Авторы

  • Maftuna Rizayeva
    Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi mustaqil izlanuvchisi-

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46312

Ключевые слова:

Milliy o'quv dasturi nutqni tinglab tushunish lingvistik kompetensiya imlo savodxonli lingvistika metodika.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich o'quvchilarining "Ona tili va o'qish savodxonligi" darslarida lingvistik tushunchalarni modellashtirish metodikasi, turli voqelarni o'z nutqida bayon qilishi, bo'g'in ko'chirish, bosh harflar imlosi, so'zlarga so'roq berish va shunga o'xshash grammatik tushunchalarni amaliydan, nazariy bilimlar sifatida o'rganishi, shuningdek, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish bo'yicha mulohazalar yuritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

69

BOSHLANGICH SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA

LINGVISTIK TUSHUNCHALARNI MODELLASHTIRISH METODIKASI

Rizayeva Maftuna Xolmurod qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi mustaqil izlanuvchisi-

https://doi.org/10.5281/zenodo.13801499

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang’ich o'quvchilarining "Ona tili va o'qish

savodxonligi" darslarida lingvistik tushunchalarni modellashtirish metodikasi, turli voqelarni
o'z nutqida bayon qilishi, bo'g'in ko'chirish, bosh harflar imlosi, so'zlarga so'roq berish va
shunga o'xshash grammatik tushunchalarni amaliydan, nazariy bilimlar sifatida o'rganishi,
shuningdek, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish bo'yicha mulohazalar
yuritilgan.

Kalit so'zlar:

Milliy o'quv dasturi, nutqni tinglab tushunish, lingvistik kompetensiya,

imlo, savodxonli, lingvistika, metodika.


Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yangi nashr qilingan ona tili va

o’qish savodxonligi darsliklari,boshlang’ich sinf o’qituvchisidan juda katta mehnat,tinimsiz
izlanishda borishni talab qiladi.O’quvchiga tayyor qoidalarni yodlatib emas,balki ijodiy
fikrlash orqali uning mustaqil fikrlashga tayyorlab borishni nazarda tutadi.Boshlang’ich sinf
o’quvchilarining

kompetensiyasini

shakllantirish

va

rivojlantirishda

innovatsion

texnologiyalardan foydalanishda o’qituvchilarning axbarot-kommunikasiya texnologiyalari
savodxonligi muhum ahamiyatga ega hisoblanadi.Shuning uchun ham bugungi kunda
o’qituvchi hamda o’quvchilarning zamonaviy axbarot-kommunikatsiya texnologiyalardan
foydalanish savodxonligini oshirish o’quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish
muhum ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish
savodxonligi darsligini o’zaro integratsiya qilgan holda yagona fan sifatida o’qitilishi
o’quvchilarning kitobdan ma’lumotlarni oson topish,diqqatini bir joyga jamlash,berilgan
matnlarni tanqidiy baholash hamda ularni mustaqil o’zi davom ettirish imkonini
beradi.Shuningdek dars jarayonlarini bevosita acbarot –kommunikatsiyalar,turli multimediali
vositalar yordamida olib borish o’quvchini dars jarayoniga yanada qiziqtiradi.Ta’limda
innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o’tish nafaqat ona tili va o’qish savodxonligi
darslarida,balki boshqa fanlar uchun ham tegishli bilimga ega bo’lishni ifodalaydi.
Boshlang’ich sinflarda innovatsion texnologiyalarning talab darajasida joriy etilishi ta’lim
sifati va samaradorligini oshirish,o’quvchilarning bilim motivatsiyasini kuchaytirish,o’z ustida
ishlash,mustaqil

o’rganish,fikrlash,xulosa

chiqarishga

o’rgatish,

o’quvchilarning

kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga olib keladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida

ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi (PF - 6108-son
06.11.2020.) farmonida belgilanganidek, 2021- yil 1-martga qadar malakali pedagog, ilmiy
xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali
mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o'quv dasturi ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tayanch
umumta'lim muassasalari belgilanadi va 2021-2022 - o'quv yilidagi ta'lim jarayonida bu
dastur tajriba-sinov tariqasida joriy qilinadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

70

O'quvchiga tilni o'qitish orqali shu til bo'yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy

to'rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozish amallari bo'yicha har bir sinfda
taqozo etiladigan malaka va ko'nikmalar me'yorini rivojlantirish, bunda o'qish hamda mehnat
jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil
ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish,
shuningdek, yozma manbalarni o'qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o'z
munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda
tutiladi. "Ona tili" nafaqat leksik va grammatik me'yorlarni o'rgatuvchi, balki o'quvchi nutqiy
faoliyatida ixtiyoriy mavzu, fanlar kesimidagi matnlarni tinglab tushunish, to'g'ri o'qish,
orfoepik va orfografik me'yorlarni qo'llash salohiyatini rivojlantirishiga xizmat qiladigan
fandir. O'quvchining mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashi uchun ona tili darslarida o'qib
tushunishga alohida e'tibor qaratiladi. Ona tilini puxta o'zlashtirgan o'quvchi boshqa fanlarni
qoniqarli o'zlashtiradi. O'qish savodxonligi mukammal bo'lgan o'quvchi boshqa fanlarda
o'rganayotgan matnlarni o'qish orqali mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlaydi, olgan bilimlarini
hayotda qo'llay olish layoqati rivojlantiriladi. Shuningdek, o'quvchining mantiqiy fikrlashini
va amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan xalqaro baholash dasturi talablariga
mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo'ljallangan amaliy topshiriqlarni matnlarning
mazmuniga moslashtirish o'qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri. Bunda matnni
tushunish, tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish malakalarini shakllantirish ko'zda
tutiladi. Jumladan, yangi yaratilgan darsliklarning bosh g'oyasida ham yuqoridagi fikrlarning
asos qilinib olinishi hech kimga sir emas. Hozir ko'rib chiqadigan 2-sinf "Ona tili va o'qish
savodxonligi" darsligi ham o'quvchidan kreativ fikrlashni dars davomida va darsdan tashqari
vaqtda ham turli sohalarda o'z tilida ravon nutq so'zlashi; so'z boyligining oshishi; tilni
amaliyotda qo'llashi; o'qish savodxonligi doirasida o'quvchida to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish
malakasini shakllantirish; barcha uslubdagi matnlar bilan tanishishi va ularni fanlararo
integratsiyada o'rganishi, ta'lim jarayonida o'quvchilarni voqea-hodisalarni kuzatish, anglash,
qiyoslash, analiz va sintez qilishga o'rgatish orqali ijodiy tafakkuri va fikrlash doirasi
shakllantirilib boriladi.

Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika,

grammatika va uslubiyatga oid). Ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo'g'in
ko'chirish qoidalariga amal qila oladi; mavzuga oid yangi so'zlarni og'zaki va yozma nutqda
qo'llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to'g'ri qo'llay oladi. So'zlarning tovush
tarkibini orfoepik jihatdan to'g'ri shakllantira oladi; gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlarini
farqlay oladi va yozma nutqda o'rinli qo'llay oladi talaffuz va imloda tovush almashishi, tovush
orttirilishi, tovush tushishi kabi hodisalardan o'rinli foydalana oladi. O'zlashtirilgan leksik
birliklarni gap tarkibida qo'llay oladi; fonetik, leksik va grammatik tahlil qila oladi. Fikrni
mantiqiy izchillikda ifodalay oladi; matnda tilning ifoda vositalaridan foydalana oladi.
tovushlar talaffuzida orfoepik me'yorlarga amal qila oladi; leksik birliklarning ma'nosini
farqlashda lug'atlardan unumli foydalana oladi. Lingvistik kompetensiya (fonetika, leksika,
grammatika). Fonetika: fonemalar tasnifi va uslubiyatini tushuna oladi, fonetik o'zgarishlarni
orfoepik qoidalar nuqtai nazaridan tahlil qila oladi, ohang va urg'uni nutqda qo'llay oladi.
Leksika: so'zlarning ko'chma ma'nosi, uslubiy xususiyatlari va atamalarni farqlay oladi,
ulardan nutqda to'g'ri foydalana oladi. O'zbek tili leksikasining rivojlanishi, boyishi
manbalarini izohlay oladi. Grammatika: so'z turkumlari, undov, modal va taqlid so'zlar,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

71

ularning otlashishi hamda uslubiy xususiyatlarini tushuna oladi va izohlay oladi. So'z
birikmasi gap va uning grammatik belgilari, dialogik nutq belgilari, gap bo'lagining tiplari,
sodda va qo'shma gaplar ma'nodoshligini, sintaktik qurilmalarni, ko'chirma gap, matnning
o'ziga xos xususiyatlarini farqlay oladi va muloqotda grammatik hamda sintaktik birliklardan
o'rinli foydalana oladi. Fonetika: fonetik o'zgarishlarni orfoepik qoidalar nuqtai nazaridan
tushuntira oladi, ohang va urg'uning nutqdagi ahamiyatini, yozuv tamoyillarini izohlay
oladi. Leksika: o'zbek tili leksikasining rivojlanishi, boyishi manbalarini tushuntira oladi.
Grammatika: so'z turkumlari, gap bo'laklarining uslubiy xususiyatlarini tushunib, izohlay
oladi. Nutqda grammatik hamda sintaktik birliklardan o'rinli foydalana oladi.

O'quvchilar bu topshiriq orqali so'zlarni eshitib, xotirasida saqlab to'g'ri yozish

ko'nikmalarini shakllantiradilar. To'rtinchi sinfda bu bilimlar yanada mustahkamlanib,
to'ldirib boriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarda bilimlar poydevori davri hisoblanadi.
O'quvchilarning aynan shu davrdan nuqtini rivojlantirish bugungi ta'lim jarayonining asosiy
maqsadidir. Biz pedagoglar o'quvchilarni tarbiyalashda ularning erkin fikrlay olish
qobilyati bilan bir qatorda, nutqidagi kamchiliklarni ham bartaraf etishimiz lozim.

References:

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida

ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6108-son
farmon.
2.

2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" (o'qituvchilar uchun metodik qo'llanma)

3.

Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun Milliy o'quv dasturi 1-4-sinf "Ona tili va o'qish

savodxonligi"
4.

Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa'dulla Quronov, Shokir Tursun. 2-sinf "Ona tili va

o'qish savodxonligi".: Toshkent-2021
5.

Sh. Mirziyoev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

Toshkent -"O'zbekiston" -2016. 488 B.
6.

Jumaev M. E., Yuldasheva M. Yu., Mingbaeva B. U., Mamatova G. A., Levkina M. F.

Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitish metodikasi O'UM. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi
XTXQTUMOHM., 2017.
7.

Murodova M. M. BO'LAJAK BOSHLANG'ISH SINF O'QITUVCHILARI FAOLIYATIDA

PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK //Scientific progress. - 2022. - T. 3. - №. 1. -
S. 90-97.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6108-son farmon.

-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" (o'qituvchilar uchun metodik qo'llanma)

Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun Milliy o'quv dasturi 1-4-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi"

Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa'dulla Quronov, Shokir Tursun. 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi".: Toshkent-2021

Sh. Mirziyoev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent -"O'zbekiston" -2016. 488 B.

Jumaev M. E., Yuldasheva M. Yu., Mingbaeva B. U., Mamatova G. A., Levkina M. F. Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitish metodikasi O'UM. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTUMOHM., 2017.

Murodova M. M. BO'LAJAK BOSHLANG'ISH SINF O'QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK //Scientific progress. - 2022. - T. 3. - №. 1. - S. 90-97.