ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
153
ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA KEYS-STADI TA’LIM TEXNOLOGIYASINI
QO’LLASH USULLARI
Turg’unboyeva Shahnoza
O’zDJTU talabasi
Telefon raqam: +998949236792
Email: shakhnozabaxtiyarovna@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13777328
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogikaning jahon hamjamiyatida o’rin egallab
kelayotgan texnologiyalaridan biri keys-stadi ta’lim texnologiyalarini dars jarayoniga samarali
targ’ib etish masalalari aks etadi.
Kalit so’zlar va tushunchalar:
keyslar, muammolar, yechim, xulosa, argumentlar,
model, kompetensiya.
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan zamonda xilma-xil ta’lim texnologiyalaridan unumli
foydalanish, dars jarayonini jahon standartlariga mos keladigan tarzda tashkil etish pedagog
va olimlar oldida turgan eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanib kelmoqda. Xususan, yillar
mobaynida pedagogika har taraflama rivojlandi va yuzlab ta’lim texnologiyalari ishlab
chiqilib, pedagoglar e’tiboriga havola etildi. An’anaviy dars jarayonidan farqli o’laroq
pedagogik texnologiyalar dars jarayonini yanada qiziqarliroq va noodatiy g’oyalarga boy
tarzda tashkil etishga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Ular orasida bugun pedagoglar e’tiborini
qozona olgan keys-stadi ta’lim texnologiyasi o’z ahamiyatiga ega.
“Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQShning Garvard universitetining huquq
maktabida, 1924 yilda biznes maktabida qo’llanilgan. Hozirda texnologiya xorijiy
mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo’llanilmoqda. Rossiyada esa u
o’tgan asrning 80-yillarida dastlab MDUda, keyinchalik esa boshqa ta’lim muassasalarida ham
faol qo’llanila boshlandi. O’zbekistonda “Keys-stadi” metodi ta’lim jarayoniga mustaqillik
yillaridagina tadbiq etildi.
Keys-stadining ikki klassik maktabi mavjud:
1.
Garvard (Amerikada);
2.
Manchester (Yevropada) [1;91]
Xorijiy ta’limida keyslarni qo’llashga nisbatan shunday yondoshuv mavjud:
keys
– real
hayotning “bir parchasidir” (ingl. “True life”). Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy
vaziyatlarni o’rganishga o’quv vaqtining o’rtacha 25 %dan 90 %gacha bo’lgan qismi ajratiladi.
Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o’quv vaqtining 25 % keyslar ulushiga,
Kolumbiya universitetida, 30 %, Uortonda esa – 40 % to’g`ri keladi. Mashg`ulotlarni ushbu
uslub bo’yicha o’tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo’yicha Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy
talaba ta’lim davrida 700 tagacha keyslarni ko’rib chiqadi va buning uchun o’quv vaqtining 90
%gacha qismini sarflaydi.
Ushbu texnologiyaning yana bir afzaligi shundaki, o‘quvchilarda kasbiy axloq me’yorlari
haqida tushunchalar shakllanadi va rivojlanadi. Olar o‘zlarini bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati qay
darajada tayyor ekanliklarini sinab ko‘radilar. Ular o‘z qobiliyatlarini aniq baholagan holda
rivojlanish imkoniyatlari to‘g‘risida o‘ylab ko‘radilar.
Keys-stadi texnologiyasi ham barcha texnologiyalar kabi tur va manbalarga o‘z ichiga
oladi. Bular orqali keys-stadi texnologiyasi haqida talabalar to‘liq ma’lumotlar oladilar va
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
154
o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Keyslarni guruhlashtirishda,
ularining mazmun mohiyatiga e’tibor beriladi, ularni guruhlashtirishda asosan maqsad
vazifalar inobatga olinadi. Shuning uchun ham keyslarni guruhlashtirish bir muncha qiyin
kechadi.
Keyslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- baholash, tahlilga o‘rgatuvchi;
- muammoni yechish, qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi;
- umumiy tarzda muammoni yechishga o‘rgatuvchi keyslar;
Shuningdek ko‘pgina adabiyotlarda keyslarni quyidagi turlarga ajratadilar:
1) Kalit keyslar(Key cases);
2) Notanish keyslar(Outlier cases);
3) Tanish keyslar(Local knowledge cases).
[2;147]
Keyslarni turlarga ajratishda
N. Fedyaninm, V.Davidenko
larning ham o‘z nazariyalari
mavjud.
-
tizimlashtirilgan (highly structured)
keysda kichik hajmdagi qo‘chimcha axborotlar
beriladi, bunda мuammoni vaziyatni yechayotgan talabalar oldindan tuzilgan rejalar asosida
vaziyat yechimini izlashlari lozim. Bu turdagi keyslar yuqori darajadagi vaziyat yechimini
talab qiladi.
-
kichik tasvirlar (short vignetts)
keysida muammoli vaziyat hajmi bitta matndan, bir yoki
ikkita ilovadan iborat bo‘lib, talabalar faqat yechimga xos tushunchalar bilan
tanishtiriladi,
tahlil davomida talaba bilim zahirasi kengligi alohida o‘ringa egadir.
- katta hajmdagi tizimlashmagan keyslar (long unstructured cases )
hajmi
chegaralanmagandir. Shuningdek ta’lim jarayoning barcha turlarida foydalanish mumkin,
ma’lumotlar aniq va to‘liq hajmda talabalarga taqdim qilinadi.
- boshlang‘inch keyslar (ground breaking cases)
qo‘llashdan maqsad talabalarni oldin
o‘zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdir va mavjud bilimlarni amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmasini shakllantirishdir. Bu jarayonda talaba va o‘qituvchilar ilmiy izlanuvchilar talab
qilinadi. [3;820]
Keyslar qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, ular o‘rtasida keysning subkeyti va obyekti
bo‘ladi. Subyekt izlanishning nazariy qarashi ko‘rsatilgan amaliy, tarixiy birligi hisoblanadi.
Obyekti esa o‘sha nazariy qarashning analitik suyagidir. Keys tadqiqotchilari keyslarni ikki
qismga ajaratadilar, ya’ni muammoli vaziyat va yechim. Muammoli vaziyat keysning dastlabki
holatidir, bunda tegishli umumiy axborotlar kiritiladi. Muammoli vaziyatning yechimini
izlashda talabalarni axborotlarni topishga yo‘naltitish lozim. Bunday yondashish keys
jarayonini rivojlantiradi va jarayonga nisbatan talabalarni faolligini taminlaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda muloqotchanlikni shakllantish keys texnologiyasidan
foydalanib amalga oshirishi mumkin.
- o‘quvchilar bilan o‘zaro birgalikda harakat qilish;
- bolaga ta’sir qilishda uning xulq-atvorini boshqarish, o‘zaro harakatning turli yo‘llarini
qo‘llash;
- o‘quvchilarni muloqotda o‘z-o‘zini boshqara olishi;
- o‘zaro munosabatlar jarayonidagi ijodiylik harakterini saqlay bilish;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
155
-o‘quvchilarga ta’lim muammolari haqida fikrlashdan tashqari ularni o‘z fikrlarini tushuntira
olish
imkoniyatlarini
shakllantirishga
muloqotda
o‘quvchilarni
dunyoqarashini
kengaytirishga va mustaqil fikrlashga o'rgatish.
Mavzuda ko'rsatilgan muammolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni topish va ularni
o'zaro bog'lagan holda yechimlarni aniqlash.
Kutilayotgan natijalar:
- muammoni salbiy oqibatlarni tushunib yetadi;
- o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi;
- o‘rganilishi nazarda tutilayotgan tushunchalar haqida malakaga ega bo‘ladi;
- muammoli vazifalami yechishda nazariy bilimlarini qo‘llaydi;
- muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topadi. [4;33]
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish lozimki, bugungi texnika va texnologiyalar rivojlanib
borayotgan zamonda yangi ta’lim texnologiyalaridan foydalanmasdan dars jarayonini
interaktiv va samarali qila olish nihoyatda qiyin masala. Aksincha, keys-stadi va shu kabi
dunyo miqyosida qo’llangan va sinalgan ta’lim texnologiyalarini ta’lim muassasalarida dars
jarayonlariga tatbiq etish esa bizga o’quvchi va talabalarda erkin fikrlash, o’z fikrini erkin
bayon etish va har qanaqa muammoli vaziyatga turli tomonlama yechim topish qobiliyatlarini
shakllantiradi.
References:
1.
Keys-stadi texnologiyasining rivojlanish tarixi. Rabbimova F.T. - dotsent Matmuratova
G.B. - o`qituvchi (91-92)
2.
“Keys” texnologiyasi asosida o’quvchilarda muloqotchanlik shakllantirish imkoniyatlari.
Sherali Zakirovich Djumanov.(147-148)
3.
Davlataliyevna, S. N. (2022). Umumiy Psixologiya va turli xil psixologik amaliyotlar.
Scientific Impulse, 1(5), 820-822.
4.
Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini
oshirish yo‘llari. - Toshkent, 2004-y.