Авторы

  • Saboxat Isakjanova
    Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46259

Аннотация

Ustoz  bu – nafaqat bilim beruvchi, balki hayotimiz davomida bizga  to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi chinakam yo‘lboshchidir. Ularning saboqlari, hayotiy tajribalari va jonkuyarligining qiymatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

111

SIZGA TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZLAR!

Isakjanova Saboxat Muhamedovna

Jaloliddin Manguberdi nomidagi

harbiy-akademik litseyi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13879748

Ustoz bu – nafaqat bilim beruvchi, balki hayotimiz davomida bizga to‘g‘ri yo‘l

ko‘rsatuvchi chinakam yo‘lboshchidir. Ularning saboqlari, hayotiy tajribalari va
jonkuyarligining qiymatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi.

Har bir inson uchun ustozlarning bergan ilmi, ta’lim-tarbiyasi muayyan mezonlar

asosida yashashining asosi bo‘lib qoladi. Shu boisdan Lev Tolstoy: “Har bir ustoz – o‘ziga xos
buyuklikka ega bo‘lgan yo‘l ko‘rsatuvchi”, – deya juda to‘g‘ri ta’kidlagan edi.

Darhaqiqat, ustozlar murg‘akligimizdanoq qalbimizga ezgulik urug‘larini sochadi,

qo‘limizdan tutib, ma’rifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulashadi. Biz erishayotgan
ulkan yutuqlarimiz, qo‘lga kiritayotgan g‘alabalarimizda ularning hissasi nihoyatda katta. Shu
sabab ularni mudom sharaflagimiz, ardoqlagimiz keladi.

Afsonalarga ko‘ra, mashhur sarkarda Iskandar Rumiydan (Aleksandr Makedonskiy):

“Nechun Arastuni (Aristotel) otangizdan ortiq izzat qilasiz?”, – deb so‘radilar. Iskandar Rumiy
javob berdi: “Otam go‘yoki meni osmondan yerga tushirdi. Ammo ustozim Arastu meni
yerdan osmonga ko‘tardi. Ya'ni otam meni dunyoga kelmog‘imga sabab bo‘ldi. Ustozim ilm va
odob o‘rgatib, martaba va izzatimning ortmog‘iga sabab bo‘ldi”.

Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” degan hikmat bejiz aytilmaydi. O‘tgan ulug‘larimiz,

ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechog‘lik
baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko‘ra muomala qilganlar. Imomi a’zam Abu
Hanifa rahmatullohi alayh shunday deganlari rivoyat qilinadi: “Ustozim Hammodning hurmati
uchun uning uyi tomonga oyog‘imni uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim
orasida yettita ko‘cha bor edi. Hammod vafot etgandan so‘ng qachon namoz o‘qisam, har
safar, albatta, ota-onamga qo‘shib, unga ham Allohdan mag‘firat so‘raganman. Nafaqat u
ustozim, balki kimdan nimadir o‘rgangan bo‘lsam yoki kimdir menga nimadir o‘rgatgan bo‘lsa,
albatta, o‘sha kishilar uchun ham doim Allohdan mag‘firat so‘rayman”. Demak, inson hayoti
davomida hamisha hurmat va izzat bilan muomala qiladigan, har zarra mehnati uchun bir umr
sharaflarga loyiq zot muallim ekanligini zinhor unutmasligi kerak.

Respublikamizda 1997-yildan buyon 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng

nishonlanadi. Jamiyatimizda o‘qituvchi-pedadoglarga yaratilayotgan imkoniyatlar, taqdim
etilayotgan sharoitlar tahsinga loyiq ekanligini e’tirof etmog‘imiz joiz.

Ta’bir joiz bo‘lsa, har bir davlatning, jamiyatning maqomi yosh avlodni ma’nan yetuk,

aqlan barkamol qilib shakllantirishdek ulkan vazifasini sidqidildan zimmasiga olgan
ustozlarga bo‘lgan munosabat bilan o‘lchanadi. Demak, o‘qituvchi-murabbiylar – tom
ma’nodagi kelajak bunyodkorlaridir.

References:

1.

www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasining qonuni O‘qituvchi va murabbiylar kunini

belgilash to‘g‘risida.

2.

www.edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy

sayti.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

112

3.

www.uzedu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy

sayti.
4.

www.ziyonet.uz

Ta’lim portali.

5.

www.arboblar.uz

Ilmiy-ommabop, ma’rifiy va ta’limiy sayt.

Библиографические ссылки

www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasining qonuni O‘qituvchi va murabbiylar kunini belgilash to‘g‘risida.

www.edu.uz O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sayti.

www.uzedu.uz O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy sayti.

www.ziyonet.uz Ta’lim portali.

www.arboblar.uz Ilmiy-ommabop, ma’rifiy va ta’limiy sayt.