Авторы

  • Nargiza O‘ralova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46270

Ключевые слова:

matn intramatn parsellyatsiya sarlavha ega kesim to‘ldiruvchi aniqlovchi hol aktuallashish.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘.Hoshimov asarlaridagi matnning mazmuniy tuzilishiga aloqador sarlavhani belgilash, uning shakliy va ma’noviy xususiyatlarini sharxlash, matnning xotima va intra qismlaridagi o‘ziga xosliklarini aniqlash xususida mulohaza yuritiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

76

O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA MATN SARLAVHA, MATN SO‘NGGI ,

INTRAMATN PARSELLYATSIYALARI

O‘ralova Nargiza Israilovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.13858914

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘.Hoshimov asarlaridagi matnning mazmuniy tuzilishiga aloqador

sarlavhani belgilash, uning shakliy va ma’noviy xususiyatlarini sharxlash, matnning xotima va
intra qismlaridagi o‘ziga xosliklarini aniqlash xususida mulohaza yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

matn, intramatn, parsellyatsiya, sarlavha, ega, kesim, to‘ldiruvchi,

aniqlovchi, hol, aktuallashish.

ЗАГЛАВИЕ ТЕКСТА, КОНЦОВКА ТЕКСТА, ВНУТРИТЕКСТОВЫЕ

ПАРСЕЛИИ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ Y.ХАШИМОВА

Аннотация

В этой статье содержательной структуре текста в произведениях Y.Хашимова

относятся определение заголовка, интерпретация его формальных и духовных
особенностей, выявление особенностей в хатиме и интра частях текста.

Ключевые слова:

текст, внутритекст, парсел, заголовок, притяжательный падеж,

причастие, дополнение, определитель, падеж, актуализация.

So‘zlovchining kommunikativ niyati va emosional munosabatini gapda faol ifodalanishiga

to‘ldiruvchi pozisiyasidagi sintaktik bo‘lakning parsellyasiyasini ham alohida o‘rni bor.
To‘ldiruvchining kesim va egadan keyin gapdagi muhim konstruktiv bo‘lak ekanligi tilunoslar
tomonidan qayd etilgan. Masalan, N.Mahmudov “To‘ldiruvchi gapning ikkinchi darajali bo‘lagi
bo‘lsa-da, u gapdagi informasiyaning to‘liq bo‘lishini ta'minlovchi muhim komponentdir.
Chunki u, asosan, obyekt munosabatini ifoda etib, gapda go‘yoki ikkinchi predmet markazi
sifatida uning eng oddiy modellari tarkibiga ham bevosita kiradi. Hozirgacha bizga ma'lum
tillarning birontasi bu obyekt munosabatlarining ifodalanishiga befarq emasligini E. Sepir
alohida ta'kidlagan edi. Shu nuqtayi nazaridan, ana shu obyekt munosabatini ifodalash uchun
xizmat qiladigan bo‘lak, ya'ni to‘ldiruvchi gapning konstruktiv bo‘lagidir”.

1

Faollashuv nuqtayi

nazaridan ham to‘ldiruvchi (va hol) alohida mavqega ega. Yoyiq jumlalarda ikkinchi darajali
bo‘laklarning kommunikativ o‘rni haqida gapirar ekan A. Nurmonov “Turikiy tillarda gap
bo‘laklarning ikki xil o‘rni ko‘rsatiladi” K.M. Abdullaev turikiy tillarda aktuallashga bo‘lakning
ya'ni remaning ikki o‘rni borligini: 1) kesimdan oldingi o‘rni 2) gapning oxiri va shunga ko‘ra
aktuallashishning ikki darajasi – kuchli va kuchsiz aktuallashish mavjud ekanligini ta'kidlaydi.
Ozarbayjon tilida kuchli aktuallashish jumlaning eng oxirida, kuchsiz aktuallashish esa
kesimning odida sodir bo‘ladi. Uning ko‘rsatishicha, hamma bo‘laklar shunday ikki darajadagi
aktuallashishga ega bo‘ladi. Bu nuqtayi nazardan, o‘zbek tili turkiy tillar sistemasida alohida
o‘rin egallaydi.

2

1

Mahmuodv N. Funsional va nofunksional to‘ldiruvchilar haqida // O‘zbek tili va adabiyoti – Toshkent. Fan 1981. N1.

2

Haydarov Sh. Badiy matnda parsellyativ konstruksiyalarning qo‘llanishi. Dissertasiya. T:.2010.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

77

Chunki o‘zbek tilida ayrim bo‘laklar (masalan, ega va kesim) aktuallashishning faqat bir

darajasiga – kuchli darajasiga ega. Ega aktuallashuvining kuchli darajasi uchun gapning oxirgi
o‘rni xarakterli. Hol va to‘ldiruvchilarda bu ikki darajani kuzatish mumkin.

3

Chindan ham

to‘ldiruvchi kommunikativ sathda bevosita kesim oldidan kelib ham aktuallashishi mumkin.
Masalan, Men kecha kutubxonada o‘qidim kitobni shaklidagi to‘ldiruvchi kesimning bevosita
oolidida kelib, aktuallashgan mantiqiy urg‘u olgan. Bu gapning Men kecha kutubxona o‘qidim
kitobni shaklidagi variantida mazkur to‘ldiruvchi gapning oxirida kelib, yanada kuchli darajada
aktuallashgan remani ko‘rsatgan. Ayni to‘ldiruvchi parsellyat sifatida gap tashqariga
chiqarilganda esa, ayni aktuallashuv yanada kuchli darajaga ega bo‘ladi. Ya'ni : Men kecha
kutubxonada o‘qidim. Kitobni!. Bunda aktuallashtiruvchi vosita sifatida bo‘lakning ayni
parsellyativ pozisiyasi bilan bir qatorda o‘ziga xos prosodika ham faol ishtirok etadi. Badiiy
matnda to‘ldiruvchilarni parsellyat sifatida jumladan tashqariga chiqarish juda keng kuzatiladi.
Bunda alohida jumla maqomidagi to‘ldiruvchi kuchli ta'kid oladi: Masalan, birinchi jangdayoq
otib tashlayman! Ikkilangniyam! (O‘. Hoshimov. Tushda kechgan umrlar) Shuni ham aytish
joizki To‘ldiruvchilarning har ikki turi ham vositasiz to‘ldiruvchilar ham vositali to‘ldiruvchilar
ham asosiy gapdan tashqariga chiqarilishi va ta'kid olishi mumkin. Quyidagi misollar bu holatni
dalillaydi. 1) parsellyat vositasiz to‘ldiruvchi shaklida: Og‘ir jinoyat qilish kamaydi.....davomini
.....topish (O‘.Hoshimov Tushda kechgan umrlar) Yangi tug‘ilgan buzog‘i bilan.... (O‘.Hoshimov
Tushda kechgan umrlar)

4

Asosiy gapdagi to‘ldiruvchining eng xarakterli yoki konnkret

belgisini to‘ldiruvchi shaklidagi parsellyatda aytish orqali bo‘lakni aktuallashtirish ham badiiy
matnda ko‘p uchraydigan usul hisoblanadi. Bunda asosiy gapdagi to‘ldiruvchi bilan parsellyat
shaklidagi to‘ldiruvchi izoh, umumiylik, xususiylik munosabatida bo‘ladi. Masalan, Biron
narsamas, zo‘r yodgorlik qurliramiz u yerga! – so‘ng qisinibroq dedi:- o‘zim ko‘rmaganman u
yerni.Ushbu misoldagi yerni to‘ldiruvchi vazifasida kelgan bo‘lakda umumiylik aniq
belgilanmaganlik ma'nosi mavjud. Ana shu mavhum tushuncha parsellyat orqali
konkretlashtirilgan. Ayni konstruksiya deparsellyatsiyalansa. U yerni, ya'ni ko‘pincha, badiiy
matnda asosiy gapdagi uyushiq to‘ldiruvchilardan birining parsellyat sifatida gapdan
tashqariga chiqarilishi kuzatiladi. Masalan,

«Otchopar» bozorida eski do‘stimni uchratib qoldim.

Matematik... Olim...

(O‘. Hoshimov) Parsellyatli konstruksiyasida kechagi niyatini parsellyati

aslida bazaviy gapdagi

Olim, Matematik

shaklidagi to‘ldiruvchi bilan bir sintaktik maqomdagi

bo‘lak, ya'ni uyushiq to‘ldiruvchi edi. Ana shu uyushiq to‘ldiruvchilarning biri parsellyat sifatida
gapdan chiqarilgan. Quyidagi misorllarda ham shunday misollarni ko‘rishi mumkin. Misol,
ba'zan asosiy gapda umumlashtiruvchi so‘z saqlanib qoladi, uyushiq to‘ldiruvchilarning bari
esa, bir parsellyat sifatida gapdan tashqariga chiqariladi:

Sherzodni turtdi: Qoching! Keting!

Qo‘rqasiz!

(O‘. Hoshimov) To‘ldiruvchini poetik aktuallashtirishda birdan ortiq parsellyat

to‘ldiruvchini qo‘llash ham keng kuzatiladigan hodisalardan sanaladi. Misollar: “Qiziq – o‘yladi
parishon bir tarzda. – Ba'zan asarga mavzu qidiramizu o‘zimiz ko‘rolmaymiz. No‘noq
yozuvchilar!” (O‘. Hoshimov) Ba'zan asosiy gapdagi ajratilgan uyushiq to‘ldiruvchilar alohida-
alohida parsellyatlar sifatida kelishi mumkin. Masalan,

Daftarni hech kim ko‘rmaydi. Hech kim!

(O‘. Hoshimov) Ma'lumki ajratilgan bo‘laklar hamisha ta'kid olgan bo‘ladi. Ammo,

3

Nurmonov A., Mahmudov N., Axmedov A., Solixo‘jaev S. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi-Toshkent Fan.1992.y.

4

www.ziyo.uz.hikoyalar.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

78

parsellyatsilangan konstruksiyada bu to‘ldiruvchilar yanada kuchli darajada mantiqiy estetik
ta'kidga ega bo‘ladi. Ba’zi o‘rinlarda muayyan bir parsellyativ konstruksiyaning o‘zida uyushiq
to‘ldiruvchilarning bir guruhi bir parsellyat sifatida turkumlani, yana boshqalari alohida-
alohida parsellyat sifatida asosiy gapdan tashqariga chiqarilishi mumkin. Bu holat albatta
yozuvchining badiiy niyati xususan tasvirda emosionallik darajasini yanada orttirishga intilishi
bilan bog‘liq holda voqe bo‘ladi. Mana bu misolga e'tibor beraylik. Masalan, istehzoli iljaydi. –
sotdik! Umuman to‘ldiruvchi shaklidagi parsellyatlar badiiy matnda ega va kesim shaklidagi
parsellyatlarga qaraganda ancha keng qo‘llaniladi.

Parsellyatsiya hodisasini turli tillar materiallari asosida tadqiq etgan tilshunoslar bu

hodisaning til universaliyasiga oid ekanini ta’kidlar ekan, matn, uning bo‘laklanish va
tashkillanish usullarini o‘rganishning kuchayib borishi bilan parsellyatsiya muammosi
sintaksis tadqiqidagi eng dolzarb masalalardan biriga aylanganligiga e’tiborni qaratadilar. Ular
ayni paytda “parsellyatsiya” termini frantsuzcha “bo‘laklamoq, qismlarga ajratmoq,
maydalamoq” ma’nosidagi parceller so‘zidan olinganligi va matnni bo‘laklash usulini ifodalash
uchun qo‘llanishiga urg’u berib, parsellyatsiyaning ekspressiv sintaksisga oid ekanligini
ta’kidlaydilar.

5

Bu o‘rinda shuni ham qayd etish joizki, lug’atlarda “parsellyatsiya” so‘zining

frantsuz tilida “dehqon o‘z хo‘jaligini yuritishi uchun erni kichik qismlarga (partsellalarga)
bo‘lish” tarzidagi ma’nosi mavjudligi aytiladi.

6

Aniqlovchi pozisiyasidagi bo‘lakning parsellyat sifatida gap tashqarisiga chiqarilishi ham

yozuvchining badiiy niyatiga muvofiq amalga oshadi. Ma'lumki, aniqlovchining asosiy vazifasi
gapda ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so‘zlarni aniqlash, ya'ni gapdagi biror bo‘lakning
belgisini yoki bir narsa buyumning kim-nimagadir qarashli ekanligini bildirishdan iborat. Ayni
paytda aniqlovchi gapning bevosita konstruktiv bo‘lagi emas, bu munosabat bilan professor
A.Nurmonov tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni umumlashtrib, quyidagi fikrni ilgari suradi:
“...Aniqlovchi gap tuzulishining emas, balki gap tuzulishida bir unsur sifatida funksiyalashuvchi
deskiripsiyaning ichki tuzulishi, unsuridir. Shuning uchun ham bu unsur predikat va uning
argumentlari o‘rtasidagi munosabat sifatida qaraluvchi gap tuzulishi uchun nofunksionaldir”

7

A.Nurmonov ta’kidlab o‘tganidek aniqlovchining aktuallashish o‘rni aniqlanmishdan

keyingi o‘rni bo‘lib, u ajratilishi, ya'ni ajratilgan bo‘lakshaklida aktuallashishi – rema ifodachisi
bo‘lishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, aniqlovchi nafaqat aniqlanmishdan keyin,
balki gapdan tashqariga chiqarilganda, ya’ni parsellyatsiyalanganda uning aktuallashuvchi,
mantiqiy-estetik ta'kidlanishi yanada kuchli.

References:

1.

Mahmudov N. Funsional va nofunksional to‘ldiruvchilar haqida // O‘zbek tili va adabiyoti

– Toshkent. Fan 1981. N1.
2.

Haydarov Sh. Badiy matnda parsellyativ konstruksiyalarning qo‘llanishi. Dissertasiya.

T:.2010.
3.

Nurmonov A., Mahmudov N., Axmedov A., Solixo‘jaev S. O‘zbek tilining mazmuniy

sintaksisi-Toshkent Fan.1992.y.
4.

Aleksandrоva О.V. Prоblemi ekspressivnоgо sintaksisa. –M.: Visshaya shkоla, 1984. -S. 63.

5

Aleksandrоva О.V. Prоblemi ekspressivnоgо sintaksisa. –M.: Visshaya shkоla, 1984. -S. 63.

6

Slovar inоstranniх slоv. – 16-e izd., ispravl. –M.: Russkiy yazik, 1988. –S.374

7

Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi (sintaksis). Toshkent. O‘qituvchi. 1995.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

79

5.

Slovar inоstranniх slоv. – 16-e izd., ispravl. –M.: Russkiy yazik, 1988. –S.374

6.

Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi (sintaksis). Toshkent.

O‘qituvchi. 1995.

Библиографические ссылки

Mahmudov N. Funsional va nofunksional to‘ldiruvchilar haqida // O‘zbek tili va adabiyoti – Toshkent. Fan 1981. N1.

Haydarov Sh. Badiy matnda parsellyativ konstruksiyalarning qo‘llanishi. Dissertasiya. T:.2010.

Nurmonov A., Mahmudov N., Axmedov A., Solixo‘jaev S. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi-Toshkent Fan.1992.y.

Aleksandrоva О.V. Prоblemi ekspressivnоgо sintaksisa. –M.: Visshaya shkоla, 1984. -S. 63.

Slovar inоstranniх slоv. – 16-e izd., ispravl. –M.: Russkiy yazik, 1988. –S.374

Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi (sintaksis). Toshkent. O‘qituvchi. 1995.