim tadqiqotlarda xonlikdagi Oliy darajali unvon va mansablarni darajalarga

bo‘linganligini ko‘rsatadi. Jumladan: Oliy darajali unvon va mansablarga otaliq, beklarbegi,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

128

biy, devonbegi, xazinachi, inoq, eshikog‘asi, parvonachi, dodxoh, dasturxonchi, sarkor,
sharbatdor, oftobachi, qorovulbegi (saroyda), tunqator, qushbegi kirgan.

O‘rta darajali unvonlar va amallarga: kitobdor, risolachi, bakovul, mirzoboshi,

sarmunshi, mehtari zakotxona, miroxo‘r, shig‘ovul va past darajali mansablarga: salomog‘asi,
mirzo, fayzi, munshi, surnaychi, karnaychi, dafchi, chopquchi, jarchi (boshi), shotir, zinbardor
(egarchi), jilovdorlar kirgan[24].

Yuqoridagi amal va mansab egalari o‘z xizmatlari evaziga yillik maosh (pul, ot, qo‘y,

g‘alla ko‘rinishida) olganlar. Bundan tashqari, ularga tegishli yer-mulklar ham berilgan. Davlat
o‘zining ichki va tashqi siyosati, jamiyat bilan olib boruvchi aloqalarini asrlar davomida
shakllanib, mukammallashib borgan murakkab boshqaruv organiga tayanib amalga oshirgan.

Sh.Maxmudov o‘z tadqiqotlarida Muhammad Hakimxon to‘raning «Muntaxab ut-tavorix»

asariga tayanib xonlik markaziy boshqaruvida beshta vazir bo‘lganligini eslatib o‘tadi. Bu
vazirlar XIX asrning o‘ninchi yillariga qadar xonlikning markaziy boshqaruv tizimida faoliyat
ko‘rsatgan va davlatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida olib borgan siyosatini amaliyotga
tatbiq etishga mas’ul bo‘lgan. Besh vazirlarga devonbegi, qo‘shbegi, inoq kabi lavozimlar
to‘g‘ri keladi deb hisoblasak, Olimxon davrini misol qilib olganda u istilo qilib egallab olgan
shaharlarga yuqori markaziy boshqaruvdagi mansabdorlarni tayinlagan (jumladan, 1806 yil
O‘ratepa egallab olingach Qadam inoq hokim etib tayinlagan).

XIX asrning boshlariga kelib, Qo‘qon xonligini idora etishda bir qator islohotlar amalga

oshirildi. Olimxonning (1798-1810) mamlakat hududini kengaytirish borasida olib borgan
harbiy harakatlarini Umarxon (1810-1822) davom ettirib, markazlashgan davlatni
kuchaytirishga harakat qildi. Umarxon taxtga o‘tirgan yilidan boshlab savdo diplomatik
aloqalarni yo‘lga qo‘yib, markaziy hokimiyatda bir qator yangi vazifa va mansablarni joriy
qildi. “Muntaxab ut-tavorix” asarida Qo‘qon xonlari Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixon
hukmronlik qilgan davr kengroq yoritilgan va xonlik markaziy boshqaruviga oid bir qancha
ma’lumotlar keltirilgan. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, davlat boshqaruvidagi turli mansab va
amallarga oliy hukmdorning buyrug‘i bilan tayinlangan. Buni asar muallifi 1815 yilda
Umarxon bir necha shaxslarni sadr, devonbegi, mirzaboshi, qo‘shbegi, parvonachi etib
tayinlaganligini keltirib o‘tgan. Bular haqida Qo‘qon xonligining markaziy boshqaruv
tizimidagi mansabdorlarning faoliyatini o‘rganish orqali oydinlik kiritish mumkin[25]. Davlat
boshqaruvida oliy hukmdordan keyingi o‘rinda bosh vazirturgan, u mingboshi nomi bilan
atalgan. Qo‘qon xonligi bosh vaziri bo‘lgan mingboshi va uning faoliyati xususida ayrim
tadqiqotlarda quyidagicha ma’lumot berib o‘tiladi. “ ... ushbu amaldor davlatning barcha ichki
ishlarini boshqarib, shu bilan birga, tashqi siyosiy ishlarda ham xonning bosh maslahatchisi
bo‘lgan”[26].

Davlat o‘zining ichki va tashqi siyosati, jamiyat bilan olib boruvchi aloqalarini asrlar

davomida shakllanib, mukammallashib borgan murakkab boshqaruv organiga tayanib amalga
oshirgan. Bu organ Markaziy Osiyo xonliklarida hukmdorlarning huzuridagi Oliy kengash
bo‘lib, tarixiy manbalarda u «maslahat», «xos majlis», «mashvarat», «majlisi sultoniy» kabi
so‘zlar bilan ifoda qilinadi[27]. Qo‘qon xonligidagi Oliy kengashning tarkibi haqida so‘z borar
ekan, uning tarkibiga markaziy davlat boshqaruvidagi barcha mansabdorlar a’zo etib
kiritilganligini alohida ta’kidlamoq lozim. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha[28],
Qo‘qon xonligining bosh vaziri bo‘lgan mingboshi hamda oliy diniy mansabdor – shayx ul-
islom kengashning doimiy a’zosi bo‘lgan. Shuningdek, xonlikning bosh qozisi, ya’ni qozikalon


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

129

va harbiy ishlar bo‘yicha ikki sudya – qoziaskar ham kengashda ishtirok etgan. XIX asrning 30
- yillariga kelib markaziy davlat boshqaruvida muhim vazifalar qatoriga kirgan dasturxonchi
va risolachi ham kengash a’zosi bo‘lgan.

Xudoyorxon hukmronligining birinchi davrida Kengash tarkibi to‘rtta qipchoqdan iborat

bo‘lgan. XIX asrning 60-yillariga kelib kengash kengaytirilib, markaziy davlat boshqaruvidagi
12 kishidan iborat mansabdorlar kengash tarkibiga kiritiladi.

«Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin» asarida ham Abdukarimbiy huzurida kengash

mavjud bo‘lganligi tasdiqlanib, bu kengashda umaro va fuzalolar pinhoniy maslahat qilishlari
va muayyan masalalar yuzasidan qaror chiqarishlari haqida habar beriladi[29].

Qo‘qon xonligida XIX asrning 50-yillariga kelib markaziy boshqaruv tizimida ayrim

mansab va amallar o‘zgarishlari yuz bergan. Xonlikda yuzaga kelgan siyosiy boshbodoqlik,
oliy hukmdorlarning yosh bo‘lganligi tufayli, davlat turli shaxslar orqali boshqarilganligi
uchun markaziy boshqaruv tizimida ma’lum o‘zgarishlar yuz berdi. Ayrim mansab va amallar
egalarining vakolatlari kengaytirildi yoki cheklandi. Jumladan, Bu davrga kelib Qo‘qon xonligi
mansabi vakolatlari boshqa, ya’ni mirzaboshi mansabida biriktirilgan. Shuningdek,
mirzaboshining xizmat doirasiga devonbegining vazifalaridan tashqari yana bir vazifa
yuklatilgan. Qo‘qon xonlari hokimlarni almashtirish vaqtida ular boshqargan viloyatlar
byudjet mablag‘larining sarf-xarajati ustidan taftish nazoratini olib borgan va bu ish aynan
mirzaboshi tomonidan amalga oshirilgan. Mallaxon (1858-1862) hukmronligi davrida
markaziy boshqaruv tizimida aynan ushbu vazifani Muhammad Yunus bajargan[30].

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra Qo‘qon xonligi tarixiga oid bo‘lgan barcha manbalarda

XIX asrning boshlariga qadar kechgan tarixiy jarayonlar hamda taxtga o‘tirgan hukmdorlar va
ularning davlat boshqaruvida olib borgan faoliyatlari yoritiladi. Biroq ularda mansab va
mansabdorlar nomi XIX asrning o‘ninchi yillaridan keyingi davrlarda yoritilgandagiga
nisbatan juda kam uchraydi. Shuning uchun ham xonlikning markaziy boshqaruv tizimini,
xususan, Muhammad Hakimxon to‘ra e’tirof etgan besh vazirdan ayrimlarining qanday
mansab va unvonga ega bo‘lganligini hamda ularga qanday vazifalar yuklatilganligini aniqlash
qiyinlashadi[31].

Qo‘qon xonlaridan Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixon hukmronlik qilgan davrlari

haqida ko‘proq ma’lumot beruvchini «Muntaxab ut-tavorix» asarida xonlik markaziy
boshqaruviga oid ma’lumotlar beriladi. Ulardan aniq bo‘lishicha, davlat boshqaruvidagi turli
mansab va amallarga oliy hukmdorning buyrug‘i bilan turli amaldorlar tayinlangan.

Shuningdek, xon saroyida mingboshi boshchilik qiladigan Kengash tuzilgan bo‘lib, bu

kengash saroydagi davlat ahamiyatiga molik muhim ishlarni ko‘rib chiqqan. Xon avlodlari
xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, to‘ra deb atalganlar. Xonlikdagi davlat Nizomi mutlaq
yakka hokimlik bo‘lib, xonning o‘zi cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan bo‘lsada, ma’lum
tarixiy davrlarda uning salohiyati va hokimiyati cheklanib, saroy amaldorlari hamda qo‘shin
boshliqlarining xonga ta’siri kuchli bo‘lgan. Bunga misol qilib yuqorida ta’kidlab
o‘tganimizdek, Xudoyorxon davrida Musulmonqulning mingboshi va otaliq bo‘lgani yoki
Sulton Sayidxon davrida Aliqulining amirilashkarlik va vazirlik lavozimida ish yuritgani[32].

Xulosa qilib aytganda, Qo‘qon xonligi saroyidagi mansab va unvonlar davlat

boshqaruvida o‘ziga xos xususiyatga ega edi. Markaziy Osiyodagi o‘zbek xonliklaridan
mazmun jihatdan unchalik farq qilmgan mansab va lavozimlar ko‘rsatilgan vazifalari,
yumushlari bilan farq qilgan xolos.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

130

References:

1.

Хўжалар мусулмон мамлакатларида кенг тарқалган имтиёзли табақа. Уларнинг

келиб чиқиши ҳақида турли фикрлар мавжуд. Баъзи маълумотларда хўжалар
дастлабки тўрт ҳалифа (чорёрлар) – Абу Бакр, Умар, Усмон ва Алидан (Алининг
Фотимадан бошқа хотинларидан) тарқалган авлодлар дейилса, бошқа манбаларда
арабларнинг истилочилик юришларида бошчилик қилган саркардаларинг авлодлари
деб ҳисобланади. Улар исломда оқсуяклар табақаси сифатида саййидлардан кейин
туриб, маълум имтиёзларга эга бўлганлар. Яна қаранг: Ханыков Н. Описание
Бухарского ханства. Санкт-Петербург, 1843. – С. 182 ва кейингилари; Ислам.
Энциклопедический словарь. – Москва: Наука, 1989. – С. 280.
2.

Абд ал-Қодир ибн Муҳаммад-Амин ўзининг «Маджмаъ ал-ансоб ва-л-ашджор»

асарида минг сулоласидан бўлган Қўқон ҳукмдорлари шажарасини қуйидагича
берган: охирги ҳукмдор Худоёр-хон (Насрид-дин бек , Муҳаммад-Амин бек, Ўрмон бек,
Фансуроллоҳ ) - Шер Али-хон (Салимсоқ-хон, Султон Мурод-хон, Мала-хон - Султон-хон,
Абу Саид-хон) - Ҳожи бек – Муҳаммад-Амин-хон (Олим-хон - Мурод-хон, Умар-хон;
Норбўта-хон - Рустам бек , Олим-хон - Шоҳрух бек ; Умар-хон - Муҳаммад Али хон) - Абд
ар-Рахмон бек -хон - Абд ал-Карим-хон - Шахрух-хон (Шодибек, Сулаймон-хон; Абд ар-
Рахим-хон - Ирдона-хон ва Бобобек -хон) - Рустам бий - Ҳоджи бий – Чамаш бий (
Асилзода) Аби-л-Қосим – Муҳаммад-Амин – Худоёр/Илик хон - Олтин Бешик -
Муҳаммад Бобур Мирзо. Қаранг: Абд ал–Кадир ибн Мухаммад-Амин. Маджма’ ал-ансаб
ва-л-ашджар. Введение, перевод с арабского-персидского и тюркского, текст,
факсимиле автографа, комментарии и указатели Ш. Х. Вохидова, А. М. Муминова, Б.
Аминова. – Алматы: Дайк-Пресс, 2005. − С. 192.
3.

Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. − Б. 46-48.

4.

Воҳидов Шодмон, Холиқова Раҳбар. «Ўрта Осиё хонликлари далат бошқарви

тарихидан» (ХХI - XX аср бошлари). – Тошкент.: Янги аср авлоди. 2006. – Б. 3-4.
5.

Муҳаммад Хакимхон. Мунтахаб ут-таворих. Т. II. – Душанбе, 1984. 339

б

вар;

Материалы по истории Киргиз и Киргизии. Вып. I. М., 1973. – С. 231.
6.

Шухи. Девони Шухий. // Қўлёзма. Тожикистон ФА ШИ хазинаси. №2313. 174

а

(фотонусхасидан фойдаланилди). Яна қаранг: Тарихи салотини ўзбакия, аштархония ва
манғития. // Қўлёзма. Ўз ФА ШИ. – №. 112/I. 10

а

вар. Мирзо Олим ибн Мирзо Рахим

Тошкандий эса Абдураҳимбийни укаси Абдулкарим ўлдирган деб айтади. Қаранг:
Мирза Алим ибн Мирза Рахим Тошканди. Ансаб ас-салатин ва таварих ал-хавакин.
Введение и научная редакция Ш. Вохидова. – Ташкент, 2007. – С . 92.
7.

Худойқулов Т. ХIХ асрда Қўқон хонлигининг ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва

маданий ҳаёти. Тарих фан... номзоди дисс. – Тошкент, 2009. – Б. 24-30.
8.

Бичурин Н.Я. Собрание сведений по исторической географии Восточной и

Серединной Азии. Чебоксары. 1969. – С. 178.
9.

Худойқулов Т. ХIХ асрда Қўқон хонлигининг ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва

маданий ҳаёти... – Б. 25.
10.

Воҳидов Шодмон, Холиқова Раҳбар. «Ўрта Осиё хонликлари далат бошқарви

тарихидан»... – Б. 3.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

131

11.

Фазлий Фарғоний.Умарнома // Қўлёзма Россия ФАШҚИ Санкт-Петербург бўлими

– № С 2467, 20

а

-24

б

.

12.

Бобобеков Ҳ. Қўқон хонлигининг туркий халқлар давлатчилиги ва маданий

меросини ривожлантиришдаги ўрни

// Халқаро илмий-амалий конференция

материаллари. Қўқон: 2022. – Б. 11.; Ўша муаллиф. Шоҳнома ёхуд Қўқон хонлари
тарихи. 5 жилдлик. Биринчи китоб. “Туроннашр”, – Тошкент. 2023, – 664 б.
13.

Мирзо Олим махдум Ҳожи. Тарихи Туркистон. – Тошкент. Янги аср авлоди. 2009. –

Б. 84. Араб ёзувидан табдил қилувчи, Ш.Воҳидов, Р. Холиқова; Махмудов Ш. Қўқон
хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. (1709-1876 йй.) тарих фан.ном. дисс. –
Тошкент. 2007. – Б.77.
14.

Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – Тошкент.: Шарқ, 2001. – Б. 299.

15.

Ўша асар. 104-105 бетлар; Шунингдек, қаранг: Махмудов Ш. Қўқон хонлигининг

маъмурий-бошқарув тизими (1709-1876 йй). Тарих фан. номз. дисс.Тошкент, 2007. – Б.
82.
16.

Ўша асар. – Б.70.

17.

Семенов А.А. Бухарский трактат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их

в средневековой Бухаре // Советская этнография. – Москва, 1948.– С. 139.
18.

Йўлдошев М. Хива хонлигида феодал ер егалиги ва давлат тузилиши. – Т.:

Ўздавнашр, 1959.– С. 262.
19.

Воҳидов Ш., Холиқова Р. Марказий Осиёдаги давлат бошқаруви тарихидан. –

Тошкент. Янги аср авлоди. 2006. – Б. 6-21.
20.

Муҳаммад Юнус Тоиб. Тарихи Алимқули Амирлашкар. – №2. – Б. 215.

21.

Унинг ҳаёти ва илмий мероси ҳақида қаранг: Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида

тарихнависликнинг ривожланиши. XIX аср – XX асрнинг бошлари. – Тошкент, 1998. – Б.
238 – 250.
22.

Муҳаммад Юнус Ходжа, Муҳаммад Амин Ходжа (Тойиб).Туҳфайи Тойиб /

Подготовка к изданию и предисловие: Б.М.Бабаджанов, Ш.Х.Вахидов, Х.Коматцу. –
Ташкент – Токио, 2002. – 46 с.
23.

Муҳаммад Юнусжон Шиғовул. Тарихи Алиқули амирлашкар. // Шарқ Юлдузи,

1994. № 1 – 2, – Б. 12 – 16.
24.

Қаранг: Шодмон Воҳидовнинг “Қўқон хонлиги унвон ва мансаблар” номли катта

мақоласида – “ўзбек халқи тарихининг нисбатан кам ўрганилган, ўша кам ҳолда ҳам
холис ўрганилмаган давлатчилик қадриятларининг бир зарур нуқтасидан - Қўқон
хонлигидаги унвон ва мансаблардан баҳс этилиши” эслаб ўтилган.
25.

https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/shodmon-vohid-qoqon-xonligidagi-unvon-va-

mansablar.html
26.

Якобжанов Ж. Қўқон хонлиги марказий бошқарувида унвон ва мансаблар.

Ўзбекистон тарихи. – Тошкент. 3/2018. – Б. 38; Муҳаммад Ҳакимхон. Мунтахаб ат-
таворих. 1-2 китоб, – Душанбе: 1984.
27.

Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. Казань: Типография

императорского университета. 1886. 112-б.
28.

Махмудов Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. (1709-1876 йй.)

тарих фан.ном. дисс. – Тошкент. 2007. – Б. 66-70.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

132

29.

Мирзо Олим Мушриф. Ансоб ус – салотин ва таворихи ал-ҳавоқин//Мирзоолим

Мушриф. Қўқон тарихи. Тошкент. Ғ.Ғулом. 1995. – Б. 85.
30.

Худойқулов Т. Марказий Осиё давлатларининг бошқарув тарихи. (марказий,

маҳаллий, ҳарбий, диний ҳокимият (XVIII-XIX аср бошлари). Монография. – Тошкент.:
Ўзкитобсавдонашриёти. 2023. – Б. 78.
31.

Якобжанов Ж. Қўқон хонлиги марказий бошқарувида унвон ва мансаблар.

Ўзбекистон тарихи. – Тошкент. 3/2018. – Б. 41.
32.

Қаранг: Махмудов Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. (1709-

1876 йй.) тарих фан.ном. дисс. – Тошкент. 2007. – Б. 66-70.; Воҳидов Ш., Холиқова Р.
Марказий Осиёдаги давлат бошқаруви тарихидан. – Тошкент. Янги аср авлоди. 2006. –
Б. 6-21.; Худойқулов Т. Марказий Осиё давлатларининг бошқарув тарихи. (марказий,
маҳаллий, ҳарбий, диний ҳокимият (XVIII-XIX аср бошлари). Монография. – Тошкент.:
Ўзкитобсавдонашриёти. 2023. – Б. 78.
33.

Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Тошкент.: Янги аср

авлоди. 2012. – Б. 368.

Библиографические ссылки

Хўжалар мусулмон мамлакатларида кенг тарқалган имтиёзли табақа. Уларнинг келиб чиқиши ҳақида турли фикрлар мавжуд. Баъзи маълумотларда хўжалар дастлабки тўрт ҳалифа (чорёрлар) – Абу Бакр, Умар, Усмон ва Алидан (Алининг Фотимадан бошқа хотинларидан) тарқалган авлодлар дейилса, бошқа манбаларда арабларнинг истилочилик юришларида бошчилик қилган саркардаларинг авлодлари деб ҳисобланади. Улар исломда оқсуяклар табақаси сифатида саййидлардан кейин туриб, маълум имтиёзларга эга бўлганлар. Яна қаранг: Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. Санкт-Петербург, 1843. – С. 182 ва кейингилари; Ислам. Энциклопедический словарь. – Москва: Наука, 1989. – С. 280.

Абд ал-Қодир ибн Муҳаммад-Амин ўзининг «Маджмаъ ал-ансоб ва-л-ашджор» асарида минг сулоласидан бўлган Қўқон ҳукмдорлари шажарасини қуйидагича берган: охирги ҳукмдор Худоёр-хон (Насрид-дин бек , Муҳаммад-Амин бек, Ўрмон бек, Фансуроллоҳ ) - Шер Али-хон (Салимсоқ-хон, Султон Мурод-хон, Мала-хон - Султон-хон, Абу Саид-хон) - Ҳожи бек – Муҳаммад-Амин-хон (Олим-хон - Мурод-хон, Умар-хон; Норбўта-хон - Рустам бек , Олим-хон - Шоҳрух бек ; Умар-хон - Муҳаммад Али хон) - Абд ар-Рахмон бек -хон - Абд ал-Карим-хон - Шахрух-хон (Шодибек, Сулаймон-хон; Абд ар-Рахим-хон - Ирдона-хон ва Бобобек -хон) - Рустам бий - Ҳоджи бий – Чамаш бий ( Асилзода) Аби-л-Қосим – Муҳаммад-Амин – Худоёр/Илик хон - Олтин Бешик - Муҳаммад Бобур Мирзо. Қаранг: Абд ал–Кадир ибн Мухаммад-Амин. Маджма’ ал-ансаб ва-л-ашджар. Введение, перевод с арабского-персидского и тюркского, текст, факсимиле автографа, комментарии и указатели Ш. Х. Вохидова, А. М. Муминова, Б. Аминова. – Алматы: Дайк-Пресс, 2005. − С. 192.

Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. − Б. 46-48.

Воҳидов Шодмон, Холиқова Раҳбар. «Ўрта Осиё хонликлари далат бошқарви тарихидан» (ХХI - XX аср бошлари). – Тошкент.: Янги аср авлоди. 2006. – Б. 3-4.

Муҳаммад Хакимхон. Мунтахаб ут-таворих. Т. II. – Душанбе, 1984. 339 б вар; Материалы по истории Киргиз и Киргизии. Вып. I. М., 1973. – С. 231.

Шухи. Девони Шухий. // Қўлёзма. Тожикистон ФА ШИ хазинаси. №2313. 174а (фотонусхасидан фойдаланилди). Яна қаранг: Тарихи салотини ўзбакия, аштархония ва манғития. // Қўлёзма. Ўз ФА ШИ. – №. 112/I. 10а вар. Мирзо Олим ибн Мирзо Рахим Тошкандий эса Абдураҳимбийни укаси Абдулкарим ўлдирган деб айтади. Қаранг: Мирза Алим ибн Мирза Рахим Тошканди. Ансаб ас-салатин ва таварих ал-хавакин. Введение и научная редакция Ш. Вохидова. – Ташкент, 2007. – С . 92.

Худойқулов Т. ХIХ асрда Қўқон хонлигининг ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва маданий ҳаёти. Тарих фан... номзоди дисс. – Тошкент, 2009. – Б. 24-30.

Бичурин Н.Я. Собрание сведений по исторической географии Восточной и Серединной Азии. Чебоксары. 1969. – С. 178.

Худойқулов Т. ХIХ асрда Қўқон хонлигининг ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва маданий ҳаёти... – Б. 25.

Воҳидов Шодмон, Холиқова Раҳбар. «Ўрта Осиё хонликлари далат бошқарви тарихидан»... – Б. 3.

Фазлий Фарғоний.Умарнома // Қўлёзма Россия ФАШҚИ Санкт-Петербург бўлими – № С 2467, 20а -24б.

Бобобеков Ҳ. Қўқон хонлигининг туркий халқлар давлатчилиги ва маданий меросини ривожлантиришдаги ўрни // Халқаро илмий-амалий конференция материаллари. Қўқон: 2022. – Б. 11.; Ўша муаллиф. Шоҳнома ёхуд Қўқон хонлари тарихи. 5 жилдлик. Биринчи китоб. “Туроннашр”, – Тошкент. 2023, – 664 б.

Мирзо Олим махдум Ҳожи. Тарихи Туркистон. – Тошкент. Янги аср авлоди. 2009. – Б. 84. Араб ёзувидан табдил қилувчи, Ш.Воҳидов, Р. Холиқова; Махмудов Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. (1709-1876 йй.) тарих фан.ном. дисс. – Тошкент. 2007. – Б.77.

Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – Тошкент.: Шарқ, 2001. – Б. 299.

Ўша асар. 104-105 бетлар; Шунингдек, қаранг: Махмудов Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими (1709-1876 йй). Тарих фан. номз. дисс.Тошкент, 2007. – Б. 82.

Ўша асар. – Б.70.

Семенов А.А. Бухарский трактат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их в средневековой Бухаре // Советская этнография. – Москва, 1948.– С. 139.

Йўлдошев М. Хива хонлигида феодал ер егалиги ва давлат тузилиши. – Т.: Ўздавнашр, 1959.– С. 262.

Воҳидов Ш., Холиқова Р. Марказий Осиёдаги давлат бошқаруви тарихидан. – Тошкент. Янги аср авлоди. 2006. – Б. 6-21.

Муҳаммад Юнус Тоиб. Тарихи Алимқули Амирлашкар. – №2. – Б. 215.

Унинг ҳаёти ва илмий мероси ҳақида қаранг: Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши. XIX аср – XX асрнинг бошлари. – Тошкент, 1998. – Б. 238 – 250.

Муҳаммад Юнус Ходжа, Муҳаммад Амин Ходжа (Тойиб).Туҳфайи Тойиб / Подготовка к изданию и предисловие: Б.М.Бабаджанов, Ш.Х.Вахидов, Х.Коматцу. – Ташкент – Токио, 2002. – 46 с.

Муҳаммад Юнусжон Шиғовул. Тарихи Алиқули амирлашкар. // Шарқ Юлдузи, 1994. № 1 – 2, – Б. 12 – 16.

Қаранг: Шодмон Воҳидовнинг “Қўқон хонлиги унвон ва мансаблар” номли катта мақоласида – “ўзбек халқи тарихининг нисбатан кам ўрганилган, ўша кам ҳолда ҳам холис ўрганилмаган давлатчилик қадриятларининг бир зарур нуқтасидан - Қўқон хонлигидаги унвон ва мансаблардан баҳс этилиши” эслаб ўтилган.

Якобжанов Ж. Қўқон хонлиги марказий бошқарувида унвон ва мансаблар. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент. 3/2018. – Б. 38; Муҳаммад Ҳакимхон. Мунтахаб ат-таворих. 1-2 китоб, – Душанбе: 1984.

Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. Казань: Типография императорского университета. 1886. 112-б.

Махмудов Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. (1709-1876 йй.) тарих фан.ном. дисс. – Тошкент. 2007. – Б. 66-70.

Мирзо Олим Мушриф. Ансоб ус – салотин ва таворихи ал-ҳавоқин//Мирзоолим Мушриф. Қўқон тарихи. Тошкент. Ғ.Ғулом. 1995. – Б. 85.

Худойқулов Т. Марказий Осиё давлатларининг бошқарув тарихи. (марказий, маҳаллий, ҳарбий, диний ҳокимият (XVIII-XIX аср бошлари). Монография. – Тошкент.: Ўзкитобсавдонашриёти. 2023. – Б. 78.

Якобжанов Ж. Қўқон хонлиги марказий бошқарувида унвон ва мансаблар. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент. 3/2018. – Б. 41.

Қаранг: Махмудов Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. (1709-1876 йй.) тарих фан.ном. дисс. – Тошкент. 2007. – Б. 66-70.; Воҳидов Ш., Холиқова Р. Марказий Осиёдаги давлат бошқаруви тарихидан. – Тошкент. Янги аср авлоди. 2006. – Б. 6-21.; Худойқулов Т. Марказий Осиё давлатларининг бошқарув тарихи. (марказий, маҳаллий, ҳарбий, диний ҳокимият (XVIII-XIX аср бошлари). Монография. – Тошкент.: Ўзкитобсавдонашриёти. 2023. – Б. 78.

Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Тошкент.: Янги аср авлоди. 2012. – Б. 368.