Авторы

  • Nasiba Umarova
    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti Toshkent, O‘zbekiston.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46323

Аннотация

“Inson shu qadar buyuk-ki, uning fazilatlarini o`lchash-dunyodagi eng baland tog`ning eng baland cho`qqisiga emaklab chiqish zahmati bilan teng. Inson shu qadar tubanki ,uning illatlarini o`lchash –dunyodagi eng baland tog`ning eng baland cho`qqisidan emaklab tushish zahmati bilan teng.”


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

36

ARAB ADABIYOTIDA ROMAN JANRINING SHAKLLANISHI

Umarova Nasiba Abduvali qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

tayanch doktoranti

Toshkent, O‘zbekiston.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13789444

“Inson shu qadar buyuk-ki, uning fazilatlarini o`lchash-dunyodagi eng baland tog`ning

eng baland cho`qqisiga emaklab chiqish zahmati bilan teng. Inson shu qadar tubanki ,uning
illatlarini o`lchash –dunyodagi eng baland tog`ning eng baland cho`qqisidan emaklab tushish
zahmati bilan teng.”

1

Badiiy adabiyot mana shunday inson tabiatining o`ziga xos tomonlarini to`laligicha

badiiy so`z va badiiy san`atlar orqali yorqin ifoda etadi. Badiiy adabiyot jahondagi turli-tuman
millatlar o`rtasidagi adabiy aloqalarni rivojlanishiga va gullab yashnashiga zamin yaratadi.
O`zbek badiiy adabiyotining boshqa bir qancha millatlar adabiyoti bilan uzviy aloqadorligi va
o`zaro ta`sir doirasi uzoq tarixga ega. O’zbek adabiyotining sharq adabiyoti, xususan, arab
adabiyoti bilan ma`rifiy, madaniy va adabiy aloqalari qadim zamonlardan shakllanib, hozirgi
kunimizgacha rivoj topib kelmoqda. Bizga ma`lumki, adabiyot nafaqat insonlarni
o`ylantirayotgan mavzularni ko`tarishi bilan, balki ma`lum ijtimoiy tuzumni yaqqol badiiy
tarzda ifodalab, ochib berishi bilan ham ahamiyatlidir. Shu sabab arab adabiyoti qadimdan to
hozirgi kungacha turli ijtimoiy tuzum va davrlarda o`ziga xos rivojlanish bosqichlarini bosib
o`tdi. Qadimdan rivojlanib kelgan arab adabiyotiga xos bo`lgan turli-tuman janrlar maqoma,
sira, “Ming bir kecha” ertaklari, “Kalila va Dimna” masallari, arab hikoyat va rivoyatlari butun
dunyoda ma`lum va mashhur. Bevosita arab mamlakatlari adabiyotidagi turli janrlarning
shakllanish negizi albatta boy arab adabiy merosiga borib taqaladi.

Arab adabiyotida roman janr sifatida XIX asr oxirida shakllandi. Arab adabiyotida tarixiy

roman janriga ilk bora arab adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Jo`rji Zaydon

2

(1861-

1914) qo`l urgan. U nafaqat yozuvchi, shu bilan birga adabiyotshunos olim, publitsist,
jurnalist, tarixchi hamdir. Jo`rji Zaydonni adabiyot olamiga mashhur qilgan uning romanlari
bo`ldi. U arab tarixiy romanchiligiga asos soldi, uni yuqori pog`onaga ko`tardi. Zaydonning 22
tarixiy romani bo`lib, (bularning ko`pi o`rta asr tarixiga oid), ular chuqur o`rganishga tadqiq
etishga arziydi. Jo`rji Zaydon romanlarining tilli sodda va tushunarli, shu bilan birga bir
qancha kamchiliklardan ham holi emas, u asosan voqealar davomiyligini hikoya qilish uslubi
bilan beradi.Jo`rji Zaydon, Ma`ruf al-Arnaut, Adib Is’hoq, Mustafo Komil, Amin ar-Rayhoniy,
Jubron Halil Jubron, Mixail Nuayme, Maryam Ziyoda kabi bir qancha yozuvchilar arab
adabiyotining yangicha qiyofasini ochib berishda ulkan hissa qo`shdilar. Ular XX asr arab
xalqlari hayotining qorong`u osmonida charaqlab, nur sochgan yulduzlar misol nafaqat Misr,
Livan, Hijoz, Yaman, Suriya xalqlarining milliy ongini uyg`otibgina qolmay, siz bilan bizning
ham ko`ngillarimizga olam-olam ma`nolar xazinasini tuhfa etadi.

1

Hoshimov O`. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Toshkent , “Sharq” nashriyot-matbaa birlashmasi.,2015.29 b.

2

Jo`rji Zaydon 1861 yil 14-dekabrda Bayrut (Livan)da tug`ilib, 1914-yil 21-avgustda Qohirada vafot etdi.

“Arablarning islomdan oldingi tarixi”, “Sharqning mashhur kishilari”, “ Arab tili tarixi”,”Qadimgi arab
nasablari”,”Yangi farosat ilmi”, “Xalqlar darajasi”, “Ajoyib yaralmalar”,”Umumiy tarix”, “Qisqacha yunon va rum
tarixi”, “Misrning qisqacha geografiyasi” kabi tarixiy-adabiy va tilshunoslikka oid asarlari unga katta shuhrat keltirdi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

37

50-60 yillarda Misr Yevropa romannavislari Joys, Kafka, Sartr, Kamyu singari

adiblarning romanlari asli va tarjimalari keng tarqaldi, hamda fransuz yozuvchilari Alen Rob-
Griye va Natali Sarrot asarlarini o`qidilar. Shuningdek yugoslav romannavisi Ivo Andrich, grek
adibi va shoiri Nikos Kazandakis, Lotin Amerikalik Gabriel Garsia Markes ijodida etnik
qadriyatlar va turli adabiy shakllarning tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Bu tanishuv o`z
ta`sirini ko`rsatmay qolmadi. Bir tomondan g`arb adabiyotining boy tajribasi, ikkinchi
tomondan milliy meros an`analari ayniqsa Misr va Suriya adabiyotida o`ziga xos shakl va
uslublarga ega “yangi roman” rivojiga katta turtki bo`lib , mazkur davrda arab romanchiligini
yuqori pog`onalarga olib chiqdi hamda milliy shakl va uslubdagi o`ziga xoslik asarlarda yorqin
namoyon bo`ldi.

3

“Yangi roman”- XX asrning 50-yillarida maydonga chiqqan bir qator fransuz yozuvchilari

(N.Sarrot, A.Rob Griye va boshqalar)ning roman bobidagi eksperimental izlanishlariga xos
xususiyatlarni anglatuvchi shartli termin. Yangi roman tarafdorlari an`anaviy proza o`z
imkoniyatlarini to`la sarf etib bo`lgan deb hisoblab, yangicha rivoya yo`sinini ishlab chiqishga
harakat qilganlar. Yangi roman namoyondalarining qarashlari “inson o`limi” falsafasiga
(A.Fuko) hamohang: ular shaxs tushunchasining o`zi eskirgan, shuning uchun uni an`anaviy
prozadagi kabi markazga qo`yib tasvirlash, an`anaviy tarzda badiiy talqin qilishni noo`rin deb
bilib, qahramonsiz va voqeaband syujetsiz romanlar yaratishni tajriba qiladilar.

An`anaviy roman, umuman, eposga xos mazkur eng muhim unsurlar yangi roman

namoyondalari tajribalarida tashqi dunyodagi narsalarning xolis va bo`rtiq tasviri, ongosti
qatlamlaridagi sirli evrilishlar, mozaika qonuniyati asosida butunlikka birikuvchi fikr-
kechinmalar bilan almashtiriladi, rivoya ko`proq essega xos xususiyatlarni kasb etadi.

4

Arab

adabiyotida tarixiy-siyosiy sharoit natijasida vujudga kelgan mafkuraviy bo`shliq “yangi
roman”ni kirib kelishiga zamin yaratdi va bu yozuvchilarning g`oyaviy yo`nalishlarini
o`zgarishiga olib keldi. Arab adiblarining jahon adabiyoti tajribasini tezlik bilan
o`zlashtirishlari, buni natijasida shakllar hamda inson va borliqqa bo`lgan munosabatlarining
o`zgarib borishi, yozishdagi yangi uslublar va adabiy jarayonlarning barchasi “yangi
roman”ning rivojiga ancha hissa qo`shdi. Shu bilan bir qatorda arab adabiyotida yangicha
qiyofa kasb etgan “yangi mavj” oqimi ham jadallik bilan rivojlanib bordi.XX asr 60-yillarida
arab adabiyotida sermahsul ijod qilgan Muhammad Hofiz Rag`ab, Diya ash-Sharqoviy, Ibrohim
Aslon, Baha Tohir,Abd al-Hakim Qosim,Sunalloh Ibrohim, Yusuf al-Quayid, Jamol al-G`itoniy,
Muhammad al-Busatiy, Yaxyo at-Tohir Abdulloh kabi bir qancha yozuvchilar asarlarida yangi
mavj yo`nalishi yaqqol ko`zga tashlandi. Ular avvaliga hikoyachilikda o`zlarini namoyon etgan
bo`lsalar, keyinchalik esa romanchilda ham sermahsul ijod qilib , uning rivojiga sezilarli hissa
qo`shdilar.

“Yangi mavj” adabiyotidagi tamoyillar yozuvchilar tomonidan dunyoni subyektiv ko`rish

va o`z individual tajriba estetikasini tasdiqlash kabi xususiyatlarda namoyon bo`ldi va
ularning fikricha tajribali insonni faqat ”tor” ma`nodagi ijtimoiy-deterministik tarzda
tushunishda ko`rindi. XX asr birinchi yarmida shakllangan yaxlit realistik uslub inqirozga yuz
tutib, uning o`rniga yangi bir necha individual uslublar shakllandi.

5

XX asr 60-yillarining 2-

3

Mubarakova D.A. Jamol al –G`itoniy va Sunalloh Ibrohim ijodida Misr “yangi roman” xususiyatlarining in’ikosi. –

T.: 2011. -14 b.;

4

D.Quronov,Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug`ati. – T.: Akademnashr,2013.B-380.

5

Кирпиченко В.Н., Сафронов В.В. История египетской литературы XIX – XX веков. В 2-х т.- М.: Восточная

литературная. РАН, 2003. Т.2. С-143


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

38

yarmiga kelib Misr adabiyotida ma`yuslik va tushkunlik kayfiyati hukm surdi, bunga sabab
o`sh davrdagi siyosiy vaziyat bo`ldi. Misr va Isroil o`rtasidagi urush, Misrning mag`lubiyati
oqibatlari sezilarli tarzda adabiyotda ham o`z aksini topdi. Ayniqsa yosh avlod vakillari
orasida voqelikni yangitdan tushunishga harakat boshlandi. Ular o`zlaridan avval olg`a
surilgan turli fikr va g`oyalarga, orzu va shiorlarga endi mutlaqo tanqidiy yondasha
boshladilar va an`anaviy milliy an`analardan voz kechgan holda, katta avlod vakillarining
tajribalaridan yuz o`girib, adabiyotni tubdan o`zgartirishga harakat qildilar. Yangi mavj
nomini olgan bu oqim vakillari o`zlarini endi yangi realistlar (al voqeuna al judud) deb atay
boshladilar.Yangi mavj oqimi tarafdorlari ijodining asosiy xususiyati bu voqelikni subyektiv
nuqtayi nazardan turib mushohada etish bo`ldi. Endi yosh adiblar ma`lum hodisaga shaxsiy
fikr orqali qarab, o`z tajribalaridan kelib chiqqan holda qarashdi va voqelikka oldingidek faqat
ijtimoiy shartlangan nuqtayi nazardan emas, balki tarixiy, biologik, etnografik, fiziologik,
psixologik omillarga tayanib yondoshdilar. “Yangi mavj” tarafdorlari o`z asarlarida shaxsiy
tajribalari orqali ifoda etilgan voqelikni o`zgacha uslub va shakllarni qo`llagan tarzda
namoyon eta boshladilar.Yangi qarashlarning qaror topishida esa Yevropa modernizm
adabiyoti va ekzistensializm falsafasi, o`sha davrda jadallik bilan arab tiliga tarjima qilingan
Sartr, Kamyu, Joys, Kafka, Bekket kabi yozuvchilarning asarlari hamda Freyd, Andre Breton,
Roje Garodining ishlari asos bo`lib xizmat qildi. Ularning asarlarida ko`plab yosh yozuvchilar
Misrdagi fikriy va ruhiy tanglikning sabablarini izlaganlar va yaratayotgan asarlarida badiiy
obrazlar prototiplarini yaratganlar.

6

Arab adabiyotidagi roman janri boshidan Yevropa janr chizgilari va uslublari bilan

jilolandi, keyinchalik sekin-astalik bilan milliy ongning tiklanishi va millliy, adabiy asarlarga
bo`lgan ehtiyojning ortishi bilan rivoj topib bordi. Vaqt o`tishi bilan Yevropadan keladigan
ta`sir asosan yozish texnikasi ta`siri bilan cheklanganini guvohi bo`lamiz. Arab yozuvchilarida
endilikda faqat yevropa adiblari ijodi bilan qiziqish va ularga intilish kayfiyati emas, balki
jahon adabiy yo`nalishi va badiiy tajribalariga bo`lgan intilish va hamkorlik kayfiyati ustunlik
qiladi.“Jamiyat ham, unga uzviy bog‘liq bo‘lgan adabiy jarayonlar ham doimiy o‘zgarishda,
rivojlanishda bo‘lib, bu jarayon abadiydir. Bu turdagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy
o‘zgarishlarning adabiyotdagi in’ikosini barcha Sharq mamlakatlari adabiyotida kuzatish
mumkin.”

7

Shunday qilib, arab adabiyoti bir tarafdan voqea hodisotlarning subyektiv, shaxsiy

hissiyotlardan o`tkazgan va shaxsiy hayotiy tajribani asos qilgan, ikkinchi tarafdan esa
voqelikni haqqoniy tasvirlashni kafolatlovchi avtobiografizm shakliga moyillik bildirgan yangi
romanning turli ko`rinishlari rivoj topishiga va tadrijiy yo`l bilan takomillashishiga olib keldi.
Arab romanchiligi yangi bosqichga o`tishda turli xil voqelik kasb etib, dunyodagi turli adabiy
jarayonlar ta`sirida rivojlandi. Milliy meros, romantizm, milliy meros, adabiy an`analar,
realizm va uning turli yo`nalishlari, oqimlari, keyinchalik modernizm, postmodernizm va
tarixiy-ijtimoiy tuzum ta`siri ostida yangi-yangi janrlar va shakllarni doimiy ravishda qo`llash
natijasida arab romanchiligi o`zgacha qiyofa kasb etishiga erishdi.

6

Кирпиченко В.Н., Сафронов В.В. История египетской литературы XIX – XX веков. В 2-х т.- М.: Восточная

литературная. РАН, 2003. Т.2.С-163

7

A.Mannonov. Sharq va g`arb adabiyotini tarixiy-qiyosiy o`rganish masalalari mavzusidagi xalqaro-ilmiy

konferensiya. 24-25 may,TDSHU.,T.: 2024.B-296.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

39

References:

1.

Hoshimov O`. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. “Sharq” nashriyot-matbaa birlashmasi.-

T.:2015
2.

Mubarakova D.A. Jamol al –G`itoniy va Sunalloh Ibrohim ijodida Misr “yangi roman”

xususiyatlarining in’ikosi. – T.: 2011.
3.

D.Quronov,Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug`ati. – T.: Akademnashr,

2013.
4.

Кирпиченко В.Н., Сафронов В.В. История египетской литературы XIX – XX веков. В

2-х т.- М.: Восточная литературная. РАН, 2003. Т.2.
5.

A.Mannonov. Sharq va g`arb adabiyotini tarixiy-qiyosiy o`rganish masalalari

mavzusidagi xalqaro-ilmiy konferensiya. 24-25 may. TDSHU. -T.: 2024.

Библиографические ссылки

Hoshimov O`. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. “Sharq” nashriyot-matbaa birlashmasi.-T.:2015

Mubarakova D.A. Jamol al –G`itoniy va Sunalloh Ibrohim ijodida Misr “yangi roman” xususiyatlarining in’ikosi. – T.: 2011.

D.Quronov,Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug`ati. – T.: Akademnashr, 2013.

Кирпиченко В.Н., Сафронов В.В. История египетской литературы XIX – XX веков. В 2-х т.- М.: Восточная литературная. РАН, 2003. Т.2.

A.Mannonov. Sharq va g`arb adabiyotini tarixiy-qiyosiy o`rganish masalalari mavzusidagi xalqaro-ilmiy konferensiya. 24-25 may. TDSHU. -T.: 2024.