Авторы

  • Munira Xujanova
    Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Magistratura talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46277

Ключевые слова:

ekologik holati sanoat qishloq xo`jaligi va transport vositalari tabiatni ifloslantiruvchi antropogen omillar onkologik kasalliklar.

Аннотация

Ushbu tezisda Navoiy viloyati ekologik muammolarni o`rganish hamda viloyat hududida aholi orasida uchrayotgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olishda qilinayotgan tadbirlar haqida aytilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

49

NAVOIY VILOYATINING EKOLOGIK MUAMMOLARI TUFAYLI AHOLI

ORASIDA KO’P UCHRAYOTGAN KASALLIKLAR

Xujanova Munira Muhitdinovna

Navoiy Davlat Pedagogika Instituti

Magistratura talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13846605

Annotatsiya:

Ushbu tezisda Navoiy viloyati ekologik muammolarni o`rganish hamda

viloyat hududida aholi orasida uchrayotgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va
ularni oldini olishda qilinayotgan tadbirlar haqida aytilgan.

Kalit so’zlar:

ekologik holati, sanoat, qishloq xo`jaligi va transport vositalari tabiatni

ifloslantiruvchi antropogen omillar, onkologik kasalliklar.

Atrof-muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga antropogen ta’sir va asosan sanoat

korxonalari, avtomobil, havo, temir yo‘l transporti chiqindilari shuningdek, turli yoqilg`ilarni
ishlatilishi natijasida hosil bo‘ladigan zararli moddalarni ko‘rsatish mumkin. Hozirgi kunda
Navoiy shahrida atmosfera havosini turli ifloslanishlardan muhofaza qilish, havo tarkibidagi
zararli moddalar miqdorini kamaytirish, hech bo‘lmaganda hozirgi holatda saqlab qolish
chora tadbirlarini olib borish lozim. Havoning ifloslanishi ayniqsa geoekologik sharoitlarning
nihoyatda yomonlashuviga olib keladi. Ifloslangan atmosfera havosining atrof muhitga,
o‘simliklarga, insonning sog`ligiga va turmush tarziga salbiy ta’siri juda kattadir. Tadqiqotlar
shuni ko‘satadiki, atmosfera havosi ifloslangan hududlarda kasalliklar ko‘p uchraydi. Ekologik
muammolarni asosiy ko`rsatgichi sifatida atmosfera havosini, suv va suv havzalarini
ifloslanish darajasi, zararli moddalarni ruxsat etilgan me’yordan ortib ketishi, tuproq
erroziyasi sho`rlanishi kiradi.

Viloyatda atmosfera havosining ifloslanishi yuqori darajadaligi kuzatilmoqda. Ishlab

chiqarish texnologik jarayonida yiliga 650 ming tonna zaharli moddalar hosil bo`lib, shundan
95 % ushlab qolinadi va atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 55 ming
tonnani tashkil etadi.

Atmosfera havosi eng ifloslangan ko`plab sanoat korxonalari ichida atmosfera havosini

ifloslashda ”Navoiy azot”, ”Navoiy elektrokimyo”, ”Qizilqum sement” kabi korxonalarni hissasi
katta. Yuqoridagi sanoat korxonalari qurulgandan keyin XX asrning 70 - 80 yillaridan to
hozirgacha havoni ifloslovchi moddalar 50 turdan ortib ketdi. Navoiy shahrida har yili
o`rtacha sanoat korxonalaridan va transport vositalaridan 79,0 ming tonna chang va gazlar
atmosfera havosiga chiqariladi. Shundan 48 ming tonnasi sanoat korxonalariga, 31,0 ming
tonnasi avtotransport vositalariga to`g`ri keladi.

Shahar atmosferasini ifloslovchi asosiy manbalardan biri Navoiy azot kombinatidir.

Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasi 2010-yilda atmosferaga 7306 ming tonna zaharli
moddalarni chiqargan. Korxonadan atmosferaga chiqarilgan zaharli gazlar, aerozollar
birlashma atrofida joyning o`simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko`rsatib kelmoqda.
Ozon qatlamining yemirilishiga va ultrabinafsha nurlarni to’g’ridan-to’g’ri yerga, o’simliklarga,
insonlarga tushishi natijasida ularga salbiy ta’sir etib kemoqda. Navoiy viloyati sog`liqni
saqlash muassasalaridagi kasallik varaqalarining ko`pchiligida onkologik kasalliklar tashkil
etib, asosan yuqori nafas olish yo`llari kasalliklariga chalinganlar ko`pchilikni tashkil etadi.
Undan tashqari bronxial astma, allergik rinit, teri toshma kasalliklari aholi orasida rivojlanib


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

50

ketgan. Turli og’ir metal, zararli gaz, radioaktivlik, nurlanish tufayli aholi sog’ligiga jiddiy
zarar yetmoqda. Aholi iqlimning issiqligi, havoning iflosligidan turli kasalliklarga
chalinmoqda. Bugungi kunda ham Navoiy azot ishlab chiqarish havoni ifloslovchi me’yor
hozirgi talablarga javob bermaydi.

Bunday korxonalar qatoriga Navoiy GRES ni ham kiritish mumkin. Masalan: 1997 yilda

atmosferaga 111,9 tonna zaharli moddalar atmosferaga chiqarilgan bo`lsa, hozirda bu
ko`rsatgich 50 tonnadan ko`proqni tashkil etadi. Navoiy issiqlik ekektrostansiyasida gaz
yoqishdan hosil bo`ladigan azot oksidlarni tozalash inshootlari qurilgan. Ammo shunga
qaramasdan ushbu moddalarning me’yordan yuqoriligi saqlanib qolinmoqda.Navoiy sement
zavodi shahardan ancha uzoqda lekin sement bilan birgalikda atmosferaga juda ko`p
miqdordagi turli xil kimyoviy chiqindilar chiqishiga sabab bo`ladi. Har yili atmosferaga
birgina sement zavodining o`zi 10000 tonnadan ortiqroq zararli moddalarni chiqaradi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bunday zararli havodan nafas olayotgan aholi

qiynalmoqda. Zavodning chiqindilarini havoga chiqishini butunlay to’xtatish lozim. Yanada
takomillashgan boshqa mexanizmlarni jalb etish kerak. Daraxt va turli o’simliklar ko’plab
ekilsa, havoni tozalanishi ta’minlanadi.

References:

1.

www.ziyonet.uz

2.

www.mail.ru

3.

Rafiqov A.A. Tabiatda ekologik muvozanat. Toshkent, “Fan”, 1990

4.

Salimov X.V. Ekologiya. Toshkent 2001

5.

Muratovich, M. R., & Abdurahmonovich, Q. A. (2021). Children's and Girls' Community

Learning and Raising Their Children's Community. Academicia Globe, 2(10), 92-98.
6.

Shamsiddinova G.D. Gidroekologiya asoslari. Toshkent 2014

Библиографические ссылки

www.ziyonet.uz

www.mail.ru

Rafiqov A.A. Tabiatda ekologik muvozanat. Toshkent, “Fan”, 1990

Salimov X.V. Ekologiya. Toshkent 2001

Muratovich, M. R., & Abdurahmonovich, Q. A. (2021). Children's and Girls' Community Learning and Raising Their Children's Community. Academicia Globe, 2(10), 92-98.

Shamsiddinova G.D. Gidroekologiya asoslari. Toshkent 2014