Авторы

  • Aygul Rejepbayeva
    O‘zMU Jizzax filiali “Oila psixologiyasi” yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46430

Ключевые слова:

Abu Nasr Farobiy aqliy bilish hissiy bilish hid bilish sezgisi eshitish sezgisi koʻrish sezgisi jamoa aʼzolari jamiyat bilish ruhiy qobiliyatlar nutq mantiq ilmi tafakkur.

Аннотация

Maqolada Abu Nasr Farobiyning shaxs haqidagi qarashlari, inson ruhiyati, uning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, bilish jarayoni, ijtimoiy guruhlar, insonlarni boshqarish, insondagi aqliy va ruhit jarayonlari haqidagi qarashlari keltirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

54

FOROBIY ASARLARIDA SHAXS MUAMMOSI VAUNING PSIXIK DUNYOSI

Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi

O‘zMU Jizzax filiali

“Oila psixologiyasi” yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13300442

Annotatsiya:

Maqolada Abu Nasr Farobiyning shaxs haqidagi qarashlari, inson ruhiyati,

uning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, bilish jarayoni, ijtimoiy guruhlar, insonlarni
boshqarish, insondagi aqliy va ruhit jarayonlari haqidagi qarashlari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Abu Nasr Farobiy, aqliy bilish hissiy bilish, hid bilish sezgisi; eshitish

sezgisi; koʻrish sezgisi, jamoa aʼzolari, jamiyat, bilish, ruhiy qobiliyatlar, nutq, mantiq ilmi,
tafakkur.

Аннотация:

В статье представлены взгляды Абу Насра Фараби на личность,

психику человека, факторы, влияющие на его психику, процесс познания, социальные
группы, управление человеком, психические и духовные процессы в человеке.

Ключевые слова:

Абу Наср Фараби, интеллектуальные знания, эмоциональные

знания, обоняние; чувство слуха; зрение, члены сообщества, социум, познание,
умственные способности, речь, логика, мышление.

Abstract:

The article presents Abu Nasr Farabi's views on personality, human psyche,

factors affecting his psyche, knowledge process, social groups, human management, mental
and spiritual processes in man.

Key words:

Abu Nasr Farabi, intellectual knowledge emotional knowledge, sense of

smell; sense of hearing; vision, community members, society, cognition, mental abilities,
speech, logic, thinking.

Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa

barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markazdir, barcha ruhiy
“quvvatlar”, jumladan bilish qobiliyati muayyan aʼzoga bogʻliq.

Forobiy “Ilm va sanʼatning fazilatlari” risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim

bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan aksidensiya (al-
oraz)dan substansiya – mohiyat (javhar)ga qarab borishini ilmning borgan sari ortib,
chuqurlashib borishini taʼkidlaydi.

Insonning ibtidosida, avvalo “oziqlantiruvchi quvvat” paydo boʻlib, uning yordamida

inson ovqatlanadi. Shundan soʻng “tashqi quvvat”, yaʼni bevosita tashqi taʼsir natijasida sezgi
organlari orqali vujudga keluvchi “quvvat”lar – 5 turlidir: teri-badan sezgisi; taʼm bilish
sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; koʻrish sezgisi. Bularning hammasini Forobiy
“hissiyot quvvati” (“quvvai hissiyya”) deb atab, hissiy bilish qismlari sifatida qaraydi. “Ichki
quvvat”ga esda olib qolish, xayol (xotira, tasavvur), his-tuygʻu, nutq (fikrlash) “quvvat”lari
kiradi. “Ichki quvvat”da Forobiy aqliy bilish bosqichini nazarda tutadi. Ilmni egallash shu
quvvatlar orqali amalga oshiriladi.

Forobiy bilish jarayoni har 2 bosqichga bogʻliqligini, aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga

kelmasligini alohida taʼkidlaydi.

Forobiy “Aql maʼnolari haqida” risolasida aql masalasini chuqur talqin qiladi. U aql bir

tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi taʼsir – taʼlim-tarbiyaning natijasi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

55

ekanligini uqdiradi. Forobiy fikricha, aql faqat insongagina xos boʻlgan tugʻma quvvat – ruhiy
kuch bilan bogʻliq.

Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi taʼlimotida mantiq (logika) ilmi muhim oʻrin

tutadi. “Mantiq sanʼati kishiga shunday qonunlar haqida maʼlumot beradiki, – deb yozgan edi
u, – bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sogʻlom fikr yuritishga oʻrganadi”. Forobiy
mantiq ilmi bilan grammatika oʻrtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga
munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini
tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yoʻldan olib borish uchun aqlni
toʻgʻrilab turadi.

Forobiy logikasi musulmon Sharqidagi soʻnggi mantiqqa oid fikrlarning rivojiga katta

turtki berdi.

Forobiyning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari uning inson haqidagi taʼlimoti uchun

xizmat qiladi, unga boʻysundirilgandir. Aqlga ega boʻlish, bilimli, mantiqli boʻlish bilan
chegaralanmay, u maʼlum axloqiy prinsiplarga, axloqiy madaniyatga egalik bilan yakunlanishi
kerak.

Forobiy aqlli inson haqida gapirib bunday yozadi: “Aqlli deb shunday kishilarga

aytiladiki, ular fazilatli, oʻtkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va
ixtiro etishga zoʻr isteʼdodga ega, yomon ishlardan oʻzini chetga olib yuradilar. Bunday
kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni oʻylab topish uchun zehn-idrokka ega boʻlganlarni
aqlli deb boʻlmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim”.

Forobiy oʻrta asrlar sharoitida birinchi boʻlib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va

vazifalari haqida izchil taʼlimot yaratdi. Bu taʼlimotda ijtimoiy hayotning koʻp masalalari –
davlatni boshqarish, taʼlim-tarbiya, axloq, maʼrifat, diniy eʼtiqod, urush va yarash, mehnat va
boshqalar qamrab olingan.

Forobiy “Fozil shahar aholisining maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib

chiqishi haqida bunday yozadi: “Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy
darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday
narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi…
Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka
erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari
koʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga
keldi”.

Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga erishishining

zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun insonlarni oʻzaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka
chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. mutafakkir inson qadr-
qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. “Davlat arbobining hikmatlari” risolasida esa
u doimiy urushlar va bosqinchilikka asoslanuvchi jamiyatni adolatsiz, johil jamiyat sifatida
qoralaydi.

Forobiy oʻzining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga boʻladi.

Kishilarning diniy mazhabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlariga,
qobiliyatlariga, avvalo aqliy iqtidoriga hamda ilmlarni oʻrganish, hayotiy tajriba toʻplash
jarayonida orttirgan bilim va koʻnikmalariga katta ahamiyat beradi. Itoatkorlikka daʼvat
etuvchi taʼlimotlarni keskin qoralaydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

56

Forobiy “Baxt-saodatga erishuv yoʻllari haqida risola”, “Baxt-saodatga erishuv haqida

risola” asarlarida oʻzining orzu qilgan fozil jamiyatini yana ham yorqin tasvirlaydi. “Davlatning
vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, – deb yozadi u, – bu esa ilm va yaxshi axloq
yordamida qoʻlga kiritiladi”. Forobiy davlatni yetuk shaxs (monarxiya), yetuk xislatlarga ega
boʻlgan bir necha shaxslar (aristokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida
boshqarish shakllarini qayd etadi.

Forobiy jamiyat oʻz rivojida yetuklikka tomon intilishi, shuning uchun kurash olib

borishi va nihoyat fozil jamiyat, fozil shahar darajasiga koʻtarilishi haqida fikr yuritadi.

U shunday yozadi: “Fozil jamiyat va fozil shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, shu

mamlakatning aholisidan boʻlgan har bir odam kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin
maʼnosi bilan ozod boʻladilar… Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo boʻladi”.
Forobiy bunday fozil jamoani boshqaruvchi podshoh, rahbarlarga ham maʼlum talablar
qoʻyadi. U xalq haqida doimo gʻamxoʻrlik qilishi, boshqalar manfaatini oʻz manfaatidan ustun
qoʻya bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar guruhi oʻzlarida
muhim olti xislatni ifodalashlari kerak, yaʼni adolatli, dono boʻlishi, qonunlarga rioya etishi va
qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi, boshqalarga gʻamxoʻr boʻlishi kerak.

Forobiyning fozil jamoa haqidagi taʼlimoti, uning komil inson haqidagi fikrlari bilan

uzviy bogʻlanib ketadi. Fozil jamoada komil inson xislatlari vujudga keladi. Masalan, axloq-
odobli yetuk inson oʻn ikki fazilatga ega boʻlmogʻi lozim. Bu fazilatlar insonlarning oʻzaro
munosabatlari mustahkamlanib, yaxshilik tomon yoʻnalishida vujudga kela boradi.
Forobiyning fozil jamoa va komil inson haqidagi taʼlimotlari soʻnggi olim-mutafakkirlarga
katta taʼsir koʻrsatdi.

Umuman olganda Forobiyning fozil jamiyati, komil insoni baxt-saodat, oʻzaro yordam,

dono boshliq, tenglik haqidagi fikrlari oʻz davri uchun xayoliydir. Lekin insonni maʼnaviy ozod
etishga, uning imkoniyatlarini ochishga, gumanistik yoʻnalishni asoslashga qaratilgan bu
taʼlimot ilgʻor ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga buyuk hissa boʻlib qoʻshildi. Umumbashariy
intilishlarni ifodaladi. Uning ijtimoiy gʻoyalari keyinchalik soʻnggi mutafakkirlar: Abu Rayhon
Beruniy, ibn Sino, ibn Rushd, Baxmanyor, Nizomiy, Saʼdiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy,
Bedil, Iqbol, Ahmad Donish va boshqalar ijodida rivojlantirildi.

Forobiy “Musiqa haqida katta kitob” degan koʻp jildli asari bilan oʻrta asrning yirik

musiqashunosi sifatida ham mashhur boʻldi. U musiqa ilmini nazariy, amaliy tarmoqlarga,
kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib taʼrif va ilmi iqoga ajratadi.

Forobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy-ilmiy taʼrifini

beribgina qolmay, kuylar garmoniyasining matematik prinsiplarini ochadi, turli jadvallar,
geometriya qoidalari asosida koʻplab murakkab chizmalar keltiradi. U Sharq musiqasining
ritmik asosini dalillar bilan sharhlab beradi. U ritmlarni tashkil etgan zarb birliklari boʻlmish
naqralar, ularning birikmasidan hosil etiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan
ritm oʻlchovlari va turlarini yoritib bergan.

References:

1.

Abduvakilovna, K. U. (2024, March). IJTIMOIY NORMALAR VA MULOQOT

FAOLIYATINING O ‘ZARO ALOQADORLIGI. In E Conference Zone (pp. 5-10).
2.

Abduvakilovna, K. U., & Bekmurod o‘g‘li, T. N. (2024, March). RUS PSIXOLOGLARINING

MULOQOT HAQIDAGI QARASHLARI. In E Conference Zone (pp. 1-4).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

57

3.

Abduvakilovna, K. U., & Farxod o‘g‘li, P. X. (2023). SUITSIDAL XULQ-ATVORNI KELTIRIB

CHIQARUVCHI SABABLARI. Scientific Impulse, 2(15), 239-242.
4.

Abduvakilovna, K. U., Qizi, G. U. S. M., & Qizi, A. G. A. (2023). OQUV JARAYONIDA

SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TOMONLARI. Ta’limning
zamonaviy transformatsiyasi, 1(1), 766-769.
5.

Каракулова, У., Хайдаркулов, Х., & Хайдарова, Б. (2023). Bolaning tengdoshlari bilan

muloqotining o ‘ziga xosligi. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 453-457.
6.

Каракулова, У., Бердиерова, С., & Реджепбаева, А. (2023). Bolalar muloqotning

psixologik-pedagogik xususiyatlari. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 457-
461.
7.

Karakulova, U. A., Albekova, Y. O. Q., & Abduraxmonova, H. Z. Q. (2023). DEVIANT XULQ-

ATVOR MUAMMOSI VA OILAVIY MUNOSABATLARNING O’ZARO ALOQADORLIGI. Academic
research in educational sciences, 4(TMA Conference), 801-806.
8.

Karakulova U, Malikova S. STRESS UNI YENGISH USULLARI. Молодые ученые. 2023

Dec 16;1(20):129-31.
9.

Karakulova, U. (2024). TA’LIMDA PSIXOLOGIK XIZMAT MAZMUNI.

Журнал Педагогики

и психологии в современном образовании

, 193-196.

10.

Abduvakilovna, K. U. (2024, March). MULOQOTNING PERTSEPTIV JIHATI. In

E

Conference Zone

(pp. 13-16).

11.

Karakulova, U. (2024). INFANTIL XULQ-ATVORNING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA

BELGILARI.

International Journal of scientific and Applied Research

,

1

(3), 260-263.

12.

Abduvakilovna, K. U. (2024, June). AFFILIATSIYA MOTIVINING AHAMIYATI. In

E

Conference Zone

(pp. 22-24).

13.

Abduvakilovna, K. U. (2024, June). AFFILIATSIYA VA MANSUBLIK MOTIVI. In

E

Conference Zone

(pp. 29-32).

14.

Каракулова, У., & Режепбаева, А. (2024). Muloqot jarayonida tinglash va

eshitish.

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации

,

1

(1), 372-374.

Библиографические ссылки

Abduvakilovna, K. U. (2024, March). IJTIMOIY NORMALAR VA MULOQOT FAOLIYATINING O ‘ZARO ALOQADORLIGI. In E Conference Zone (pp. 5-10).

Abduvakilovna, K. U., & Bekmurod o‘g‘li, T. N. (2024, March). RUS PSIXOLOGLARINING MULOQOT HAQIDAGI QARASHLARI. In E Conference Zone (pp. 1-4).

Abduvakilovna, K. U., & Farxod o‘g‘li, P. X. (2023). SUITSIDAL XULQ-ATVORNI KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLARI. Scientific Impulse, 2(15), 239-242.

Abduvakilovna, K. U., Qizi, G. U. S. M., & Qizi, A. G. A. (2023). OQUV JARAYONIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TOMONLARI. Ta’limning zamonaviy transformatsiyasi, 1(1), 766-769.

Каракулова, У., Хайдаркулов, Х., & Хайдарова, Б. (2023). Bolaning tengdoshlari bilan muloqotining o ‘ziga xosligi. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 453-457.

Каракулова, У., Бердиерова, С., & Реджепбаева, А. (2023). Bolalar muloqotning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 457-461.

Karakulova, U. A., Albekova, Y. O. Q., & Abduraxmonova, H. Z. Q. (2023). DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI VA OILAVIY MUNOSABATLARNING O’ZARO ALOQADORLIGI. Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 801-806.

Karakulova U, Malikova S. STRESS UNI YENGISH USULLARI. Молодые ученые. 2023 Dec 16;1(20):129-31.

Karakulova, U. (2024). TA’LIMDA PSIXOLOGIK XIZMAT MAZMUNI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 193-196.

Abduvakilovna, K. U. (2024, March). MULOQOTNING PERTSEPTIV JIHATI. In E Conference Zone (pp. 13-16).

Karakulova, U. (2024). INFANTIL XULQ-ATVORNING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA BELGILARI. International Journal of scientific and Applied Research, 1(3), 260-263.

Abduvakilovna, K. U. (2024, June). AFFILIATSIYA MOTIVINING AHAMIYATI. In E Conference Zone (pp. 22-24).

Abduvakilovna, K. U. (2024, June). AFFILIATSIYA VA MANSUBLIK MOTIVI. In E Conference Zone (pp. 29-32).

Каракулова, У., & Режепбаева, А. (2024). Muloqot jarayonida tinglash va eshitish. Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 372-374.