ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
47
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSLARINI INTERFAOL USULLAR
YORDAMIDA TASHKIL QILISH
Babaniyazov Utkirbek Taxirovich
Nukus davlat pedagogika instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13614668
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf oquvchilariga darslarini interfaol
usullar yordamida tashkil qilish, bunda o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z
yurtildi.
Kalit so‘zlar:
Interfaol usullar, interaktiv o‘yinlar, “Venn diagrammasi” metodi,
“Bumerang” metodi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni
qo‘llashga qiziqish toboro keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo‘llash bir tomondan ta’lim
samaradorligi va ta’sirchanligini oshirsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarning o‘qish motivlarini
o‘stiradi.
Innovatsiya bu yangilik kiritish, yaratish demakdir. Demak, an’anaviy ta’limdagi kabi bir
xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini
oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya deb ataladi. Ta’limda pedagogik
texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan
turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam
beradi. Turli metod hamda didaktik o‘yinlar bolalarda kreativlikni rivojlantiradi. Bunda avvalo
dars jarayonida to‘g‘ri va asosli mavzuga mos metodni tatbiq muhum hisoblanadi.
Ta’lim bu shunday jarayonki unda o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati
bo‘lib, shaxsning tarbiyasi va uning taraqqiyoti amalga oshadi. O‘qituvchi darsni qiziqarli
hamda o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmasligi, qisqa qilib aytganda
darslardan bezdirmasligi kerak bo‘ladi. Shu maqsadda o‘qituvchi o‘quvchilarni darsga jalb
qilish uchun eng avvalo ularning ko‘ngliga yul topa olishi hamda turli hil zamonaviy interfaol
metodlardan foydalanishi kerak. Bunda pedagog avvalambor o‘zining qobiliyati, mahorati,
malakasi va bilim doirasidan kelib chiqib o‘z bilimlarini o‘quvchilarga singdira olishi kerak
bo‘ladi. Bugungi kunda turli hil didaktik o‘yinlardan ham foydalanib kelmoqdalar. Interfaollik
deganimizda aynan o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro muloqotlar, o‘qish-bilish
savodhonliklari xam o‘zaro suhbat ko‘rinishida olib boriladi. Bunday interfaol metodlar va
didaktik o‘yinlar orqali olib boriladigan darslar juda qiziqarli bo‘ladi, natijada bironta ham
o‘quvchi chetda qolmasdan ishtirok etadi va o‘zlarining shaxsiy fikrlarini bemalol qo‘rqmasdan
bayon eta oladilar. O‘quvchilar ko‘rgan, eshitgan, idrok qilgan narsalarini zo‘r qiziqish bilan
bayon eta oladilar. Bolalarda darsga bo‘lgan qiziqish va havas ham oshadi. Hamda o‘zaro bir-
biriga do‘stona munosabatlar xosil bo‘ladi. Bir - birlari bilan o‘zaro fikr almashadilar.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, tabiatlariga
qarab turli hil didaktik o‘yinlar va metodlardan foydalaniladi. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik
o‘yinlarda olib borish haqida gapiramiz: Interfaol metodlar o‘quvchi faoliyatini jadallashtirib
faollashtiradi. Bunda o‘quvchilarning shaxsiyatidagi ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi.
Interaktiv o‘yinlar – nazariy, amaliy, jismoniy va bir qancha turlarga bo‘linadi. Bunda
o‘quvchilar o‘lchash, hisoblash, tahlil qilish, sinash, solishtirish, xulosa chiqarish, nutq o‘stirish,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
48
mustqail qaror qabul qilish kabi bilimlarni takomillashtiradi. Hozirda amaliyotda
qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari rang-barang va xilma-xildir.
Boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda asosan – so‘zlash, ko‘rgazmali vositalardan foydalanib
tushuntirish va ko‘rish, tinglashga asoslangan metodlardan foydalaniladi. Bugungi kunda bir
qancha rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi
zamonaviy texnikalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi – interfaol
metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interaktiv metodlarning turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim tarbiya
jaratyonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda
mavjud.
Hozirgi kunda maktablarda boshlang‘ich sinf o‘qivchilarimizga “Vin diagrammasi”',
“'Sinkveyin”, “Bumerang”, “Enerjeyzer”, “4 Format” kabi metodlardan foydalanilib darslar
o‘tilmoqda.
“Venn diagrammasi” metodi.
Ikki yoki undan ortiq narsalarni qanday solishtirishni va
qanday qilib solishtirishni o‘rganishda foydalaniladi. Venn diagrammasi – ikki yoki undan ortiq
narsalarni, voqealarni, odamlar va tushunchalarni taqqoslash va farqlash uchun ishlatiladigan
metoddir. Odatda ushbu metod til va matematika fanlarida qo‘llaniladi. Ushbu sodda grafik
o‘quvchilarning ikkita narsaning bir vaqtning o‘zida turli xil va bir xil bo‘lganligini
tushunishlarini osonlashtiradi. Bunda ko‘pincha ikki doira bir - biriga ozgina mindirib chiziladi,
uch hil rangda bo‘yaladi. masalan: 5+5=10 bunda 5 qo‘shiluvchi qizil rangda, ikkinchi
qo‘shiluvchi 5 esa sariq rangda, yig‘indi yashil rangda bo‘ladi.
“Bumerang” metodi.
Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida
turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodda saqlab qolish, so‘zlab
berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda
dars jarayonida o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni baholay olish imkoniyatini beradi. Mazkur
metodning maqsadi – o‘quv jarayoni davomida o‘quvchilarga tarqatilgan materiallarning
o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat munozara
va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini
nazorat qilish va baholashda har bir o‘quvchi o‘z bahosiga ega bo‘lishidir. Bunda bolajonlarga
hafta davomida ya’ni, boshidan o‘tilgan mavzulardan savollar tuzilgan bo‘ladi. Bu o‘quvchilarni
oldingi o‘tilgan darslarini mustahkamlab yodidan chiqmasliklariga erishiladi.
Alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi kasbiga xos bo‘lgan muhim talablardan biri –
bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir.
Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni vatanga sadoqatli fuqoro qilib
tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o‘qituvchi bo‘la oladi. Bolaga befarq,
uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o‘qituvchilk kasbiga loqayd inson haqiqiy o‘qituvchi bo‘la
olmaydi.
O‘qituvchining kup qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli
qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni
amalga oshirish esa o‘qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog‘liq: bolalarni o‘qitish, maktabdan
va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, bilish va o‘tkazish, ota-onalar o‘rtasida
pedagogik targ‘ibot ishlarini olib borish va hakazo. Bularning hammasi o‘qituvchidan chuqur
bilimga ega bo‘lishni, o‘z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkin, boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan darslarida
turli xil metodlar juda ko‘p. Sababi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash qobilyati
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
49
uning tushunchalarni tezda anglab olish ko‘nikmasini shakllantirishda mazkur metodlarning
o‘rni beqiyos sanaladi. O‘qituvchi esa dars jarayonida o‘tiladigan masalarni o‘quvchiga to‘g‘ri va
aniq yetkazib berishda yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lmog‘i hamda darslarni qiziqarli
o‘yinli texnologiyalar orqali tashkil etib o‘quvchilarni darsga qiziqtira olishi muhim omil
sanaladi.
References:
1.
Sh.S. Shoyimova, M.K. Xoshimova, Sh.R. Mirzayeva, M.M.Qo‘ziboyeva “Ta'lim
texnologiyalari” Toshkent-2020.
2.
O.U. Avlayev, S.Jo’rayeav, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv uslubiy qo‘llanma ,
,,Navro‘z” nashriyoti , Toshkent – 2017.
3.
B .X . Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent – 2017.