Авторы

  • Raxmatulla Masharipov
    Xorazm viloyati Urganch tumani Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurti o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46278

Ключевые слова:

Odob-ahloq namuna husni-xulq ta’lim oila kitob adabiyot tarbiya o`qitish qiziqtirish jarayon vazifa.

Аннотация

Barcha dars jarayonlarida, avvalo har bir oilada a’zolari bilan hazratni hayotini o’rganish va o’qib borishni yo’lga qo’yishari kerak. Ta‘lim muassasalarida o’quvchi-talabalarga asosiy vazifasi qilib zhayxni hayotlarini o’qishni vazifa qilib berish hamda u kishining yozgan kitoblarni o‘qishga havas uyg‘otish, o‘qigan kitoblari asosida vatanga muhabbat, el-yurt, ota-onaga hurmatni o‘rgatish haqida so`z boradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

45

FARZAND TARBIYASIDA SHAYX MUXAMMAD SODIQ MUXAMMAD

YUSUFNING IBRATLI HAYOTLARI VA O’GITLARIDAN FOYDALANISH

Masharipov Raxmatulla Beknazarovich

Xorazm viloyati Urganch tumani

Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurti o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13846582

Annotatsiya:

Barcha dars jarayonlarida, avvalo har bir oilada a’zolari bilan hazratni

hayotini o’rganish va o’qib borishni yo’lga qo’yishari kerak. Ta‘lim muassasalarida o’quvchi-
talabalarga asosiy vazifasi qilib zhayxni hayotlarini o’qishni vazifa qilib berish hamda u
kishining yozgan kitoblarni o‘qishga havas uyg‘otish, o‘qigan kitoblari asosida vatanga
muhabbat, el-yurt, ota-onaga hurmatni o‘rgatish haqida so`z boradi.

Kalit so`zlar:

Odob-ahloq, namuna, husni-xulq, ta’lim, oila, kitob, adabiyot, tarbiya,

o`qitish, qiziqtirish, jarayon, vazifa.

Kirish.

Tarbiya – bir kunlik ish emas. Shu bilan birga bola tarbiyani har kimdan olishi kerak

emas. Qadimiy kitob­larda “Farzandlaringiz sizning aksingizdir” deyilgan. Tarbiya­ning eng
samarali usuli bu shaxsiy namuna bo‘lishdir.

Farzand tug’ilishidan to uylanish yoshigacha bo’lgan davrda olib boriladigan barcha

tarbiyaviy bosqichlarni bevosita uzviy bog’lash kerak.

Birinchi, tarbiyaning e’tiqodiy qismi. Dastlab, farzand yoshligida e’tiqodiy tarbiya

nazorat qilinib, bolaga Alloxdan qo’rqish, buyruqlarini bajarish, qaytariqlaridan saqlanish
hamda Yaratganga ibodat qilish o’rgatiladi.

Ikkinchi, tarbiyaning odob qismi. Farzandga har doim Payg’ambarimiz (sollalloxu alayxi

va sallam) muborak siyratlari va ulug’larning nasixatlari o’rgatilib, go’zal xulqlar xaqida saboq
beriladi. Shu jarayonda xadis va xikmatlarni o’rgatib, ularga amal qilish uqtiriladi. Shuningdek,
sahobalar, tobeinlar, muxaddislar va barcha ulug’ zotlar hayoti, munavvar axloqlaridan ibrat
olish o’rgatiladi.

Uchinchi, tarbiyaning ilmiy qismi. Tarbiyaning asosiy jixatlaridan biri farzandga ilm

o’rgatadigan ustozning olim va solix bo’lishidir. O’z o’rnida ustozni xurmat qilish ham ilmning
tez singishiga sabab bo’ladi. Shuning barobarida farzandning munosib do’st tanlashi xam
muxim. Do’st ilmga chanqoq bo’lsa, ikkisi ilm yo’lidagi mashaqqatlarni birga engadi.

Tarbiyaning uch qismi bayon qilindi. Bundan tashqari bo’lgan barcha jarayonlarni xam

bir-biriga bog’lab, to’ldirib singdirib borilsa, maqsad xosil bo’ladi. Farzandda jaholatni mag’lub
eta oladigan ma’rifat paydo bo’ladi. U xaqiqiy komil insonga aylanib, turli hiylalarga
aldanmaydi. Buzuqliklarga qarshi nafrat hissi paydo bo’ladi. Farzandda ushbu sifat va
fazilatlar uyg’unlashsa, munavvar nur taratayotgan xilol singari, o’z yog’dusi va taftini
sochayotgan quyosh misoli jamiyatga foydali inson bo’lib voyaga etadi...

Farzand tarbiyasida onaning mas'uliyati.

Onalik mas'uliyati bu har qanday vaziyatda ham farzandingizga nisbatan sabrli

bo'lishdir.

Ko'pincha ular ayb qilib qo'yganda to'g'ri tushuntirib muloyim gapirishga sabrimiz

yetmaydi-da, darrov urushib, baqirib yuboramiz.

Bu kelajakda siz va farzandingiz o'rtasidagi yaqinlik yo'qolishiga, uning qo'rqoq

bo'lishiga, o'ziga bo'lgan ishonchi kamayishiga olib kelishi mumkin.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

46

Har doim, farzandingiz qanday ayb ish sodir etmasin va siz qanchalik jahlingiz

chiqmasin, uyqudan oldin hamma bir-birini kechirishi, bolalar esa o'zlarini kerakli, sevimli
ekanini his qilib uyquga ketishi lozim.

Albatta, tungi tinch uyquning muhim ekanligini aytib oʻtishni hojati yoʻq.
Qolaversa, tunda hamma uxlab yotganida, oddiy koyishlar ham juda katta baxtsizlikdek

tuyuladi.

Hatto biz kattalar uchun ham.
Kechasi yig'lagan bolangiz ertalab buni unutib, o'ziga kelishi ham mumkin.
Biroq bu ko'z yoshlari uning ruhiyatida bir umrlik iz qoldirishi ham mumkin.
Agar bir kunlik “tarbiya” yetarli emas deb hisoblasangiz, farzandingizni tinch uxlashga

qoʻyib bering.

Ertasi kuni muammoni muhokama qilishni davom ettirishingiz mumkin.
Lekin hech qachon farzandingiz yig'lab, mahzun holda uxlab qolishiga yo'l qo'ymang!
Bu kelajakda siz va farzandingiz o'rtasidagi yaqinlik yo'qolishiga, uning qo'rqoq

bo'lishiga, o'ziga bo'lgan ishonchi kamayishiga olib kelishi mumkin.

Farzandlar bilan go'zal tarbiyaviy muomala qilishning 10ta muhim tavsiyasi:
1. Qush inida ko'rganini qiladi. Biz bolalar bilan oramizdagi muammolarni qanday hal

qilsak, ular ham o'zlaridan kichiklar bilan shunday yo'l tutishadi. Biz ota-onalar xar bir
harakatimiz orqali farzandlarimiz bilan ko'rinmas muloqot olib boramiz. Ularga u yoki bu
vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini o'z harakatlarimiz orqali o'rgatamiz.

2. Bolada o'zingiz xohlagan sifatlarni ko'rganda, xursandligingizni bildiring. Bola o'zida

siz istamagan sifatlarni namoyon qilganda esa "ko'rmay qoling". Ya'ni siz barchasini ko'rib
guvoh bo'lib turgan bo'lsangiz ham, go'yoki bola tomonidan hech narsa sodir etilmadi, siz esa
hech narsa ko'rmadingiz. Bu ham farzand tarbiyasida ularga ta'sir etishning samarali
uslublaridan hisoblanadi. Farzand tarbiyasida ota-ona farzandining ijobiy sifatlariga qaratishi
lozim. Istalmagan sifatlarga urg'u berilsa, ildiz otish havfi bor.

Suv biz xohlamagan joyga sepilsa, u xolda u yerda ajrik ko'karadi. Shunday bo'lmasligi

uchun suvni faqat o'zimiz istagan joyga sepishimiz kerak.

Boladagi go'zal sifatlarni shakillantirish uchun uning ismidagi, harflar bilan

boshlanuvchi yaxshi sifat-xususiyatlarni birgalashib topib, o'ziga yozdirish ham mumkin.
Masalan: ODIL: O — oqil, D — dadil, I — ilimli, L — latif.

3. Ota-ona o'z yumushlari bilan band bo'lgani holda, bola o'z ustida tinimsiz ishlaydi,

tinimsiz o'rganadi, to'xtovsiz ma'lumot oladi. Aynan mana shu muammoning boshi
hisoblanadi. Bugungi kunimiz bunga yorqin misol bo'la oladi. Ota-ona har kuni erta turib, bir
xil yumush bilan band bo'ladi. Hozir bolaga nimadir o'rgatish mumkin bo'lgan vositalar juda
ko'p. Bular sirasiga internet, televideniya, atrofdagilarning o'zini tutishi, kitob, gazeta va
jurnallar, turli reklama va targ'ibotlar va hokazo.

Ota-onaning saviyasi yuksak bo'lsa, ular bugungi kunda bola tarbiyasidagi

muammolarga javob topa oladilar. Muammo mevada emas, daraxtda ekanini aslo yoddan
chiqarmang.

Farzandning go‘zal tarbiya topishida aqidasining sog‘lom bo‘lishi eng muhim omillardan

hisoblanadi. Farzandning aqidasiga e’tiborsiz bo‘lgan holda undan yaxshi natijalar kutish
xuddi urug‘ qadamasdan hosil kutish kabidir. Aqida dinimiz ko‘rsatmasiga muvofiq


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

47

bo‘lgandagina sog‘lom aqida deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmon
bolalarga yoshligidanoq sog‘lom aqidaning ta’limini berar edilar:

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Men bir kuni Rasululloh

sollallohu alayhi vasallamning ortlarida edim, u zot menga: “Ey bola, men senga bir nechta
so‘zlarni ta’lim beraman; Allohni muhofaza qil, (ya’ni, Allohning barcha buyruqlarini bajar,)
shunda Alloh seni muhofaza qiladi. Allohni yodda tut, (ya’ni, Allohning haqqiga rioya qil,)
shunda Uni qarshingda topasan. (ya’ni, sen bilan birga bo‘ladi, senga yordam beradi, seni
himoya qiladi) Agar so‘rasang, faqat Allohdan so‘ra! Agar yordam talab qilsang, faqat Allohdan
talab qil! Bilginki, albatta butun ummat senga biror manfaat bermoq uchun jamlansa ham,
Alloh senga yozganidan boshqa manfaatni bera olmaydi. Agar ummat senga biror zarar
berishga jamlansa ham, Alloh senga yozganidan boshqa zararni bera olmaydi. Qalamlar
ko‘tarilgan, sahifalar esa qurigan. (ya’ni, taqdir yozilib bo‘lgan)”, dedilar”. Termiziy rivoyat
qilgan.

E’tibor bering, payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam yosh bolaning

aqidasi to‘g‘ri bo‘lishiga qanchalik ahamiyat qaratyaptilar. Ibodatni yolg‘iz Allohga qilishga,
faqat Allohgagina bog‘lanishga hamda Allohdan o‘zga biror kimsadan qo‘rqmaslikka targ‘ib
qilmoqdalar. Shuningdek, taqdirga iymon keltirishni ham ta’lim beryaptilar. Haqiqiy to‘g‘ri
tarbiya mana shudir. Har bir musulmon boshqa ishlari kabi farzand tarbiyasida ham o‘zining
payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan namuna olishi lozimdir.

Har yozda ota va ona o’g’lini buvisini uyiga olib borishardi. Bola ulg’aygach, ota-onasiga:
- Men allaqachon katta bo’lib qoldim. Nega hali ham menga kichik boladek qaraysizlar?

Men o’zim buvimnikiga boraman! "

Qisqa munozaradan so’ng, ota-ona rozi bo’lishdi. Mana, ular platformada turib, so’nggi

maslahatlarini berib yuborishdi va o’g’li javoban:

- Ha, bilaman, bilaman, 100 marta aytdilaringiz ...! "
Keyin ota:
- O’g’lim, agar sen birdan o’zingni yomon his qilsang yoki qo’rqsang, mana bu sen uchun

- deya bolaning cho’ntagiga nimanidir soldi.

Nihoyat, vagon harakatlanib bola vagonda o’tirib, derazadan nimanidir tomosha qilib

ketmoqda edi. Yo’lda notanish odamlar uni turtib yuborishar, shovqin qilishar, yo’lboshchiga
undan shikoyat qilishar edi.

Yo’lboshchi unga norozi ohangda gapirdi, kimdir unga norozi qaradi va birdan bola

bezovtalikni his qildi, endi u qo’rqa boshladi. U boshini tushirib, bir burchakka tiqilib, ko’z
yoshlari to’ka boshladi. U otasining cho’ntagiga nimadir solganini esladi. U titroq qo’l bilan
qog’ozni qidirib, uni ochib o’qidi:

- O’g’lim, men oxirgi vagonda ...
Birgina o’pich farzandimni o’zgartirdi.
O’g’lim 15-16 yoshlarda edi. O’tish davri, ya’ni balog’at yoshi bo’lgani uchunmi, u

qo’rsroq, qo’polroq, ishga ham, o’qishga ham dangasaroq, o’zini juda aqlli sanaydigan,
aytganini qildiradigan bo’lib qoldi. Biror kun yo’qki, uni koyimasam, tanbeh bermasam…
Kuzatib qarasam o’g’limning beti qotib, hech o’zgarish bo’lmayapti. Qaytanga mendan o’zini
olib qochyapti. Bir kuni kechasi xonasining oldidan o’tayotib eshigining qiya ochiq qolganiga
ko’zim tushdi. Ichkariga qarasam, o’g’lim junjukkanday yonboshlab, usti ochiq holda uxlab
yotibdi. Xonasiga kirdim-da, sekin-asta adyol bilan ustini yopdim. Qayrilib eshik tomon yurar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

48

ekanman, negadir xayolimga o’g’limni o’pib qo’yish keldi. Orqamga qaytib otalik mehri ila uni
peshonasidan o’pdim.

Ertalab qarasam o’g’limning kayfiyati joyida, o’zini tutishi ham boshqacha. Avvalgi

qovoq uyish, qo’rs-qo’polliklari bugun negadir yo’q. Darrov salom berib oldimga o’tirdi. Birga
nonushta qildik. Shundan keyin o’g’lim kun sayin men bilan yaxshi muomala qiladigan,
atrofdagilarga ham e’tiborli, darslarini ham o’z vaqtida bajaradigan bo’lib qoldi. Xulqi
go’zallashdi. Men bu holatdan juda ajablandim, onasi ham hayron. Lekin vaqt o’tib bu katta
o’zgarishning siri ochildi. O’g’limning onasiga aytgan gaplarini qanday bo’lsa shundayligicha
aytib bera qolay:

"O’sha kecha otam xonamga kirganlarida uxlamagan edim. Otam tepamga asta kelib,

meni uxlayapti deb o’ylab ohista harakatlar bilan ustimni yopdilar. Keyin eshik tomon
yo’naldilar. Xonamdan tashqariga yo’nalgan qadam tovushlari meni xotirjam qildi. Usha
vaqtda otamni ko’rishni ham, gaplashishni ham xohlamasdim. Ular meni yomon ko’radilar deb
o’ylardim. Lekin o’sha kecha mening his-tuyg’ularim tamoman o’zgardi. Otam orqaga qaytib
peshonamdan o’par ekanlar, qalbimning tub-tubida otamga nisbatan qaynoq mehrni his
qildim. Otam meni yomon ko’rmas ekanlar, men ahmoq ular haqida noto’g’ri fikrda bo’lgan
ekanman. Men o’sha kecha ota-onam men uchun dunyodagi eng mehribon insonlar ekanligini,
mening yaxshi inson bo’lib etishishim uchun doimo qayg’urishlarini anglab etdim, xatolarimni
tushundim. Bundan buyon yaxshi tarafga o’zgarishga, otamdek yaxshi inson bo’lishga qaror
qildim".

References:

1.

"Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobidan.

2.

“Hikmatlar chashmasi”dan

3.

Tarbiyaning oltin kaliti kitobidan.

Библиографические ссылки

"Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobidan.

“Hikmatlar chashmasi”dan

Tarbiyaning oltin kaliti kitobidan.