Авторы

  • Gulmira Kentayeva
    Tashkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46379

Ключевые слова:

Turkiy adabiyot she'riy qissachilik ʻʻRavzat ush shuhado’’ ʻʻImomlar qissasi’’ ʻʻShoh Jarir qissasi’’ islom tarixi turkiy xalqlar axloqiy didaktika.

Аннотация

Tezisda Xolisning she'riy qissalari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Manba yangiligi bilan ahamiyatlidir. Tezisdada Xolis qissalarining ahamiyati va boshqa ijodkorlar asaridagi qissalar bilan o'xshashliklari ketltiriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

86

XOLIS QALAMIGA MANSUB QISSALAR

Kentayeva Gulmira Ismadiyarovna

Tashkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti magistranti

Email:aytkulovaguli47gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13683300

Annotatsiya:

Tezisda Xolisning she'riy qissalari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Manba

yangiligi bilan ahamiyatlidir. Tezisdada Xolis qissalarining ahamiyati va boshqa ijodkorlar
asaridagi qissalar bilan o'xshashliklari ketltiriladi.

Tayanch so'z va iboralar:

Turkiy adabiyot, she'riy qissachilik,ʻʻRavzat ush shuhado’’,

ʻʻImomlar qissasi’’, ʻʻShoh Jarir qissasi’’, islom tarixi, turkiy xalqlar, axloqiy didaktika.


Turkiy adabiyotda she'riy qissalar ikki yo'nalishda qo'llanilgan. Biror muallif tomonidan

yozilib, qahramonning hayoti va sarguzashtlari hikoya qiluvchi rivoyaviy asar sifatida.
Ikkinchisi xalq qissalari bo'lib, ular og'zaki ijro qilingan. Keyinchalik adabiy qayta ishlanib,
xalq kitoblari sifatida yozma shaklda dunyo yuzini ko'rgan. ʻʻXolis qalamiga mansub
qissalardan biri ʻʻImomlar qissasidir''. U ham o'z davrida xalq orasida juda keng tarqalgan
bo'lib bu syujet asosida qator asarlar yaratilgan. Uvaysiy qalamiga mansub, Dostoni shahzoda
Xasan'', ʻʻDostoni shahzoda Xusayn’’ asarlari shunday asarlar jumlasidandir. Qissaning ko'plab
nusxalarda ko'chirilganligi o'sha davrda bunday asarlarga qiziqishning kuchli bo'lganligidan
dalolat beradi’’

1

. Bundan tashqari ushbu qissalarning ba'zi nusxalarida fors-tojik tilida ham

bunday asar mavjudligi va ko'pligiga ishoralar bor. Xusayn Voiz Koshifiyning ʻʻRavzat ush
shuhado'' asari bilan qiyoslanganda, ular orasida ba'zi mushtarakliklar bor. Xususan , syujet
yo'nalishi va ko'pgina voqealar tasviridagi tartib juda o'xshash. Masalan Ravzat ush shuhado''
da avval Muhammad payg'ambar, so'ng Fotima, Ali, Xasan haqidagi voqealar bayon qilinadi.
ʻʻImomlar qissasi’’ da ham shunday faqat payg'ambardan so'ng Abubakr, Umar, Usmon
faoliyatlari va vafotlari ham tilga olingan. Koshifiy asarning Karbalodagi urush, Xusayn va
oilasining halokati qismalari Muhammad Fuzuliy tomonidan ozarbayjon tiliga ham ijobiy
tarjima qilingan’’

2

. Shuningdek, Sayqaliy qalamiga mansub ''Vafotnomai payg'ambar'' nomli

o'zbekcha she'riy qissa varianti ham bor. Bu nusxalar bir biridan ko'chirilmagan bo'lishi
mumkin, ammo syujeti yuzaga keltiruvchi voqealarning birligi o'z o'zidan asarlar o'rtasida
o'xshashlik paydo qilgan.

Xolisning ʻʻImomlar qissasi’’ da avvalo Muhammad alayhis salom vafotiga to'xtab o'tiladi.

Payg'ambarning faoliyati bir qadar yodga olinib uning vafotiga bag'ishlangan marsiya ham
keltiriladi. Shuningdek sahobalar Abu Bakr Umar va Usmon hayoti va faoliyati hamda qazosi
tog'risida qisqacha bayon qilinib, marsiyalar bilan taziya izhor qilinadi. Payg'ambar alayhis
salomning qizi Fotima haqida ham ba'zi ma'lumotlar berilib, so'ng asosiy voqea bayoni
boshlandi. Qissai Hazrat Ali va o'gillari Xasan va Xusaynlar hamda Xusaynning avlodlari
to'g'risida o'ziga xos tarix desak xato qilmaymiz. Badiiylik talablari asosida ba'zi voqea va
obrazlar shubhali tuyulsa ham, yani to'qimallika yaqin bo'lsa ham asardagi ko'pchilik voqea
hodisalarning o'rni qarama qarshi tomonlardan turib kurash olib borgan qahramonlar nomi

1

Abdullayev O'zbek adabiyoti tarixi. Ikkinchi kitob. -T.: O'qituvchi.1994. -383 b.

2

Valixo'jayev B O'zbek epik poeziyasi tarixidan. -T.: Fan, 1974. -150 b.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

aynan tilga olinishi qissani tarixiy voqelikka yanada yaqinlashtiradi. Qissada alizodalarning
ummaviylar tomonidan qirg'in qilinishi ancha batafsil yoritilib shu davrdagi kurashlar o'ziga
xos bir badiiy uslubda bayon qilinadi.

ʻʻXolis tarixiy mavzuda asar yozishni davom ettirib xalifa Usmon davrida shuhrat

qozongan sarkarda Jarir ibn Muhammad to'g'risida ham bir doston yaratgan. Shoh Jarir
tog'risida Xolis yashagan davrda bir qator rivoyatlar mavjud bo'lgan. Shuningdek o'sha
davrda yaratilgan tarix kitoblarida Farg'ona xalqini musulmon qilish uchun bu yerga kelgan
sarkardalardan biri sifatida uning nomi tilga olingan. Jumladan Ibratning Farg'ona tarixi
asarida Jarir to'g'risida ma'lumotlar beruvchi fors tilida yozilgan ,,Mulhaqot Shoh Hurmiz''
asarlari aytib o'tiladi’’

3

. Ibrat ma'lumotlariga qaraganda XIX asr birinchi yarmida Shoh Jarir

faoliyatiga bag'ishlangan bir nazmiy asar Farg'onada juda keng tarqalgan edi. Tarixda ma'lum
bir sohada ko'zga ko'ringan shaxslarni madh etuvchi ularning faoliyatini oliqshlovchi o'zlarini
esa xalq qahramoni darajasiga olib chiquvchi asarlar avvalo ana shu qahramon yetishib
chiqqan millat, ellat, urug' yoki qabila tomonidan yaratiladi. Bu qahramonlar ba'zan xalqning
orzu-umidlarini amalga oshirish uchun xizmat qilmasigi yoki bu asarlar xalqaro g'oyalarni
ilgari surmasligi mumkin. Ammo ular ana shu urug'ning vakili sifatida o'zi mansub bo'lgan
xalqning farzandi sifatida shu xalqni jahonga tanitadilar va tarixda qoldiradilar. Lekin ma'lum
bir ma'noda xalq istaklarini ifodalamaydigan asarning o'zi ham bo'lmasa kerak. Qissalar
tarkibida har ikki jihatni o'zida namoyon qiladiganlarni uchratish mumkin. ʻʻImomlar
qissasi’’da tomondan faqat bir necha shaxs hayoti bilan bog'liq voqealarnigina aks ettiruvchi
asar sifatida ko'rinsa, ikkinchi tomondan chuqurroq qaralganda, ikki tomonda turib o'zaro
kurash olib borgan xalqning o'rtasida bo'layotgan ziddiyatlarni ha aks ettiradi. Urug' va
qabilalar o'rtasidagi ana shu kurash ikki, uch shaxs orasidagi urush janjallar va boshqa
epizodlarga singdirib yuboriladi. Bir xalqning aymoqlari o'rtasidagi jangovor harakatlar
fojeona voqealar xayoti to'g'ri tushinuvchi va bu fojealarga xalqning fojeasi sifatida qarovchi
insonlarni chuqur qayg'uga solgan. Shuning uchun bunday asarlarda qayg'uli ruhiyat, mungli
kayfiyat doim baralla ko'rinin turadi. ''Imomlar qissasida'' ana shu kayfiyat kishida alizodalar
fojeasi tufayli tug'iladi. Bunday asarlarda xalqning o'z ichida bo'layotgan voqea hodisalar
tasvirlanar ekan fojeali qismatga yo'liqqan qahramonlar chuqur hurmat va qayg'u, ularni ana
shunday ahvolga solgan va xalq istaklarini kelib chiqmagan shaxslar obrazlari esa qahr g'azab
bilan qalamga olinadi.

''Shoh Jarir'' qissasi esa bu qissadan bazi bir xarakterli xususiyatlari bilan farq qiladi.

Avvalo shuni aytish kerakki, ''Imomlar qissasida'' xalq manfaatlariga zid kurashlar tasvirlansa,
''Shoh Jarir qissasi ''da bu kurash va manfaat birlashganligini ko'rishimiz mumkin. ''Immomlar
qissasi'' xalqning ikki toifadagi vakillari o'rtasida bo'layotgan urushlar qoralaydi. Ammo
''Shoh Jarir'' qissasiga xalq manfaati uchun olib borilayotgan kurash sifatida qaralib, Shoh
Jarirni madh etish, ishlarni ulug'lash kayfiyatini ko'rish mumkin. Avvalgi asarda diniy kurash
ikki qahramon o'rtasidagi kurash bilan yashagan rishtalar orqali bog'lanib ketganini ko'ramiz.
Shoh Jarir qissasida bu kurash ochiq namoyon bo'ladi va butun asarning syujeti ana shu diniy
kurashlarni tasvirlovchi voqealar asosida quriladi.

3

O'zRFA Abu Rayon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar bo'limi. ''Shoh Jarir qissasi''. Inv. N

11619, 89 sahifa , qo'lyozma, shikasta xatida


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

88

Xolis asar debochasida keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, qissa turli xalqlar orasida

juda mashhur asarlardan bo'lgan. Asar avvalo arab tilida ijod qilingan bo'lib, keyinchalik unga
bo'lgan qiziqish tufayli Xo'jandiy degan hoir tomonidan forsiy tilga tarjima ham qilingan.
Ammo turkiy tilda uning nusxalari bo'lmagan. Turkiy xalqning fors-tojik tilini biladigan
qismigina bu asardan bahramand bo'lishgan. Xalq bu asarning turkiy tildagi nusxasini o'qishni
juda orzu qilgan va shu sababli ijodkorlardan uni tarjima qilishni so'rashgan. Shuningdek
asarda ayrim o'rinlarda Jarir qissasi ko'p nusxada tarqalganligiga ishoratlar ham mavjud. Xalq
orasida uning nazm va nasrdagi bir qancha nusxalari bo'lgan.

References:

1.

Abdullayev O'zbek adabiyoti tarixi. Ikkinchi kitob. -T.: O'qituvchi.1994. -383 b.

2.

Valixo'jayev o'zbek adabiyotshunosligi tarixi. - T.: O'zbekiston,1993. -181 b.

3.

Valixo'jayev B O'zbek epik poeziyasi tarixidan. -T.: Fan, 1974. -150 b.

4.

4.Jo'rayev O.O'zbek klassik adabiyotida falsafiy- didaktik dostonchilik. -T.: Fan, 1985. 80

b.
5.

O'zRFA Abu Rayon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar bo'limi.

''Shoh Jarir qissasi''. Inv. N 11619, 89 sahifa, qo'lyozma, shikasta xatida.
6.

Eshmuhammedova M., Devoni hikmat qo'lyozmalari, T,ToshTDSHI, 2003.

Библиографические ссылки

Abdullayev O'zbek adabiyoti tarixi. Ikkinchi kitob. -T.: O'qituvchi.1994. -383 b.

Valixo'jayev o'zbek adabiyotshunosligi tarixi. - T.: O'zbekiston,1993. -181 b.

Valixo'jayev B O'zbek epik poeziyasi tarixidan. -T.: Fan, 1974. -150 b.

Jo'rayev O.O'zbek klassik adabiyotida falsafiy- didaktik dostonchilik. -T.: Fan, 1985. 80 b.

O'zRFA Abu Rayon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar bo'limi. ''Shoh Jarir qissasi''. Inv. N 11619, 89 sahifa, qo'lyozma, shikasta xatida.

Eshmuhammedova M., Devoni hikmat qo'lyozmalari, T,ToshTDSHI, 2003.