ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
61
ARRALI JIN MASHINASIDAGI ARRALAR ARO QISTIRMALARINI
TASNIFLASHDA, UNDAGI OLIB BORILGAN TADQIQOTLARNI O’RGANISH
Mamajonov Zafar Azizovich
Andijon mashinasozlik instituti
stajyor tadqiqotchisi
tel: (+998)90-269-48-05
https://doi.org/10.5281/zenodo.13856804
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mavjud arrali jin mashinasidagi afzalliklar, unung
imkoniyatlari, kamchiliklari hamda undagi arralararo qistirmalari muvizanatlari o’rganilgan.
Кalit so'zlar:
jin, tola, arra, cho’tkali baraban, arralararo qistirma, ishchi kamera, panjara,
baraban.
Аннатация:
В данной статье расмотрены преимущества, вожможности,
недостатки действующего пильного станка, а также баланс его межпильных прокладок.
Ключевые слова:
джин, волокно, пила, щеточный, барабан, межпильная
прокладка, рабочая камера, сетка, барабан.
Abstract:
This article discusses the advantages, capabilities, and disadvantages of the
existing sawing machine, as well as the balance of its intersaw spacers.
Key words:
gin, fiber, saw brush drum, intersaw spacer, working chamber, mesh, drum.
K I R I S H
Jahon tajribasida bu yo‘nalishda paxtani qayta ishlovchi mashinalarning jihozlarni
takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda
arra diski qistirmalari ishlov berish orqali tolani tabiiy xususiyatlarini saqlash ustvor
hisoblanmoqda. Bu borada, paxta xomashyosini qayta ishlashda tolaning tabiiy xususiyatlarini
saqlashga imkon beradigan mashinalarning ishchi qismlari detallarini uzoq muddatga chidamli
texnologiyasini ta’minlash muhum hisoblanadi va paxta tolasi bilan tutashuvchi arra
tishlarining va ularning qistirmalarini shakllantirish hisobiga tolani ajratish sifatini oshirishga
alohida e’tibor berilmoqda.
Jahonda to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan umumiy tolaning 55-60 % ni paxta
tolasi tashkil qiladi. Aholining jadal suratda oshib borishiga bog‘liq tabiiy mahsulotlarga,
ayniqsa paxta tolasi to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlariga talab ham oshib boradi. Paxta
tolasini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar- Xitoy, AQSh, Hindiston, Braziliya, Turkiya,
O‘zbekiston, Indoneziya va boshqa davlatlarda tola sifatiga talab oshib bormoqda, to‘qimachilik
sanoati mahsulotlarini raqobatbardoshligi shularga bog‘liq. Raqobatbardoshlikni oshirish
yuqori sifatli paxta tolasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. To‘qimachilik
sanoatining ishonchli va sifatli mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun paxta tozalash sanoatini
yangi texnika va texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bizning respublikamizda paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish, paxta
xomashyosini qayta ishlash rentabelligini oshirish, texnologik jihozlarni modernizatsiyalash
asosida va berilgan sohada fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq
qilish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga
erishilmoqda. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarda taraqqiyot Strategiyasida,
shuningdek, “Milliy iqtisod barqarorligini ta’minlashga, yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi va
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 marta oshirishga yo‘naltirilgan sanoat
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
62
siyosatini amalga oshirishda…” muhum vazifalar belgilab berilgan Ushbu vazifalarini amalga
oshirishda, jumladan, paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlarini takomillashtirish,
paxtani qayta ishlovchi mashinalarning arra disklari qistirmalarini o‘zaro ta’sir jarayonida
zarur bo‘lgan mikroprofilini shakllantiruvchi xususiyatli yuqori darajaga ega bo‘lgan
zamonaviy abraziv materiallar bilan pardozlab ishlov berish muhum ahamiyat kasb etmoqda.
Mexanik ishlov berishning progressiv usullari va rejimlari, texnologik mashinalar ishchi
qismlari detallarining yuqori darajada ishga layoqatliligi, yeyilishga chidamliligi, toliqishga
mustahkamligi va uzoq muddatga bardoshliligiga erishish maqsadida ularning yuza qatlamlari
sifatini ta’minlashni asoslash bo‘yicha zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishining muhum
masalalari chet el olimlari va mutaxassislari Ye.M. Trent, X. Opits, I.Dj. Аrmarego, Dj. Martin,
G.Fuks, S.V. Serensen, А.А. Matalin, А.D. Makarov, B.А. Kravchenko, D.D. Papshev, V.K. Starkov,
А.M. Sulima, I.V. Kudryavtsev, S.G. Xeyfets, V.F. Bezʼyazichniy, А.G. Suslov, Yu.G. Kabaldin, M.А.
Tamarkin va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan.
Paxtani qayta ishlovchi mashinalar ishchi organlari detallariga yakuniy ishlov berish
uchun ularning mustahkamlik va ekspluatatsion xususiyatlarini ta’minlash bo‘yicha qator
texnologik jarayonlar taklif qilingan. Bu ilmiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha olimlar:
akademik R.G. Maxkamov, I.G. Shin, M.G. Xamov, V.V. Shiryaev, А.P. Rogov, А.M. Аxmedov, M.R.
Muminov, Z.А. Shodmonkulov va boshqalar ushbu sohani rivojlantirishga katta hissa qoʻshdilar.
Ammo, paxtani qayta ishlovchi mashinalar ishchi qismlarining muhum detallari
mustahkamligi va uzoq muddatga chidamliligini oshirishga erishilgan yutuqlarga qaramay
hozirgi kunda arra tishlarini va uning qistirmalarini shakllantirishga nisbatan muammoli
masalalarni yechishga yetarli darajada e’tibor berilmagan, bu esa ishchi kameradagi kolosnik
va arralarning uzoq vaqt unumdor ishlashini va tolani tabiiy xususiyatlarini maksimal saqlagan
holda tolani ajratishni kafolatlaydi.
(asosi: dissertatsiyaning kirish qismi);
Yillar davomida paxtadan tolani ajratish jaraѐni barcha mamlakatlarda tezlik bilan yuqori
darajada oshib bordi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – tola va chigitni tabiiy xususiyatlarini
saqlab qolishdan iboratdir. AQSh oʻzining etakchi “Dominator”, “Avenger”, “Continental Eagle”,
“Consolidated”, “Hardwick-Etter Regal”, “Lummus imperial” va “Murrey” firmalari orqali arrali
jin mashinasining yangi rusumlarini ishlab chiqarib, ulardan samarali natijalarni ola boshladi.
Ishlab chiqarilaѐtgan mashinalar ishlash jaraѐni va samaradorligi bilan ajralib turadi. Barcha
jinlarning konstruktiv farqi: paxtadan iflos aralashmalarni ajratish uchun titish kamerasini
mavjudligi; tolani arra tishidan choʻtkali echilishi; ish kameralarini ish holatiga va undan
mexanizasiyalashtirilgan surilishi; kolosniklarning yuqori qismi orasidagi masofani kengayishi
hisobiga tola bilan tiqilishini oldi olinishi; ulyukni ajratish uchun arrali silindrning markazdan
qochma va gravitasion kuchdan foydalanilishi; shu maqsadda ulyuk qovurgʻasi jinning ish
kolosniklaridan ortda va arrali silindr tagida oʻrnatilishi; arralar orasidagi masofani
oʻzgartirmay arralar sonining koʻpaytirilishidir.
AQShda ilmiy-tekshirish ishlari olib borgan mutaxassislar arrali jin mashinasining tishlar
sonini kamaytirish, ya'ni qadam kengligini oshirish hisobiga tishning mustahkamligini oshirib,
tishlar profilini saqlash uchun maxsus termik puxtalash usulini ishlab chiqdilar.
Bu mashinaning ishchi kamerasi xajmi va arralar diametri boshqa jinlarnikiga nisbatan
katta va ish unumi yuqori. Ammo, barcha AQSh jinlariga xos boʻlgan umumiy kamchilik – ularda
olingan tolaning kalta tolalar indeksi yuqori ekanligidir. Bu holat, arrali jinlashda tolaning tabiiy
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
63
uzunligi sezilarli darajada qisqarib ketayotganini koʻrsatadi. Natijada, birlik tola massasidan
ishlab chiqariladigan kalava miqdori kam boʻladi. Ma'lumotlarga qaraganda, soʻngi yillarda bu
koʻrsatkich 70-80% dan ortmayapti. “Xardvik-Etter” kompaniyasining “Regal-224” rusumli
arrali jini mavjud (2.-rasm). U quyidagi asosiy qismlardan iborat: titish kamerasi 6 va ish
kamerasi 4; ikkita arrali silindr 2 va 7, kolosnikli panjaralar 3 va 5, tola echish apparati 1 va 8,
ulyuk kameralari 9, hamda mashinani boshqarish tizimi “Regal-224” jinida tolani echilishi
choʻtkali barabanlar yordamida har bir arrali silindrdan individual ravishda amalga oshadi
2-rasm. “Xardvik-Etter” firmasining “Regal -224” rusumli jini.
Boshqa amerika jinlaridan farqli, arrali silindr arra tishlaridan tolani echilishi choʻtkali
emas, balki havolidir. Asosiy uzel va detallar quyidagilar: arrali silindr 4, kolosnikli panjara 3,
sidirgʻich 5, echish barabani 6, ulyuk shneki 8, havo kamerasi 7. Bu mashinaning ishchi
kamerasi yaxshi va ish unumi yuqori. Ammo, barcha AQSh jinlariga xos boʻlgan umumiy
kamchilik – ularda olingan tolaning kalta tolalar indeksi yuqori ekanligidir. Tolani arra
tishlaridan echilishi choʻtkali baraban ѐrdamida bajariladi. Baraban diametri 380 mm ni,
aylanish tezligi 1850 ay/min ni tashkil qiladi.
2019 yil fevral oyida polimerli arralararo qistirmalar arrali jinlarga oʻrnatildi va xosilni
qayta ishlash mavsumi oxirigacha ishlatildi. Ish pay-tida, arra silindrida igirmadan ortiq arra
almashinuvi amalga oshirildi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
64
4- rasm.AQSh, Xitoy va Hindiston firmalarining arralararo qistirmalari
Hozirgi vaqtda arrali jin mashinalaridagi arrali silindrlarida alyuminiydan tayyorlangan
arralararo qistirmalardan foydalaniladi. Arralararo qistirmaning vazifasi kolosnikli
panjaraning kolosniklararo tirqishida arralarni aniq oylashtirishni ta'minlash bilan birga u
arrali silindrga zarur bikrlikni ham ta'minlaydi, lekin ishchi kameradagi xom-ashyovaligini
massasi va zichligi ortib borgani sari, arra oraligidagi qistirma ishqalanish kuchini oladi hamda
muvozanat xolatini yoʻqotadi. Natijada oʻlchamlari kichrayishni boshlaydi. Buning oqibatida
arralardagi muvozanat xolati buziladi.
References:
1.
Беккулов Б. Р., Атабаев К., Рахмонкулов Т. Б. ОПРЕДЕЛЕНИЕ КОЛИЧЕСТВА ШАЛЫ В
СУШИЛЬНОМ БАРАБАНЕ //Бюллетень науки и практики. – 2022. – Т. 8. – №. 7. – С. 377-
381.
2.
Рузиев А. А. ЦЕНТРОБЕЖНОЕ СОРТИРОВАНИЕ СЕМЯН СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ
КУЛЬТУР ПО ПЛОТНОСТИ //Universum: технические науки. – 2021. – №. 12-3 (93). – С. 82-
86.
3.
Беккулов Б. Р., Собиров Х. А., Рахманкулов Т. Б. РАЗРАБОТКА И ОБОСНОВАНИЕ
ПАРАМЕТРОВ МОБИЛЬНОГО УСТРОЙСТВО ДЛЯ СУШКИ ШАЛА //Энергоэффективные и
ресурсосберегающие технологии и системы. – 2020. – С. 429-438.
4.
Эрматов К. М. Обоснование параметров приспособления к хлопковой сеялке для
укладки фоторазрушаемой пленки на посевах хлопчатника. Автореф. канд. дисс.
Янгиюль, 1990. – 1990.
5.
Мамажонов М., Шакиров Б. М., Шакиров Б. Б. АВАНКАМЕРА ВА СУВ КАБУЛ КИЛИШ
БУЛИНМАЛАРИНИНГ ГИДРАВЛИК КАРШИЛИКЛАРИ //Irrigatsiya va Meliоratsiya.–2018. –
№. 1. – С. 44-46.
6.
Эрматов К. М. Вращающий момент бобины с пленкой //Высшая школа. – 2017. – №.
1. – С. 117-118.
7.
Эрматов К. М. Вращающий момент бобины с пленкой //Высшая школа. – 2016. – Т.
1. – №. 24. – С. 57-58.
8.
Қодиров З. А., Парпиев С. Ф. ПИЛЛАГА ДАСТЛАБКИ ИШЛОВ БЕРИШ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ ПИЛЛА СИФАТИГА ТАЪСИРИ.
9.
Рахимов А. А., Парпиев С. Ф. ВЛИЯНИЕ ДЛИТЕЛЬНОСТИ ОТВАРКИ НА КОЛИЧЕСТВО
УВАРА ПРИ ПЕРВИЧНОЙ ОБРАБОТКЕ ВОЛОКНИСТЫХ ОТХОДОВ НАТУРАЛЬНОГО ШЕЛКА
INFLUENCE OF BREADING DURATIONON THE QUANTITY OF UV ARDURING PRIMARY
PROCESSING OF FIBROUS WASTE OF //ПРОБЛЕМЫ ТЕКСТИЛЬНОЙ ОТРАСЛИ И ПУТИ ИХ
РЕШЕНИЯ: Cборник научных трудов Всероссийского круглого стола с междуна-родным
участием (22 декабря 2020 г.).–М.: РГУ им. АН Косыгина, 2021.–271 с. – 2021. – С. 184.
10.
Rano Y., Asadillo U., Go’Zaloy M. HEAT-CONDUCTING PROPERTIES OF POLYMERIC
MATERIALS //Universum: технические науки. – 2021. – №. 2-4 (83). – С. 29-31.
11.
Каюмов У. А., Хаджиева С. С. НЕКОТОРЫЕ РЕКОМЕНДАЦИЙ ПО ПРИМЕНЕНИЮ
ПОРОШКОВЫХ СПЛАВОВ ПРИ ВОССТАНОВЛЕНИИ ДЕТАЛЕЙ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ
ТЕХНИКИ СПОСОБАМИ ПЛАЗМЕННОЙ НАПЛАВКИ И НАПЫЛЕНИЯ //The 4th International
scientific and practical conference “Science and education: problems, prospects and
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
innovations”(December 29-31, 2020) CPN Publishing Group, Kyoto, Japan. 2020. 808 p. – 2020.
– С. 330.
12.
Мамажонов З. А., ўғли Зулфикоров Д. Р. САБЗИНИНГ КЕСКИЧ ТИҒИГА ТАЪСИР
КУЧИНИ АНИҚЛАШ //INTERNATIONAL CONFERENCES. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 476-481.
13.
Rahmonkulovich B. B., Abdulhaevich R. A., Sadikovna H. S. The energy-efficient mobile
device for grain drying //European science review. – 2017. – №. 11-12. – С. 128-132.
14.
Bekkulov B. R. ABOUT VALUE DRYING OF THE DEVICE IN PROCESSING OF GRAINS
//Irrigation and Melioration. – 2018. – Т. 2018. – №. 1. – С. 60-63.
15.
Mamajonov Z. A. et al. RESPUBLIKAMIZDA QO ‘LLANILAYOTGAN EKSKAVATORLARNING
CHO‘MICH TISHLARINI QAYTA TIKLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING TAHLILI
//INTERNATIONAL CONFERENCES. – 2023. – Т.1. – №. 2.– С.482-487.
16.
Xojimatov A. A., Mamajonov Z. A. MAVSUMIY QISHLOQ XO ‘JALIK TEXNIKALARINI
ISHLATISH VA SAQLASH SHARTLARINING TEXNIKA SIFATIGA TA’SIRI //Educational Research
in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 40-45.