Авторы

  • Abdullo Xaydaraliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46275

Ключевые слова:

kasb tanlash o‘zini o‘zi anglash o‘zini o‘zi belgilash motivatsiya kasb tanlsh motivlari.

Аннотация

Ushbu maqolamizda shaxslardagi kasb tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida so’z yuritiladi. Kasb tanlashning tasnifi, yurtimizda olib borilayotgan kasb tanlashga doir islohiotlarning ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada Farg‘ona tumanidagi 87 nafar o‘quvchi-yoshlarda o‘tkazilgan tadqiqotimizning matematik-statistik tahlilining tariflari beril o‘tilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

54

KASB TANLASH MOTIVLARINI AHAMIYATIGA KO‘RA O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Xaydaraliyev Abdullo Usmonali o‘g‘li

https://doi.org/10.5281/zenodo.13856763

Annotatsiya:

Ushbu maqolamizda shaxslardagi kasb tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi omillar

haqida so’z yuritiladi. Kasb tanlashning tasnifi, yurtimizda olib borilayotgan kasb tanlashga doir
islohiotlarning ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada Farg‘ona tumanidagi 87 nafar
o‘quvchi-yoshlarda o‘tkazilgan tadqiqotimizning matematik-statistik tahlilining tariflari beril
o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

kasb tanlash, o‘zini o‘zi anglash, o‘zini o‘zi belgilash, motivatsiya, kasb

tanlsh motivlari.

Аннотация

В этой статье мы поговорим о факторах, влияющих на выбор профессии у людей.

Освещена классификация профессий, важность проводимых в нашей стране реформ по
выбору профессии. В статье также приведены тарифы на математико-статистический
анализ нашего исследования, проведенного с участием 87 студентов-молодежи
Ферганского района.

Ключевые

слова

: выбор профессии, самосознание, самоопределение, мотивация,

мотивы выбора профессии.

Annotation

This article will talk about the factors that affect the choice of a profession in individuals.

The classification of the choice of profession, the importance of reformers on the choice of the
profession being carried out in our country are highlighted. The article also covers the tariffs of
the mathematical-statistical analysis of our study conducted in 87 students-young people of
Fergana district.

Keywords:

career choice, self-awareness, self-determination, motivation, career tanlsh

motives.


Bosh qomusimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida mehnat

qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqining
ta’minlanganligi yoshlarda o‘zlarining ilmiy salohiyati, individual qobiliyati va qiziqishlari
bo‘yicha kasb tanlashiga zamin yaratmoqda[1].

Kasb tanlash - bu inson hayot yo‘lini belgilaydigan eng muhim voqealardan biridir,

shuning uchun ushbu jarayonni ilmiy tadqiq etish talabi yuzaga keladi. Misol uchun, o‘rta
maktab o‘quvchilarining kasbiy o‘zini o‘zi belgilashi, ko‘pincha, ongsiz ravishda, ota-onalar va
do‘stlar ta’siri ostida amalga oshiriladi, bu esa korxonalarda kadrlar almashinuviga,
yoshlarning professional tanlovining buzilishiga olib keladi. Shaxsiy psixologik xususiyatlar
tufayli noto‘g‘ri tanlangan kasbning salbiy oqibatlari shaxsning o‘ziga ham, uning ichki muhitiga
ham ta’sir qiladi. Ular depressiv holatlarda, dunyoni salbiy idrok etishda, tajovuzda,
tushkunlikda namoyon bo‘ladi. Bu o‘rta maktab o‘quvchilarini kasbiy o‘zini o‘zi belgilash, kasb
tanlashda ongli motivlarni shakllantirish masalalari to‘g‘risida xabardor qilish zarurligini
belgilaydi.

2023-yil 20-yanvar kuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Maktablarda xorijiy tillar va

kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari” bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda yuqoridagi
masalaha alohida to‘xtalib o‘tdi. Katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarni har tomonlama


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

55

yetuk, bilimli va kasb-hunarli qilib tarbiyalash bugunning zarurati ekanligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola
jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammodir”[2].

Ko‘pchilik o‘quvchilar ta’lim jarayonida fan asoslarini egallab, muayyan tasavvur hosil

qiladilar, o‘zlari yoqtirgan kasb-hunarlar haqida o‘ylaydilar. Maktab o‘quvchilarining mayllari,
havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan
qiziqishlari, motivlari, intilishlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy
bog‘liqdir. Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashi dеmakdir.
O‘quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning
har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘quvchilarni mustaqil kasb
tanlashga (o‘z imkoniyatlarini o‘zi baholash orqali) o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa
ekanligi ta’kidlanadi. Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis markazi xodimlari
kеng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor
tanlashga oid yo‘l-yo‘riqlar va mеtodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy
shoxobchalari kеngaytirilishi, profеssiogramma, profеssiografiya, psixogrammalar ko‘lami
orttirilishi lozim. Kеyingi yillarda o‘tkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni kasbga
yo‘llash sohasida talay kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. Buni biz viloyatlar kеsimida hamda
Rеspublika bo‘yicha 9-sinf bitiruvchilariga sohalar bo‘yicha tavsiyanomalar bеrishda ko‘rdik.
Darhaqiqat, maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pеdagogik tashxis
ishlarini amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar boshlandi. O‘ylaymizki, ana shu dastlabki
qadam maktablarda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda
o‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash bilan shug‘ullanadigan
maktab amaliyotchi psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat bo‘lishi lozim. Chunki, bu
mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham mumkin emas.

Kasb tanlash motivlari shaxsning umumiy yo‘nalishi bilan ifodalanadi, ular doimo uzviy

bog‘liq hisoblanadi va bir-birini to‘ldirib turadi. Bu esa o‘z navbatida hayotning mazmuni va
maqsadlariga, jamiyatdagi mavqeiga, shaxsning qadriyatlari, ideallari, motivlari, hayot rejalari
va dunyoqarashlariga asoslanadi.

Tadqiqotimiz davomida o‘rgangan nazariy bilimlarimiz kasbiy o‘zini o‘zi belgilash va kasb

tanlash motivlari o‘rtasida ahamiyatga ega bo‘lgan bog‘liqliklar mavjudligini aniqlashga imkon
berdi. Shakllangan kasbiy o‘ziga xoslik ko‘rsatkichlari va ichki ijtimoiy ahamiyatga ega motivlar
o‘rtasida ikki tomonlama mo‘tadil bog‘liqlikni aniqladik.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

56

Kasb tanlash motivlarini ahamiyatiga ko‘ra o‘zaro bog‘liqligining korrelyatsiyasi

Ichki_in

d

Ichk_i

jt

Tash_ij

t

Tash_s

al

P- kasb

obro’si

M-

moddiy

farovon

lik

D-ish

T-

ijodiy

Ichki

individual

1

Ichki ijtimoiy

0,685

**

1

Tashqi

ijtimoiy

0,495

**

0,490

*

*

1

Tashqi salbiy

0,448

**

0,571

*

*

0,560

**

1

P-kasb obro’si

0,048

0,125

0,125

0,163

1

M-moddiy

farovonlik

0,267

*

0,269

*

0,163

0,237

*

0,355

**

1

D-

ishbilarmonli

k

0,293

**

0,359

*

*

0,211

0,148

0,049

0,479

**

1

T-ijodiy

munosabat

0,124

0,257

*

0,121

0,122

0,08

0,379

**

0,627

**

1

*p<0,05; **p<0,01; ***p<0,001
Yuqoridagi jadvalda kasb tanlash motivlarining bog‘liqligi va uning darajalari ko‘rsatib

o‘tilgan. Jadvalda respondentlarning umumiy natijalarning 28 ta korrelyatsiya koeffisentlari
aniqlandi va ulardan 16 tasi ahamiyatlilik ko‘rsatgichiga ega bo‘ldi. Bunda “Ichki individual
motivlar” bilan “Ichki ijtimoiy motivlar” shkalasi o‘rtasida ahamiyatli bog‘liqlik
aniqlandi(r=0,68; p<0,01). Ichki motivlarning o‘zaro bog‘liqligi uning anglab yetilganlik
darajasining yuqori ekanligini ko‘rsatib beradi. Bola o‘zi tanlayotgan kasbni ichki imkoniyatlari
va hoxishlariga ko‘ra tanlayotganini bildiradi. Navbatdagi bog‘liqlik “Tashqi ijtimoiy motivlar”
“Ichki individual motivlar” va “Ichki ijtimoiy motivlar” bilan ijobiy korrelyatsion bog‘lanishni
hosil qildi(r=0,49; p<0,01: r=0,49; p<0,01). Tashqi ijtimoiy motivlar har qanday davrda ham
ichki motivlarga bog‘liq hisoblanadi. Chunki shaxs o‘zining ichki istaklarini ijtimoiy hayotga
taqqoslaydi hamda o‘zining tanlovini amalga oshiradi. Ushbu bog‘liqlikning yana bir ahamiyatli
jihati shundan iboratki, tashqi va ichki motivlardan birining ustun kelishidan ko‘ra ularni
birgalikda amalga oshirish muhim sanaladi. Tashqi salbiy motivlarning qolgan barcha motivlar
- “Ichki individual motivlar”(r=0,44; p<0,01), “Ichki ijtimoiy motivlar” (r=0,57; p<0,01), “Tashqi
ijtimoiy motivlar” (r=0,56; p<0,01) bilan ahamiyatli bog‘liqligi aniqlandi. Korrelyatsion
bog‘lanish shundan dalolat bermoqdaki, o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan barcha motivlar o‘zaro
uzviy bog‘liq. Chunki bu davrda bola katta hayot ostonasida turar ekan, undagi barcha ijobiy va
salbiy jihatlarni ko‘ra olishi, anglay olishi va baholay olishi lozim. Ba’zida tashqi salbiy motivlar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

57

bolaning qiziqishi so‘ndirib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi ham mumkin. Lekin,
ko‘pincha, kasbiy faoliyatga kirishgandan keyin tashqi salbiy motivlar o‘z tasirini yo‘qotib
boradi. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, tadqiqotimiz natijalarini statistik tahlil qilish
natijasida kasb tanlashga ta’sir etuvchi barcha omillar bir-biriga ahamiyatli bog‘liq ekanligi
aniqlandi.

Shunday qilib, yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida kasbiy o‘zini o‘zi belgilash va kasb tanlash

motivlari o‘rtasidagi ahamiyatga ega bo‘lgan ijobiy va salbiy o‘zaro bog‘liqliklari aniqlandi.
Ushbu ko‘rsatgichlar o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkillash va amalga
oshirishda foydalanishga tavsiya etiladi hamda olingan ma'lumotlar har bir o‘quvchining
rivojlanish strategiyasini samarali ravishda yaratishga va kelajakda professional faoliyatini eng
samarali bajarishga imkon beradi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent 2023

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi ““Yoshlar — kelajagimiz”

davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlarning

tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya
qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-6208-son Farmoni.
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama

qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmoni.
5.

Asomova R.Z. “Kasb tanlash motivatsiyasi va uning dinamikasi”. Psix.f.n..dis.- T., 2002. -

137 b.
6.

Anvarova D.M., Ergashev P.S. “Kasbga yо’naltirish va kasb tanlash asoslari”. –T.: «Fan va

texnologiya», 2016, 4-6 b.
7.

Aripova N.A., Xolmamatova L.A., Qurbonova N.B. “Kasbiy psixologiya” darslik. Toshkent

– 2019., 148 b.
8.

Kadirova. X.A. “Shaxs kasb tanlashi va kasbga yo’naltirishning psixologik mezonlari”

2018 yil.
9.

Qo’chqorova. F.M. “Kasbga yo’naltirish va kasb tanlash asoslari” 2018 yil.

10.

Mamurоonovna, Nuralieva Dildora; Abdulloh, Xaydaraliyev; ,PSYCHOLOGICAL

FOUNDATIONS OF CRIME IN ADOLESCENCE,Uzbek Scholar Journal,10,,550-554,2022
11.

Atadjanov, M; Xaydaraliyev, A; ,"YANGI O ‘ZBEKISTONDA SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT

XAVFSIZLIGI MASALALARI",O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI,2,22,92-99,2023
12.

Isakova, M; Xaydaraliyev, A; ,YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH

MOTIVLARINING O‘RGANILISHI,"Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры",3,6 Part 2,16-20,2023
13.

Jumaboyevich, Rajabov Murodil; Usmonali o‘g‘li, Xaydaraliyev Abdullo; ,QORA

TRIADANING XUSUSIYATLARI VA UNGA MOYILLIGI MAVJUD ISHLASH,Conference Zone,,,385-
391,2023


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

58

14.

M.Isakova, Abdullo Xaydaraliyev; ,KASB TANLASHNING PSIXOLOGIK FENOMEN

SIFATIDA XORIJIY ADABIYOTLARDA O'RGANILISHI,Zamonaviy ta’lim muhitini tashkil etishda
talaba-yoshlarning o‘rni va ahamiyati‛ mavzusidagi Respublika ilmiy-masofaviy anjumani
materiallari to‘plami,1,1,176-181,2023,Namangan 2023
15.

А.Хайдаралиев, М.Исакова; ,YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH

MOTIVLARINING O’RGANILISHI,Международный современный научно-практический
журнал НАУЧНЫЙ ИМПУЛЬС,1,13,63-69,2023,Москва 2023
16.

Isakova, M; Xaydaraliyev, A;MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH

MOTIVLARINING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARINI

O‘RGANISH,Scientific

Impulse,2,15,345-352,2023
17.

Isaqova M.T. //Bandlik shaxs ruxiy salomatligining omili SIFATIDA// Mintaqa

iqtisodiyotini investitsiyalashning moliyaviy-huquqiy va innovatsion jihatlari: xalqaro ilmiy-
amaliy konferentsiya materiallari to’plami. 27 may 2020 yil. Moskva. 714-717.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi ““Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmoni.

Asomova R.Z. “Kasb tanlash motivatsiyasi va uning dinamikasi”. Psix.f.n..dis.- T., 2002. -137 b.

Anvarova D.M., Ergashev P.S. “Kasbga yо’naltirish va kasb tanlash asoslari”. –T.: «Fan va texnologiya», 2016, 4-6 b.

Aripova N.A., Xolmamatova L.A., Qurbonova N.B. “Kasbiy psixologiya” darslik. Toshkent – 2019., 148 b.

Kadirova. X.A. “Shaxs kasb tanlashi va kasbga yo’naltirishning psixologik mezonlari” 2018 yil.

Qo’chqorova. F.M. “Kasbga yo’naltirish va kasb tanlash asoslari” 2018 yil.

Mamurоonovna, Nuralieva Dildora; Abdulloh, Xaydaraliyev; ,PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF CRIME IN ADOLESCENCE,Uzbek Scholar Journal,10,,550-554,2022

Atadjanov, M; Xaydaraliyev, A; ,"YANGI O ‘ZBEKISTONDA SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT XAVFSIZLIGI MASALALARI",O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI,2,22,92-99,2023

Isakova, M; Xaydaraliyev, A; ,YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH MOTIVLARINING O‘RGANILISHI,"Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры",3,6 Part 2,16-20,2023

Jumaboyevich, Rajabov Murodil; Usmonali o‘g‘li, Xaydaraliyev Abdullo; ,QORA TRIADANING XUSUSIYATLARI VA UNGA MOYILLIGI MAVJUD ISHLASH,Conference Zone,,,385-391,2023

M.Isakova, Abdullo Xaydaraliyev; ,KASB TANLASHNING PSIXOLOGIK FENOMEN SIFATIDA XORIJIY ADABIYOTLARDA O'RGANILISHI,Zamonaviy ta’lim muhitini tashkil etishda talaba-yoshlarning o‘rni va ahamiyati‛ mavzusidagi Respublika ilmiy-masofaviy anjumani materiallari to‘plami,1,1,176-181,2023,Namangan 2023

А.Хайдаралиев, М.Исакова; ,YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH MOTIVLARINING O’RGANILISHI,Международный современный научно-практический журнал НАУЧНЫЙ ИМПУЛЬС,1,13,63-69,2023,Москва 2023

Isakova, M; Xaydaraliyev, A;MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH MOTIVLARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH,Scientific Impulse,2,15,345-352,2023

Isaqova M.T. //Bandlik shaxs ruxiy salomatligining omili SIFATIDA// Mintaqa iqtisodiyotini investitsiyalashning moliyaviy-huquqiy va innovatsion jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to’plami. 27 may 2020 yil. Moskva. 714-717.