Авторы

  • Zilolaxon Nasirova
    Fan va texnologiyalar universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46300

Ключевые слова:

Ta’lim tarbiya qonun islohot qaror o’qitish usullari zamonaviy ta’lim mutaxassis ilm-fan oliy ta’lim uzluksiz ta’lim.

Аннотация

Yangi O‘zbekistonda taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda oʼzining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng koʼlamda davom ettirish davr talabidir. Uzluksiz taʼlimning barcha boʻgʻini uchun pedagog kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy koʻnikmaga ega, tarbiya, oʻqitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

119

YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGICHA TA’LIM VA UNING ISLOH QILINISHI

Nasirova Zilolaxon Marat qizi

Fan va texnologiyalar universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13828746

Annotatsiya:

Yangi O‘zbekistonda

taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda

oʼzining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo
qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng koʼlamda davom ettirish davr
talabidir. Uzluksiz taʼlimning barcha boʻgʻini uchun pedagog kadrlar tayyorlash borasida olib
borilayotgan tizimli islohotlar yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy koʻnikmaga ega, tarbiya,
oʻqitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni
shakllantirish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim, tarbiya, qonun, islohot, qaror, o’qitish usullari, zamonaviy ta’lim,

mutaxassis, ilm-fan, oliy ta’lim, uzluksiz ta’lim.

Аннотaция:

Даже в образовательном процессе он не отстает от других мест по

своему развитию и практическому значению. Потому что требование времени —
продолжать развитие в этой области в более широком масштабе. Планомерное
совершенствование процесса подготовки учителей всех уровней непрерывного
образования служит обеспечению продолжения современного педагогического
процесса, отличающегося высокой культурой, профессиональным мастерством,
совершенствующего методы обучения, образовательную практику и критерии работы.

Ключевые слова:

Образование, обучение, право, реформа, решение, методы

обучения, современное образование, эксперт, наука, высшее образование, непрерывное
образование.

Abstract:

Reforms in the field of education today are no less relevant than reforms in

other fields in terms of their relevance and practical importance. Because it is the need of the
times to continue the reforms in this field on a larger scale. Systematic reforms in the training
of pedagogic personnel for all stages of continuous education serve to increase the effectiveness
of the process of forming modern pedagogic personnel with high culture, practical professional
skills, and thorough knowledge of education, teaching methods and evaluation criteria.

Key words:

Education, training, law, reform, decision, teaching methods, modern

education, expert, science, higher education, continuous education.

Bugun mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini yangi bosqichga koʻtarish, pedagog kadrlar

tayyorlash sifatini ilgʻor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik
taʼlimga qamrov darajasini oshirish borasida qator ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilganiga
guvohmiz.

Xususan, pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan bir nechta oliy taʼlim muassasasi

faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur taʼlim sohasi boʻyicha xorijiy davlatlar bilan qoʻshma taʼlim
dasturlari tashkil etildi. Oliy pedagogik taʼlimni rivojlantirishning huquqiy-meʼyoriy asoslari
mukammal ravishda yaratildi.

Mazkur holat pedagogika sohasi uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berish borasida

kadrlar tayyorlash sifatiga eʼtiborni kuchaytirish, sohada ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etish,
pedagogik taʼlim infratuzilmasini rivojlantirishga asos boʻlmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

120

Sotsiologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, pedagogika sohasini tubdan isloh qilish borasida

oʻtkazilgan islohotlar samarasi oʻlaroq, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda abituriyentlar orasida
pedagogika universitetlariga kirishga qiziqish bir necha marotaba oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻtgan yillar davomida sohaga doir qabul qilgan

qator qaror va farmonlari oliy pedagogik taʼlimni tashkil etish va rivojlantirishning konseptual
masalalarini belgilab berdi.

Sohadagi oʻzgarishlar jarayonida tarbiya va oʻqitish usullari, axborotkommunikatsiya

texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirgan, taʼlim jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional pedagog kadrlar
tayyorlash ustuvor yoʻnalish sifatida oʻz ahamiyatini yanada oshiradi.

Jamiyatimizda pedagog nufuzining ortib borishi, kuchli targʻibot va ragʻbatlantirish

siyosati natijasida pedagoglik kasbiga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni aniqlash hamda ularni
maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy etishga alohida eʼtibor
qaratilmoqda. Albatta, bu jarayon pedagoglardan koʻp mehnat va yangicha yondashuvni talab
qiladi.

Xususan, pedagogik taʼlim sohasining yoʻnalish va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv reja va

dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion oʻquvmeʼyoriy va taʼlim
resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga
erishilmoqda.

Shu bilan birga, hozir Toshkent davlat pedagogika universitetida yaratilgan taʼlim

resurslarini takomillashtirib borish boʻyicha keng qamrovli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Yurtimiz oliy
pedagogik taʼlim tizimi 19 ta oliy oʻquv yurti bilan birga oxirgi yillarda yangi ochilgan
Oʻzbekiston — Finlyandiya pedagogika instituti hamda Samarqand, Andijon, Buxoro, Termiz,
Qarshi davlat universitetlarining Pedagogika institutlari uchun tayanch boʻlgan Toshkent
davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda raqobatbardosh pedagog kadrlar
tayyorlashga xizmat qiladi.

Hozir pedagogika sohasida ham taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish uygʻunligini taʼminlash

orqali oʻqitish sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion
faoliyatni samarali tashkil etish bosh strategik maqsadlardan biri sifatida alohida ahamiyat
kasb etadi.

Tahlillar shuni koʻrsatdiki, Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilarining

barchasi amaliyot oʻtagan, tajriba-sinov ishlarini olib borgan taʼlim muassasalariga ishga
joylashgan. Mazkur natija pedagog kadrlar buyurtmachilarining ehtiyoj va talablarini
muntazam oʻrganib borish, ular bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishning mahsuli sifatida
baholanishi mumkin.

Oliy pedagogik taʼlim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-

kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash bugungi
axborot va global rivojlanayotgan jahon hamjamiyatining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Mazkur sohada Toshkent davlat pedagogika universiteti ham salmoqli koʻrsatkichlarga ega.
Xususan, universitetda onlayn hujjat almashish, talabalarning amaliy mashgʻuloti, mustaqil
taʼlim, bilimni baholash toʻliq elektron taʼlim vositalari orqali bajariladi. Toshkent davlat
pedagogika universiteti tashabbusi bilan 2020-yil dekabr oyida Milliy pedagogik taʼlim
muassasalari assotsiatsiyasi tashkil qilindi. Uning asosiy maqsadi pedagogik taʼlim tizimini
rivojlantirish strategiyasini belgilash, pedagogik taʼlim xizmati samaradorligini oshirish va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

121

pedagogik taʼlim muassasalarini xalqaro reytingga kirishi uchun tayyorlashga
koʻmaklashishdan iborat.

Assotsiatsiya tomonidan qisqa vaqt ichida ilgʻor xorijiy tajribalar tahlili asosida oliy

pedagogik taʼlim sifatini oshirishga koʻmaklashish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, pedagogik taʼlim muassasalarining faoliyatida shaffoflik va xolislik tamoyillari
toʻlaqonli amal qilishini taʼminlash, tizimda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini
oshirish va ularning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarni maqsadli
tashkil etish boʻyicha ikkita xalqaro grant bajarilmoqda.

niversitetning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va

raqobatbardoshligini taʼminlash borasida Jahon banki Akademik innovatsiyalar fondining “Oliy
taʼlim muassasalarida pedagogika va psixologiya fanini oʻqitish amaliyoti va ong osti sohasiga
doir taʼlim berish jarayonini takomillashtirish” nomli granti bajarilmoqda. Uning umumiy
qiymati 200 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Hozir pedagogik taʼlim muassasalarining
faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanmoqda.

Toshkent davlat pedagogika universitetida soʻnggi yillarda hamkorlik oʻrnatilgan xorijiy

taʼlim muassasalari soni ikki barobar oshib, hozir 127 tani tashkil qilmoqda. Ayni paytda
universitetimizda pedagogikaning dolzarb muammolariga bagʻishlangan 4 ta xalqaro Erasmus
loyihasi bajarilmoqda.

Oliy taʼlim muassasalariga kirish kvotalari besh yil avvalgi 9 foizdan bu yil 28 foizgacha

oʻsdi. Birgina Toshkent davlat pedagogika universitetiga qabul kvotasi soʻnggi besh yilda 65 foiz
oshib, 2021-yilda davlat buyurtmasi boʻyicha talabalikka qabul qilish yuzasidan kvota 3 ming
909 tani tashkil qildi. Shunga mos ravishda universitet bitiruvchilari soni ham yildan- yilga
sezilarli darajada oshib, 2017-yilga nisbatan 190 foizga koʻpaydi.

Pedagogika sohasida ilmiy pedagog kadrlarga ehtiyojni taʼminlash maqsadida oliy taʼlim

muassasalarida maqsadli doktorantura va doktoranturaga tayyorlov bosqichida stajyor-
tadqiqotchi instituti vujudga keldi va doktoranturada tahsil olayotganlar soni ikki baravar
oshdi. Xususan, Toshkent davlat pedagogika universitetining ilmiy salohiyati soʻnggi besh yilda
35 foizdan 47 foizga yetdi.

Pedagogika sohasida Scopus ilmiytexnik maʼlumotlar bazasi jurnallarida maqolalar

nashri uch marotabaga koʻpaydi. Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan Digital
Commons (Bepress) platformasi negizida “Oʻzbekiston ilmiy jurnallari” portali yaratildi.
Mazkur portalga mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining 41 ta ilmiy jurnali joylashtirilgan
boʻlib, ularning barchasida oliy pedagogika sohasida kadrlar tayyorlashga bagʻishlangan
ruknlar mavjud.

Universitetimizda soʻnggi yillarda 1 ming 811 nafar professor-oʻqituvchining xorijiy oliy

taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashi va malaka oshirishi taʼminlandi. Xalqaro hamkorlik
doirasida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar magistratura mutaxassisligiga 112 nafar,
doktoranturaga 51 nafar yosh taʼlim olishga qabul qilindi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali
46 nafar professor-oʻqituvchining Kanada, Buyuk Britaniya va Italiyada stajirovka oʻtashi
taʼminlandi.

Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi hamda uning “Turkiy Guliston yoxud axloq” nomli

shoh asari Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy jamoasi tomonidan ingliz, rus, qozoq
tillariga tarjima qilindi. Hozir turk va nemis tillariga oʻgirilmoqda. Jumladan, Oʼzbekiston


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

122

Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni 2020 yil 23 sentyabrь kuni qabul qilingan boʼlib,
uning maqsadi taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur Qonunga
asosan taʼlim sohasidagi asosiy printsiplar, taʼlim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab
qoʼyildi, unda belgilangan masofaviy taʼlim haqidagi qoidalar oʼquv rejalari va oʼquv
dasturlariga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʼnikmalarni
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmogʼidan
foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.

Shuningdek, Qonunga koʼra, davlat oliy taʼlim, oʼrta maxsus, professional taʼlim

muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, oʼrta maxsus,
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan
tashkil etiladigan boʼldi. Nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish ularning taʼsischilari
tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya Taʼlim sifatini
nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan boʼldi.

Qonunda dual taʼlimga oid qoidalar belgilanib, u taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim,

malaka va koʼnikmalarni olishga qaratilgan boʼlib, ularning nazariy qismi taʼlim tashkiloti
negizida, amaliy qismi esa taʼlim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari,
qonunga inklyuziv taʼlim toʼgʼrisidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv taʼlim alohida
taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha
taʼlim oluvchilar uchun taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga boʼlgan teng imkoniyatlarni
taʼminlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar
(shaxslar) uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etadi.

Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda taʼlim sohasidagi

munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va oʼziga xos xususiyatga ega ekanligi
bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonundan tubdan farq qiladi.
Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maʼlum qismini, albatta, oliy taʼlim
tizimidagi islohotlar tashkil etadi.

Hususan, Oʼzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor

yoʼnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini
sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilgʼor taʼlim
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish
maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son
Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish Kontseptsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini
bajarib bermoqda. Ta’lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning
ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:

ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini

tayyorlash;

hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish;
talabalar, magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga

oshirish;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

123

ikki tomonlama diplomlar . Ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan

o‘tkazilishidan oldin ular Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiyadan
o‘tkazish mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki
baholashdan o‘tkazadi.

Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki

baholash natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.

Ta’lim inspeksiyasi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o‘rganadi

va ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi.

Ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.

Xulosa oʻrnida aytish lozimki, davlatimiz tomonidan biz yoshlarga yaratib berilayotgan shart-
sharoitlar, qonunchilik hujjatlari bilan berilgan huquq va imtiyozlardan unumli foydalangan
holda yangi Oʻzbekistonning zamonaviy yangi avlod kadrlari sifatida shakllanishimiz, har bir
soha boʻyicha bilim, malaka va yuqori kasbiy koʻnikmaga ega boʻlgan raqobatbardosh kadr
sifatida xalqaro maydonga chiqishimiz, davlatimiz rahbarining biz yoshlarga boʻlgan
ishonchlarini oqlashimiz oliy burchimizdir.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son bilan

tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi", 1-ilovasi, 9- bandi.
2.

https://xs.uz/uzkr/post/kredit-modul-tizimiga-otish-nima-uchun-kerak-

maqsadmohiyat-va-afzallik

3.

https://kun.uz/news/2020/07/22/oliy-talimda-kredit-modul-kelayotgan-oquvyilida-

talabalarni-nimalar-kutmoqda

4.

O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Muassasalarida ECTS KreditModul Tizimi:

Asosiy Tushunchalar va Qoidalar. 2020.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", 1-ilovasi, 9- bandi.

O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Muassasalarida ECTS KreditModul Tizimi: Asosiy Tushunchalar va Qoidalar. 2020.