ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
133
BARQAROR RIVOJLANISHGA ERISHISHDA TA’LIM METODOLOGIYALARINI
QIYOSIY-TAHLILIY O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Xudaynazarov Egambergan Madraximovich
Pedagogika fanlari falsafa doktori(PhD), dots. professor v.b
Ma’mun universiteti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish ishlari
bo‘yicha prorektori
https://doi.org/10.5281/zenodo.13771057
Annotatsiya:
Barqaror rivojlanishning asosiy negizi inson kapitali hisoblanadi. Ta’lim
insonning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy ongni oshirish va barqaror
rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim vosita sifatida qaraladi. Ushbu maqolada turli
ta’lim metodologiyalari va ularning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qo‘shadigan
hissasi qiyosiy-tahliliy jihatdan o‘rganiladi. Ta’lim metodologiyalarining mazkur maqsadlarga
erishishdagi roli va ularning zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llanilishi haqida fikr yuritiladi.
Abstract:
Human capital is the main basis of sustainable development. Education is
considered as an important tool for developing human knowledge and skills, raising social
awareness and achieving the goals of sustainable development. This article compares and
analyzes different educational methodologies and their contribution to achieving the goals of
sustainable development. The role of educational methodologies in achieving these goals and
their use in the modern educational process are discussed.
Аннотация:
Человеческий капитал является основной основой устойчивого
развития. Образование рассматривается как важный инструмент развития
человеческих знаний и навыков, повышения общественной осведомленности и
достижения целей устойчивого развития. В данной статье сравниваются и
анализируются различные образовательные методики и их вклад в достижение целей
устойчивого развития. Обсуждается роль образовательных методик в достижении этих
целей и их использование в современном образовательном процессе.
Kalit so‘zlar:
Barqaror rivojlanish, ta’lim metodologiyalari, qiyosiy tahlil, faol ta’lim,
muammoli ta’lim, virtual ta’lim, onlayn platformalar, BMT, barqaror rivojlanish maqsadlari,
ta’lim samaradorligi.
Key words:
Sustainable development, educational methodologies, comparative analysis,
active education, problem-based education, virtual education, online platforms, UN,
sustainable development goals, educational effectiveness.
Ключевые
слова:
Устойчивое
развитие,
образовательные
методики,
сравнительный анализ, активное образование, проблемное образование, виртуальное
образование, онлайн-платформы, ООН, цели устойчивого развития, эффективность
образования.
Kirish.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan 2015-yilda qabul qilingan Barqaror
Rivojlanish Maqsadlari (BRM) insoniyat va sayyoramiz uchun eng muhim masalalarga yechim
topishga qaratilgan [3]. 2030-yilgacha mo‘ljallangan 17 ta asosiy maqsadlar orasida
qashshoqlikka barham berish, ocharchilikni tugatish, sog‘liqni saqlashni yaxshilash, sifatli
ta’limni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va boshqa global muammolar joy olgan.
Ushbu maqsadlar tomon siljish nafaqat davlatlar va hukumatlarning siyosati, balki ilmiy
tadqiqotlarning tizimli tashkil etilishi bilan ham bog‘liq. Xususan, davlatimizda ham bu borada
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
134
chora tadbirlar olib borilmoqda, bunga yaqqol dalil sifatida O‘zbekiston respublikasi vazirlar
mahkamasining “
2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad
va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida
”gi qarori tasdiqlangan [1].
Ushbu maqolada BRMga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni samarali tashkil qilish usullari va
ularning amaliyotga tatbiqi haqida so‘z yuritamiz.
Tadqiqotlarni tizimli tashkil etish.
BRMga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish quyidagi asosiy omillarni o‘z
ichiga oladi:
strategik rejalashtirish, resurslarni boshqarish, ilmiy hamkorlik, monitoring va
baholash.
Strategik rejalashtirish:
BRMning har biri o‘ziga xos vazifalarni o‘z ichiga olganligi sababli, tadqiqotlarni
boshlashdan oldin aniq maqsadlar va vazifalarni belgilash muhimdir. Tadqiqotchilar BRMga
mos keladigan ilmiy yo‘nalishlarni tanlashi va ular uchun dasturiy rejalarni ishlab chiqishi
kerak [2].
Resurslarni boshqarish:
Ilmiy tadqiqotlarni samarali olib borish uchun moliyaviy, insoniy va texnik resurslarni
to‘g‘ri boshqarish kerak. Bu borada davlat tashkilotlari, xalqaro donorlar va xususiy
sektorning moliyaviy ko‘magidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga,
tadqiqotchilarni tayyorlash va ularga zarur resurslar bilan ta’minlash orqali ilmiy kadrlar
bazasini shakllantirish ham tadqiqotlar muvaffaqiyati uchun zarurdir.
Ilmiy hamkorlik:
BRMga yo‘naltirilgan tadqiqotlar ko‘p qirrali va ko‘p sohaga oid masalalarni qamrab
oladi. Shu sababli, tadqiqot muassasalari, universitetlar, davlat va nodavlat tashkilotlari
o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish muhimdir. Xalqaro ilmiy hamkorlik esa
tadqiqotlarning samaradorligini oshiradi. Masalan, ta’lim tizimi bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarda turli davlatlardan kelgan olimlar va muassasalar hamkorlik qilishi lozim.
Ma’mun universitetida xalqaro ilmiy hamkorlik ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, universitet
xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro memorondumlar tasdiqlash asosida olimlarning
o‘zaro ilmiy hamkorlik faoliyatlariga imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Monitoring va haholash:
Tadqiqotlar natijasini baholash va monitoring qilish orqali BRM maqsadlariga erishish
yo‘lida qilingan ishlar samaradorligini o‘lchash mumkin. Bunda statistik ma’lumotlar,
indikatorlar va tahlil usullaridan foydalaniladi. Monitoring natijalari asosida tadqiqotlarga
o‘zgartirishlar kiritish va yangi strategiyalarni ishlab chiqish imkoniyati tug‘iladi.
Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish.
BRMga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy maqsadi -
olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etishdir. Ilmiy tadqiqotlar natijalari quyidagi yo‘llar bilan
amaliyotga joriy etilishi mumkin:
Davlat siyosatini shakllantirish:
Tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar hukumatlarning barqaror rivojlanish
siyosatini belgilashda qo‘llanishi mumkin. Masalan, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha
olib borilgan tadqiqotlar asosida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilikni
shakllantirish va rivojlantirish mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
135
Xususiy sektorni jalb qilish:
BRMga yo‘naltirilgan tadqiqotlar xususiy sektor uchun yangi imkoniyatlar va biznes
modellarini yaratadi. Masalan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar natijasida quyosh yoki shamol energiyasiga asoslangan korxonalar tashkil etilishi
mumkin [5].
Xalqaro hamkorlik va tajriba almashish:
Tadqiqot natijalarini xalqaro miqyosda bo‘lishish orqali turli davlatlar va mintaqalar
o‘rtasida tajriba almashish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa BMTning Barqaror rivojlanish
maqsadlariga erishish jarayonini jadallashtiradi.
Yuqorida takidlaganimizdek. barqaror rivojlanish – insoniyatning ekologik, iqtisodiy va
ijtimoiy ehtiyojlarini o‘zaro muvofiqlikda qondirish orqali kelajak avlodlarning yashash
sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan yondashuvdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
tomonidan qabul qilingan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlarining (BRM) aksariyati ta’lim
bilan chambarchas bog‘liqdir. Ta’limning ushbu maqsadlarga erishishda muhim o‘rni uni turli
metodologiyalar orqali rivojlantirish zaruratini ko‘rsatadi. Shu sababli, turli ta’lim
metodologiyalarini qiyosiy-tahliliy o‘rganishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu borada
Ma’mun universitetida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, xalqaro ilmiy-
nazariy va amaliy konferensiyalar, xalqaro almashinuvlar, talabalarning xalqaro konferensiya
va qo‘shma ta’lim dasturlariga jalb qilish ishlari olib borilmoqda.
Barqaror rivojlanish va ta’lim o‘rtasidagi aloqa.
Barqaror rivojlanishga erishishda ta’limning rolini uchta asosiy yo‘nalishda ko‘rib
chiqish mumkin:
1.
Bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish: Barqaror rivojlanish uchun aholining barcha
qatlamlarida ekologik savodxonlik, iqtisodiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
muhimdir. Ta’lim ushbu bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish orqali jamiyatda barqaror hayot
tarzini qaror toptirishga hissa qo‘shadi.
2.
Tafakkur va ijtimoiy ongni o‘zgartirish
: Barqaror rivojlanishga erishish uchun
odamlarning turmush tarzi, ehtiyojlari va qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi.
Ta’limning asosiy vazifalaridan biri – inson tafakkurini o‘zgartirish va ularni ijtimoiy
mas’uliyat hissi bilan qaror qabul qilishga o‘rgatishdir.
3.
Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash
: Zamonaviy muammolarni yechishda yangi
texnologiyalar va innovatsiyalarning joriy qilinishi zarur. Ta’lim tizimi innovatsion
yondashuvlarni o‘rgatish orqali barqaror rivojlanish jarayonini tezlashtirishi mumkin.
Ta’lim metodologiyalarining tahlili.
Barqaror rivojlanishga erishish maqsadida qo‘llaniladigan ta’lim metodologiyalari turli
xususiyatlarga ega. Ularning qiyosiy-tahliliy o‘rganilishi samaradorlikni oshirish va ta’lim
tizimlarini takomillashtirish uchun muhimdir.
An’anaviy ta’lim metodologiyasi.
An’anaviy ta’lim metodologiyasi ma’ruza, darsliklar va muallimning yetakchi roliga
asoslangan. Ushbu metodologiya orqali asosiy nazariy bilimlar beriladi. Barqaror rivojlanish
maqsadlarining asosiy tushunchalarini o‘rgatishda an’anaviy metodologiya o‘ziga xos o‘rin
tutadi.
Afzalliklari
: Tizimli bilimlar berish, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarga oid asosiy
tushunchalarni aniqlashtirish, aniq va izchil ta’lim berish imkoniyati.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
136
Kamchiliklari
: Amaliy tajriba va ijodiy fikrlash imkoniyatlarining chegaralanganligi, faqat
nazariy bilimlarga asoslanishi.
Faol ta’lim metodologiyasi.
Faol ta’lim metodologiyasi talabalarning mustaqil fikrlash, muammolarni yechish,
amaliy faoliyatda ishtirok etish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu metodologiya
barqaror rivojlanish masalalariga ijodiy yondashishni o‘rgatadi.
Afzalliklari
: Talabalarni mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishga o‘rgatadi, barqaror
rivojlanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Kamchiliklari
: Ko‘proq vaqt va resurslarni talab qiladi, barcha ta’lim tizimlarida joriy
etish oson emas [4].
Muammoli ta’lim metodologiyasi.
Muammoli ta’lim metodologiyasi talabalarni barqaror rivojlanishga oid real
muammolarni hal qilishga jalb qilishni nazarda tutadi. Ushbu metodologiya talabalarda
muammolarga tanqidiy va ijodiy yondashish qobiliyatlarini shakllantiradi.
Afzalliklari
: Real muammolarni hal qilish orqali amaliy ko‘nikmalarni oshirish,
talabalarni barqaror rivojlanish muammolariga bevosita jalb qilish.
Kamchiliklari
: Murakkab muammolarni hal qilishda talabalar uchun og‘irlik tug‘dirishi
mumkin, bu esa ularning motivatsiyasiga ta’sir qilishi ehtimoli bor.
Virtual ta’lim va onlayn platformalar.
Zamonaviy axborot texnologiyalari va internetning rivojlanishi natijasida virtual ta’lim
va onlayn platformalar keng tarqalmoqda. Bu metodologiya talabalarga global muammolar va
ilg‘or tajriba almashish imkoniyatini beradi.
Afzalliklari
: Keng ko‘lamdagi ta’lim resurslariga kirish imkoniyati, vaqt va joy bo‘yicha
cheklovlarning yo‘qligi, global hamkorlikni rivojlantirish.
Kamchiliklari
: To‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy tajribani o‘tkazish imkoniyatlarining
cheklanganligi, axborotning ortiqcha ko‘pligi sababli muhim ma’lumotlarni saralash qiyinligi.
Qiyosiy-tahliliy o‘rganishning ahamiyati.
Barqaror rivojlanishga erishishda ta’lim metodologiyalarining qiyosiy-tahliliy
o‘rganilishi quyidagi jihatlar bo‘yicha ahamiyatlidir:
1.
Maqsadga mos yondashuvni tanlash
: Qiyosiy-tahliliy o‘rganish orqali turli ta’lim
metodologiyalarining afzallik va kamchiliklarini tahlil qilish mumkin. Bu esa BRMga mos
keluvchi ta’lim yondashuvini tanlashda yordam beradi.
2.
Metodologiyalarning samaradorligini oshirish
: Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan
metodologiyalarni qiyosiy o‘rganish natijasida ularning samaradorligini oshirish uchun
muayyan o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
3.
Innovatsion yondashuvlarni joriy qilish
: Qiyosiy-tahliliy yondashuv orqali an’anaviy va
zamonaviy ta’lim metodologiyalarining uyg‘unligini ta’minlash va innovatsion ta’lim
texnologiyalarini joriy etish yo‘llarini topish mumkin.
Barqaror rivojlanishga erishishda ta’limning roli beqiyosdir. Ta’lim metodologiyalarini
qiyosiy-tahliliy o‘rganish ularning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda qanchalik
samarali ekanligini aniqlash imkonini beradi. An’anaviy, faol, muammoli va virtual ta’lim
metodologiyalari o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega bo‘lib, ulardan maqsadga mos holda
foydalanish zarur. Shu bilan birga, turli ta’lim metodologiyalarini birlashtirib, zamonaviy va
innovatsion ta’lim jarayonlarini.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
137
Xulosa.
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida ilmiy tadqiqotlar muhim
ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish orqali davlatlar, tashkilotlar va
jamoalar BRMga erishishda muhim qadamlar tashlashi mumkin. Strategik rejalashtirish,
resurslarni samarali boshqarish, ilmiy hamkorlik va natijalarni monitoring qilish - bularning
barchasi tadqiqotlarning muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillardir. Shu bilan birga, tadqiqot
natijalarini amaliyotga joriy etish orqali BRMning asosiy vazifalariga erishish imkoniyatlari
kengayadi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.02.2022 yildagi 83-son[
2.
UNESCO. (2017). Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives.
United
Nations
Educational,
Scientific
and
Cultural
Organization.
[
3.
United Nations. (2015). Transforming our world: The 2030 Agenda for Sustainable
Development. United Nations General Assembly. [
https://sdgs.un.org/2030agenda
4.
Tilbury, D. (2011). Education for Sustainable Development: An Expert Review of
Processes and Learning. UNESCO. [
5.
Glasser, H., & Hirsh, J. (2016). Toward the development of robust learning for
sustainability core competencies. Sustainability, 8(3), 119-136. [
6.
Xudoynazarov E.M., Avezova D.G. Didactic Principles of Developing Logical Thinking in
Students // International Scientific Conference on "New Scientific Trends and Challenges"
20th February 2023, Rome, Italy. P. 97-100.
7.
Xudoynazarov E.M., Saparboeva S.О. //Didactic Foundations of the Development of
Human Thinking. International Scientific Conference on "New Scientific Trends and
Challenges" 20th February 2023, Rome, Italy. P. 94-96.
8.
Худойназаров, Э. М., Эсонов, Н. А., & Кучкаров, М. У. Преимущества альтернативных
методов обучения.
9.
Madraximovich, K. E. (2020). Improving the methodological training of primary school
teachers on the basis of innovative approaches.
European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences Vol
,
8
(7).
10.
Xudoynazarov, E. M. (2019). Didaktic possibilities of oral exercises in forning initial
classes pupils' mathematical thinking activity. Eastern European Scientific Journal,
Ausgabe.
Germany
, (1-2019), 249.
11.
Khudoynazarov, E. (2023). Boshlang ‘ich ta’limda mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning
ahamiyati.
Молодые ученые
,
1
(13), 32-37.
12.
Эгамберган, Х. М. (2023). Ўқувчиларда танқидий фикрлашни ривожлантиришнинг
педагогик ва методик асослари.
Zamonaviy fan, ta’lim va ishlab chiqarish muammolarining
innovatsion yechimlari
,
4
, 56-59.