ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
105
MILLIY BRENDNI SHAKLLANTIRISH
Assistent
Kodirova Xurshida Ismoilovna
Talaba
Eshmurodov Baxtiyor Dilovar o‘g‘li
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13867156
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xorij brendlarini o‘rgangan holda O‘zbekistondagi ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining brendini yaratish va rivojlantirish to‘g’risida
ma’lumotlar keltirilgan.
В данной статье представлена информация о создании и развитии бренда
производственных и сервисных предприятий Узбекистана на основе изучения
зарубежных брендов.
This article provides information on the creation and development of the brand of
production and service enterprises in Uzbekistan based on the study of foreign brands.
Mamalakatimiz mustaqillikdan so‘ng korxonalar faoliyatida va mahalliy bozorlarni milliy
tovarlar bilan taminlashda bosqichma-bosqich tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda, va
korxonalar va tashkilotlar faoliyatini samarali tarzda tashkil etish va korxonalardagi iqtisodiy
amaliyotlarni bozor iqtisodiyoti talablari darajasiga moslashtirish zaruriyatini muhim vazifalar
qatoriga qo’ymoqda. [1] Koʻpgina kompaniyalar 21-asrda bir necha turdagi mahsulotlar
orasida juda ham kam farqlanish borligini taʼkidlashadi, shuning uchun brendlash amaliyoti
orqali mahsulotlarni farqlashning bir necha usullariga ega boʻlish mumkin. Brendlash,
tahminlarga asoslansak, oʻgʻirlikni oldini olish uchun chorva mollarini markalash amaliyotidan
boshlangan deb aytishimiz mumkin. Londonda sotilgan Laylning Oltin siropi Ginnesning
rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng qadimiy brend va qadoqlash belgisi sifatida tan
olinganligini inobatga olsak.1777-yilda tashkil etilgan Britaniya pivo zavodi Bass & Company
xalqaro brend marketingida birinchilardan boʻlib oʻz brendini namoyish qilgan va Bass oʻzining
Pale Ale qutilariga qizil uchburchakni qoʻllagan, uning qizil-uchburchak brendi Britaniya
hukumati tomonidan chiqarilgan birinchi roʻyxatga olingan savdo belgisiga aylanganligi ushbu
soha taraqqiyoti asosi bo’ldi.
“Milliy brend” atamasi nisbatan yangi atama bo’lib, muomalaga ilk bor 1998 yilda
hududiy brending sohasidagi ikkita global tadqiqot: Anholt-GfK Roper Nation Brands Index
va Anholt-GfK asoschisi va nashriyotchisi S.Anholt tomonidan kiritilgan. Milliy brendga
berilgan ilk ta’rifda, Saymon Anholt uning “Made in Country X” yorlig'i orqali mahsulot
qiymatini yaratish qobiliyatiga urg’u bergan hamda qiymat ishlab chiqaruvchi mamlakat bilan
bog’liq bo’lgan ijobiy assotsiatsiyalar orqali shakllantirilishini ta'kidlagan bo’lsa, ko’pgina
tanqid va munozaralardan so’ng, “milliy brend”ni - “hukumat faoliyatining 6 yo‘nalishi,
jumladan: eksport, davlat boshqaruvi, turizm, sarmoya va immigratsiya, aholi hamda
madaniyat va meros doirasida insonlarning mamlakat haqidagi tasavvurlari yig‘indisi”
sifatida ta’riflaydi[2]. Anholt milliy brend masalasiga mamlakatlar hududi nuqtai-nazaridan
yondashadi, [3] unga ko'ra hududning imidjini sun'iy ravishda qurib bo’lmaydi, u "bo'sh joyda"
paydo bo'lmaydi, balki yuqorida qayd etilgan aniq va o'lchanadigan olti guruh parametrlari
bilan belgilan O‘zbekiston «Nation Brands 2022» reytingida 62-o‘rinni egalladi1 va u Markaziy
Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni ko‘rsatib kelayotgan Qozoqistondan ancha
o’rin orqada kelmoqda, bir necha yildan buyon. O‘zbekistondagi ishlab chiqarish va xizmat
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
106
ko‘rsatish korxonalarining brendni yaratish va uning qiymatini oshirish bo‘yicha yetarli
tajribaga ega emasligini, ularning marketing faoliyatida yangicha yondashuvlar, vositalar va
brendlarning modellaridan foydalanishni taqozo etmoqda. “Nation Brands” tizimi mamlakatlar
salohiyatini baholash, brending mexanizmini ishlab chiqish va boshqarishni tashkil etishga
asoslanadi, shunday ekan O‘zbekistonda “Milliy tovar”, “Milliy Brend tizimini” ishlab chiqish
bugungi kunning dolzarb masalasi bo’lib kelmoqda bugungi kunga qadar. Uning mamlakatimiz
kelajagi uchun naqadar muhim ahamiyat tutishini ko‘rsatib beruvchi “Nation Brands” indeksini
o‘rganish shu asosida xorij tajribasiga tayanib milliy tovarlarimiz uchun korxona va tashkilotlar
milliy brending mexanizmini ishlab chiqish asosiy oldimizda turgan masaladir[4]. Oldimizga
qo‘ygan masalaning yechimini topishda avval, jahon tajribasini chuqur o‘rganib, tahlil qilib
natijalarga asoslanib o‘z milliy brendimizga asos solsak to‘g’ri bo‘lgan bo‘lar edi. Mavjud
tadqiqotlarda brend nazariyalari va isteʼmol tovarlari brendini shakllantirish va brending
strategiyalarini ishlab chiqishning ilmiy-nazariy jihatlari yoritilgan bo‘lsada, O zbekiston
korxonalari uchun alohida milliy brend mexanizmini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan
tahliliy struktura ishlab chiqish masalalari o‘rganilmagan. O‘rganilayotgan milliy brend tizimini
shakillantirish va faoliyatga qo‘yish orqali barcha mamlakatimiz fuqarolari uchun qimmatli
ijobiy mamlakat imidji tizimi yaratiladi, bu u yoki bu hududdagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va
ijtimoiy faoliyatiga mos kelishi kerak. [5]Tadqiqot davomida emperik va nazariy tahlil usullari
asosida xorijiy mamlakatlar brending mexanizmlari o’rganilib, zaruriy xulosalar asosida
mamlakatimiz uchun maqbul milliy brend mexanizmi faktorlari alohida belgilab olindi. Bugungi
xalqaro siyosat va iqtisodiyotning muhim omili mamlakatning brending siyosati hisoblanadi.
[6]Zamonaviy brending tushunchasi mijozlar ongida doimiy taassurot qoldirish maqsadida
kompaniya yoki mahsulotlarni raqobatchilardan ajratib olishga yordam beradigan marketing
hamda kommunikatsiya texnikasi va vositalarini menejer tomonidan qoʻllashni oʻz ichiga olgan
holda kengaytirildi.
References:
1.
O‘zbekiston–2030” strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining
Farmoni PF-158-сон 11.09.2023
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada
erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni. - // Xalq so’zi,
2018 yil 31 oktyabr, № 225 (7183)
3.
Anholt, S. (1998). Nation Brands of the Twenty-First Century. Journal of Brand
Management.
4.
Anholt, S. (2005). Competitive Identity: The New Brand Management for Nations, Cities
and Regions. Palgrave Macmillan UK.
5.
Petty, R. D. „Brend identifikatorini himoya qilish va brend marketingi tarixi“, 2016, 104-
bet.
6.
Arnold E. J. va Tompson C. J. „Isteʼmolchi madaniyati nazariyasi: Yigirma yillik
tadqiqotlar“, Isteʼmochi qidiruvi jurnali, jild-31, 2005-yil, 868-882-betlar