ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
17
O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA MUHABBAT KONSEPTINING LISONIY
VOQEALANISHI
Gulxayo G’iyosiddinova Muzaffar qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13788811
Annotatsiya
: Bugungi kunda zamonaviy tilshunoslik sohasida kognetiv tilshunoslik,
jumlada, konseptlar ifodalagan tag ma’nolarni o’rganish tilshunos olimlarning asosiy
vazifalaridan birga aylanmoqda. Shu qatorda O’zbek va Ingliz tillaridagi “Muhabbat”
konseptini o’rganish, tadqiq qilish, konseptologik masalalari ham chuqur e’tibor markazida
hisoblanadi. Ushbu maqolada O’zbek va Ingliz tillaridagi “Muhabbat” konseptini lisoniy
voqealanishi yuzasidan bir qancha fikrlar e’tirof etilgan
.
Key words:
kognetiv tilshunoslik, konsept, lingvomadaniy, Pragmalingvistika, leksik,
frazeologik, sintaktik, semantik,
Hozirgi kunga kelib barcha fan sohalari qatori tilshunoslik ham tobora rivojlanib
kelmoqda. Dunyo tilshunosligida matnga avvallari sintaktik struktur jihatdan
yondashilgan bo`lsa, XXI asr boshlaridan boshlab
lingvokulturologik,
lingvokognitologik, sotsiolingvistik hamda psixolingvistik tamoyillar yordamida tahlil qilish
kuchaydi. Xususan,
insonning bilish faoliyati bilan shug`ullanuchi lingvo
kognitologiyaning paydo bo`lish sanasini 1956-yildan deb e’tirof etadilar. Kognitiv
tilshunoslikda kognitiv atamasining izohi “inglizcha “cognitive – bilishga oid” so`zi bilan
bog`liq”dir. Kognitiv lingvistika insonning kognitiv faoliyati bilan chambarchas bog`liq
sanaladi. Konsept, ssenariy, kognitsiya, freym atamalari kognitiv lingvistikaning markaziy
tushunchalaridir. [4, 12].
Konsept ikki tomonlama xususiyatga ega. Chunki u bir tomondan madaniyat konsept
ko`rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa bir tomondan, inson konsept
yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko`rsatadi. Konseptga taniqli rus
tilshunosi V.A.Maslova quyidagicha ta’rif bergan: bu lingvomadaniy o`ziga xoslik qayd etilgan
va muayyan etnomadaniyat egalarini u yoki bu tarzda tavsiflovchi semantik tuzilmadir”.
Tilshunos olim N. Mahmudov o`zining “Til tizimi tadqiqi” nomli risolasining “Tilning
mukammal tadqiqi yo`llarini izlab…” mavzusidagi maqolasida “…konsept tafakkurga oid,
mazmuniy mental tushuncha, lekin uni milliy-madaniy unsurdan tamoman xoli bo`lgan
hodisa sifatida qarash anchayin munozaralidir” deb yozadi. Pragmalingvistika hamda
kognitiv tilshunoslik asarlari muallifi, tilshunos Sh. Safarov ta’biri bilan aytganda, “…inson til
va moddiy olamni bir xil uslubda hamda bir xil yo`nalishda o`zlashtiradi. Moddiy dunyo
idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet –hodisalar haqida tushuncha tug`ilishini,
keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna – konsept sifatida shakllanib, moddiy nom
olishini taqozo qiladi.”
Quyida biz tadqiq etmoqchi bo‘lgan konseptologiya ham kognitiv
tilshunoslikning bir yo‘nalishi hisoblanib, uning o‘rganilish obyekti
konsept(konseptsiya)dir. Zamonaviy tilshunoslikda mavjud bo’lgan konseptni aniqlash
muammosi bilan konsept va til birliklari o’rtasidagi munosabatlar muammosi o‘zaro
bog’liq hodisa. Hozirgi kunda konsept atamasiga doir bir qancha qarash va nazariyalar
mavjud. Shu jumladan, Yu.S.Stepanov konseptni “inson ongida madaniyat o’chog’i, bu
madaniyat shaklida insonning aqliy olamiga kiradigan narsa”[4, 134] deya ta‘riflashini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
18
konsept lingvokulturologiyada eng ko‘p qo’llanuvchi birlik ekanligi bilan bog‘lasak to‘g‘ri
bo‘ladi.
Shuningdek, Y.S.Stepanov ta‘kidlaganidek, “konsept” bu ma’lum so‘z bilan birga
keladigan g’oyalar, tushunchalar, bilimlar, uyushmalar, tajribalar to’plami”. Konsept bir xil
darajadagi kognitiv xususiyatga ega tushuncha hamda ma‘no birligidan iborat birlik:
tushuncha – tafakkur birligi, ma’no – tilning semantik birligi. Konsept ong materiali o’laroq,
inson ongida psixik izlar va assotsiatsiyalar bilan mavjud. Lingvokognitiv konseptologiya
kontseptsiya tushunchasidan lingvistik vositalar yordamida modellashtirilgan milliy
kognitiv ong birligining belgisi sifatida, milliy tushuncha sohasini modellashtirish va
tavsiflash uchun foydalanadi.Uning nutqda lingvistik vositalar orqali reallashuvi vositalar
turiga ko‘ra konsepti ham tasniflash imkoniyatini beradi: leksik(so‘z), frazeologik(ibora),
sintaktik(gap), semantik(intonatsiya) vositalar orqali va hokazo. [1, 62].
Muhabbat
konsepti inson ongi bilan bog‘liq ravishda yuz beradigan empirik tuyg‘udir.
Tuyg'u esa shaxsning sifat va intensivlikka ega bo'lgan ma'lum bir obyekt yoki hodisaga
subyektiv baholovchi munosabati. Muhabbat tushunchasi ayni vaqtda koʻplab
tilshunos
olimlar (S.G.Vorkachev, L.G.Babenko, V.V.Kolesov, L.V.Kulgavova, L.Yager, E.Kapl-Blyum
va boshqalar) tadqiqot obʼyektiga aylangan. Bu konseptsiya originallikdir, zeroki, muhabbatni
har bir qalb boshqa-boshqa, yangi- yangi propozitsiyada boshidan kechiradi. Bizning tadqiqot
ob'ektimiz insonning ichki dunyosining bir parchasi bo'lgani uchun - ya'ni. psixologik
(emotsional) hodisa - qiyosiy lingvistik tahlilda
EMOTSIONALLIK
kategoriyasiga oid nazariy
qoidalardan foydalanishga tayanish mantiqiy ko'rinadi (V.I. Shaxovskiy)[1,142] .
Muhabbat konseptini tahlil qilish mobaynida uni uch asosiy talqinda uchratdik:
1) kundalik – sodda;
2) umumiy - falsafiy;
3) badiiy.
O’zbek tili ya’ni o’zbek adabiyotida muhabbat mazvusi qalamga olingan asarlar juda ham
ko’p. Misol tarzida Abdulla Qahhorning “Muhabbat” qissasini keltirishimiz mumkin. O’zbek
mentalitetiga xos ota-ona, ota- ona va farzand, do’stlar, qarindosh- urug‘ yoki individning
o‘zi yoqtirgan narsaga bo‘lgan mehru-muhabbati singari bir qancha tushunchalarning
umummohiyatida umumiy yoki falsafiy qarashdagi sevgi konsepti kuzatiladi va shuni ham
ham aytish kerakki, muhabbat empirik tushuncha bo‘lgani sababli yuqorida sanab o’tilgan
ushbu konseptning har qaysi turi inson ongida ruhiy holati bilan bog’liq holda ro’yobga
chiqadi. Ijodkorning “Muhabbat” qissasi asosida olib borilgan tadqiqotimiz mobaynida
sevgi konseptini umumiy hamda falsafiy ko‘rinishlarida ham uchratdik.
-Qani endi otasi yo onasi bo‘lsa-yu, boshini ko’kragiga qo‘yib ho‘ng-ho‘ng yig‘lasa![5, 192].
-Adabiyotni emas, adabiyot o‘qituvchisini yaxshi ko‘raman[5,159].
-Shundan keyin uning ko’ziga jonajon shahri, o‘ynab o‘sgan ko‘chalari, qarindosh-urug‘,
yor-do‘stlari ko‘rindi, Vatanini sog‘indi[5, 162].
-Muattar uning shodlikdan uchqun sochib turgan ko‘zlariga qaradi va burnini burniga
ishqaguday bo‘lib: Muncha ham tiling biron bo‘lmasa?-dedi va Muhayyoni mehr bilan bag’riga
bosdi [5, 224].
- Rashq xususiy mulkchilik kayfiyatidan tug’ilgan[5, 167].
- Gamlet aytmoqchi, yo Rabbim, odam odamga bunchalik muhtoj bo‘lar ekanu[5, 188].
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
19
Sevgi ehtiroslarga xoslangan, ikki subyektning o‘zaro bir-biriga moyilligi, uning erkak va
ayol o'rtasidagi munosabatlardagi insoniy tuyg'u sifatida qaralishi mazkur konseptning
jismoniy turini izohlashga imkon yaratadi. Misol uchun:
- Muhayyo o‘lgur buning boshini aylantirib qo‘yganga o‘xshaydi-ku[5, 174].
- Anvar yosh bola-ku, qadringizga yetadigan odam bilan gaplashsangiz-chi! Bitta-ikkita ko’ylak
olib berish qo’lidan keladigan odam bilan gaplashing [5, 184].
- Bu olqindi, qiz olmagan yigitning boshini aylantirib yuribdi![5, 188]
- Anvar uning qo‘lini mahkam ushlab sekin o‘ziga tortdi[5, 190].
Maqolaga xulosa yasar ekanmiz, professor Dilmurod Quronovning “Muhabbat o‘zi eski
narsa, lekin har bir yurak uni o‘zicha yangilaydi”, - degan so‘zlari hayolimizga keladi.
Rostdan ham serqirra muhabbat konseptini biz tahlil qilgan qismi “xamir uchidan patir”gina,
xolos. Sevgi leksemasini tushunchalardagi o'zgarishlar dinamikasi, ularning tilning qanday
leksik qatlamlarida ko‘zga ko‘rinishi, konnotativ tahlili bilan keyingi tadqiqotlarimizda
to’xtalib o‘tishni ko‘zda tutdik, zeroki muhabbat konsepti polifunksionaldir.
References:
1.
G.Z.Uzakova (2022) KONSEPT LINGVOKULTUROLOGIYANING ASOSIY BIRLIGI
SIFATIDA. FarDU Ilmiy xabarlar maxsus son(1229-1230)
2.
Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. – F.: 2020. -58
3.
Karimjonova, S. R. (2022). THE LINGUISTIC FUNCTIONS OF INTONATION
COMPONENTS. Oriental Art and Culture, 3(4), 601-606.
4.
Mohira
Parpiyeva,
&
Muqaddam
Jurayeva.
(2023).
PROBLEMS
OF
LINGUOCULTUROLOGICAL AND NEUROLINGUISTIC STUDY OF PHONETIC MEANS. American
Journal
Of
Philological
Sciences,
3(02),
49–59.
https://doi.org/10.37547/ajps/Volume03Issue02-09
5.
Muhabbat / A.Qahhor. – Toshkent: Yangi asr avlodi. – 248b.
6.
Xojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. – T.: O’ME, 2002. – B.19
7.
Xoshimova, N. (2019). External factors of associations’ individuality.
Scientific journal of
the Fergana State University
,
2
(2), 134-136.
8.
YAKUBJONOVA Janona, & XOLDORVA Hilola. (2023). LANGUAGE PHRASE AS AN
ELEMENT OF SPEECH ETIQUETTE. ЗАМОНАВИЙ ТАДҚИҚОТЛАР АХБОРОТНОМАСИ, 2(2),
34–36. https://doi.org/10.5281/zenodo.7871756