Авторы

  • Usmonqul Norqulov
    Toshkent Davlat agrar universiteti, professori
  • Iftixor Ergashev
    Toshkent Davlat agrar universiteti, doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46433

Ключевые слова:

Tarvuz qovun ekin sho‘r yuvish agrotexnika sug‘orish me’yori tuproq g‘ovakligi tuproq namligi.

Аннотация

Sirdaryo viloyatida tarvuz va qovun ekilgan tajriba dalalarida ularni yetishtirish, ekinlarining hosildoriligini asosli ko‘rsatgichlari, ekinini yetishtirish agrotexnikasi, tuprog‘ining sho‘rlanish darajasi, sho‘r yuvishlardan oldingi tuproq namligi, ekinlarni sug‘orish uchun berilgan suv me’yori dastlab tuproq g‘ovakliklarini va naychalarini suv bilan tuproqda to‘liq to‘yinganligi ko‘rsatkichlar qayd etildi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

45

KUCHLI SHO’RLANGAN VA SHO’RXOK TUPROQLARDAN SUN’IY

FOYDALANIB POLIZ EKINLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Norqulov Usmonqul

Toshkent Davlat agrar universiteti, professori

Ergashev Iftixor Sultonovich

Toshkent Davlat agrar universiteti, doktoranti

+998507061288

https://doi.org/10.5281/zenodo.13291628

Annotatsiya:

Sirdaryo viloyatida tarvuz va qovun ekilgan tajriba dalalarida ularni

yetishtirish, ekinlarining hosildoriligini asosli ko‘rsatgichlari, ekinini yetishtirish
agrotexnikasi, tuprog‘ining sho‘rlanish darajasi, sho‘r yuvishlardan oldingi tuproq namligi,
ekinlarni sug‘orish uchun berilgan suv me’yori dastlab tuproq g‘ovakliklarini va naychalarini
suv bilan tuproqda to‘liq to‘yinganligi ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Kalik so‘zlar:

Tarvuz, qovun, ekin, sho‘r yuvish, agrotexnika, sug‘orish me’yori, tuproq

g‘ovakligi, tuproq namligi.

Kirish:

Dunyo bo‘yicha tuproqni himoyalovchi va resurstejovchi texnologiyalardan

qishloq xo‘jaligi amaliyotida foydalanish samarali natija bermoqda. “Qishloq xo‘jalik ekinlarini
yetishtirishda tomchilatib sug‘oriladigan maydonlar ulushi Isroilda 74%, Ispaniya 26%, Italiya
14%, Tunis 16%, Saudiya Arabistoni 17%, Janubiy Afrika 15% ga teng bo‘lib, bu borada AQSH
1,209,757 ga, Ispaniya 914,112 ga va Hindiston 589,251 ga yetakchilik qilmoqda.
O‘zbekistonda esa, sabzavot va poliz mahsulotlarini tomchilatib sug‘orish maydonlari 11,9
ming gektardan oshmaydi”. Shu bois, qovun o‘simligini yuqori hosildor, stress omillarga
bardoshli navlarini yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb
hisoblanadi. Respublikamiz sharoitida vaqtinchalik plyonkalar ostida ertagi qovun
yetishtirishda navlarni tanlash, ekish muddatlari, usullari, urug‘i bilan plyonka ostiga
mulchalab ekib parvarishlash va yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish borasida ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borilgan. Lekin, qovun ekinini ko‘chatidan yetishtirishda resurstejamkor
texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan. O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 30-31 maqsadlarida “qishloq xo‘jaligini ilmiy
asosda intensiv rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha
alohida davlat dasturini amalga oshirish” belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bunda meva-
sabzavotchilikda eksportbop mahsulotlar yetishtirish, tuproq unumdorligini oshirish va
muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard kub metr
suvni iqtisod qilish dolzarb vazifa sifatida qayd etib o‘tilgan”.

Tadqiqotlar o‘tkazish ob’yekti, tizimi va uslublari:

Sirdaryo viloti Mirzaobod

tumanidagi “Bahorning ilk kunlari” fermer xo‘jaligida hamda “Mirzacho’l Donald Duck”
MCHJning och tusli bo‘z, kuchli sho‘rlangan va sho‘rxok tuproqlar 2021-2023 yillarda dala
tajribalari sinovi olib borildi. Qovun va tarvuzni tomilatib sug‘orish usulida sug‘orish tartiblari
borasidagi dala tajribalari quyidagi tizimlarda olib borildi (1-jadval).

Tajriba tizimi

1-jadval


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

46

Variant

Variant nomi

1

Shudgorlash, sho‘r yuvish, yerni tayyorlab ekish, ariq olib sug‘orish.

2

Shudgorlash, sho‘r yuvish, yerni tayyorlab ekish, tomchilatib sug‘orish.

3

Ekin ekiladigan maydonchani (chuqurligi 30sm, kengligi 30sm,) plyonka

paketlar bilan himoyalangan substratlarga ekishda tomchilatib sug‘orish.

4

Ekin ekiladigan maydonchada maxsus plastmassa tuvakchalar bilan

himoyalangan substratlarga ekishda tomchilatib sug‘orish.

5

Ekin ekiladigan maydonchada maxsus plyonkalar bilan himoyalangan

substratlarda egat olib ekish va tomchilatib sug‘orish.

Substrat tayyorlash:

Substrat tayyorlash uchun sho‘rlanmagan maydonning haydalma

qatlamidan (30 sm chuqurlikda) olingan tuproq, suvda yuvilgan mayda qum va to‘liq chirigan
go‘ng hamda azot, fosfor va kaliy o‘g‘itlari tuproq hamda qum, chiritilgan go‘ng har qaysi
alohida 1,2 mm elakdan o‘tkaziladi va ular o‘zaro aralashtirilib polietilendan tayyorlangan
plyonka va idishlarga solinadi.

Tayyor bo‘lgan substrat idishlarga o‘simliklarning urug‘lari ekiladi.

Tajribada o‘rganilgan substratning tarkibi:

Tajribaning 3 (plyonka paketlarda

o‘stirish), 4 (plastmassa tuvaklarda o‘stirish), va 5 (polietilen plyonka bilan himoyalangan
sharoitda o‘stirish) variantlari uchun maxsus sho‘rlanmagan tuproq (30%) + sho‘rlanmagan
qum (20%) va chirigan go‘ng (50%) aralashmasidan tayyorlangan substratdan foydalanildi.
Ushbu substratning to‘liq nam sig‘imi 32,3% ni, hajmiy massasi 1,2 g/sm

3

ni, pH-ko‘rsatgichi

7,3 ni va ES-ko‘rsatgichi 0,86 ds/sm. AM(substrat tarkibidagi faol mineral moddalar) – 0,60
g/l ni tashkil qildi.

Substratning yuqorida keltirilgan tarkibi qovun va tarvuz yetishtirish uchun qulay muhit

hisoblanadi.

Tajriba dalasi tuprog‘ining mexanik tarkibi

2-jadval

Qatlam-

lar, sm

>0.25

0.25

-0.1

0.1-

0.05

0.05-

0.01

0.01-

0.005

0.005

-

0.001

<0.001

Fizik

loyqa,

%

N.Kachinskiy

bo‘yicha

0-30

0.8

0.5 25.7 56.9

6.4

10.7

9.1

36.2

o‘rta qumoq

30-58

1.6

1.6 31.7 54.5

7.2

7.2

6.4

30.7

o‘rta qumoq

58-83

2.0

1.7 27.2 56.1

5.6

9.5

8.0

33.1

o‘rta qumoq

84-106

3.6

2.4 22.5 42.9

7.2

11.1

10.3

28.6

yengil qumoq


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

47

1-rasm. Tajriba dalasining genetik qatlamlar bo‘yicha tuproq tasnifi

Tajriba maydonining nazariy va amaliy sho‘r yuvish me’yorlari:

Tajriba maydoni

tuprog‘ining sho‘rini yuvish uchun, dastlab yer kuzda 30 sm. chuqurlikda shudgorlandi va
tekislandi, tajribaning 1-variantida sho‘r yuvish uchun 10x20 m, jami 1000 m

2

gektar va

gektar oralig‘ida o‘q-ariqlar olindi.

Sho‘r yuvish dastlab A.Ye.Nerozin formulasi yordamida sho‘r yuvishning umumiy

nazariy me’yori quyidagicha aniqlandi.

M=(W

n

- W

f

)+

S

К

–A-n

Bunda: M - umumiy sho‘r yuvish me’yori, m

3

/ga.

W

n

- tuproqning chegaraviy dala nam sig‘imiga teng bo‘lgan suv miqdori, m

3/

ga.

W

f

– sho‘r yuvishdan oldingi tuproq tarkibidagi suv zaxirasi, m

3/

ga.

S – tuproq tarkibidan yuvilishi kerak bo‘lgan xlor-ioni miqdori, kg/ga.
K – sho‘r yuvish koyeffisiyenti (1 m

3

. suv bilan yuvilishi zarur bo‘lgan xlor-ioni)

kg/m

3

𝐒

К

– tuproqdan tuzlarni siqib chiqarish uchun zarur bo‘lgan suv hajmi, m

3/

ga

A – sho‘r yuvish davomida tushgan atmosfera yog‘inlari, m

3/

ga.

n – sho‘r yuvish

davomida bug‘lanishga sarflangan suv me’yori, m

3/

ga.

Tajriba maydonida poliz ekinlarining sug‘orish tartiblari:

Tajriba maydonida poliz

ekinlarini sug‘orish tartiblarini o‘rganishda har bir variantga o‘suv davrida oylar bo‘yicha
beriladigan sug‘orish soni, bir martalik sug‘orish me’yorlari, oylik sug‘orish me’yorlari,
mavsumiy sug‘orish me’yorlari, sho‘rlanishdan himoya qilingan va zovurlashtirilib
substratlarda yetishtirilgan poliz ekinlarining bir tup o‘simlik uchun sarflangan suv sarflari
o‘rganildi.

Nazariy sug‘orish me’yorlarini aniqlashda S.N.Rыjov formulasidan foydalanildi.
m=(w

pv

-w

f

)ˑhˑd+k

bunda: m- sug‘orish me’yori, m

3

/ga

w

pv

- tuproqni cheklangan dala nam sig‘imi, %

w

f

– tuproqning sug‘orishlardan oldingi namligi, %

h – tuproqning namlanish qatlam qalinligi, sm
d – tuproq qatlamining zichligi, g/sm

3


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

48

k – sug‘orish davomida bug‘lanishga sarflangan suv sarfi.

Tajribaning 1 va 2 variantlarida sug‘orish me’yorlarini aniqlashda 50-100 sm tuproq

qatlamining CHDNS miqdori (22,3%) hisobga olindi, sho‘rlanishdan himoyalangan 3, 4 va 5
variantlarda substratning to‘liq nam sig‘imi (32,3%) va himoyalangan qatlam chuqurligi 25-
30 sm hamda substratning zichligi (1,10 g/sm

3

) hisobga olindi.

Ushbu ma’lumotlarini ko‘rsatishicha tajribaning birinchi variantida ya’ni poliz ekinlarini

egatlab sug‘orishda mavsum davomida 3 marta sug‘orish o‘tqazilgan, bunda har galgi
sug‘orish me’yori 750-900 m

3

/ga.ni tashkil qildi.

Tajribaning 2-variantida (tomchilatib sug‘orish) butun o‘suv davri davomida ya’ni may-

avgust oylarida har oylik sug‘orish soni 15-20 martani, bir martalik sug‘orish me’yori 10,3-
20,0 m

3

/ga.ni oylik sug‘orish me’yori 150-300 m

3

/ga.dan o‘rtacha mavsumiy sug‘orish

me’yori esa 946 m

3

/ga.dan iborat bo‘ldi.

Tajribaning 3-variantida ya’ni plyonka paketlardagi substratlarda yetishtirilib,

tomchilatib sug‘orilganda bir martalik sug‘orish me’yori 6,2-10,4 m

3

/ga, oylik sug‘orish

me’yori 124-208 m

3

/ga, mavsumiy o‘rtacha sug‘orish me’yori 625 m

3

/ga bo‘ldi.

Tajribaning 4 va 5 variantlarida (sho‘rlanishdan tuvaklar va polietilin plyonka bilan

himoyalangan substratlarda yetishtirilgan va tomchilatib sug‘orish) oylik sug‘orish sonlari 15-
20 marta, bir galgi sug‘orish me’yorlari 6,2-12,5 m

3

/ga, oylik sug‘orish me’yorlari 186-250

m

3

/ga, o‘rtacha mavsumiy sug‘orish me’yorlari 882 m

3

/ga bo‘lganligi aniqlandi.

O‘rganilgan tajriba variantlarining mavsumiy suv sarflari o‘zaro taqqoslanganda egatlab

sug‘orishda mavsumiy sug‘orish uchun 2450 m

3

/ga (100%) suv sarflangan bo‘lsa tajribaning

2-variantida o‘rtacha 3 yilda 964 m

3

/ga yoki egatlab sug‘orishga nisbatan 62% suv tejalgan.

Tajribaning 3 variantida tejalgan suv 62 % ni, 4 va 5 variantlarida esa 64% suv

tejalganligi aniqlandi.

Xulosalar

1.

Tajriba maydoni tuprog‘i sug‘oriladigan o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z, qishloq

xo‘jaligi tarkibidan chiqarilgan kuchli sho‘rlangan va sho‘rxok, 1 m. qatlamdagi tuzlarning
miqdori quruq qoldiq bo‘yicha 2,184-2,523 %, xlor-ioni bo‘yicha 0,423-0,897 %, natriy -0,671
%, ES – ko‘rsatgichi bo‘yicha 3,0-4,35 dm/m bo‘lganligi aniqlandi.
2.

Tuproqning mexanik tarkibi bo‘yicha – o‘rta qumoq, haydalma qatlamdagi (0-30 sm)

gumus miqdori 0,591 %, harakatchan fosfor 10,4 mg/kg, almashinuvchan kaliy -915 mg/kg,
tuproqning zichligi 1 m. qatlamda 1,45 g/sm

3

, sizot suvlariniing joylashish chuqurligi 107-145

sm, minerallashganlik darajasi 9,5-14,3 g/l.ni tashkil qildi.

References:

1.

U.Norqulov “Tuproqni sho‘rini yuvishda suvni tejash tehnologiyalarining ilmiy va amaliy

asoslari” nomli Dsc dissertatsiyasi Toshkent-2018. 196, 197b.
2.

U.Norqulov. Sho‘r yerlarda yetishtiriladigan kuzgi bug‘doyni sug‘orish tartiblari. //Agro

ilm. – Toshkent, 2018–№3(53) – B. 77.
3.

Norqulov U. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlarida kuzgi bug‘doyni sug‘orishni

maqbul rejimlari // O‘zbekiston Mustaqilligi uning fani va texnologiyalarini rivojlantirish
kafolati: V Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi. 22-24 may 2001. Toshkent, 2001. 120-124
b.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

49

4.

Shirokova Yu.I., Paluashova G. K., Sadiyev F. F. Suvdan ratsional foydalanishda sho‘r

yuvishning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar. – Toshkent, 2019. – 25 b
5.

A.Axatov. Sho‘rtoblangan gidromorf tuproqlarda qo‘llaniladigan meliorantlarning

singdirish sig‘imi va singdirilgan asosdar tarkibiga ta’siri. Agro Ilm 2015. 6-son.51-b.

Библиографические ссылки

U.Norqulov “Tuproqni sho‘rini yuvishda suvni tejash tehnologiyalarining ilmiy va amaliy asoslari” nomli Dsc dissertatsiyasi Toshkent-2018. 196, 197b.

U.Norqulov. Sho‘r yerlarda yetishtiriladigan kuzgi bug‘doyni sug‘orish tartiblari. //Agro ilm. – Toshkent, 2018–№3(53) – B. 77.

Norqulov U. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlarida kuzgi bug‘doyni sug‘orishni maqbul rejimlari // O‘zbekiston Mustaqilligi uning fani va texnologiyalarini rivojlantirish kafolati: V Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi. 22-24 may 2001. Toshkent, 2001. 120-124 b.

Shirokova Yu.I., Paluashova G. K., Sadiyev F. F. Suvdan ratsional foydalanishda sho‘r yuvishning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar. – Toshkent, 2019. – 25 b

A.Axatov. Sho‘rtoblangan gidromorf tuproqlarda qo‘llaniladigan meliorantlarning singdirish sig‘imi va singdirilgan asosdar tarkibiga ta’siri. Agro Ilm 2015. 6-son.51-b.