ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
73
INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA NAVLARINI PARVARISHLASH ZARURATI
Avazova Muhayyo Ashurali qizi
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot
instituti. Stajyor tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13317894
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonning jabuniy mintaqalari sharotida ingichka
tolali g‘o‘za navlarini parvarishlash zarurati, ular maydonini kengaytirib borish bo‘yicha
ma’lumotlar keltirilgan.
Аннотация.
В данной статье представлена информация о необходимости
выращивания тонковолокнистых сортов хлопчатника в условиях южных регионов
Узбекистана и внедрения их площади посева.
Annotation.
The relevance of growing fine-stapled cotton varieties in southern zones of
Uzbekistan and implementing in larger areas are presented in the article.
Kalit so‘zlar:
ingichka tolali g‘o‘za, agrotexnika, janubiy mintaqa.
Ключевые слова:
тонковолокнистый хлопчатник, агротехника, южная зона.
Key words:
fine-stapled cotton, agrotechnology, southern zone.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi “Ingichka
tolali paxta yetishtirishni samarali tashkil qilish, yangi navlarni ko‘paytirish va
rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida” gi 47-sonli qarori qabul qilinib,
Surxondaryo (40000 gektar), Qashqadaryo (6500 gektar), Buxoro (5000 gektar) va Navoiy
viloyatlarida (1000 gektar) ingichka tolali g‘o‘za navlarini ilmiy asoslangan holda joylashtirish
va keng ishlab chiqarish sinovlarini olib borish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi «Surxondaryo viloyatida ingichka tolali
paxta yetishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi PQ-170 sonli qarorida ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda tashkil
etish va resurstejamkor agrotexnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha bir qator vazifalar
belgilangan. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda olimlarimiz tomonidan yaratilgan davlat
reestriga kiritilgan va istiqbolli nav sifatida qabul qilingan ingichka tolali g‘o‘za navlarini
parvarishlash agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bilan birga keng miqyosda joriy etish
bo‘yicha ilmiy izlanishlarni jadallik bilan olib borishda ushbu tadqiqot yuqoridagi qarorlar
ijrosini ta‘minlashga xizmat qiladi.
Ingichka tolali gʻoʻza navlarining dunyo boʻyicha ekin maydoni umumiy paxta
maydonining 2-3 % ini tashkil etib, asosan gʻoʻzaning ushbu turi Misr, AQSh, Sudan, Xitoy,
Hindiston, Avstraliya, Isroil, Peru, Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmanistonda etishtiriladi.
G.Barbadense turiga mansub ushbu gʻoʻza turi Misr paxtasi deb ham yuritiladi va AQShda
aynan Pima navlari ushbu turga mansubdir. Ushbu gʻoʻza turi eng koʻp ekiladigan davlatlar
Misr va AQSh hisoblanadi. Umumiy dunyo boʻyicha ingichka tolali gʻoʻza ekiladigan
maydonning 60 % i Misr va AQSh davlatlari ulushiga toʻgʻri keladi.
(http://www.sciencedirect.com).
Dunyo boʻyicha ingichka tolali paxta tolasini etishtirish hajmining 1980-2018
yillargacha boʻlgan ma'lumotlari, davlatlar miqyosida ingichka tolali paxta tolasini etishtirish
hajmining eng soʻnggi yillardagi ma'lumotlari, dunyo boʻyicha ingichka tolali paxta tolasini
ishlatish hajmi boʻyicha etakchi davlatlar ma'lumotlari keltirib oʻtildi. Ma'lumotlarga e'tibor
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
74
qaratadigan boʻlsak, ingichka tolali gʻoʻza navlari paxta tolasini etishtirish hajmi keskin
kamayib borganligini kuzatish mumkin.
Ingichka tolali gʻoʻza etishtiruvchi etakchi davlatlar tahlil qilinganda esa 2017-2018
yillar mavsumiga nisbatan 2018-2019 mavsumida ingichka tolali paxta tolasini etishtirish
hajmi AQSh (11%), Misr (47%), Sudan (17%), Oʻzbekiston (250%), Ispaniya (38%)
davlatlarida va dunyo boʻyicha (7%) oʻsish kuzatilgan boʻlsa, Hindiston (-7%), Xitoy (-14%),
Isroil (-33%) kabi davlatlarida pasayish kuzatilganligi qayd etilgan (1-2-rasmlar).
Dunyo boʻyicha ingichka tolali paxta tolasini ishlatish hajmi ma'lumotlari 3-rasmda
keltirilgan boʻlib, bunda etakchi davlatlar Hindiston va Xitoy ekanligini koʻrish mumkin.
2017/2018 yillar mavsumida jami 451 ming, 2018-2019 yillar mavsumida esa 442 ming
tonna tola ishlatilgan (
http://www.sciencedirect.com).
Oldingi yillarda ingichka tolali gʻoʻza navlari respublikamizda 200 ming gektardan ortiq
maydonda parvarishlangan. PSUEAITI Surxondaryo ITS seleksioner olimlari A.A.Tvorogova,
E.Gavrilovlar tomonidan ingichka tolali gʻoʻzaning “Termiz” navlari 7, 8, 14, 15, 31 keng
maydonlarda parvarishlangan. Hozirgi kunda esa A.I.Avtonomov, A.A.Avtonomov,
Yu.P.Xutornoy, M.I.Iksanov, A.P.Tyaminov, Vad.Avtonomov, Vik.Avtonomovlar quyidagi yangi
ingichka tolali gʻoʻza navlarini yaratishga muvaffaq boʻlishdi: S-6029, S-6030, S-6032, S-6037,
S-6040, S-6042, Qarshi-8, Qarshi-9, Surxon-2, Surxon-3, Surxon-5, Surxon-7, Surxon-9,
Surxon-100, Surxon-101, Surxon-102, Surxon-103, Surxon-14, Surxon-16, Surxon-18 kabi
gʻoʻza navlari.
Mamlakatimizda 1980 yilda 125,6 ming gektar er-maydoniga ingichka tolali gʻoʻza
navlari ekilgan boʻlsa, 1988 yilga kelib bu koʻrsatkich 203,4 ming gektarni tashkil etgan. 1990
yilga kelib ingichka tolali gʻoʻza navlari ekiladigan maydonlar 84 ming gektarga qisqarib, ya'ni
119,4 ming gektarni tashkil etdi. 2015-2016 yillarda mamlakatimizda ingichka tolali gʻoʻza
navlari deyarli ekilmay qolgan edi. Ammo 2017 yildan boshlab ingichka tolali gʻoʻza navlari
maydoni yildan yilga kengayib bormoqda.
References:
1.
Boyniyozov J. va boshqalar. Yuqori samarador ingichka tolali “Surxon-16” gʻoʻza navi.
Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnali agroilm ilmiy ilovasi. Toshkent, - 2020 y. № 3 (66).
B– 15-16.
2.
Joʻraev B., Xudarganov K., Juraev J. Yuqori samarador ingichka tolali “Surxon-16” gʻoʻza
navi. // Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnali agroilm ilmiy ilovasi. Toshkent, - 2020 y. №
3 (66). B– 15-16.
3.
Raxmonqulov S., Charieva X., Jalolov X., Ochildiev N., Danabaev A. Ingichka tolali gʻoʻza
navlarining afzaliklari. //“Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi, urugʻchiligi va
etishtirish agrotexnologiyalarining dolzarb muammolari hamda rivojlantirish istiqbollari”
mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami. Toshkent, 2018 y. -
B. 102-108.
4.
http://tadbirkor-fermer.uz/ingichka-tolali-uza-ustirish/
5.
https://cals.arizona.edu/fps/sites/cals.arizona.edu.fps/files/cotw/Pima_Cotton.pdf