Авторы

  • Rustam Nomdorov
    Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Konchilik ishi” kafedrasi, t.f.f.d(PhD) dotsenti
  • Gʻolibjon Jalilov
    Indarama kompaniyasi Supervisor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46423

Ключевые слова:

infiltratsiya suvlari kondensatsiya suvlari sedimentatsiya suvlari yuvinil suvlar grunt suvlari chuchuk suvlar sho‘r suvlar namakob suvlar

Аннотация

Yer yuzasiga yaqin joylashgan yer osti suvlari katlovanlari to‘ldiradi, botqoqlik hosil qiladi, inshoatlarning yer osti qismini suv bosadi, foydali qazilma konlarini va qurilish materiallarini qazib olishda, yer ostida injenerlik inshoatlarini qurishda ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi. Yer osti suvlarining fizik xossalariga ularning tiniqligi, rangi, hidi, ta’mi, va temperaturasi kiradi.  Bu xususiyatlar kimyoviy tarkibiga, geografik joylashishiga va geologik sharoitiga qarab o‘zgarib turadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

75

KONLARDA KON BOSIMI VA SUV SIZIB CHIQISH EHTIMOLIY SABABLARINI

O‘RGANISH

ИЗУЧЕНИЕ ГОРНОГО ДАВЛЕНИЯ И ВОЗМОЖНЫХ ПРИЧИН ВЫТЕКА

ВОДЫ НА МЕСТОРОЖДЕНИЯХ

STUDYING MOUNTAIN PRESSURE AND POSSIBLE CAUSES OF WATER

LEAKING OUT IN DEPOSITS

Nomdorov Rustam Uralovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Konchilik ishi” kafedrasi,

t.f.f.d(PhD) dotsenti

https://orcid.org/0009-0000-6987-8995

rustamnomdorov@mail.ru

Gʻolibjon Jalilov Bahodir oʻgʻli

Indarama kompaniyasi Supervisor

jalilovgolib7@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13324780

Annotatsiya:

Yer yuzasiga yaqin joylashgan yer osti suvlari katlovanlari to‘ldiradi,

botqoqlik hosil qiladi, inshoatlarning yer osti qismini suv bosadi, foydali qazilma konlarini va
qurilish materiallarini qazib olishda, yer ostida injenerlik inshoatlarini qurishda ko‘p
qiyinchiliklar tug‘diradi. Yer osti suvlarining fizik xossalariga ularning tiniqligi, rangi, hidi,
ta’mi, va temperaturasi kiradi. Bu xususiyatlar kimyoviy tarkibiga, geografik joylashishiga va
geologik sharoitiga qarab o‘zgarib turadi.

Аннотация.

Подземные воды, расположенные близко к поверхности земли,

заполняют катлованы, образуют болота, затопляют подземные части сооружений,
создают много трудностей при разработке месторождений полезных ископаемых и
строительных материалов, строительстве подземных инженерных сооружений. К
физическим свойствам подземных вод относятся их прозрачность, цвет, запах, вкус и
температура. Эти свойства варьируются в зависимости от химического состава,
географического положения и геологических условий.

Annotation.

Groundwater, located near the surface of the earth, fills cuttings, creates

swamps, floods the underground parts of structures, creates many difficulties in the
development of mineral deposits and building materials, underground engineering structures.
The physical properties of groundwater include its transparency, color, smell, taste, and
temperature. These properties vary depending on the chemical composition, geographical
location, and geological

Kalit sо‘zlar:

infiltratsiya suvlari, kondensatsiya suvlari,sedimentatsiya suvlari, yuvinil

suvlar, grunt suvlari, chuchuk suvlar, sho‘r suvlar, namakob suvlar

Ключевые слова:

воды инфильтрационные, воды конденсационные, воды

седиментационные, воды промывные, воды грунтовые, воды пресные, воды соленые,
воды рассольные


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

76

Key words:

infiltration waters, condensation waters, sedimentation waters, washing

waters, groundwater, freshwater, saline waters, dissolved waters

Yer qobig‘ining eng ustki qismidagi suvlar yer osti suvlari deb ataladi va ular yer osti

gidrosferasini tashkil etadi. Ularning paydo bo‘lishini, joylashish sharoitini harakat
qonunlarini, fizik xossasini va kimyoviy tarkibini hamda atmosfera va yuzaki suvlari bilan
bog‘liqligini gidrogeologiya fani o‘rganadi. Yer osti suvlari, asosan atmosfera yog‘inlarining va
yuzaki suvlarning tog‘ jinslari zarralari orasidagi g‘ovaklar, bo‘shliqlar, yoriqlar orqali
singishidan paydo bo‘ladi. Ular paydo bo’lishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.

Infiltratsiya suvlari.

2.

Kondensatsiya suvlari.

3.

Sedimentatsiya suvlari.

4.

Yuvinil suvlar.
Yer yuzasiga yoqqan yomg‘ir 3 qismga ajratiladi; bir qismi yer yuzasidan oqib oxiri

dengizga borib quyiladi. Yer yuzasiga yaqin joylashgan yer osti suvlari katlovanlari to‘ldiradi,
botqoqlik hosil qiladi, inshoatlarning yer osti qismini suv bosadi, foydali qazilma konlarini va
qurilish materiallarini qazib olishda, yer ostida injenerlik inshoatlarini qurishda ko‘p
qiyinchiliklar tug‘diradi. Yer osti suvlarining fizik xossalariga ularning tiniqligi, rangi, hidi,
ta’mi, va temperaturasi kiradi.

Bu xususiyatlar kimyoviy tarkibiga, geografik joylashishiga va geologik sharoitiga qarab

o‘zgarib turadi.

Yer osti suvlari kimyoviy tarkibi bo‘yicha o‘ta murakkab modda bo‘lib, uning tarkibida

Mendeleyev jadvalidagi hamma elementlar uchrashi mumkin. Lekin NaCl, Na2SO4 , MgSOt,
CaCh kabi tuzlar, kislorod, azot kabi gazlar va organik birikmalar uchraydi. Yer osti suvlari
tarkibida erigan tuzlarning umumiy miqdoriga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
1.

Chuchuk suvlar-1 g/l-gacha

2.

Sho‘rroq suvlar-1-10 g/1

3.

Sho‘r suvlar-10-50 g/1

4.

Namakob suvlar -50 g/1 ko‘p
Yer osti suvlarining qattiqligi — ya‘ni suv tarkibida kalsiy va magniy tuzlarining

miqdoriga aytiladi va u mg - ekvivalentda o’lchanadi. 1 mg - ekvivalent - 1 litr suvda 20,04 mg
Sa va 12,16 mg Mg++- ionlari borligiga aytiladi.
1.

Yumshoq suvlar - 3 mg - ekvivalentdan kam.

2.

O‘rtacha qattiq - 3-6 mg - ekvivalent.

3.

Qattiq - 6-9 mg ekvivalent.

4.

Juda qattiq - 9 mg — ekvivalentdan ko‘p.
Yer osti suvlarida erigan tuzlarning qurilish materiallarini yemirish xususiyati

agressivlik deb ataladi. Betonga nisbatan yer osti suvlarining agressivligi quyidagi turlarga
bo‘linadi:

Umumiy kislotali agressivlik - vodorod konsentratsiyasi (rN) miqdori bilan baholanadi.

Agar rN miqdori qumdagi suvlarda 7 dan, gil tuproqda 5 dan kam bo‘lsa, u agressiv
hisoblanadi.

Yer osti suvlari gorizontining joylashishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

1.

Yuzaki suvlar.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

77

2.

Grunt suvlar.

3.

Qatlamlararo — artezian suvlar.

4.

Karst suvlari.

5.

Tog‘ jinslari yoriqlaridagi suvlar.
Bu suvlar bosimining bor - yo‘qligiga qarab:

1.

Bosimsiz suvlar, ya’ni yer osti suvlar yuzasidagi bosim atmosfera bosimiga teng. Bularga

yuzaki, grunt karst va yoriqlar orasidagi suvlar kiradi.
2.

Bosimli suvlar, ya’ni yer osti suvlari yuzasidagi bosim atmosfera bosimdan ko‘p, bularga

artezian suvlari va ba’zida grunt suvlari ham kiradi.
3.

Yuzaki suvlar. Atmosferadan tushayotgan qor va yomg‘ir suvlarining zonasida linza

ko‘rinishida yoki o‘zidan suv o‘tkazmaydigan muaqqat yupqa qatlamlar ustida to‘planishdan
yig‘ilgan suvlarga yuzaki suvlar deyiladi. Miqdori 200 mg/l dan oshsa, portlendsementga, 400
mg/1 bo‘lsa sulfatga chidamli betonlarga agressiv hisoblanadi.
4.

Yemiruvchi agressivlik — gidrokarbonat ioni miqdori 0,4-1,5 mg ekvivalentdan

oshganda sodir bo‘ladi.
5.

Karbonat kislotali agressivlik - SO miqdori 3 mg\l oshganda.

6.

Magniyli agressivlik - sementning turi va sortiga qarab magniy ion miqdori 750 mg/l

dan oshganda yuzaga keladi.

Xalq xo‘jaligida yer osti suvlari katta ahamiyatga ega. Ular shahar va qishloqlarni, sanoat

korxonalarini suv bilan ta’minlashda muhim manba hisoblanadi. Yer osti suvlaridan nodir
elementlar: brom, uran, radiy va hokazolar ajratib olinadi. Shu bilan birga yer osti suvlari
qurilishda, qishloq xo‘jaligida (ayrim hollarda) zarar ham keltiradi. Yuzaki suvlar o‘ziga xos
quyidagi belgilar bilan boshqa suvlardan keskin farq qiladi:
1.

Ular mavsumiydir, faqat qor-yomg‘ir suvlari ko‘p vaqtda yig‘iladi.

2.

Mavsumiyligi uchun ularning miqdori o‘zgaruvchandir.

3.

Ular keng maydonga tarqalmaydi va qalinligi ham kamdir.
Yuzaki suvlar xalq xo‘jaligida faqat chorva mollarini sug‘orishda ishlatiladi. Qurilish

materiallarini qazib olishda, karyerlarni mavsumiy suv bosishga olib keladi.

Grunt suvlari. Yer yuzasidan birinchi suv o‘tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan va

keng maydonga tarqalgan suvlar grunt suvlari deyiladi.

Grunt suvlar sathidan (GSS) suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha bo‘lgan masofa suvli

gorizontning qalinligi deyiladi.

Grunt suvlari quyidagi xususiyatlari bilan boshqa suvlardan farq qiladi:

1.

Grunt suvlarining ta’minlanish, tarqalish va sarf bo‘lish maydonlari mos keladi.

2.

Grunt suvlari yer yuzasidagi suvlar bilan gidravlik bog‘liqdir.

3.

Grunt suvlarining sarfi, sathi va kimyoviy tarkibining o‘zgarishi yer

yuzasidagi suv xavzalari holatiga va iqlim sharoitiga bog‘liqdir.
4.

Gurunt suvlari suv o‘tkazmaydigan qatlam nishabligiga qarab doim

harakat qiladi, yer osti suv oqimini hosil qiladi.
5.

Grunt suvlari yer yuzasining tuzilishi va iqlim sharoitiga qarab har xil chuqurlikda

уotadi.

Suv o‘tkazmaydigan ikki qatlam orasida joylashgan suv o‘tkazadigan qatlamda

joylashgan suvlarga qatlamlararo suvlar deyiladi.

Qatlamlararo suvlarga quyidagi xususiyatlar xosdir:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

78

1.

Ular asosan bosimli, ba’zida bosimsiz, kam bo‘lishi mumkin.

2.

Ularning yuzasi ozod emas.

3.

Ularning yuzasi berk bo‘lgani uchun ular kam ifloslanadi, ularning miqdori, xossasi va

tarkibi kam o‘zgaradi.

Karst suvlari.

Yer ostida hosil bo‘lgan bo‘shliq - karstlardagi suvlar karst suvlari

deyiladi. Bu suvlar tog‘ jinslarida gorizontal va vertikal yo‘nalishda harakat qilib, tutash
oqimlar hosil qiladi. Karst suvlarining sathi va sarft keskin o‘zgarib turadi. Yer yuzasida karst
bo‘shliqlari ko‘p bo‘lsa, suvning yutilishi ko‘payib va tezlashib ketadi. Natijada karst
rayonlaridagi buloqlarning suv sarfi suv toshqini yoki ko‘p yomg‘ir yog‘ishi bilan tez ko‘payadi
va aksincha. Karst suvlari tarqalgan hududlarda, bu suvlar aholi yashaydigan qishloqlami,
shaharlarni, sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlashda foydalaniladi. Shu bilan birga karst
suvlari foydali qazilma konlarida ishlashda, to‘g‘onlar va suv omborlari qurishda ko‘pgina
qiyinchiliklar ham keltirib chiqaradi.

References:

1.

N.A.Boymurodov. Kaliy rudalarini qazib olish va qayta ishlash. Darslik. - Qarshi

“Intellekt” nashriyoti, 2023 yil.
2.

Батурин Е.Н., Меньшикова Е.А., Блинов С.М., Наумов Д.Ю., Белкин П.А. проблемы

освоения крупнейших калийных месторождений мира // Современные проблемы
науки и образования. – 2012. – № 6.;
3.

Геологические исходные данные для проектирования горнодобывающего

комплекса Дехканабадского завода калийных удобрений. ООО «НПФ «Геопрогноз».
Пермь, 2007 г.
4.

Геомеханические

исходные

данные

для

проектирования

отработки

Тюбегатанского месторождения калийных солей. ОАО “Галургия”. Пермь, 2008

Библиографические ссылки

N.A.Boymurodov. Kaliy rudalarini qazib olish va qayta ishlash. Darslik. - Qarshi “Intellekt” nashriyoti, 2023 yil.

Батурин Е.Н., Меньшикова Е.А., Блинов С.М., Наумов Д.Ю., Белкин П.А. проблемы освоения крупнейших калийных месторождений мира // Современные проблемы науки и образования. – 2012. – № 6.;

Геологические исходные данные для проектирования горнодобывающего комплекса Дехканабадского завода калийных удобрений. ООО «НПФ «Геопрогноз». Пермь, 2007 г.

Геомеханические исходные данные для проектирования отработки Тюбегатанского месторождения калийных солей. ОАО “Галургия”. Пермь, 2008