ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
HARBIY NASHRLARNING QIZIL ARMIYAGA MAHALLIY AHOLINI JALB
QILISHDAGI G‘OYAVIY-MAFKURAVIY AHAMIYATI
Muxamadiyeva Laziza Nizomovna
Navoiy Davlat Pedagogika instituti
“Tarix” kafedrasi tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13268362
XX asrning 20-yillarida Turkiston mintaqasida bolsheviklar tomonidan tatbiq etilgan
mahalliylashtirish siyosati bu – davlat idoralariga mahalliy millat vakillarini jalb qilish hamda
ish yuritishni rus tili bilan parallel ravishda tub aholi tillarida olib borishni joriy qilinishi edi.
Sovet hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki yillarda milliy respublikalardagi boshqaruv
tizimiga yerli kadrlarning jalb etilmaganligi va mahalliy tillarda ish yuritilmaganligi sababli
qator muammolar yuzaga kelgan. Mazkur muammolarning oldini olish maqsadida
bolsheviklar tomonidan davlat idoralarini mahalliy aholiga yaqinlashtirish rejasi hisoblangan
“mahalliylashtirish” siyosati hayotga tadbiq etilgan. Bu davrda kommunistik mafkuraga
xizmat qiladigan mahalliy kadrlarga ehtiyoj tug‘ilganligi sababli tub aholidan kommunistlar
tayyorlash va ularga o‘z ona tilida ta’lim olishi hamda ish yuritishiga ruxsat berildi. Davlat
idoralarini mahalliylashtirishning nazariy asoslari ilk marotaba RKP (b)ning 1921-yil martida
bo‘lgan X syezdida ilgari surilib, unda sovet qurilishiga mahalliy kadrlarni tortish, boshqaruv
organlarida milliy vakilliklarni kengaytirish, milliy kamsitishning ekstremistik shakllariga
qarshi kurashish haqida ko‘rsatmalar berilgan
1
.
1923-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan RKP (b)ning XII syezdida ham mahalliy millat
vakillaridan “milliy kommunistlar” tayyorlash, to‘garaklar tashkil etish, partiyaning tarbiyaviy
ishlarini kuchaytirish, har bir xalqning ona tilida adabiyotlar chop ettirish va ish yuritishni
mahalliy tillarda olib borishga qaror qilingan. Mazkur syezdda RSFSR Milliy ishlar xalq
komissari I.V.Stalin o‘zining “Partiya va davlat qurilishida milliy momentlar” mavzusidagi
tezisida davlat idoralarini mahalliylashtirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tgan.
Turkiston
o‘lkasida yerli aholini sovet idoralariga keng jalb qilish ishlariga Turkkomissiya va Turkiston
milliy ishlar bo‘yicha xalq komissarligi mas’ul bo‘lgan. 1918-yili tashkil topgan Turkiston
milliy ishlar bo‘yicha xalq komissarligiga S.Ashurxo‘jayev tayinlangan. Ayni paytda uning
1918-yil 31-iyuldagi buyrug‘iga binoan, BMIQ ning 1918-yil 17-iyulda yuborgan
radiogrammasi asosida, 1918-yilning kuziga kelganda Turkistonning 5 ta viloyat va 27 ta
uyezdida o‘lka milliy ishlar XK ning milliy bo‘limlari tashkil topgan. Joylarda milliy
bo‘limlarning aksariyatini o‘sha nomdagi millat vakili boshqargan
2
.
Tajribali xodimlar yetishmagani va shuningdek, Markaz bilan muntazam aloqalar
yo‘qligi sababli Turkiston Milliy ishlar XKning tashkiliy tuzilmasi 1918-yil noyabrgacha davom
etgan. Shu sababdan ham Milliy ishlar komissarligi Nizomining 1919-yilgi variantida
komissarlik qoshida nashriyot, targ‘ibot-tashviqotchilik, statistik, vaqf bo‘limlaridan tashqari,
turli millatlarni o‘z ichiga olgan: o‘zbek, tojik, turkman, qirg‘iz, tatar, ukrain, yahudiy, arman
va boshqa seksiya (bo‘lim)lar tashkil topdi. Agar komissarlik qoshida 1918-1919 yillarda
barcha millatlar seksiya-bo‘lim deb yuritilgan bo‘lsa, 1921-1922 yillariga kelganda, faqat
ularning 3 tasiga: o‘zbek, qirg‘iz, turkmanlar bo‘limi, qolgan millatlarniki esa umumlashgan
1
Рашидов О. Ўзбекистонда совет ҳокимиятининг миллий сиёсатида давлат идораларининг
маҳаллийлаштирилиши (1918–1933 йй.) – Б. 11.
2
O'z MA, R-36-fond, 1-ro'yxat, 15-ish, 39-varaq.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
37
holda Milliy ozchilik bo‘limi nomi bilan yuritilgan. Milliy ozchilik bo‘limida quyidagi seksiyalar
bo‘lgan: ular tojik, tatar, eron ozarbayjon, dungan, taranchi, latish, polyak-litov, ukrain, arman,
koreys, yahudiy, nemis kabi millat nomlari bilan yuritilgan
3
. Yuqorida qayd etilgan seksiyalar
doimiylik xususiyatiga ega bo‘lmay, ular qayta tuzilishi, qo‘shilishi, yangi nom olishi va hatto
shuni taqozo etsa, butunlay bekor ham qilingan. Komissarlik o‘z tarkibidagi bo‘lim va
seksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib turishi, millatlar rivojlanish bosqichining turli
darajalariga e’tibor qaratib borishi kerak edi. Ammo komissarlik Nizomi davr talabi: o‘lkada
kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy jarayonlarda millatlar haq-
huquqi, manfaatiga javob bermasligi aniq bo‘lib qoldi.
“Mahalliylashtirish” harakatlari Qizil Armiyaning Turkistonda joylashgan qismlarida
ham faol amalga oshirila boshlandi. Bu jarayonga Turkkomissiya, Turkfront va mahalliy
rahbarlar mas’ul etib belgilandi.
Turkistondagi bolshevistik davlat apparatida mahalliylashtirish ishini samarali tashkil
etish borasida qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. 1923-yilning 5-yanvarida
Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Komitetining 3-raqamli va 29-avgustdagi 130-raqamli
hamda shu yilning 15-avgustida Turkiston XKSning qabul qilgan 124-sonli qarorlari shular
jumlasidandir. Turkiston ASSRda ish yuritishni mahalliy tillarga o‘tkazishni boshlash va
boshqaruvda mahalliy kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida 1923-yilning 15-
avgustida “Markaziy mahalliylashtirish komissiyasi” deb nomlangan maxsus komissiya ta’sis
etilgan
4
. Ushbu komissiya vazifa va vakolatlariga ish yuritishni mahalliy tillarda olib borishni
nazorat qilish, boshqaruvga yerlik aholini jalb qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish,
huquqiy-me’yoriy hujjatlar tizimini ishlab chiqish belgilangan. Biroq respublikada
mahalliylashtirish ishlarining olib borilishi yevropa millatiga mansub xodimlar tomonidan
yaxshi qabul qilinmagan.
1923-yil 29-avgustda qabul qilingan Turkiston ASSR MIQning 130-qarori 14 ta
moddadan iborat bo‘lib, unda barcha dekret va qarorlar albatta rus, o‘zbek, turkman hamda
qirg‘iz tillarida nashr etilishi belgilab qo‘yildi
5
.
Qizil Armiyaga Turkiston xalqlarini jalb qilish ishlari bo‘yicha keng miqyosdagi targ‘ibot-
tashviqot kompaniyasi 1920-yil yanvarda bo‘lib o‘tgan Kommunistik partiyaning V o‘lka
konferensiyasidan keyin boshlandi. Unda so‘zga chiqqan bolshevik V.Kuybeshiv tub joy aholi
orasidan ko‘ngililarni armiya saflariga jalb qilish uchun zudlik bilan keng targ‘ibot ishlarini
boshlash kerakligini ta’kidlab o‘tdi
6
. Siyosiy boshqarmaning 1920-yil fevralda chiqargan shu
mazmundagi xati joylardagi harbiy bo‘linmalarga yetkazilgan. Harbiy bo‘linmalar shu asosda
tashviqot ishlarini boshlagan. Bundan tashqari Kraykomning 1920-yil 5-mayda bo‘lib o‘tgan
yig‘ilishi qarori ham armiya qismlarini mahalliylashtirish ishlarida muhim huquqiy asos bo‘lib
xizmat qilgan.
Qizil Armiyaning Turkiston hududidagi qismlariga tub aholini jalb qilish vazifasida
shubhasiz, harbiy matbuot katta o‘ringa ega edi. Shundan kelib chiqib harbiy nashrlar
sahifalarida Qizil Armiya ko‘klarga ko‘tarilgan maqolalar joylarda keng muhokama qilindi.
3
Наша газета. 8 февраля, 1919 г.
4
Рашидов О.Р. Ўзбекистонда совет бошқаруви структурасидаги кадларни маҳаллийлаштириш сиёсатининг
айрим жиҳатлари // Ўзбекистон тарихи. – Тошкент, 2017. – №1. – Б.27.
5
O'z MA, R-17-fond, 1-ro'yxat, 367-ish, 71-varaq.
6
Известия ТуркЦИКА. – № 19. 28 января, 1920 г.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
38
Albatta, harbiy nashrlar tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ma’lum
darajada o‘zining samarasini ham bergan. Jumladan, fevral oyida 95 kishi armiyada xizmat
qilish istagini bildirgan
7
. Biroq ular katta ehtimol bilan qizil askarlar uchun belgilangan
imtiyozlardan foydalanish maqsadida sovet armiyasi safiga qo‘shilishgan.
Harbiy nashrlar mahalliy yoshlarni instruktorlik kurslariga jalb qilishga harakat qilgan.
Bunday ishlar ko‘proq Farg‘ona vodiysida xususan, Qo‘qon, Andijon, Marg‘ilon shaharlarida
o‘tkazildi.
Targ‘ibot-tashviqot ishlarida harbiy nashrlar siyosiy xodimlar bilan hamkorlikda faoliyat
yuritgan. Ular Sharq xalqlarini ingliz intervensiyasidan ozod qilish uchun mahalliy aholini
hamkorlikda ish ko‘rishga chaqirgan. Bunday chaqiriq va davatlar ham mahalliy aholini sovet
armiyasi saflariga jalb qilish uchun bir yo‘l edi.
Harbiy nashrlarda qizil askarlarning burchi va vazifasini eslatuvchi, ularning “proletariat
diktaturasi”ga sidqidildan xizmat qilishi kerakligi, harbiy ishga bor diqqat-e’tiborini qaratish
lozimligini uqtirgan materiallar ham bosilgan. Bu mazmundagi maqolalarning mahalliy aholi
orasida tashviq qilinishi, ularda “proletariat diktaturasi” bo‘yicha tushunchalarini
shakllantirishi lozim edi.
Qizil Armiyaga mahalliy aholini jalb qilish maqsadida harbiy matbuot turli usul va
yo‘llardan foydalangan. Ulardan biri joylarda Kommunistik partiya vakillari ishtirokida
yig‘ilish va mitinglar o‘tkazish edi. Mitinglarda partiya yetakchilari otashin nutqlar so‘zlab,
“hozirgi sharoitda qaysi millat ekanligidan qat’iy nazar umumiy maqsad yo‘lida birlashish
kerakligi”ni takrorlashgan. Shu mazmundagi material va maqolalarni ko‘pgina harbiy
nashrlarda uchratish mumkin. “Бой за коммунизм” (23-son), “Правда” (73-son),
“Пролетарская мысл” (46-son) gazetalari shular jumlasidan.
Bundan kelib chiqadiki, Turkistondagi barcha harbiy nashrlar mahalliy aholini sovet
armiyasiga jalb qilish uchun yuqoridagi yo‘ldan foydalanishgan. Bolsheviklar shu yo‘l bilan
Turkistonda o‘z hokimiyatini qo‘llab-quvvatlaydiganlar sonini ham oshirishga harakat qilgan.
Bolsheviklarning Turkistonda Qizil Armiyaga mahalliy aholini jalb qilishdagi targ‘ibot
kompaniyasiga harbiy gazetalardan tashqari jurnallar ham jalb qilindi. Xususan,
“Коммунистической мысл”ning birinchi sonidayoq bosilgan “Qizil Armiyaning
Turkistondagi vazifalari” nomli maqolasida “o‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar va turkmanlar
barchangiz qizil bayroq ostidagi mehnatkashlar qo‘shiniga birlashing. Buning barchasi sizning
ozodligingiz va farovonligingiz uchun
8
” – degan da’vat ohangidagi chaqiriq o‘rin olgan. Keyingi
sahifada Boris Lavrenev ismli shoirning “Ikki yil” nomli she’ri “Mening sevimli Qizil Armiyam”
nomli sarlavha ostida bosilgan.
Bulardan ko‘rinadi 1920-yillarda bolsheviklar o‘z armiyasi saflarini mahalliy aholi
hisobiga to‘ldirishga zo‘r berib harakat qilgan.
Harbiy nashrlar mahalliy aholini jalb qilish maqsadida Qizil Armiyaning ichki hayotini,
undagi imtiyozlarni ko‘proq ko‘rsatishga harakat qildi. Bu holatni “Коммунистической
мысл”ning 2-3 sonlarida nashr qilingan maqolallarda ham ko‘rish mumkin. Ularda asosan
kommunistcha tarbiyaga asosiy urg‘u beriladi. Bu haqda bir maqolada shunday deyiladi:
“Tarbiyaviy harakterdagi bilimlar Qizil Armiyada juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan”. Bu jihat ham
qaysidir ma’noda o‘lka aholisini sovet armiyasiga jalb qilishga xizmat qilgan.
7
Набат революции. – № 25. 15 февраля, 1920 г.
8
Коммунистической мысл. – № 1. 1920 г.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
39
Qizil Armiyaning dunyodagi eng kuchli va intizomli armiya ekanligi, armiyaning turli
frontlarda qozongan g‘alabalari, Turkomissiya faoliyati, sovetlarning milliy siyosati barcha
gazeta va jurnallarda tinimsiz yoritib borilib, doimiy ravishda harbiy qismlar va joylarga
yetkazilib turildi.
Turkfront harbiy-inqilobiy kengashining 1920-yil 7-maydagi qarori harakatdagi armiya
saflariga mahalliy millat vakillarini kengroq jalb qilishni ko‘zda tutar edi. Qaror Turkiston
mahalliy aholisi hamda yaqinda kelgan yevropalik aholi vakillarini hozirgi sharoitdan kelib
chiqib, iqtisodiy va harbiy tartibni ta’minlash maqsadida Qizil Armiya saflariga jalb qilishni
ko‘zda tutar edi. Shundan kelib chiqib, hududlarda mobilizatsiya punktlari tashkil qilindi.
1920-yil iyun oyida interventchilar havfining kuchayishi bolsheviklarga o‘z armiyasini
mahalliy aholi hisobiga to‘ldirishni yanada tezlashtirishga majbur qildi.
Ko‘rinib turibdiki, XX asrning 20-yillarida Turkiston o‘lkasida milliy istiqlolchilik
harakatlari kuchaygandan so‘ng bolsheviklar sovet harbiy nashrlaridagi targ‘ibot-tashviqot
ishlarini yanada jadallashtirgan. Bu davrda mahalliy aholini Qizil qo‘shinlar safiga chorlash
harbiy nashrlarning asosiy mavzusi edi.
Bolshevistik harbiy nashrlar mahalliy aholini o‘z tarafiga og‘dirish, o‘lkada davom
etayotgan milliy-ozodlik harakatlarini sustlashtirish maqsadida sovetlar tomonidan
uyushtirilgan miting va yig‘ilishlarda qatnashgan mahalliy aholi sonini orttirib ko‘rsatadi.
Bunga bir qancha misollarni keltirish mumkin. Jumladan, “Пролетарская мысл” gazetasini
olaylik. Uning 1920-yildagi 105-sonida sovetlar tomonidan Qo‘qonning eski shahar
mahallasida o‘tkazilgan yig‘ilishda minglab musulmonlar qatnashganligi, 108-sonda Konjar
qishlog‘idagi mitingda ming nafar, 112-sonda 1920-yil 18-iyulda Toshkentning eski shahar
qismidagi mitingda 30 ming nafar, 118-sonda eski Marg‘ilondagi mitingda 2 ming nafar
mahalliy aholi ishtirok etganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Harbiy nashrlar yetakchiligida olib borilgan mahalliy aholini Qizil Armiya saflariga jalb
qilish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘zining kutilgan samarasini bermagandan so‘ng
bolsheviklar bu ishni amalga oshirishda ancha “sinalgan” yo‘llardan foydalanishdi ya’ni
majburlov choralarini qo‘llay boshlagan. Buni Farg‘ona oblrevkomining 1920-yil avgustdagi
axboroti ham tasdiqlaydi. Axborotda mobilizatsiya to‘g‘risida dekret “bosmachilar”ning
harakatlari natijasida mahalliy aholini Qizil Armiya saflariga jalb qilishda deyarli samara
bermayotganligi, shu boisdan jarayonni to‘la amalga oshirishda boshqa choralar ko‘rish
kerakligi aytib o‘tiladi
9
.
Vaziyatdan kelib chiqib, bolsheviklar majburiy ravishda mahalliy aholini o‘z armiyasi
saflariga jalb qila boshlaydi. Shunday bo‘lsa-da aholining katta qismi Sovet armiyasida xizmat
qilmaslik uchun bor harakatlarini sarflaydi. Mahalliy aholining bunday xatti-harakatlarini
oldini olish maqsadida M.V.Frunzening maxsus buyrug‘i chiqariladi. Unga ko‘ra armiyaga
chaqiruvlardan bo‘yin tovlagan har bir shaxs qattiq jazolanishi belgilab qo‘yiladi. O‘rnida
aytish kerak, bu buyruq harbiy nashrlar orqali keng targ‘ib qilinadi. Bundan ko‘zlangan
maqsad esa mahalliy aholi orasida qo‘rquv va vahima uyg‘otib, Qizil Armiyaga ko‘proq
odamlarni jalb qilish edi. Harbiy nashrlarning bunday targ‘iboti qisman samara ham
berganligini aytib o‘tish kerak. Xususan, Farg‘ona viloyatidan 1920-yil sentyabrga qadar 9350
9
O'z MA, R-17-fond, 1-ro'yxat, 156-ish, 335-varaq.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
40
nafar aholi armiyaga jalb qilinishi belgilangan bo‘lsa, amalda ularning soni 9642 nafarni
tashkil etgan
10
.
Umuman olganda, mahalliy aholini Qizil armiya saflariga jalb qilish ishlaridagi
targ‘ibot-tashviqot masalalarida harbiy nashrlar alohida o‘rin tutdi. Biroq bolsheviklarning
harbiy nashrlar vositasida mahalliy aholini o‘z armiyasi saflariga jalb qilish ishlari kutilgan
samarani bermadi.
References:
1.
O'z MA, R-17-fond, 1-ro'yxat, 156-ish, 335-varaq.
2.
O'z MA, R-36-fond, 1-ro'yxat, 15-ish, 39-varaq
3.
O'z MA, R-17-fond, 1-ro'yxat, 367-ish, 71-varaq.
4.
Наша газета. 8 февраля, 1919 г.
5.
Известия ТуркЦИКА. – № 19. 28 января, 1920 г.
6.
Набат революции. – № 25. 15 февраля, 1920 г.
7.
Коммунистической мысл. – № 1. 1920 г.
8.
Амонжолов К. Национальные формирования Красной Армии в Средней Азии и
Казахстане (1918-1920 гг.): Автореф. дисс. канд. ист. наук. – Алма-Ата, 1973. – С. 14.
9.
Рашидов О. Ўзбекистонда совет ҳокимиятининг миллий сиёсатида давлат
идораларининг маҳаллийлаштирилиши (1918–1933 йй.)
10
Амонжолов К. Национальные формирования Красной Армии в Средней Азии и Казахстане (1918-1920 гг.):
Автореф. дисс. канд. ист. наук. – Алма-Ата, 1973. – С. 14.