ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
129
KIMYOVIY QO‘SHIMCHALARNING BETON QORISHMASI REOLOGIK
XOSSALARIGA TA’SIRI
Ortikov Shodiyor Xolmurodovich
SamDAQU.
Xolmurodov Baxtiyor Shodiyor o’g’li
Regional Testing Center.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13828820
Betonning qurilishda keng qamrovda ishlatilishining asosiy sabablari va afzalliklari
shundan iboratki, uning mustahkamlik, zichlik va boshqa shu kabi xossalarini boshqarish
mumkin.
Beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchun uning tarkibiga turli xil
qo‘shimchalar kiritilib, qorishmaning qotishini tezlashtiriish yoki sekinlashtirish mumkin,
plastikligi va qulay joylanuvchanligini yaxshilash, mustahkamligi va sovuqqa chidamliligini
oshirish shuningdek, zarur xollarda uning xususiyatlarini o‘zgartirish ham mumkin.
Betonning yoki beton qorishmasining ayrim xossalarini yaxshilash, tannarxini
kamaytirish va sifatini oshirish maqsadida tayyorlash jarayonida unga maxsus qo‘shimchalar
ham qo‘shiladi.
Beton qorishmasining kerakli harakatchanligini saqlab qolgan holda, uning xossalarini
yaxshilash uchun tarkibiga maxsus samarali qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bunday modifikatorlarga
kimyoviy qo‘shimchalar ya’ni, birinchi navbatda plastiklovchilar va superplastiklovchilar
kiradi. Bunday qo‘shimchalar sement xamirining mikrotuzilishiga ta’sir qilib, beton
qorishmasining reologik xossalarini o‘zgartira oladi va eng maqbul tuzilishni vujudga keltiradi.
Hozirgi kunda beton qorishmasining xossalarini yaxshilash, sifatini oshirish uchun
kimyoviy qo‘shimchalardan keng foydalanib kelinmoqda. Kimyoviy qo‘shimchalar beton
qorishmasi va betonning asosan sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Kimyoviy qo‘shimchalar hozirgi paytda eng faol va ko‘p qo‘llaniladigan moddalar bo‘lib,
beton xossalari va texnologiyasini boshqarishda qulay va samarali hisoblanadi. Kimyoviy
qo‘shimchalar o‘z ta’sirining samarasiga qarab quyidagicha tavsiflanadi:
beton qorishmasining xossalarini tartibga soluvchi ya’ni, beton qorishmasi plastikligini
va yoyiluvchanligini oshiruvchi, qorishma qatlamlanishining oldini oluvchi, suvni saqlab
turuvchi va suv ajralishini kamaytiruvchi qo‘shimchalar;
beton qorishmasi qotishining boshlanishi va betonning qotishi jarayonini tartibga
soluvchi ya’ni, qotish boshlanishini tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi shuningdek,
betonning mustahkamligini oshiruvchi, salbiy haroratda qotishni ta’minlovchi (sovuqqa qarshi
va sh. k.) qo‘shimchalar;
beton qorishmasi hamda betonning zichligi va g‘ovakligini tartibga soluvchi ya’ni, havo
yutuvchi, gaz va ko‘pik hosil qiluvchi, zichlashtiruvchi (havoni chiqaruvchi va beton
g‘ovaklarini berkituvchi) qo‘shimchalar;
beton deformatsiyasini tartibga soluvchi shuningdek, beton hajmini kengaytiruvchi
qo‘shimchalar;
po‘latga nisbatan betonning himoyalash xususiyatini oshiruvchi, po‘lat zanglashining
ingibatorlari;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
130
betonga maxsus xossalar beruvchi ya’ni, suv yuqtirmaydigan qiluvchi, betonning
namlanishini kamaytiruvchi, yemirilishdan saqlovchi, rang beruvchi, salbiy muhit va
mog‘orlashga chidamliligini oshiruvchi, radiatsiya nurlariga chidamliligini ta’minlovchi
qo‘shimchalar.
Beton qorishmasi va betonning realogik xossalarini yaxshilash, sifatini oshirish uchun
ishlatiladigan kimyoviy qo‘shimchalardan ham foydalaniladi. Qo‘shimchalar beton qorishmasi
va betonning asosan sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Qo‘shimchalar beton
qorishmasining harakatchanligini oshiradi, sement sarfini tejaydi, betonning fizik va mexanik
xossalarini yaxshilaydi. Hozirgi paytda kimyoviy qo‘shimchalar sifatida plastifikatorlar, super
plastifikatorlar, giper plastifikatorlardan keng foydalanilmoqda.
Ba’zi qo‘shimchalar ko‘p funksionalli ta’sir qilishga masalan, beton qorishma plastikligini
oshiruvchi, havo so‘radigan, gaz hosil qiladigan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bunday holda
qo‘shimchalar ta’sir qilish samarasiga qarab ishlatiladi. Ko‘pincha, zarur bo‘lganda ko‘p
funksional samaraga erishish uchun bir necha komponentlar kiritilgan kompleks
qo‘shimchalardan foydalaniladi. Masalan, beton qorishmasini bir vaqtning o‘zida plastikligini
oshiruvchi, betonning qotishini tezlashtiruvchi qo‘shimchalar. Qo‘shimchalar turining ko‘pligi
va ulardan eng samaralisini beton qorishmasi va betonning texnologik xususiyatlarini
yaxshilash uchun ishlatish texnolog zimmasiga yuklatiladi.
Beton qorishma plastikligini oshiruvchi moddalar kimyoviy qo‘shimchalar ichida asosiy
o‘rinlardan birini egallaydi. Hozirgi kunda bu qo‘shimcha beton texnologiyasida samarali
qo‘llanilmoqda. Plastiklikni oshiruvchi qo‘shimcha sifatida ikkilamchi mahsulotlar va kimyo
sanoati chiqindilaridan olinadigan sirt-faol moddalar (SFM) ishlatiladi. Ular ikki guruhga
bo‘linadi:
1 guruh
-
gidrofil turidagi plastiklovchi qo‘shimchalar (ular sement xamirining kolloid
tuzilishini dispergirlaydigan va shu bilan birga uning yoyiluvchanligini yaxshilaydigan
xususiyatga ega);
2 guruh
-
suv yuqtirmaydigan xususiyat beruvchi qo‘shimchalar (ular beton qorishma
orasiga mayda havo pufakchalarini jalb qiladigan xususiyatga ega).
Birinchi guruh qo‘shilmalarga sulfat drojjali brojka (SDB) kiradi Bu qo‘shimcha asosan
lignosulfon kislotasining kalsiyli tuzidan iboratdir. Qo‘shimcha suyuuq holatda bo‘lib,
sellyulozani qayta ishlaganda hosil bo‘ladigan sulfatli ishqordan olinadi.
Ikkinchi guruh qo‘shimchalarga: natriy abetati (abietin kislotasining natriy tuzi) -kukun
yoki kanifolni o‘yuvchi natriy bilan parchalab va neytrallab olinadigan suyuqlik; milonaft -
surtma ko‘rinishidagi sarg‘ish-jigarrang rangdagi modda (natriy tuzining organik kislotasi);
asidol-neft kislotalari, neftni qayta ishlaganda olinadigan chiqindilar kiradi.
Suv yuqtirmaydigan qo‘shimchalarning sirt-faol molekulalari havo-suv yuzasida shimilib,
suvning sirt tortilishini pasaytiradi va sement xamiridagi mayda havo pufakchalarni bir
hillashtiradi.
SFM beton qorishmasining yoyiluvchanligini, uning bir xilligini, qatlamlarga
ajralmasligini,
so‘rilganda
oquvchanligini,
vaqt
davomida
qorishmaning
qulay
joylanuvchanligini ta’minlaydi. Plastiklikni oshiruvchi qo‘shimchalar suv sarfini kamaytirishi
hisobiga sement sarfi 8...12 % gacha tejaladi, yoki sement sarfi o‘zgarmagan holda suv-sement
nisbatini sezilarli kamaytiradi. Bunda betonning mustahkamligi, suv o‘tkazmovchanligi va
sovuqqa chidamliligi sezilarli darajada oshadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
131
Keyingi yillarda yangi kimyoviy qo‘shimchalar ya’ni, “superplastiklovchilar” va
“giperplastiklovchilar” ishlab chiqarilmoqda va ular beton ishlariga samarali tadbiq etilmoqda.
Bunday qo‘shimchalar beton qorishmasining yoyiluvchanligi va oquvchanligini keskin oshiradi,
betonning texnologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Ko‘pincha, superplastiklovchi va
giperplastiklovchi sintetik polimer moddalar beton qorishmasiga sement massasining 0,1...1,2
% miqdorida qo‘shiladi. Superplastiklovchi va giperplastiklovchilarning ta’siri odatda, beton
qorishmasiga qo‘shilgandan keyin 2...3 soat mobaynida namoyon bo‘ladi. Ishqorli muhit
ta’siridan ular tarkibini qisman o‘zgartiradi va boshqa ya’ni, beton uchun zararsiz moddaga
aylanadi va qorishmaning qotishiga monelik qilmaydi.
Superplastiklovchi va giperplastiklovchi qo‘shimchalarning ishlatilishi ayniqsa
temirbeton ishlab chiqarishda samaralidir. Chunki, beton qotishi tezligining oshishi katta
ahamiyatga ega va oddiy plastiklikni oshiruvchi qo‘shimchalardan foydalanish beton qotishini
sekinlatadi. Natijada maxsus choralar ko‘rish zarurati tug‘iladi. Beton qorishmasiga bir
vaqtning o‘zida qotishni tezlatuvchi moddalarning qo‘shilishi issiqlik bilan ishlov berishning
mo‘tadil rejimini qo‘llashni talab qiladi. Bundan tashqari superplastiklovchilar oddiy
suyultiruvchilarga nisbatan beton qorishmasini yuqori darajada suyultiradi. Bunda,
qorishmaning yoyiluvchanligi konus cho‘kmasi bo‘yicha 2 sm dan 20 sm ga oshadi .
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, beton qorishmasiga kimyoviy qo‘shimchalarni
qo‘shish orqali beton qorishmasi xossalarini boshqarish va sifatini yaxshilash hamda
aralashtirish, tashish va quyish jarayonlarida sifatni saqlab ortiqcha harajatlarni
kamaytirishdan iborat.
References:
1.
Gaziev U. A., Kadirova D. Sh. Beton va qorishmalar uchun qo‘shimchalar. -T.: “BROK CLASS
SERVIS” MChJ, 2016.
2.
Rukovodstvo po primeneniyu ximicheskix dobavok v betone. -M.: Stroyizdat, 1981.
3.
Sultanov A. A., To‘laganov A. A., Meliev O. A., Qurbonov T. Yu va boshqalar. Qurilish
materiallari va metallar texnologiyasi. -T.: “O‘zbekiston” IPTD, 2013.