Авторы

  • Akobr Abdullayev
    Profi universiteti o‘qituvchisi, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46361

Аннотация

Sport g‘alaba va mag‘lubiyatdan iborat, buni har qanday sportchi tan olmas ekan, undagi psixologik holat murakkablashaveradi. Oliy sport yutuqlarini qozonish yo‘lidagi professional sportchilarning perfeksionizmi ko‘p hollarda ulardagi nevrotik buzilishlarga olib boradi, inson sifatida xató qilish mumkin ekanligini anglash esa sport psixologik tayyorgarlikda qo‘l keluvchi psixik qayishqoqlik ko‘nikmasi bilan namoyon bo‘ladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

46

SPORTDAGI MAG‘LUBIYATLARDAN KEYIN PSIXOLOGIK TIKLANISH MUHIM

ZARURIYAT SIFATIDA

Abdullayev Akobr Shokir o‘g‘li

Profi universiteti o‘qituvchisi, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.13744893

Sport g‘alaba va mag‘lubiyatdan iborat, buni har qanday sportchi tan olmas ekan, undagi

psixologik holat murakkablashaveradi. Oliy sport yutuqlarini qozonish yo‘lidagi professional
sportchilarning perfeksionizmi ko‘p hollarda ulardagi nevrotik buzilishlarga olib boradi, inson
sifatida xató qilish mumkin ekanligini anglash esa sport psixologik tayyorgarlikda qo‘l
keluvchi psixik qayishqoqlik ko‘nikmasi bilan namoyon bo‘ladi.

Har qanday sport turida mag‘lubiyatdan keyin sportchi tomonidan amalga oshiriladigan

aniq harakatlar algoritmi va vazifalar bo‘lishi kerak, aksi holda mag‘lubiyat bilan bog‘liq
emotsiyalar sabab sportchi o‘zi o‘ziga har tomonlama zarar yetkazib qo‘yishi mumkin. Asosiy
sabab esa, mag‘lubiyatdan keyin nima qilishni bilmaslikdan bo‘ladi. Misol uchun shaxmat
sportida xalqaro toifadagi murabbiylar tomonidan “Shaxmatdagi mag‘ubiyatdan keyin
qilinishi shart bo‘lgan ishlar” ro‘yxatini 10 dan ortiq vazifalarni kiritgan. Misol uchun FIDE
murabbiylari Reniyer Kastellanos va Silviya Ralukalar tomonidan ishlab chiqilgan
“Shaxmatdagi mag‘ubiyatdan keyin qilinishi shart bo‘lgan ishlar” deb atalgan quyidagi
ro‘yxatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak:
1.

Yaxshi xulq-atvorni saqlash;

2.

Raqib bilan bo‘lgan o‘yinni tahlil qilish;

3.

O‘tgan mag‘lubiyatli o‘yinni, shaxsiy o‘yinlar ma’lumotlar omboriga joylash;

4.

O‘tgan mag‘lubiyatli o‘yinni annotatsiyasini yozish;

5.

O‘yindagi no‘tog‘ri yurishlarni tekshirib chiqish;

6.

Uyga borganda o‘yinni tahlil qilishni to‘xtatish;

7.

O‘yindan uzilish;

8.

Psixologik tiklanish;

9.

Chekinma va oldinga intil;

10.

Shaxmatdan zavqlanishni unutma.

1

E’tibor beradigan bo‘lsak, berilgan tavsiyaviy vazifalarning 70% psixologik xususiyat

kasb etadi, bundan tashqari psixologik tiklanish alohida vazifa sifatida tilga olinishi,
mag‘lubiyatlardan keyin sportchi bilan psixologik ish olib borilishi zaruratini namoyon etadi.
Hech bo‘lmaganda, sportchi o‘zini psixologik tiklashga yordam beradigan umumiy qoidalar va
tamoyillarni shakllantirgan, ularni o‘rganib olgan bo‘lishi zarur.

Quyida mag‘lubiyatdan keyin sportchilar amal qilishi kerak bo‘lgan muhim tavsiyalarni

berib o‘tiladi:

Birinchidan, mag‘lubiyat mohiyati haqidagi tasavvurlarni kengaytirish kerak. Bunda

Nelson Mandelaning “Men mag‘lub bo‘lmayman, o‘rganaman yoki yutaman

2

” degan sitatasini

eslab olish o‘rinli. Demak mag‘lubiyat biz uchun darsga aylanmas ekan, bu bundan
mag‘lubiyatni yana va yana takrorlashimiz mumkin. Mashur basketbolchi, 6 karra NBA
chempioni va yulduzi, Karim Abdul Jabarning fikrlari mag‘lubiyat mohiyatini chuqur anglab

1

https://thechessworld.com/articles/general-information/10-must-do-things-after-losing-a-chess-game/#:~:text=8.-

,Psychological%20recovery,the%20rest%20of%20the%20games.

2

https://mot.global/2019/09/i-never-lose-i-either-win-or-learn/


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

47

yetishga yordam beradi, u shunday degan “Sen qanday g‘alaba qozonishni, qanday mag‘lub
bo‘lish mumkinligini bilmaguningcha bila olmaysan. To‘g‘ri men va hech kim mag‘lubiyatni
yoqtirmaydi, biroq men mag‘lubiyatlarni boshdan kechirishni bilaman, ularni qabul qila
olaman.

3

Ikkinchidan, mag‘lubiyat yoki qiyinchiliklar bu hammasi tugadi degani emas, hammasi

endi boshlanadi degan signal sifatida qabul qilinishi kerak. Unutmaslik zarurki,
mag‘lubiyatdan keyin ham hayot bor, sizgacha necha yuz, balki minglab super chempionlar
o‘tgan, istalgan sportni qarab ko‘ring mag‘lubiyatni tatib ko‘rmasdan, g‘alaba zavqini his etib
bo‘lmaydi. Mag‘lubiyat “singal”deb tasavvur qilinsa, mag‘lubiyat bizga nimanidir xabarini
yetkazdi, nimanidir tushuntirmoqchi va u nima?! Demak, bu vaziyatda biz shu nima degan
savolga javobni topishga urinishimiz samaralidir.

Uchinchidan, motivatsiyani tiklash kerak. Bu esa o‘zida yoki jamoasida o‘tgan

mag‘lubiyatli o‘yin yoki uchrashuvlardagi ijobiyliklarni qidirib topish, nimaga menga yoki
bizga motivatsiyamni tiklash kerak deb savol berishdan boshlanadi

4

. Qayta mashg‘ulotlarga

kirishish uchun istakni esa, biz nima uchun sportni tanlaganimiz, nima uchun aynan shu sport
bilan shug‘ullanib boshlaganimiz, bu sport bizga qanday zavqni berishini o‘ylab
ko‘rishimizdan topa olamiz. Bunda har bir o‘ziga berilgan savol shunchaki emas, balki
oxirigacha tafakkur qilinib javobi topilish darajasigacha oborilsagina chindan motivatsiyani
tiklab olish mumkin.

To‘rtinchidan, diqqatni jamlang, ayniqsa hali musobaqa hali yakuniga yetmagan bo‘lsa.

Diqqatni jamlashning eng yaxshi usuli bu yaxshilab uhlab olish, to‘g‘ri va yetarli ovqatlanish,
biroz jismoniy faollikdan keying o‘ziga savol berish “Men qayerdaman va mening hozir, shu
yerdagi asosiy vazifam nima?”. Shu nuqtadan psixologik darajadagi tiklanish boshlanadi.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi to‘rtta tavsiyaga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning

barchasi ijobiy fikrlash va ichki ijobiy suhbat olib borishga undovchi hatti-harakatlar
jamlanmasidir. Sport psixologlari tomonidan oliy darajadagi yutuqlar yo‘lidagi sportchilarga
eng ko‘p beriladigan tavsiya ham ijobiy ijchki suhbat va ijobiy fikrlashdir. Chunki, biz ko‘p
o‘zimiz bilan o‘zimiz yolg‘iz qolgamiz, shunday vaziyatlarda salbiy fikrlar va emotsiyalar bizni
psixologik holatimizni vayron eta boshlaydi. Agar biz har qanday holatda ichki ijobiy suhbatni
xosil qila olsak, kerakli psixologik sport formasini ham shunchalik tez va oson shakllantira
olamiz.

References:

1.

https://thechessworld.com/articles/general-information/10-must-do-things-after-

losing-a-chess-
game/#:~:text=8.,Psychological%20recovery,the%20rest%20of%20the%20games.
2.

https://mot.global/2019/09/i-never-lose-i-either-win-or-learn/

3.

https://www.goodreads.com/quotes/9073704-you-won-t-win-until-you-learn-how-to-

lose-i
4.

https://www.successstartswithin.com/mental-performance-coaching/

3

https://www.goodreads.com/quotes/9073704-you-won-t-win-until-you-learn-how-to-lose-i

4

https://www.successstartswithin.com/mental-performance-coaching/

Библиографические ссылки