Авторы

  • Botirali Parpiboyev
    Namangan Davlat universiteti, Mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46380

Ключевые слова:

tarjimashunoslik ijtimoiy-siyosiy adabiyot ilmiy adabiyot badiiy adabiyot folklor maqol madaniyat madaniy to'siq madaniy nuanslar asarning birlamchi g'oyasi

Аннотация

Ushbu maqola tarjimashunoslik fani, ushbu fanning paydo bo'lishi haqida qisman so'z yuritib, o'zbek adabiyoti va ilm-faniga kirib kelish jarayoni, uning rivojiga hissa qo'shgan o'zbek olimlari haqida ma'lumot beradi. shuningdek, maqolada tarjimashunoslik fanidagi yutuq va kamchiliklar, asarning badiiy, ilmiy va sisosiylik jihatiga e'tibor berishning muhimligi, tarjima qilib bo'lmaydigan so'zlar yoki jumlalar haqida batafsil so'z yuritiladi va namuna sifatida Maxmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asaridan parcha keltirilib, uning inglizcha tarjimasidagi kamchilik dalillar asosida ko'rsatiladi. muallif o'z ilmiy izlanishlariga ko'ra to'g'ri deb hisoblagan tarjima variantini taqdim etadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

81

TARJIMASHUNOSLIK FANI. ILMIY ADABIYOTLARNING TARJIMASI VA

“DEVONU LUG’OTIT TURK” ASARINING INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI

TARJIMASINING QIYOSIY TAHLILI

Parpiboyev Botirali Rahimjon o’g’li

Namangan Davlat universiteti, Mustaqil tadqiqotchi

botiraliparpiboyev4@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13683293

Annotatsiya:

Ushbu maqola tarjimashunoslik fani, ushbu fanning paydo bo'lishi haqida

qisman so'z yuritib, o'zbek adabiyoti va ilm-faniga kirib kelish jarayoni, uning rivojiga hissa
qo'shgan o'zbek olimlari haqida ma'lumot beradi. shuningdek, maqolada tarjimashunoslik
fanidagi yutuq va kamchiliklar, asarning badiiy, ilmiy va sisosiylik jihatiga e'tibor berishning
muhimligi, tarjima qilib bo'lmaydigan so'zlar yoki jumlalar haqida batafsil so'z yuritiladi va
namuna sifatida Maxmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asaridan parcha keltirilib,
uning inglizcha tarjimasidagi kamchilik dalillar asosida ko'rsatiladi. muallif o'z ilmiy
izlanishlariga ko'ra to'g'ri deb hisoblagan tarjima variantini taqdim etadi.

Kalit so'zlar:

tarjimashunoslik, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, ilmiy adabiyot, badiiy

adabiyot, folklor, maqol, madaniyat, madaniy to'siq, madaniy nuanslar, asarning birlamchi
g'oyasi

Abstract.

This article partially talks about the science of translation studies, the

emergence of this science, the process of its entry into Uzbek literature and science, and the
Uzbek scientists who contributed to its development. Also, the article talks about
achievements and shortcomings in the science of translation, the importance of paying
attention to the artistic, scientific and political aspects of the work, untranslatable words or
sentences, and Makhmud Kashgari's "Diwan lugat at-Turk" is is cited as an example and the
shortcomings of its English translation are shown on the basis of evidence. The author
presents the version of the translation that he believes to be correct according to his scientific
research.

Key words:

translation studies, socio-political literature, scientific literature, fiction,

folklore, proverb, culture, cultural barrier, cultural nuances, the primary idea in the work.

Абстрактный.

В данной статье частично говорится о науке перевод ведения,

зарождении этой науки, процессе ее проникновения в узбекскую литературу и науку, а
также об узбекских ученых, внесших свой вклад в ее развитие. Также в статье
говорится о достижениях и недостатках переводческой науки, важности обращения
внимания на художественные, научные и политические аспекты произведения,
непереводимые слова или предложения, цитируется «Диван лугат ат-Тюрк» Махмуда
Кашгари. в качестве примера и на основе фактов показаны недостатки его английского
перевода. Автор представляет тот вариант перевода, который он считает правильным
согласно своим научным исследованиям.

Ключевые слова:

перевод ведение, общественно-политическая литература,

научная литература, художественная литература, фольклор, пословица, культура,
культурный барьер, культурные нюансы, основная мысль в произведении.


Sobiq sho’ro va undan oldingi davrlarda, xususan, XIX-XX asrda tarjima asarlarni

yaratish borasida ilk qadamlarni o‘zbek yozuvchilaridan Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Oybek,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

82

Abdulla Qahhor, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Asqad Muxtor, Erkin
Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali kabi adib va shoirlarimiz boshlab berdi. Shuningdek
badiiy tarjima sohasida M.Osim, N.Alimuhamedov, Sh.Shomuhamedov, K.Qaxxorova,
O.Sharopov, Sh.Tolipov, V.Ro‘zimatov, Q.Mirmuhamedov, A.Rashidov, M.Hakimov, I.G‘afurov,
M.Mirzoidov, G‘.To‘rabekovlar professional tarjimon sifatida tanilganlar. Mustaqillik yillarida
va hozirgi davrda, aksincha, o‘zbek va turkiy tillardagi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va badiiy
asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish jarayoni kuchaydi. Buning asosiy sababi tarixda juda
ko’plab ma’naviy tahdidlarga uchragan o’zbek va turkiyzabon xalqlarning bebaho ma’naviy
merosi hisoblangan badiiy va ilmiy asarlarning qayta tiklangani, arxeologik izlanishlar asosida
qaytadan kashf etilgani bo’ldi.

Darhaqiqat, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asosida yaratilgan asarlar tarjimalarini

ilmiy jihatdan o‘rganish va tadqiq qilish bugungi kun tarjimashunoslik fanining dolzarb
vazifalari sirasiga kiradi. O‘zbek tarjimashunosligida ijtimoiy-siyosiy asarlar tarjimasi
masalasi bir qator ilmiy ishlarda o‘z aksini topgan. Jumladan, bu sohada o‘zbek
tarjimashunoslik maktabining asoschisi hisoblangan G‘. Salomovning “Matn, tarjima va
istiloh”

1

kitobini va ayni shu sohada yaratilgan maqolalarini misol qilib keltirish mumkin.

Bularning

barchasi

ijtimoiy-siyosiy

asarlar

tarjimalari

muammolari

o’zbek

tarjimashunosligida ozmi-ko‘pmi tadqiq etilganidan dalolat beradi. G‘.Salomov o‘zining “Matn,
tarjima va istiloh” kitobida tarjima jarayoni va tarjima san’atini tadqiq etishning tipologik,
mantiqiy va lisoniy aspektlarini tahlil qilib bergan

2

. Bu asarda narsa va hodisalarning

hamjinsligi, mushtarakligi, monandligi, farqi va tafovuti, sog‘lom va nosog‘lom ma’no
xususidagi ilmiy tushunchalar tarjima nazariyasi va amaliyotiga tatbiq etiladi. Shu bilan birga,
qo‘llanmada tarjima, usul, uslub va tahrir texnikasi hamda mahorati va uni egallash yo‘llari,
ilmiy istilohlarni tahlil etish va saralash masalalari muxtasar holda yoritilgan. F. Saidovning
“Matn va tarjima” mavzuidagi dissertatsiyasi vorisiylik va istilohot, tarjimada lisoniy me’yor,
soddalik va murakkablik mayllari, matn talqini va tarjima, ekvivalentlik va g‘ayrimuqobillik,
in’ikos va asliyat qonunining tarjimaga dahldorlik jihatlari, muallif va mutarjim, asliyat bilan
tarjimaning o‘zaro nisbati va munosabati, badiiy tarjimadan farqli o‘laroq, ilmiy va ilmiy-
publitsistik tarjimaning o‘ziga xosligi, aniqlik va erkinlik, shuningdek, hijjalab o‘girishning
zarari, tahlil va tadqiqotda mantiq va tarjima, qayta yaratish san’atida turli lisoniy
qatlamlardan foydalanish zarurati hamda shu singari bir talay masalalarni yoritishga
bag‘ishlangan. Tarjima nusxa ko‘chirish kabi bir ish bo‘lmay, ijodiy jarayon ekanini, tarjimon
esa asl matnni tarjima matnga o‘zgartirish jarayonidagi mohir yozuvchi bo‘lishi kerakligini
barcha tarjimonlarga oydindir. Turli davrlarda muayyan hududdagi adabiy muhit, ayniqsa,
maxsus tarjima maktablarining yuzaga kelganligining o‘ziyoq uning shakllangan tamoyillari,
an’analari bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda har bir taraqqiy etgan xalq jahondagi yuzlab
millat vakillari tilidan o‘z ona tiliga ilm-fan va madaniyatning o‘nlab sohalariga oid
materiallarni tarjimalari amalga oshib kelmoqda.

Ijtimoiy-siyosiy adabiyot mutarjimi badiiy asarlarni o‘giruvchi tarjimon singari

erkinlikka ega bo‘lmaydi. Badiiy tarjimadan asosiy muddao kontekstning ta’sir kuchini boshqa
tilda tiklash bo‘lsa, ilmiy asarlar tarjimasida ilmiylikni to‘la aks ettirish – bosh maqsaddir.

1

Саломов Ғ. Матн, таржима ва истилоҳ. Т. : 1989.

2

Саломов Ғ. Матн, таржима ва истилоҳ. Т. : 1989. p15


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

83

Albatta, tarjima nozik masala, ayniqsa ilmiy asar tarjimasi bevosita o’sha asarning

ma’noviy jihati bilan bog’liqdir. Chunki agar badiiy asarda tarjimada kamchiliklar ro’y bersa-
da, asosiy g’oya va syujet saqlanib qoladi va kitobxon umumiy syujet nima haqida ekanligini
qiynalmasdan bilib olishi mumkin. Biroq, ilmiy asarlarda translatsion kamchiliklar kuzatilsa,
bu tarjima qilingan asarning kitobxon tomonidan o’zgacha talqin qilinishiga, noto’g’ri
tushunilishiga olib kelishi mumkin.

Chunki ilmiy asarlarda tarjimani qiyinlashtirishi mumkin bo’lgan bir nechta omillar

borki, faqatgina mohir tarjimongina tarjima jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
qiyinchiliklarni bemalol yenga olishi mumkin. Aslida ham, “the work of scientific translators is
to achieve one primary goal: to write information in a clear, concise, and accurate manner”

3

(ilmiy tarjimonning vazifasi bir maqsadga erishmoq, u ham bo’lsa asarni aniq, ixcham va
konkret shaklda ma’lumot yaratishdir). Madaniy omillar esa ilmiy tarjimada juda kam
hollarda ishtirok etgani bois, ilmiy tarjima va madaniy nuanslarning aloqadorlik jihati
unchalik ko’p emas.

Biroq, jaxon adabiyotida shunday asarlar mavjudki, ularda ilmiylik, siyosat va badiiylik

bir-biriga hamohang. Shuning uchun ham, ularni tarjima qilish yozuvchidan ulkan kasbiy
mahorat va uzoq muddat talab qilib qilishi turgan gap.

Bu turdagi asarlardan biri XI asr ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo’shgan; tilshunoslik,

adabiyotshunoslik, geografiya, tarix, sotsiologiya va qisman dinshunoslik sohalari
kesishmasida vujudga kelgan va bugungi kunda ushbu sohalarning taraqqiy etishiga o’zining
salmoqli hissasini qo’shgan, katta hajmli asarlar sirasiga kiradigan Maxmud Qoshg’ariyning
“Devonu lug’otit turk” asaridir. Mahmud Qoshg‘ariyning bu asari arab tili orqali Sharq va G‘arb
xalqlariga qadimgi turklarning tili, madaniyati, tarixi haqida to‘liq ma’lumot beruvchi qomusiy
kitob sifatida yaratilgan. “Devon” turkiy tilni oʻrganish istagida boʻlgan arablarning
ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaratilgan nodir asardir. Ushbu asar topilganiga qariyb bir
asr bo’ldiki, dunyoning talaygina tillariga tarjima qilindi, u haiqda sharh kitoblar, qo’llanma va
ilmiy maqolalar yaratildi, ko’plab xorijiy kitobxonlarning olqishiga sazovor bo’ldi, ammo
hanuzgacha asar bo’yicha ilmiy izlanishlar o’z nihoyasiga yetgani yo’q, chunki yuqorida ham
bir necha bor ta’kidlanganidek, ushbu bebaho asar o’zida shunday qimmatli ma’lumotlarni
saqlaydiki, tilshunos olimlar ushbu ilmiy xazinani yanada chuqurroq anglash maqsadida, unga
qayta va qayta murojaat qilmnoqdalar va har safar ilm-fan kishilari unga yangidan
yuzlanganlarida nimadir yangi qimmatli ma’lumotni topmoqdalar.

Misol uchun, asarning ingliz tiliga tarjima qilinish jarayonini namuna sifatida oladigan

bo’lsak, mutaxassisligi sharqshunos bo’lgan Robert Dankoffning ushbu asarni tarjima qilishda
hissasi beqiyos. Dankoff bir necha yillar davomida Turkiyadagi turk yozma yodgorliklarining
tarixi, badiiy va matn xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot olib bordi. 1971-yilda Garvard
universitetida turkiy va islomiy yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini
himoya qilib, doktorlik darajasini oldi. U o‘z ilmiy izlanishlarida usmonli turk tilidagi O’rta
Osiyo yozma yodgorliklarning til va badiiy xususiyatlarini o‘rgangan. Turkolog turli dinlarning
nazariyalaridan, xususan, Qur’on va hadislardan yaxshi xabardor bo’lgani uchun, Devon
tarjimasidagi arabcha terminlar, Qur’ondan parchalar, arab grammatikasini tahlil qilishda
muvaffaqiyatga erisha oldi. Tarjima jarayonida u ko‘plab xatolar qildi, ayni shu xatolarni qayta
tikladi, matndagi har bir so’zlarning ma’nolarini sinchiklab o’rgandi. Va 1982-85 yillarda

3

Thivierge, 2002, p. 188


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

84

amerikalik turkshunos olimlar James Kelly va Robert Dankoff asarni tarjima qildi va keng
ommaga taqdim etdi.

Darhaqiqat, butun boshli, bebaho asarni tarjima qilish oson ish emas, va umuman

olganda asarning inglizcha tarjimasi asliyatiga juda yaqin keladi, ammo asar faqatgina ilmiy
faktlardan emas, folkloristik, adabiy, madaniy va diniy qarashlarni o’z ichiga olgani uchun
ham, turkiyzabon bo’lmagan inson tushuna olmaydigan madaniy, folkloristic va diniy
nuanslar ham mavjud bo’lib, bu ba’zida asarni tarjima qilish jarayonida chalkashliklarga sabab
bo’lgan bo’lishi mumkin.

So’zimizning isboti o’laroq, asarning birinchi tomidan o’rin olgan quyidagi hikmatli so’z

va uning tarjimasiga diqqatimizni qaratdik. Asarning asl turkcha variantida ushbu jumla
“Kalasi ichtin, yilqi alasi tashtin”

4

keltirilgan bo’lib, o’zbek tiliga Solih Mutallibov tomonidan

“odamning olasi ichida, yilqiniki tashida, sirtida” kabi tarjima qilingan. O’zbek tilida aynan
shunga o’xshash maqol ham mavjud: “Odam olasi ichida, mol olasi tashida” kabi. Endi ayni
maqolning ingliz tiliga o’girilgan variantini ko’rib chiqadigan bo’lsak, u quyidagicha beriladi:
“The leprosy of a man is on the inside, the leprosy of the animals is on the the outside”

5

. Ayni

shu yerda “ala” va “leprosy” so’zlarini bir-biriga muqoyasa qilamiz, “ala” so’zi indeks lug’atda
sekin, oq rangga ega va dushmanlik kabi ma’nolarga ega ekanligi ma’lum bo’ladi

6

. Inglicha

“leprosy” so’zi esa Oksford lug’atida quyidagicha ma’noga ega ekanligi ko’rsatiladi, ya’ni

a

disease that causes painful white areas on the skin and can destroy nerves, muscles, etc.

7

Bundan

ko’rinib turibdiki, Dankoff “ala” so’zining ikkinchi ma’nosi, ya’ni “terida oq dog’lari bor”
ma’nosini ochib berishga harakat qilgan, ammo Qoshg’ariy bu yerda uchinchi ma’no,
“dushmanlik”, “fikri buzuqlik” ma’nosini berganligi sababli Dankoff tarjimada
muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan. Natijada, jumladagi folkloristic ruh, majoziy ma’no o’z-
o’zidan yo’qolgan, kitobxonga notanish tushuncha hosil bo’lgan. Kitobxonga maqolning
semantic jihatdan to’g’ri yetkazilishi uchun, quyidagi tarjima mos keladi deb o’ylaymiz:

hostile

of a person is on the inside, while hostile of animals is on the outside

.

Yuqoridagi namuna orqali Dankoff tarjima jarayonida barcha milliy-madaniy

tushunchalarni ifodalab berishda to’siqqa uchragan degan fikrni berishdan yiroqmiz.
Darhaqiqat, yuqorida ta’kidlaganimizdek, madaniy omillar tarjimonni chalg’itishi mumkin,
ammo buyuk shoir aytganidek, “What is lost in the good or excellent translation is precisely
the best

8

(tarjimada boy berilgan yoki tushirib qoldirilgan so’zlar eng qimmatlisidir).

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari turkiy

xalqlarning tarixi, madaniyati, turmush sharoiti va urf-odatlarini o‘rganishda, qo‘shimcha
ravishda turkiy va hozirgi o‘zbek tillarining bir-biriga ta’sirini aniqlashda juda muhim manba
bo‘lib xizmat qiladi.

4

Koshg‘ariy M. “Devonu lug‘atit turk. Tarjimon va nashrga tayorlovchi S.M. Mutalibov. Toshkent,1960-63, 1-tom, 117-

b

5

Mahmud al-Kashgari. Compendium of the Turkic Dialects (Divan Lugat at-Turk)/Editedand translated by R. Dankoff,

in collaboration with J. Kelly. Harvard University, 1982-1985 (with introduction and indices). Part 1, p58

6

Devonu lug’otit turk, indeks-lug’ati, Istanbul 1915-17, 16 b

7

https://www.oxfordlearnersdictionaries.com/definition/english/leprosy?q=leprosy

8

Karl Wilhelm Friedrich Schlegel

, German Poet, 1772-1829


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

References:

1.

Саломов Ғ. Матн, таржима ва истилоҳ. Т.: 1989

2.

Саидов Ф. Матн ва таржима. Дисс. Т.: 1991.

3.

Жаббор М. 20-30 йилларда Ўзбекистонда ижтимоий-сиёсий адабиёт таржимаси.

Таржима муаммолари, /мақолалар тўплами/ -Т.: 1991.
4.

Koshg‘ariy M. “Devonu lug‘atit turk. Tarjimon va nashrga tayorlovchi S.M. Mutalibov.

Toshkent,1960-63, 1-tom
5.

Mahmud al-Kashgari. Compendium of the Turkic Dialects (Divan Lugat at-

Turk)/Editedand translated by R. Dankoff, in collaboration with J. Kelly. Harvard University,
1982-1985 (with introduction and indices). Part 1
6.

Devonu lug’otit turk, indeks-lug’ati, Istanbul 1915-17

7.

https://www.oxfordlearnersdictionaries.com/definition/english/leprosy?q=leprosy


Библиографические ссылки

Саломов Ғ. Матн, таржима ва истилоҳ. Т.: 1989

Саидов Ф. Матн ва таржима. Дисс. Т.: 1991.

Жаббор М. 20-30 йилларда Ўзбекистонда ижтимоий-сиёсий адабиёт таржимаси. Таржима муаммолари, /мақолалар тўплами/ -Т.: 1991.

Koshg‘ariy M. “Devonu lug‘atit turk. Tarjimon va nashrga tayorlovchi S.M. Mutalibov. Toshkent,1960-63, 1-tom

Mahmud al-Kashgari. Compendium of the Turkic Dialects (Divan Lugat at-Turk)/Editedand translated by R. Dankoff, in collaboration with J. Kelly. Harvard University, 1982-1985 (with introduction and indices). Part 1

Devonu lug’otit turk, indeks-lug’ati, Istanbul 1915-17