Авторы

  • Gulrux Usmonova
    (Buxoro muhandislik texnologiya instituti)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46258

Ключевые слова:

an’anaviy tomlar yashil tomlar rulonli materiallar drenaj joriy xarajat filtrlovchi qatlam.

Аннотация

Maqolada O’zbekiston Respublikasi xususan Buxoro viloyati sharoitida bino tom qismini barpo etishning iqlimga mos innovatsion usullari, konstruksiyalari va ularni barpo etish texnologiyalari muhokama qilinadi.  Binolarda yashil tomlardan foydalanish orqali kelajakda shahar aholisi uchun qulay muhit tashkil etish haqida fikr yuritiladi..


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

113

BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL TOMLARNING

OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI

Usmonova Gulrux Farxad qizi

(Buxoro muhandislik texnologiya instituti)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13879764

Annotatsiya:

Maqolada O’zbekiston Respublikasi xususan Buxoro viloyati sharoitida

bino tom qismini barpo etishning iqlimga mos innovatsion usullari, konstruksiyalari va ularni
barpo etish texnologiyalari muhokama qilinadi. Binolarda yashil tomlardan foydalanish
orqali kelajakda shahar aholisi uchun qulay muhit tashkil etish haqida fikr yuritiladi..

Аннотация:

В статье рассматриваются экологически безопасные инновационные

методы, конструкции и технологии возведения кровельной части здания в условиях
Республики Узбекистан, в частности Бухарской области. Считается, что использование
зеленых крыш в зданиях позволит создать комфортную среду для жителей города в
будущем.

Abstract:

The article discusses climate-friendly innovative methods, constructions and

technologies of building the roof part of the building in the conditions of the Republic of
Uzbekistan, particularly the Bukhara region. By using green roofs in buildings, it is thought to
create a comfortable environment for city residents in the future.

Kalit so’zlar:

an’anaviy tomlar

,

yashil tomlar, rulonli materiallar, drenaj, joriy xarajat,

filtrlovchi qatlam.

Ключевые слова:

традиционные крыши, зеленые крыши, рулонные материалы,

водоотвод, текущая стоимость, фильтрующий слой..

Keywords:

traditional roofs, green roofs, roll materials, drainage, current cost, filter

layer.

Kirish qismi.

Ma’lumki, tomni ko’kalamzorlashtirish mikroiqlimni yaxshilaydi, chang va

shovqinni yutadi va ulkan estetik va dekorativ manzara yaratadi. O’simlik turlari foydalanish
sohasiga - nima maqsadda tashkil etilayotganligiga qarab tanlanadi. Landshaft elementlari
ularning dizaynida ishlatilishi mumkin. Bunday hollarda ko’kalamzorlashtirishning asosiy
shakli ma’lum idishlarga (konteynerlar, tuvaklar) ekilgan o’simliklardan foydalanish
hisoblanadi[1].

Tomda tashkil etiladigan intensiv (chuqurroq ildizli buta va daraxtlar tuvak va yog’och

yashiklarda tashkil etiladi) va ekstensiv (keng maydonlarda to’kilgan tuproq bo’yicha yoki
modulli idishlarda tashkil etiladi) yashilliklarni, yo’laklarni joylashtirish o’rnini tayinlash va
bunda binoning asosiy yuk ko’taruvchi konstruktiv elementlarining joylashgan o’rnini
inobatga olish muhimdir.

Metodika.

Tomlarda o’simliklar, buta va daraxtlarni o’stirishda joy va idish tanlashda

ulardan dizayn elementlari sifatida foydalanish mumkin bo’lgan tomonlarini ham inobatga
olish zarur. Albatta, idish qanchalik kichik bo’lsa uni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish,
unchalik qulay bo’lmagan joylarda joylashtirishning imkonini topish mumkin. Ularning bir
nechtasidan aralash foydalanib turli xildagi kompozistiyalarni yaratish mumkin. Tuproqli
maysazorlar-gazon o’simliklari uchun qalinligi 0,10-0,15 m tarxdagi o’lchamlari 1-2 m
bo’lgan modulli idishlardan foydalanish mumkin (1-rasm). Muhit dizaynini yaratishda
o’simliklarni osib qo’yish mumkin, bunda gulli idishlar tashqi sirtdan 30-40 sm balandlikdagi
maxsus tashkil etilgan o’rindiqlarda joylashtirilishi yoki osmalarda osib qo’yilishi mumkin.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

114

1-rasm. Yirik yashil tomlar yaratish uchun foydalaniladigan modul lotoklar.

O’simliklar o’sganidan so’ng lotoklarning qirralari ko’rinmay qoladi va bir xil
tekislikdagi yashillik hosil bo’ladi.

Yog’ochdan yasalgan yashiklar, qutilar, bochkalar va shunga o’xshash istalgan bir

shaklda tayyorlanib, ularning antiseptikligi ta’minlangan bo’lishi, shu nuqtai-nazardan ichki
tomondan plastik plyonka bilan qoplangan bo’lishi kerak. Idishlarning tashqi sirtlari ham
yaratiladigan landshaft dizayniga mos, uning bir elementi sifatida xizmat qila oladigan
manzarali bo’lishi kerak. Bugungi kunda ko’pikli polistiroldan tayyorlangan idishlarning turli
shakl va manzarali variantlaridan foydalanib kelinayotganligi katta imkoniyatlar
yaratayotganligi ma’lum[2].

2-rasm. Ichi bo’sh beton bloklar tuvaklar sifatida foydalaniladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

115

3 – rasm. Tom yuzasining modullarga bo’linishi va unda o’simliklar va gullarning

joylashtirishda yaratiladigan qulayliklar.

Tomda foydalaniladigan va ekin bilan band bo’ladigan maydonlar o’rnini belgilash

qoidalari mavjud. Tomda foydalanish uchun ajratilgan yashil maydon daraxtlar, butalar,
maysazorlar, gulzorlar, sport maydonchalari, dam olish joylari, yo’laklar, kichik me’morchilik
shakllari, xizmat ko’rsatish maskanlarini o’z ichiga oladi. Har bir maqsadli uchastka o’zining
qoplamasi ishlab chiqilgan bo’lib, u tomning asosiy konstruktiv elementlari ustiga o’rnatiladi
(3-rasm). Tom qoplamasining aynan shu o’zgaruvchan qismini aktiv qoplama deb aytish
mumkin[3].

Joylarda aktiv qoplamani qurishda quyidagilarni inobatga olish muhimdir:

- binoning tom konstrukstiyasi va u qabul qila oladigan yuklar va ta’sirlar;
- o’simlik turidan kelib chiqib, uning ildizlarini yaxshi rivojlanishini ta’minlaydigan tuproq
qatlamining qalinligi, hajmi;
- o’simliklarni suv bilan ta’minlashning tejamli, samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va
qo’llash, namlikni ta’minlab turish;
- operastion qoplama yog’ingarchilik paytida yoki o’simliklarni sug’orishda oladigan ortiqcha
namlikni qochirish uchun drenaj-suvni qochirish tizimining ishlab chiqilganligi;
- tomning asosiy konstruktiv qatlamlariga o’simliklar ildizlarining kirib kelishi va zarar
yetkazishini oldini olish masalasini yechish;.

Yuqorida keltirilgan vazifalar, talablar va tartiblarni inobatga olib tomning aktiv

qoplamasi quyidagi qatlam elementlaridan iborat bo’lishi kerakligi haqida gapirish mumkin:
- tuproq substrati (o’simlik o’sishi uchun unumdor tuproq, o’simlik ildizidan kelib chiqib);
- ajratuvchi-filtrlovchi qatlam (tuproq zarralarini, loyqani drenaj qatlamini tashkil etuvchi
zarrachalarga o’tib ketishini oldini oladigan);
- drenaj qatlami, ortiqcha yomg’ir va sug’orish suvlarini qochirish vazifasini bajaradi;
- o’simliklar ildizlarining tomning asosiy konstruktiv qatlamlariga kirib kelishi va uni buzishga
bo’lgan harakatlarini oldini oluvchi qatlam.

Foydalaniladigan tomlarning aktiv sirtini loyihalashda maydonchalarda ekiladigan,

tuvaklarda tashkil etiladigan o’simliklar, buta va daraxtlarning o’rinlari belgilangan xaritalar
ishlab chiqiladi. Albatta tuproqli maydonda o’stiriladigan o’simliklar maydonlari, tuvaklarda
tashkil etiladigan o’simliklar uchastkalari, yo’laklar, dam olish maydonchalari va shunga
o’xshash foydali maydonlar ostidagi tom konstruktiv qatlamlari turlicha bo’ladi (4-rasm).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

116

Ma’lum hududda ularning tepa sathi balandligi bir xil bo’lishi maqsadli bo’ladi. Ortiqcha
yomg’ir suvlarini, sug’orish suvlarini qochirish uchun loyihalanadigan drenaj qatlamining
unumli ishlashini ta’minlash uchun yashil maydonlarni ustunlar yacheykasi (3x3m, 6x6 m,
6x9 m ga o’xshash) bo’yicha tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shunda drenaj qatlam
(frakstiyasi 10-20 mm li toza shag’al) nishabligini ustunlar tomon olish va ustunlar bo’yicha
vertikal suv qochirish tizimlarini tashkil etish kam xarajatli bo’ladi, drenaj qatlamning
samarali ishlashi kafolatli bo’ladi[4].

4 –rasm. Tomning turli maqsadlar uchun ajratilgan uchastkalarining konstruktiv

yechimlari

5-rasm. suv qochirish nishabligini ta’minlash: a-tashqi suv qochirish tizimi bilan;

b-ichki suv qochirish tizimi bilan.

Drenaj qatlamining ostidan ildizning rivojlanib o’tib ketishiga qarshi qatlam qo’yiladi.

Bunday qatlam sifatida Izostud MS 400 dan foydalaniladi. Izostud MS400 qora rangli, rulonda
2x20 m o’lchamda, 400 gr/m

2

og’irlikda, ish diapazoni -50

0

S dan +80

0

S gachani tashkil etadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

117

a)

b)

6-rasm. Izostud MS400 suv o’tkazmaydigan, ildiz o’sishiga to’sqinlik qiladigan

materialning ochilgan (a) va rulonda o’ralgan (b) ko’rinishi.

O’z navbatida, drenaj qatlami tomda tashkil etilgan tuproq qatlamli uchastkalar bo’yicha

tashkil etiladi[5]. Drenaj qatlami va tuproq qatlami orasida filtrlovchi qatlam qo’yiladi.
Filtrlovchi ajratuvchi qatlam yashil kartaning chegaralarini belgilab turuvchi devorcha yon
tomonining balandligiga ko’tariladi va uning yuqori chetiga biriktirilib, tuproq substrati
joylashtiriladigan o’ziga xos chuqurchani hosil qiladi. Tuproq substrati ajratuvchi filtr
qatlamining ustiga yotqiziladi. Tanlangan yashillashtirish usuli va ishlatiladigan o’'simliklar
turiga muvofiq aktiv qoplama quyidagi qalinliklardagi qatlamlardan iborat bo’ladi (1-jadval).

1-jadval
O’simliklar guruhlari kesimida yashil tom aktiv qoplamasining asosiy

elementlari, ularning minimal o’lchamlari

O’simliklar guruhlari-

ning nomi.

Minimal qalinliklar

Unumdor

tuproq,

sm

Filtrlovchi

qatlam, mm

Drenaj

material,

sm

O’simlik ildizi-

dan himoyalovchi

qatlam, sm

Er bag’ri bo’yicha o’sadigan

(sedum, molodilo)

10

4-8

5

3-4

Manzarali o’tlar (gazon-

kanadagring)

8-10

4-8

5

3-4

Rulonlanadigan gazon

5-6

4-8

10-15

3-4

Bir yillik gullar (gulisafsar,

pituniya, katarantes)

10-15

4-8

10

3-4

Ko’p yillik gullar (atirgul,

yuka)

20-25

4-8

10

3-4

Kichik butalar

25-30

4-8

10

3-4

Yirik butalar

40-60

4-8

10

3-4

Daraxtlar

40-120

4-8

10

3-4


Natijalar.

Yuqoridagilarni inobatga olib yashillashtiriladigan tomlarning konstruktiv

yechimlarini tavsiya etish mumkin.

Yo’laklarning konstruktiv yechimi:

1-tratuar plitkasi; 2- qum; 3- 10-20 mm

frakstiyali shag’al; 4- filtrlovchi qatlam;

5-Penopleks (issiqdan muhofaza- lovchi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

118

material); 6-suvdan muhofaza qiluvchi

qatlam (2 qatlam izol); 7-

nishablik hosil qiluvchi stement-qumli
tekislovchi qatlam; 9-temirbeton plita.

Yashillashtirilgan tom qomlamasi:

1-o’simlik o’sadigan unumdor tuproq

qatlami; 2- o’simlik ildizining o’sib ketishini

oldini oladini qatlam (Izostud MS400); 3- 10-

20 mm frakstiyali shag’aldan qurilgan drenaj

qtlam; 4-geotekstildan – filtr qatlam; 5-

Penopleksdan tayyor-langan issiqdan

muhofazalovchi qatlam, 6x6x3 sm li

o’ydumchalari mavjud; 6-izoldan suvdan

muhofazalovchi qatlam; 7-nishablik hosil

qiluvchi stement-qumli tekislovchi qatlam; 8-

temirbeton plita.

Tajriba-sinov yashil tomning

konstruktiv yechimi:

.

1- yashil maydon; 2-substrat-minellar (75%)

va organik moddalar (25%) asosida

(tajribalarda 5, 10, 15 sm); 3- filtrlovchi

qatlam - Bauder FV 105 (polipropilendan

tayyorlangan, qalin-ligi 1mm, og’irligi 105

gr/m2), geoteks-til bo’lishi ham mumkin; 4-
suv saqlagich - Bauder WSP50 (polistroldan

qalinligi 50 mm, og’irligi 0,6 kg/m

2

, suv

to’plovchanligi 10,1 l/m2), har 1 m2

maydonda 100 dona 6x6 sm li, chuqurligi 3

sm li yamacha-suv to’plagich; 5- izoldan

qurilgan suvdan muhofazalovchi qatlam; 6-

yomg’ir suvlarini tartibli qochirish tizimi.

Yashil tomning ko’p qatlamli konstruktiv

echimi (optimal variant): Pastdan yuqoriga

yo’nalishda: 1- ora yopma; 2-bug’dan

muhofazalovchi qat-lam; 3- issiqdan muhofa-

zalovchi qatlam penopolis-trol Bauder

WSP150 (qa-linligi 150 mm); 4-asosiy

suvdan muhofazalovchi qatlam-2 qatlam

izoldan; 5-stementli styajka-25 mm; 6-

suvdan muhofazalovchi qatlam-1 qatlam izol;

7-Izostud membrana; 8-geotekstil; 9-

shag’aal-drenaj; 10-geotekstil;11-substrat-

unumdor tuproq va unda o’sgan o’simlik.

Odatda tom qoplamasi nishabligi 1% dan 1,5% gacha bo’lib, tomning issiq

yo’qotilishidan himoyalovchi qatlamida (penopolistrol plitasi) tuproqdan o’tgan ortiqcha
suvning bir qismini saqlash uchun (zarur vaqtda tuproqni namlab turadi) plitaning har 1m

2


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

119

maydonida 100 ta 6x6x3 sm li suv to’playdigan yacheykalar tashkil etiladi. Bunday
penopolistrol plitaning har 1 m

2

maydoni 10.1 l suvni o’zida to’plab turadi.

Xulosa.

Yashillashtiriladigan tomli binolarning asosiy strukturaviy konstrukstiyalarini,

poydevor tizimini loyihalashda mazkur yuklarni inobatga olish talab etiladi. Gazon, gullar va
balandligi 1,5 m gacha bo’lgan yashil buta o’simliklari o’stiriladigan yashil tomdan bino tom
yopmasining har 1 m

2

maydoniga 434 kg/m

2

dan 504 kg/m

2

gacha yuk tushishi mumkin.

Yashil tom texnologiyasi ishlatilganda to’qqiz qavatli turar joy binosining bir metr
uzunlikdagi lentasimon poydevoriga tushadigan qo’shimcha yuk umumiy me’yoriy yuk
miqdoriga nisbatan 0.8-1.2% ni tashkil etadi. Binoning qavatliligi qanchalik yuqori bo’lsa bu
ko’rsatkich shunchalik kichik bo’ladi.

References:

1.

https://kun.uz/uz/news/2021/11/10/ozbekiston-iqlimi-keskin-quruqlashib-

bormoqda-gidrometerolog

2.

Якушина О.В,, Пашкова Л.А. Использование «зеленых кровель» // Актуальные

вопросы и науки и техники: международная научная конференция. Москва, 2014. 237-
240 betlar.
3.

Usmonova G.F. Binolardagi yashil tomlar global ekologik muammolarning yechimi

sifatida. Arxitektura, qurilish dizayn ilmiy-amali jurnali: Vol.18, Special issue-2, 2023. 3-5
betlar.
4.

SHNK 1.04.03-23. Bino va inshootlarni qurish, rekonstrukstiya qilish, ta’mirlash va

ularga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2024 yil 7 fevralda hisobga olindi, hisob raqami [232]

5.

Жадан О.В. Экологические преимущества устройства кровель с применением

технологии озеленения / О.В. Жадан, Л.А. Смирнова // Научное обеспечение развития
АПК в условиях импортозамещения. – 2019. 14–17 betlar.

Библиографические ссылки

Якушина О.В,, Пашкова Л.А. Использование «зеленых кровель» // Актуальные вопросы и науки и техники: международная научная конференция. Москва, 2014. 237-240 betlar.

Usmonova G.F. Binolardagi yashil tomlar global ekologik muammolarning yechimi sifatida. Arxitektura, qurilish dizayn ilmiy-amali jurnali: Vol.18, Special issue-2, 2023. 3-5 betlar.

SHNK 1.04.03-23. Bino va inshootlarni qurish, rekonstrukstiya qilish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 7 fevralda hisobga olindi, hisob raqami [232]

Жадан О.В. Экологические преимущества устройства кровель с применением технологии озеленения / О.В. Жадан, Л.А. Смирнова // Научное обеспечение развития АПК в условиях импортозамещения. – 2019. 14–17 betlar.