ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
92
DARS JARAYONLARIDA NUTQNING YUZAGA KELISHI BILAN BOG‘LIQ SO‘Z
VA QURILMALARNING QO‘LLANISHIGA OID PRAGMATIK XUSUSIYATLARNI
O’RGANISH METODIKASI
Yuldoshev Rustam Dilshod O’g’li
Qarshi davlat universiteti
Pedagogika Fakulteti, tayanch doktarant
https://doi.org/10.5281/zenodo.13683316
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, ko’p tilli talabalar nutqidagi yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan pragmatik nuqtai nazardan o’rganish va uni rivojlantirish, shuningdek pragmatik
lisoniy vositalarning talabalar o’rtasidagi muloqotdagi rolini aniqlash haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
semantika, sintaktika va pragmatika, og’zaki nutq, sintaktik qurilmalar,
nutqiy vaziyat, nutq subyekti, ilmiy muomala, lingvistik pragmatika, gap semantikasi.
Tilshunoslik tarixida inson nutqiy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish muhim
ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etib kelmoqda. Har qanday fan taraqqiyoti muayyan
bosqichlardan iborat. Ular o‘z davri uchun yangilik sifatida namoyon bo‘lsa keyingi davrlar
uchun fan asoslarining shakllanishida nazariy manba vazifasini o‘taydi. Shu bois har bir
davrga xos qarashlar fan taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omil sifatida baholanadi.
“Pragmatikaning manbasi Ch. Pirs, U. Djems, D. Dyun kabi taniqli faylasuf olimlar nomi bilan
bog‘liqdir. Chunki ularning ishlarida (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida) belgilar
sistemasi va lingvistik belgi funksionalligi xususidagi g‘oyalar o‘rtaga tashlanib, semiotika
haqidagi asosiy tushunchalar aniqlanadi, sintaktika, semantika va pragmatika o‘rtasidagi
o‘zaro farqlar ko‘rsatiladi”. “Pragmatika” termini XX asrning 30-yillarida Ch. Morris
tomonidan ilmiy muomalaga olib kirilgan. Keyinchalik ushbu termin bir necha olimlarning
ilmiy asarlarida keng qo‘llanilib, turli qarashlar vujudga keldi. Mana shu nazariyalar orqali XX
asrning 60-70-yillarida tilshunoslikda pragmatik yo‘nalish paydo bo‘la boshladi. “Lingvistik
pragmatikaning shakllanishi yirik olim L. Vitgenshteynning falsafiy qarashlari bilan bog‘liq
bo‘lib, aynan uning ishlarida pragmatika nazariy semiotik tadqiqotning mustaqil sohasi
sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Keyinchalik yevropa va rus tilshunosligida lingvistik pragmatika
xususidagi ilmiy ma’lumotlar keng berila boshladi hamda ilmiy izlanishlar olib borildi. Dastlab
Ch. Morris semiotikani uch yo‘nalishga: semantika, sintaktika va pragmatika kabi
yo‘nalishlarga ajratgan. Ko‘rinadiki, semantika, sintaksis va pragmatika kabi tilshunoslik
yo‘nalishlari fan sifatida baravar rivojlanmadi.Semantika, sintaksis yo‘nalishlari har
tomonlama o‘ganildi-yu, pragmatika tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qoldi. Buning natijasida
tilga xos semantik va sintaktik ilmlar talqini har jihatdan mukammallashib borgani holda,
konkret vaziyat bilan aloqador nutq subyekti ishtirok etgan real nutqiy jarayonga xos
tilshunoslikning pragmatik yo‘nalishi o‘zining chuqur tadqiqiga ega bo‘lmadi. Shunday
bo‘lsada so‘ngi yillarda yevropa tilshunosligida bu sohani o‘rganish jadal o‘sib bormoqda.
Pragmatika haqidagi qarashlar turlichadir. Jumladan, N.D. Arutyunova, Yu.S. Stepanovlar
pragmatikani badiiy kommunikatsiyaning subyektiv xususiyatlarini, matnda uni
ijodkorlarining “men”ini ifodalanishi uslublarini o‘rganuvchi nazariya sifatida qarashni taklif
qilishdi. L.A. Kiseleva esa pragmatikani so‘zlovchining voqelikka, axborot mazmuniga va
adresatga (tinglovchi, o‘quvchi) bo‘lgan munosabatining lisoniy birlik mazmunidan joy olgan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
ta’sirchanlik kuchini aniqlovchi fan (nutqiy ta’sir nazariyasi) sifatida tasavvur etuvchilar, deya
ta’rifladi.
Ingliz tilshunosligida ham pragmatika turli jihatlardan o‘rganib tadqiq etildi va
pragmatikaga turli tadqiqotchilar o‘z tariflarini berishdi. Xususan, J. Layonz tilshunoslarning
XII xalqaro kongressida (Vena, 1977) pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning
ta’rifini berishga harakat qildi: “Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axborotni xuddi
so‘zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy
birliklarning kommunikatsiyada qo‘llanishini tavsiflaydi. Bu pragmatika lisoniy vositalarning
shaxslararo muloqotdagi rolini aniqlash bilan shug‘ullanadi”7. Demak, yuqoridagi ta’rif
asosida lisoniy harakatdagi ko‘zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi bo‘lib qolmoqda.
Pragmatilkaning nazariy bilimlari ko‘p jihatdan o‘rganib chiqilgan bo‘lib ularning har biri
alohida bosqichlarda shakllandi. Gap, nutq, tilshunoslik ko‘plab jihatlari asnosida o‘rganib
chiqilgan. Gap semantikasini shu gap tarkibida qo‘llanilayotgan so‘zlarning faqat ob’yektiv
borliqqa munosabatini aniqlash bilangina to’la izohlash mumkin emas ekan. Bunga gapning
nutq jarayoniga, nutq vaziyatiga munosabatini aniqlashni ham qo‘shish zarurati tug‘ildi. Ana
shunday amaliy ehtiyoj bilan lingvistik semantika bag‘ridan pragmatika o‘sib chiqdi. Shunday
qilib, sintaksisda uch yo‘nalish maydonga keldi:
1.
Semantika
2.
Sintaktika
3.
Pragmatika
G. Klaus boshqa tilshunoslardan farqli ravishda, semiotik nuqtai nazardan tilning to‘rt
yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tadi. Sintaktika belgi bilan belgi o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi.
Semantika moddiy olamni aks ettiruvchi tushunchalar nuqtai nazaridan belgi ma’nosini
o‘rganadi. Sigmatik yo‘nalish belgi va predmet o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni o‘rganadi.
Pragmatika esa belgining insonga ta’siri, uning fikrlash uslubiga, axloqiga, his-tuyg‘usiga
ta’sirini o‘rganadi. Semiotikaga oid aksariyat qarashlarda belgining uch aspekti ajratiladi va
tahlil qilinadi. Xususan, sintaktik qurilmalar tarkibidagi bir lisoniy belgining boshqa lisoniy
belgi bilan munosabatini o‘rganuvchi soha sintaktika hisoblanadi. Sintaktik qurilmalar
tarkibidagi lisoniy belgilarning predmet va tushunchaga bo‘lgan munosabati semantikada
o‘rganiladi. Pragmatikaning nutqiy aktning bevosita kontekst bilan munosabatini o‘rganishi
ko‘rsatildi. Ko‘rinadiki, nutqiy akt bilan kontekst o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
pragmatikaning asosiy o‘rganish obyekti sanaladi. Demak, nutqiy akt bilan kontekst
o‘rtasidagi munosabat juda kuchli bo‘lganda, nutqiy akt ma’nosi kontekst bilan bog‘liq holda
anglangan o‘rinlarda pragmatikaga ehtiyoj tug‘iladi. Sintaktik qurilma tarkibidagi deskriptiv
so‘zlar tahlili semantikaga qarab tortsa, deskriptiv bo‘lmagan so‘zlar tahlili pragmatikaga
qarab tortadi. Shunday ekan, avvalo, deskriptiv va deskriptiv bo‘lmagan so‘zlarning mohiyati
haqida fikr yuritishga to‘g‘ri keladi.
Atash vazifasini bajaradigan, denotativ ma’noga ega so‘zlar indikativ yoki deskriptiv
so‘zlar hisoblanishi yuqorida ta’kidlandi. Indikativ (denotativ ma’noli) so‘zlarning ma’nosini
kontekstga bog‘liq bo‘lmagan holda aniqlash mumkin, indikativ bo‘lmagan so‘zlarning ma’nosi
faqat kontekst ichida, muayyan nutq vaziyatiga bog‘liq ravishda ochiladi. Shuning uchun
bunday so‘zlar ma’nosi kontekst va nutq vaziyati bilan uzviy bog‘liq, ya’ni shartlangan bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ikki turdagi so‘zlarni farqlash uchun B. Rassel ularni zooparkka
qiyoslaydi. “Agar siz farzandingizga she’r so‘zining ma’nosini tushuntirmoqchi bo‘lsangiz, uni
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
zooparkka olib borishingiz va “mana bu she’r” deb ko‘rsatishingiz mumkin. Lekin indikativ
bo‘lmagan bu kabi so‘zlarni ko‘rsatish mumkin bo‘lgan zoopark mavjud emas”.
Ko‘rinadiki, konkret jumlalardan anglashilgan bir qator qo‘shimcha ma’nolar nutqiy
vaziyat, kontekst bilan uzviy bog‘liqdir. Nutqiy vaziyat, kontekst bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bu
kabi ma’nolar va ularni ifodalovchi vositalar pragmatikaning o‘rganish obyekti sanaladi.
Shunday qilib, gapdan anglashilgan mazmun bilan subyekt munosabati pragmatikaga
dahldordir. Nutqiy akt, indikativ bo‘lmagan so‘zlar, kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi
kabi tushunchalar pragmatikaning markaziy tushunchalari sanaladi.
T.V. Kolshanskiyning ta’kidlashicha, so‘zlovchi subyektning his-tuyg‘ulariga xos
xususiyat belgilardan ajralgan ma’lum bir axborotni ifoda etishi mumkin emas. Nutq
mazmuniga hamohang his-tuyg‘u va barcha baholar konkret tinglovchiga qaratilgan bo‘ladi.
Ana shu tinglovchi uchun qaratilgan subyekt nutqiga xos munosabat belgilari – nutqdagi
barcha bo‘yoqlar yaxlit tarzda “pragmatika” deb nomlanadi. Bu ularning pragmatik
tayinlanishi, deb qaraladi 11.
Pragmatik hodisalar mohiyatini o‘rganish tilshunosdan mantiqiy va falsafiy
mushohadalarni ham talab qiladi. Shuning uchun lingvistik pragmatika masalalari hodisani
faqat lisoniy tahlil etibgina qolmasdan, balki uning mantiqiy, falsafiy va sotsial xususiyatlarini
ham o‘rganadi12.
Shu ma’noda L.A. Kiselevaning pragmalingvistikaning dolzarb masalalari xususidagi
qarashlari diqqatga sazovordir.
Jumladan, pragmalingvistika:
a) nutqning yuzaga kelishi bilan bog‘liq so‘z va qurilmalarning qo‘llanishiga oid
pragmatik xususiyatlarnigina emas, balki turli sathdagi yordamchi so‘z va morfemalar, so‘z
birikmasi, gaplarga xos pragmatik xususiyatlar;
b) til va nutqning pragmatik funksional qonuniyatlari;
v) nolingvistik vaziyatning tipik shakllari;
g) sotsial maqsad, vazifalar;
d) nutq sub`yekti, adresati, sotsial va ruhiy tip sifatida hamda faqat mana shularga
asoslangan holda aniq nolingvistik vaziyatga muvofiq ravishda ifodada shaxsning
suhbatdoshglarga qaratgan maqsad, vazifalarini o‘rganadi .Bu ishda olim ‘‘речевого
воздействия’’atamasi - nutqiy “ta’sir etish” tushunchasi ostida lingvistik pragmatikani
nazarda tutadi.
Pragmatikaning xususiy masalalari aynan nutq ishtirokchilari va nutqiy vaziyat
tushunchasi bilan bog‘liqdir. Bizga ayonki, so‘zlovchi o‘z maqsadini ifoda etuvchi jumla qurish
uchun olamda mavjud bo‘lgan narsa, predmet, hodisalarning nomini bilishi hamda ma’lum
grammatik qonun-qoidalar bilan tanish bo‘lishining o‘zi kifoya qilmaydi. So‘zlovchi nutqiy
vaziyat tushunchasi mohiyatini ham bilishi kerakki, bu, albatta, so‘zlovchi bayon qilmoqchi
bo‘lgan kommunikativ niyatning to‘g‘ri ifodalanishida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
So‘zlovchi nutqiga xos kommunikativ niyatning aniq va to‘g‘ri ifodalanishi uchun yana milliy
urf-odatlar bilan bog‘liq ijtimoiy qonun-qoidalarni bilish ham talab qilinadi. Shu jihatlar to‘liq
qamrab olingandagina nutq ishtirokchilarining o‘zaro muloqot jarayoni to‘g‘ri amalga
oshadi.Pragmatikaning hususiy masalalari nutq subyekti, nutq obyekti, nutq vaziyati bilan
bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Pragmatika nutq sub’yekti bilan bog’liq tarzda quyidagi
hususiy masalalarni o‘rganadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
95
1. Nutq subyekti kommunikativ niyatining ifodalanish darajasiga ko‘ra ifodaning
oshkora va yashirin shakllari. So‘zlovchi nutqiga xos ifodaning oshkora yoki yashirin shakllari,
o‘z navbatida, kommunikativ strategiya uchun yo‘l ochadi.
2. Kommunikitov niyatni ifodalash strategiyasi pragmatikaning bosh masalasi
hisoblanadi. So‘zlovchi bunda o‘z ichki maqsadini tinglovchiga bayon qilish uchun u yoki bu
ifoda usulini tanlaydi. Tanlash jarayoni bevosita tilshunoslikning stilistika yo‘nalishi
ob’yektidir. Pragmatika aynan mana shu nuqtada uslubshunoslik bilan hamkorlik qiladi.
Ma’lum xodisani turli jixatiga ko‘ra tahlil etadi. Bu borada yirik tilshunos olim G.
Abdurahmonovning uslubshunoslik xususidagi qarashlari ham fikrimizni tasdiqlaydi. ‘‘Uslub
so‘zlovchining, yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, habarga, voqe’a, hodisaga, shaxsiy yoki
predmetga shaxsiy yoki boshqa bir shaxsning munosabati, jumladan, ifodalangan qo‘shimcha
sub’yektiv fikrdir. Shuning uchun uslub muammolari haqida til fanining hamma sohalari
bo‘yicha ma’lumot berilgandan keyin alohida fan sifatida yoki grammatikaning bir bo‘limi
sifatida fikr yuritiladi. Shuning uchun mashhur filolog olimlar ta’riflaganidek, “Uslub –
filologiya fanining toji, tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlarining yuqori bosqichi’’13 (A.V.
Stepanov), “har bir taraqqiy etgan fanning qalbi” (R.A. Budagov), ‘‘Uslub bu – talant’’ (V.G.
Belinskiy), “Agarda biror narsani aniq ifodalay olmas ekanmiz, bunda tilimizdan emas, balki
uquvsiz mahoratimizdangina qilishimiz kerak’’. Fikr ifodalashning bunday usul va uslubi
so‘zlovchining kommunikativ strategiyasini belgilaydi. Faqat semantik va grammatik ilmlarni
bilish bilangina emas, balki hayotiy qonun-qoidalarni bilish va unga amal qilish natijasida
kommunikativ strategiya mahoratiga ega bo‘lish mumkin. So‘zlovchi nutqiga xos bir ifoda
aktida turlicha mazmundagi kommunikativ niyatning ifodalanishi kommunikativ taktika
tushunchasini namoyon etadi. Kommunikativ taktika, kommunikativ strategiya tushunchalari
mohiyati ta’sirida lingvistik pragmatikaning hususiy muammolaridan yana biri – tagma’no
yuzaga keladi.
3. Tagma’no lingvistik pragmatikaning xususiy masalalaridan biridir. Tagma’no
tushunchasining yuzaga kelishi, umumiy va xususiy ko‘rinishlari, uning jahon tilshunoslik
tarixida ishlanish darajasi, shuningdek, tagma’noning presuppozitsiyadan farqlanish
xususiyatlari kabi qator masalalar lingvistik pragmatikaning dolzarb muammolari sirasiga
kiradi.
4. So‘zlovchining obyektiv olamni his qilish darajasi va fikrning ifoda rejasi.Ob’yektiv
olamdagi voqea,hodisa va predmet haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish va uni qayta aks
ettirish darajasi so‘zlovchining olam haqidagi bilimlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
So‘zlovchining o‘z fikrini aniq,lo‘nda va to‘g‘ri ifodalashi uchun uning olam haqidagi bilimlari
mukammal bo‘lishi lozim. So‘zlovchining nutqi uning o‘zligi haqida to‘liq ma’lumot beradi.
Lingvistik pragmatika nutqqa xos mana shu xususiyatlariga ko‘ra psixolingvistika bilan uzviy
bog‘lanadi. Shu nuqtai nazardan pragmatik to‘siq lingvistik pragmatikaning xususiy
masalalaridan biri sifatida tadqiqot obyekti bo‘ladi. Pragmatikaning barcha xususiyatlari
qatori uni tarjmida qo‘llanishi bo‘yicha ham turli qarashlar mavjud. Xususan, Noybertning
fikricha, pragmatik ma’noning tarjimaga ko‘chishi quyidagicha sodir bo‘ladi:
1) tarjimaga ko‘chishning yuqori darajasi (ilmiy-texnikaviy adabiyot va h.k.);
2) tarjimaga cheklovlar bilan ko‘chish (boshqa til vakillari uchun information analitik
materiallar tayyorlashda);
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
96
3) asliyat pragmatikasining deyarli tarjimaga ko‘chmaslik holati (matn muayyan til
vakillarigagina qaratilgan bo‘lsa).
K. Raysning ta‘biricha, pragmatik ma’noni alohida yetkazib berish imkoni yo‘q. Tarjima
buyurtmachining manfaatlariga mos kelishi kerak17.Uning fiklari tarjima jaroyinada o‘z
aksini topib boradi.U va u bilan bir qatorda tarjimada pragmatikani muhimligi xususida
qarashlar mavjud.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, pragmatika – bu til jamoasining til birliklariga
bo‘lgan subyektiv munosabati. Ularning bu munosabatdagi komponentlari xususiyatlari
tilning paragmatik xususiyati tushunchasini keltirib chiqaradi. Ta‘kidlash joizki,
tilshunoslikdagi pragmatika tushunchasi faqatgina til birikmalarining pragmatikasi
tushunchasini o‘z ichiga olmaydi. Bu tushuncha ancha keng bo‘lib, u yoki bu tilning
kommunikativ jarayon ishtirokchilari va voqea syujeti xilma-xilligi hamda ishtirokchilarning
malakasiga ham bog‘liqligini ifodalaydi. Aynan so‘z ikki har xil guruh vakillari tomonidan
turlicha qabul qilinishi mumkin. Tilning pragmatik muammolari referensional baholovchi
ma’nolarni o‘rganishga nisbatan kam tadqiq qilingan. Pragmatika turli jihatlardan yevropa
tilshunoslari tomonidan o‘rganilmoqda va yangi soha rivojlanib bormoqda. Shu tariqa
yevropa tilshunosligi pragmatika bo‘yicha ilmlar, nazariy hamda amaliy bilimlar to‘planishiga
tamal toshlarini qo‘ydi deyish mumkin.Ushbu maqolada ham aynan shu narsa ya’ni yevropada
rivojlanib borayotgan pragmatik bilimlar va ularning bosqichlari tadqiq etildi.
References:
1.
Махкамова Г.Т. Концепция формирования межкультурной компетенции
студентов факультетов английского языка: Монография. –Ташкент: «Фан» Академии
Наук Республики Узбекистан, 2010. –207 с.
2.
Gulzodaxon Sultonqulova TILNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI -JOURNAL OF
NEW CENTURY INNOVATIONS 46_Issue-2_February_2024
3.
Aznaurova E.S. Badiiy so`z pragmatikasi - Toshkent: Mavzu, 1988. 28-bet.
4.
Hakimov M. Study of the Pragmatics of Uzbek Language - Farg’ona, 2011.
5.
Cummings L. Pragmatics: A Multidisciplinary Perspective. – Edinburgh: EUP, 2005. 336 p
6.
Abdullayeva G.G. Sinxron tarjima-murakkab kognitiv jaraynlar majmui//Chet tillarni
o'qitishda kommunikativ yondashuv: til, tafakkur, madaniyat. Buxoro. BuxDU. 2016. 138-139
b.
7.
Djik T.A. van. Pragmatics and poetics // Pragmatics of language and literature. –
Amsterdam: North Holl. publ. comp., 1976. – p 23-57.
8.
Axmedova, S. R. (2021). Chet tillarni o'rganish va undagi metodlarning ahamiyati.
Science and Education, 2(11), 1076-1080.
9.
Lyons J. Semantics. Vol. 2-3. – Cambridge: Cambridge Univ. Press, 1977. – 897 p.
10.
Safarov Shaxriyor (2008) “Pragmalingvistika ” 6-7-betlar