Авторы

  • Nozanin Abdusamatova
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46425

Ключевые слова:

Doston badiiy adabiyot bosqich prinsip paramiologiya maqollar semantika.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek xalq dostonchiligining shakllanishi, dostonchilikning badiiy adabiyotdagi o‘rni, shakllanish bosqichlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek maqolada paramiologiya sohasining o‘zbek xalq dostonlarida qo‘llanish doirasi va ahamiyati, jumladan “Ravshan”, “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi xalq dostonlarida qo‘llangan maqollar semantikasi haqida fikr va mulohazalar bildirib o‘tilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

69

O‘ZBEK XALQ DOSTONLARIDA PARAMIOLOGIK BIRLIKLARNING

QO‘LLANISH DOIRASI

Abdusamatova Nozanin Azim qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali o‘zbek tili va

adabiyoti yo‘nalishi talabasi

nozaninabdusamatova8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13317857

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘zbek xalq dostonchiligining shakllanishi,

dostonchilikning badiiy adabiyotdagi o‘rni, shakllanish bosqichlari haqida ma’lumotlar
keltirilgan. Shuningdek maqolada paramiologiya sohasining o‘zbek xalq dostonlarida
qo‘llanish doirasi va ahamiyati, jumladan “Ravshan”, “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li”
kabi xalq dostonlarida qo‘llangan maqollar semantikasi haqida fikr va mulohazalar bildirib
o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Doston, badiiy adabiyot, bosqich, prinsip, paramiologiya, maqollar,

semantika.

Abstract:

This article provides information about the formation of Uzbek folk epics, the

role of epics in fiction, the stages of formation of folk epics, as well as the scope and
importance of the field of paramyology in Uzbek folk epics. among others, opinions and
comments were expressed about the semantics of proverbs used in folk epics such as
"Ravshan", "Alpomish", "Kuntug'mish", "Goroğli".

Key words:

Epic, fiction, stage, principle, paramiological, proverbs, semantics.

Аннотация:

В данной статье представлены сведения о формировании узбекского

народного эпоса, роли эпоса в художественной литературе, этапах становления
народного эпоса, а также о масштабах и значении области парамиологии в узбекском
народном эпосе. среди прочего были высказаны мнения и комментарии по поводу
семантики пословиц, используемых в таких народных эпосах, как «Равшан»,
«Алпомиш», «Кунтугмиш», «Гороглы».

Ключевые слова:

Эпос, художественная литература, сцена, принцип,

парамиология, пословицы, семантика.

Kirish.

Dostonchilik o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimgi epik shakli hisoblanib,

dastavval qo‘shiq shaklida, do‘mbira jo‘rligida, so‘ng esa musiqasiz ohang asosida yaratilgan
adabiyot namunalari sirasiga kiruvchi adabiy turlardan biri hisoblanadi. Mazkur janrning
yaratilishi turkiy xalqlarning ko‘chmanchi qabilalari nomi bilan bevosita umumlashgan bo‘lib,
XV-XVI asarda dostonchilik shakllanishi maktablar yaratilishi va XVII-XVIII asarlarda esa
tarqqiylashishi dostonchilikning kamol topishiga turtki bo‘ldi.

Dostonlarda afsonaviy shaxslar turli qahramonliklar ko‘rsatishi, epizodlar o‘rtasidagi

ziddiyatlar, yaxshilik va yomonlikning kurashuvi, ularning harakatlari asosidagi jamiyat va
xalq taqdiri yoritib o‘tilgan. Dostonlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa – yaxshilikning doimo
ustun kelishi, do‘stlik, sevgi-muhabbat, qahramonlik, insonparvarlikning ustun kelishi,
sadoqat, mehr-muruvvat tuyg‘ularining ulug‘vorligi, mehnatsevarlik va insoniylik g‘oyalari
ilgari surilishi bilan ahamiyatli. Dostonlar keng qamrovli va hajm jihatdan ham ancha katta
bo‘lib, u nafaqat epik, balki lirik yo‘l bilan ham ifodalanadi, ya’ni dostonlarda syujet keng
qamrovli va personajlar ham talaygina bo‘lishi bilan farqlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

70

Tahlil va natijalar.

O‘zbek xalq dostonlari o‘z mohiyatiga ko‘ra turli mavzularda:

1.

Qahramonlik dostonlari (“Alpomish”, “Kuntug‘mish”);

2.

Sarguzasht dostonlar (“Ravshan”, “Sabbai sayyor”);

3.

Ishqiy dostonlar (“Layli va Majnun”);

4.

Jangnoma dostonlar (“Jizzax qo‘zg‘aloni”);

5.

Falsafiy dostonlar (“Hayrat ul-abror”);

6.

Didaktik dostonlar (“Hibat ul-haqoyiq”) kabi turlarga bo‘lib tahlil qilinadi.
Dostonchilik eng qadimgi janr hisoblanganligidan tashqari, bugungi kunda ham bu

janrda turli asarlar yaratilib, adabiyotimizning oltin fondidan o‘rin egallamoqda. Misol
tariqasida Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni”, Abdulla Oripovning “Jannat qidirganlar”, Omon
Matjonning “Pahlavon Mahmud” kabi dostonlari shular jumlasidan hisoblanadi.

Ammo bugungi kunda adabiyotimizda yaratilayotgan asarlar orasida dostonchilik

namunalari avvalgidek salmoqli emas. Buning sabablariga qo‘yidagilarni asos sifatida
keltirishimiz mumkin:

XIX asr dastavvali va XX asar o‘rtalarida badiiy adabiyotda ko‘plab janrlarning yuzaga

kelganligi;

XX asrga kelib adabiyot fondida roman janrining taraqqiylashuvi va mazkur janrga

bo‘lgan ahamiyat va e’tiborning ortib borganligini bevosita sabab sifatida keltirib o‘tish
maqsadga muvofiq.

20-asr oʻzbek adabiyotida Dostonlar kamayishini roman janri rivoji bilan izohlash

mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, bolalarga moʻljallangan
yirik sheʼriy asarlar yozishda ham doston janridan foydalaniladi.[1] Badiiy adabiyotning asosi
va negizini tilshunoslik egallashi barchamizga ma’lum. Zero, har qanday turdagi asarlar,
badiiy adabiyot namunalari bilvosita til masalalari, uning sohalari, prinsip va tamoyillariga
ko‘ra hamohang yaratiladi. O‘zbek xalq dostonlarini lingvistik jihatdan tahlil qilsak
dostonlarda tilshunosligimizning qator - frazeologik, leksik, etnografik, paramiologik va yana
bir qator til sohalari yuzasidan tahlil qilib o‘tish mumkin. Bular orasida ayniqsa paramiologiya
sohasi yetakchi bo‘lib, xalq dostonlarida maqollar faol doirada qo‘llanadi. Maqollar xalq
og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri hisoblanib, maqollar kundalik turmush tarzi,
xalq hayotining umumiy xulosalari, ko‘rgan-kechirgan voqea-hodisalari haqida yuzaga kelgan,
ibratli, yomonlik unsurlarini kamaytirib, yaxshilikka yo‘naltiruvchi unsurdir.

Maqollar zamonlararo shakllanuvchi, sayqallanuvchi va teranlashuvchi tushuncha bo‘lib,

unda fikr qisqa, ixcham va lo‘nda ifodalanadi, mazmunan shakllanuvchi birlik bo‘lib, maqol
matni qisqa, ixcham va lo‘nda fikrlash, aniq bayon etishni taqozo etgani bois ijodkorga qo‘l
keladi. Maqol matni mazmun jihatdan tahlil etilmaydi, chunki maqollar, odatda, to‘g‘riligi
isbotlangan holda, qayta-qayta ishlanib vujudga keladi. [2]

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

Mazkur maqolada bugungi kunda keng

mushohadalarga sabab bo‘layotgan paramiologiya sohasi, badiiy asarlarda, jumladan
dostonlarda maqollarning qo‘llanish doirasi qiyoslash, izohlash va misol keltirish yo‘li bilan
ifodalangan bo‘lib, bunda adabiyotlar tahlili sifatida bu soha asosida shakllangan monografiya,
o‘quv qo‘llanma, to‘plam va adabiyotlar material sifatida tahlil qilingan.

Muhokama.

Shu jumladan, badiiy adabiyotning boshqa janrlari qatorida dostonchilikda

ham paramiologik birliklarga ko‘p bora murojaat qilinishini kuzatish mumkin. Xalq
dostonlaridan “Ravshan”, “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Suhayl va Guldursin” va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

71

yana ko‘plab dostonlarni misol keltirish maqsadga muvofiq. Ushbu dostonlarda qo‘llangan
maqollarga misol keltiradigan bo‘lsak:

“Ravshan” dostonida qo‘llangan:

1.

Qizi borning nozi bor

– bu maqol dostonda Gulanorga Ravshandan sovchi borgan

paytida qo‘llangan bo‘lib, maqol o‘z qadrini oshirish uchun qo‘llangan noo‘rin talab, erkalik,
tanglik va taranglik qilish ma’nosida qadim zamonlardan beri faol iste’molda hisoblanadi.
2.

Yolg‘iz bola yovdan yomon –

ushbu maqol bugungi kunda kam qo‘llanuvchi maqollar

sirasiga kirib, farzand tarbiyasi, oila haqidagi maqollar toifasiga kiruvchi birlik hisoblanadi.
Zero, hech kimsiz, ota-ona qarovisiz yolg‘iz qolgan farzand xavfli bo‘lishi, uzoq safarga ham
yolg‘iz jo‘natish noo‘rinligi haqida aytib o‘tilgan.

“Kuntug‘mish” dostonida:

1.

G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob –

asarda qo‘llangan bu maqol

ma’nosi, g‘arib, yordamga muhtoj, bechorahol kimsaning ko‘nglini xushlab, unga

yaxshilik qilish savob ekanligi badiiy vosita orqali bayon qilingan.

Maqolda ko‘ngil ovlamoq

birikmasini o‘z holicha emas, aksincha, “ko‘nglini ko‘tarish”, “ko‘nglini g‘amdan forig‘ etish”
kabi ma’nolarda qo‘llangan.

2.

Kamlikning kamoli bor, manmanning zavoli bordir –

bu maqol qadim

zamonlardan beri faol iste’molda bo‘lib, uning “Kamtarga kamol, manmanga zavol”,

“Kamtar yetar murodga, manman qolar uyatga”, “Kamtar kamolga yetar, manman oyoqda
qolar”, “Kamtarlik ko‘kka ko‘tarar, manmanlik yerga kiritar”, “Kamtarga egil, manmanga keril”
kabi bir qator variantlari ham mavjud. Mazkur maqolda ko‘rinib turganidek kamtar, sodda
kishi doimo o‘z maqsadiga yetishishi, manman shaxs esa oxir-oqibat oyoqosti bo‘lib, uyatga
qolish holati badiiylashtirilgan.
3.

Zarning qadrini zargar bilar har yerda –

mazkur maqolning ham bir

qancha o‘xshash variantlari bo‘lib, “Zar qadrini zargar biladi”, “Zar qadrini zargar bilar,

dur qadrini – savdogar”, “Zar qadrini zargar bilar, dur qadrini – chilangar”, “Zarrani qadriga
yetmagan, zarni qadriga ham yetmas” kabilar shular jumlasidan. Bu maqol xalq maqollari
turkumining qadr-qimmat va qadrsizlik turkumiga oid bo‘lib, bunda haqiqiy mol egasini faqat
uning egasi bilishi, mehnat tamini uni his qilgan, totgan odam qadrlay olishi to‘g‘risida fikrlar
umumlashtirib ifodalangan.
4.

“O‘zingdan kattani uchratsang pir bil, O‘zingni er bilsang o‘zgani
she’r bil”

– mazkur maqol o‘zidan katta kishini doimo “pir” ya’ni, katta, ulug‘ bilib, unga

doim hurmat, izzat-ikrom bildirish lozimligi, o‘zini er bilsa ham, o‘zgani yuqori, sher kabi
salovatli bilish kerakligi va hatto o‘zidan pastroq bo‘lgan kishilarni ham doim ulug‘lab, hurmat
ko‘rsatish murod sari eltuvchi narvon ekanligi aytib o‘tilgan.

Yuqoridagi misollar ikkita xalq dostonidan keltirilgan bo‘lib, bu va shu kabi dostonlarda

maqollarning talayginasiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bunday umumiy maqsad esa
kitobxonning doston o‘qish barobarida bir qator tarbiyaviy unsurlardan boxabar bo‘lishi va
maqollar vositasida ijobiy hislatlarning shakllanishiga turtki berishdan iborat hisoblanadi.

Xulosa.

Maqollar kishi nutqining salmog‘i va gapning qaymog‘i hisoblanadi. Zero, unda

talay ibratli fikrlar, yaxshilik unsurlari jonli va badiiy ifodalangan bo‘lib, maqollar tilimiz
taraqqiyoti va shakllanish bosqichlarini ham o‘zaro akslantirgan birlik hisoblanadi. Ular xalq
turmushining, aql-idrokining mahsuli, hukmi va tajribalari asosida birlashgan muhim
bosqichdir. Zotan, maqol yaratmagan biron xalq va undan foydalanmaydigan biron til yer


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

72

yuzida mavjud ekanligi bu sohaning lingvistik mavqeyi va o‘rnidan dalolat berib turishi
shubhasiz.

References:

1.

O‘zbekiston milliy ensklopediyasi 1-jild. T-2000.

2.

S. Qurbonova “O‘zbek filologiyasining dolzarb muammolari” F-2010.137-b.

3.

B. Jo‘rayeva “O‘zbek xalq maqollari shakllanishining lingvistik asoslari” T-2018.

4.

O. Madayev, T. Sobitova “Xalq og‘zaki poetik ijodi” Sharq-2010.

5.

Z. ibrohimjonova “Xalq maqollari va ularning sintaktik va semantic xususiyatlari”

maqola.
6.

“Kuntug‘mish” dostoni T-2018.

7.

“Ravshan” dostoni T-2018.

8.

http://ilmiytadqiqot.uz//

9.

https://universalpublishings.com//

10.

“O‘zbek xalq maqollari” T-2005.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston milliy ensklopediyasi 1-jild. T-2000.

S. Qurbonova “O‘zbek filologiyasining dolzarb muammolari” F-2010.137-b.

B. Jo‘rayeva “O‘zbek xalq maqollari shakllanishining lingvistik asoslari” T-2018.

O. Madayev, T. Sobitova “Xalq og‘zaki poetik ijodi” Sharq-2010.

Z. ibrohimjonova “Xalq maqollari va ularning sintaktik va semantic xususiyatlari” maqola.

“Kuntug‘mish” dostoni T-2018.

“Ravshan” dostoni T-2018.

“O‘zbek xalq maqollari” T-2005.