Авторы

  • Xulkar Xudoyberdiyeva
    Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Muhandislik va kompyuter grafikasi fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46375

Аннотация

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’zining “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” nomli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

102

“SAN’AT KOLLEJLARINING TASVIRIY SAN’AT MASHG’ULOTLARIDA BADIIY

ASARLARGA ILLYUSTRATIV RASM ISHLASHNI O’RGATISH METODIKASI”

(O’ZBEKISTON XALQ SHOIRASI ZULFIYA SHE’RLARI MISOLIDA)

Xudoyberdiyeva Xulkar Zoxid qizi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Muhandislik va kompyuter

grafikasi fani o’qituvchisi

Email:xudoyberdiyevaxulkar677@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13683898

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’zining “Erkin va farovon

demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” nomli O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining
qo’shma majlisidagi nutqida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan qat’iyat
bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz
sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz.

Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega

bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib
kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini
safarbar etamiz” degan edi.

Shularga ko`ra, san’at kollejlari tasviriy va amaliy san’at fanlarini o`qitish

tеxnologiyalarni qayta ko`rib chiqilmoqda.

Mavzuning dolzarbligi

. San’at kollejlari tasviriy va amaliy san’at fanlarini yangi

pеdagogik tеxnologiya asosida o`qitish borasida maxsus ko’satmalar va tajribali mеtodist
tasviriy san`at o`qituvchilarining ish tajribalari o`rganilib, ulardan tеgishli ilmiy xulosalar
chiqarildi. Rеspublikamizda ro`y bеrayotgan o’zgarishlar barcha sohalardagi kabi bo`lajak
tasviriy san`at pеdagoglarining zimmasiga ham o`ta dolzarb muammoni yuklaydi. Tasviriy
san`at orqali inson hayotida, uning axloqiy tarbiyasiga ta`sir etuvchi muhim omillardan tabiatni
sеvish, Alloh in`om etgan jamiki rang-barang borliqni his qilish, san`at ob`еktidan hissiy
lazzatlanish xususiyatlarini shakllantirish, eng yuksak fazilatli, axloqiy pok, iymon va e`tiqodli,
halol va sofdil, mеhribon bo`lish kabi insoniy fazilatlarni tarkib toptirishda san’at kollejlarining
tasviriy san’at mashg’ulotlarida badiiy asarlarga illyustrativ rasm ishlashni o’rgatish
metodikasi, O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya she’rlari asosida uning pеdagogik asoslarini ochib
bеrish bugungi kunda rassom pеdagoglarining dolzarb muammolaridan hisoblanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

103

O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya she’rlari asosida badiiy asarlariga ishlangan

illyustrativ rasm kompozitsiyasi.

Shuningdek

ajdodlarimizdan meros bo’lgan amaliy san’atni qayta tiklash, san’at

kollejlarining tasviriy san’at darslari jarayonida badiiy asarlarga illyustrativ rasm ishlash
dolzarb muammo hisoblanadi.

Shuning bilan birga ba’zi hollarda tasviriy san’at darslari jarayonida badiiy asarlarga

illyustrativ rasm ishlashning o’ziga xos texnika va usullarini yetarli darajada hisobga olmaslik
hollari ham uchraydi. Bu muammoni hal qilib O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya she’rlari asosida
san’at kollejlarining tasviriy san’at mashg’ulotlarida badiiy asarlarga illyustrativ rasm
ishlashni o’rgatish metodikasi orqali o’quvchilarning bilimlarni keskin oshirish mumkin.

Muammoning ishlanganlik darajasi.

Mazkur ishimizga oid ko`plab izlanishlar olib

borilgan.

Amaliy san’atimizning badiiy bezak ishlarini amalga oshirgan ko’plab O’zbekiston xalq

rassomlari usta Shirin Murodov, T.Arslonqulov, B. Jalilov, S.Bo’latov, Ch.Axmarov, Iskandar
Ikramov, Rahim Axmedov, Ro’zi Choriyev, Qutlug’ Basharov, Anvar Mamajonov, Akmal
Nuriddinov, Kamol Mirzayev, Telman Muxammedov va boshqalarni aytib o’tish mumkin.
Badiiy bezak rasmlarini chizish bilan yaratilgan asarlarning asosiy qismida xalqimizning hayoti
aks ettirilib unda milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, milliy ruxdagi naqsh va bezaklar
tasvirlanadi.

Pedagogika fanlari doktori, professorlar R.Xasanov, S.Bo’latov, pedagogika fanlari

nomzodlari, dotsent B.Oripov, N.Abdullayev, B.Boymetov, N.Tolipov, S.Abdurasulov,
A.Sulaymanov, R.Rajabov, B. Nig’monov va boshqalarning pedagogik, metodik kitoblari va
metodik qo’llanmalarida yoritib berganligini ko’ramiz.

Ishining maqsadi

: O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya she’rlari misolida san’at

kollejlarining tasviriy san’at mashg’ulotlarida badiiy asarlarga illyustrativ rasm ishlashni
o’rgatish va uni o’qitish usullarini takomillashtirish.

San’at kollejlarida tasviriy san`atni o`qitishning o’ziga xos xususiyatlari avvalo bu ta`lim

mazmuniga bog`liq bo`ladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

104

Xulosa qilib aytganda, aslida bolalar bu sohada ya`ni rasm chizishga 3-4 yoshdan boshlab

qiziqa boshlaydi. Aynan shu davrdan boshlab ular dunyoni tan ola boshlaydilar. Turli xil yorqin
ranglar yoki tevarak atrofni qurshab olgan rango-rang buyumlar ularni tez orada o’ziga maftun
etadi. Natijada ularning rasm chizishga qiziqishi ortadi. Ular chizgan rasmlar mukammal bo`la
olmaydi. Shu tufayli ularning ixlosi tez qolishi mumkin. Bunday sharoitda ularning
kayfiyatlarini tez ko`tarish lozim. Shuning uchun ularda har bir buyum o’zining aniq shakliga
va ranggiga ega bo`lishini yetarlicha uqtirmoq zarur. Tasvirni ko`rishida aynan uning aniq
qonun- qoidalariga buysunishi va amal qilishini talab qilish kerak. Qonun va qoidalar esa
o`quvchini, borliqni idrok etishga, yorug`-soya, rangshunoslik va perspektiva qoidalari bilan
yaqindan tanishishga undaydi.

References:

1.

Shavkat Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi /Sh. M. Mirziyoyev.
– Toshkent: O’zbekiston, 2017. - 56 b.
2.

Nabiyev M. “Rangshunoslik”. Toshkent. O`qituvchi. 1995 y.

Библиографические ссылки

Shavkat Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi /Sh. M. Mirziyoyev. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. - 56 b.

Nabiyev M. “Rangshunoslik”. Toshkent. O`qituvchi. 1995 y.