Tildagi barcha so‘zlar uning lug‘at tarkibida mujassamlashgan bo‘lib, tilning leksik boyligini tashkil etadi. Tilning boyligi uning lug‘at tarkibini tashkil etuvchi so‘zlarning miqdoriga, xilma-xilligiga bog‘liqdir. Tillarda so‘zlarning eskirib, muomaladan chiqib ketishi tabiiy bo‘lganidek, tilga yangi so‘zlarning kirib kelishi ham tabiiydir. Ushbu tadqiqotda axborot texnologiya sohasidagi o‘z qatlamga oid terminlarni tahlil qildik.