Авторы

  • Doniyor Yokubjanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46438

Ключевые слова:

“yashil” iqtisodiyot strategiya barqaror iqtisodiy o‘sish past uglerodli rivojlanish iqlim o‘zgarishi Orol dengizining qurishi issiqxona gazlari emissiyasi.

Аннотация

Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasining maqsad va vazifalari hamda mamlakatimizda strategiyani amalga oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganilib, tahlil qilishga bag’ishlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

26

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISH

STRATEGIYASI: MAQSAD VA VAZIFALAR

Yokubjanov Doniyor Islom o‘g‘li

https://doi.org/10.5281/zenodo.13268043

Annotatsiya:

Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish

strategiyasining maqsad va vazifalari hamda mamlakatimizda strategiyani amalga oshirish
borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganilib, tahlil qilishga bag’ishlanadi.

Kalit so‘zlar: “

yashil” iqtisodiyot, strategiya, barqaror iqtisodiy o‘sish, past uglerodli

rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, Orol dengizining qurishi, issiqxona gazlari emissiyasi.


KIRISH

Yaqinda O‘zbekistonning ko‘plab hududlari, jumladan, Toshkent, 150 yillik ro‘yxatga

olingan tarixdagi eng kuchli, misli ko‘rilmagan qum-chang bo‘ronini boshdan kechirdi.
O‘shanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev qum-chang bo‘roni
O‘zbekiston duch kelayotgan ekologik muammolar salbiy taʼsiri kuchayib borayotganining
aniq dalili bo‘lganini va bu “yashil” iqtisodiyotga o‘tish zarurati yaqqol namoyon bo‘lganini
taʼkidlagan edi. Energiya ishlab chiqarishning “yashil” shakllariga o‘tishni keyinga surish
eskirgan texnologiyalarning to‘xtashi va investitsiyalarning to‘sib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi
mumkin, undan voz kechish qimmatga tushadi va mamlakatni eksport bozorlaridan yopib
qo‘yishi mumkin.

Mavjud muammolarni hal etish uchun iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga iqtisodiyotning

barcha tarmoqlarida kam uglerod sarflash orqali rivojlanish va resurslarni tejash, samarali va
ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, shu bilan birga, barqaror qishloq xo‘jaligiga
yo‘naltirilgan “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali tabiiy va energiya
resurslaridan foydalanish usullarini tubdan o‘zgartirish talab etiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

So‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida O‘zbekiston va jahondagi atrof-muhit

muammolari sababli “yashil” iqtisodiyot hamda O‘zbekiston Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotga o‘tishi

bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi hamda adabiyotlar yaratildi. Bundan

tashqari, davlatimiz rahbari tomonidan “yashil” texnologiyalardan foydalanish hamda “yashil”
iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha ko‘plab qaror, farmon va farmoyishlar imzolandi.

Rivojlanish va ehtiyojlarni qondirish uchun sezilarli miqdordagi uglevodorodlarni talab

etuvchi jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy sohaning joriy holati o‘zgartirilmasa 2050-yilda 2030-
yilga nisbatan insoniyat 5 mln. kishini yo‘qotishi mumkin (UNEP, 2015). Cheklangan
resurslardan oqilona foydalanish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, “sof
texnologiyalar”ga nisbatan innovatsion yondashishni kuchaytirish, “yashil iqtisodiyot”ni
shakllantirish muammolari xalqaro iqtisodiy, ekologik, investision forumlarda muntazam
ravishda muhokama etib kelinmoqda. Resurslardan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy
o‘sishni ta’minlashning jahon tajribasi ko‘rsatishicha, ushbu jarayon uzoq muddatli davr, katta
miqdorda investisiyalarni talab etishi, ustuvor e’tibor tiklanadigan energiya manbalaridan
samarali foydalanish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilganligi
bilan ajralib turadi (A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiev va boshqalar, 2020). O‘zbekiston butun
mamlakat aholisini uzoq muddatli jarayonga jalb etgan holda iqtisodiyotning uglerod sarfini
kamaytirish va tabiatdan foydalanishni barqaror rivojlantirishni ko‘zlamoqda (O‘zbekistonda


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

27

“Yashil” O‘sish va Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha Siyosiy Muloqotlar Turkumi: Ishlar To‘plami,
2022).

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Mavzu doirasida avval amalga oshirilgan tadqiqotlarni tahlil qilib biz o‘rganishimiz,

yесhim topishimiz kеrak bo‘lgan savollarni aniqlab oldik. Yig‘ilgan ma’lumotlarni tanlagan
tadqiqot usullarimiz hamda tahliliy uslublarimiz orqali сhuqur tahlilini amalga oshiramiz.
Tadqiqot natijalarimizdan ko‘zlagan samarani olishimiz uсhun, albatta tadqiqot mavzusi
doirasida yеtarliсha sifat va miqdoriy ma’lumotlar to‘plashimizga to‘g‘ri keladi.

Qazib olinadigan yoqilg‘iga asoslangan og‘ir energiya balansi, energiya ko‘p talab

qiluvchi sanoat sektori hamda barcha tarmoqlar bo‘yicha past energo-samaradorlik sababli
(samarasiz uy-joy fondi energiyaga bog‘liq issiqxona gazlari emissiyasining deyarli yarmini
tashkil qiladi) hozirgi paytda mamlakat iqtisodiyoti issiqxona gazlari emissiyasi intensivligiga
ko‘ra dunyoda beshinchi o‘rinda, Yevropa va Markaziy Osiyoda esa eng oldinda turadi.

1

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari singari O‘zbekiston ham iqlim o

zgarishlariga

o‘ta ta’sirchan. O

zgaruvchan iqlim uning tabiiy kapitali, qishloq xo‘jaligi, yer va suv

unumdorligiga tahdid soladi hamda tabiiy ofatlar xavfini oshiradi. O‘zbekiston iqlim
o

zgarishiga zaiflik bo

yicha 191 mamlakat orasida 96-o

rinni egallaydi (ND-GAIN 2019). U

zilzilalar va toshqinlarga moyil; har yili o

rtacha hisobda 1,4 million kishi ulardan jabrlanadi

hamda deyarli 3 milliard AQSh dollari miqdorida ziyon ko

riladi. Tadqiqotlar

2

shuni

ko

rsatadiki, Markaziy Osiyo mintaqasidagi rivojlanish muammolarining qariyb 70 foizi

chuchuk suv bilan bog

liq. Jahon Resurslari Instituti maʼlumotlariga

3

, ko

ra, O

zbekiston suv

tanqisligi taʼsiriga eng ko‘p duchor bo

lgan 25 ta davlat safiga kiradi va iqlim o

zgarishi suv

tanqisligini yanada kuchaytiradi. O

tkir suv tanqisligi va yerlarning degradatsiyasi qishloq

xo

jaligi hosildorligiga hamda oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.

NATIJALAR

Glazgoda o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha

doiraviy Konventsiyasi (BMT IO‘DK) Tomonlar Konferensiyasida (TK-26) O‘zbekiston
hukumati 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlari
emissiyasini 2010-yildagi darajaga nisbatan 35 foizga qisqartirish bo‘yicha zalvorli maqsadini
eʼlon qildi. Bu rejani amalga oshirish maqsadida keyingi besh yil davomida bir qancha
strategik hujjat va qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Ular orasida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil oktabr oyidagi PQ-4477 qarori bilan 2019–2030-
yillarda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha Milliy strategiya ma’qullandi va “Yashil”
iqtisodiyot bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etildi.

Strategiyaning asosiy maqsadi mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy

islohotlarga “yashil” iqtisodiyot tamoyillarni integratsiya qilish yordamida ijtimoiy
rivojlanishga, issiqxona gazlarining ajratmalari darajasini kamaytirishga, iqlim va ekologiya
barqarorligini ta’minlovchi mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishishdan iborat.

1

Yoqilg‘i-energetika kompleksi mamlakat k. a. emissiyasining 9/10 qismini tashkil etadi (2014-yilgi ma’lumot),

issiqxona gazlari emissiyasi Faktlar jadvali: O‘zbekiston.

https://www.climatelinks.org/resources/greenhouse-gas-

emissions-factsheet-uzbekistan,

Jahon resurslari instituti Iqlimni tahlil qilish ko‘rsatkichlari vositasi (WRI CAIT)

ma’lumotlar bazasi asosida

2

Berndtsson, R. va Tussupova, K. 2020. “The Future of Water Management in Central Asia.” Suv 12 No. 8: 2241.

https://doi.org/10.3390/

w12082241

3

Jahon

resurslari

institutining

Aqueduct

tools

ma’lumotlariga

ko‘ra.

https://www.wri.org/insights/17-countries-home-one-quarter-worlds-population-face-extremely-high-water-stress


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

28

Strategiya maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish talab

etiladi:
1)

texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali

iqtisodiyotning energiya samaradorligini yaxshilash hamda tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish;
2)

davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlariga yetuk xalqaro

standartlarga asoslangan “yashil” mezonlarni kiritish;
3)

davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlarini, davlat-xususiy sherikligini

rivojlantirish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni oshirish orqali “yashil”
iqtisodiyotga o‘tish yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga
yordamlashish;
4)

ta’limga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va

ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni o‘stirish hisobiga “yashil” iqtisodiyotdagi mehnat
bozori bilan bog‘liq kadrlarni yetishtirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
5)

Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini ko‘rish;

6)

“yashil” iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama

shartnomalar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari:
1.

Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini yaxshilash;

2.

Energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya

manbalaridan foydalanishni o‘stirish;
3.

Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan

foydalanish samaradorligini oshirish hamda tabiiy ekotizimlarni asrash;
4.

“Yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini

yaratish.

1-jadval
2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil”

o‘sishni ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar

4

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov

birligi

2022-

yil

2024-

yil

2026-

yil

2028-

yil

2030-

yil

1.

Yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri

keladigan energiya hajmini

kamaytirish

(2021-yilga nisbatan)

%

5,0

14,0

22,0

27,0

30,0

2.

Sanoatda elektr energiyasi iste’moli,

umumiy iste’moldagi ulushi

%

26,0

25,0

23,0

21,0

20,0

3.

Qayta tiklanuvchi energiya

manbalarining elektr energiyasini ishlab

chiqarish umumiy hajmidagi ulushini

kengaytirish

(gidroenergetika bilan

birga)

%

8,0

9,0

24,3

29,0

30,5

kVt/s

6,5

8,6

25,0

34,0

40,7

4.

Kichik quvvatli quyosh fotoelektr

MVt

10,0 150,0 400,0 800,0 1500,0

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining

“yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
436-son

qaroriga

ilova


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

29

stansiyalarini qurish

5.

Yaxshilangan ichimlik suv manbalaridan

foydalanish imkoniyatiga ega aholi, jami

aholi soniga nisbatan

%

69,7 80,93 87,12 88,5 90,0

6.

O‘rmon fondi hududlarida daraxt va

butalar zaxiralarini ko‘paytirish

mln.m

3

64,2 68,1 77,0 85,5 92,3

7.

“Yashil makon” loyihasi doirasida

shaharlardagi yashil maydonlarni

kengaytirish

(aholi punktining umumiy

maydoniga nisbatan)

%

8,3

12,4 15,8 23,8 30,0

8.

Hosil bo‘ladigan qattiq maishiy

chiqindilarni qayta ishlash darajasi

%

30,0 40,0 50,0 60,0 65,0


Yuqoridagi jadvalda ko‘rishimiz mumkinki (1-jadval), 2030-yilga qadar yalpi ichki

mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfini 30%ga kamaytirish, umumiy quvvati 1500
MVtga teng kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish, o‘rmon fondi hududlarida
daraxt va butalar zaxiralarini 92,3 mln.m

3

ga

ko‘paytirish hamda “yashil makon” loyihasi

doirasida shaharlardagi yashil maydonlarni 30%ga kengaytirish kabi ishlarni amalga oshirish
rejalashtirilgan.

XULOSA VA MUNOZARA

Hozirgi kunda O‘zbekiston o‘zining bugungi rivojlanish modeli bo‘yicha o‘sish

chegaralarini yengib o‘tish hamda iqlim va ekologiyaga e’tiborli bo‘lib borayotgan jahon
bozorida raqobatbardoshlikni mustahkamlash yo‘lidagi o‘ziga xos imkoniyatni yaxshi
tushunadi. Mamlakat tarkibiy islohotlarning jadallashuviga asoslangan holda, o‘z iqtisodiyoti,
odamlar va sayyoramiz uchun rivojlanayotgan sohalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan
birga tabiiy resurslardan Moslashuvchan, Inklyuziv, Barqaror va Samarador (MIBS)
foydalanishga asoslangan kam uglerodli va iqlimga chidamli “yashil” o‘sish modeli sari yo‘lni
belgilashga intilmoqda. Biroq, yanada barqaror va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun
mamlakat mavjud ekologik muammolar hamda iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradigan boshqa
xavf omillari ustida ishlashi kerak.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019 — 2030-yillar

davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qaroriga 1-ilova
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha

O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son

qaroriga

1-ilova

3.

UNEP. (2015), Publication UNEP. United Nations Environment Program.

http://www.unep.org/climatechange/
4.

“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Jahon banki, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi, 2022-yil. O‘zbekistonda “Yashil”
O‘sish va Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha Siyosiy Muloqotlar Turkumi: Ishlar To‘plami. Jahon banki:
Washington D.C.”


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

30

5.

Berndtsson, R. va Tussupova, K. 2020. “The Future of Water Management in Central

Asia.” Suv 12 No. 8: 2241.

https://doi.org/10.3390/w12082241

6.

Yashil iqtisodiyot: Darslik. /A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiev va boshqalar. –Toshkent.:

“Universitet”, 2020. -262 b.
7.

www.worldbank.org - Jahon bankining rasmiy ma’lumotlari

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qaroriga 1-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qaroriga 1-ilova

UNEP. (2015), Publication UNEP. United Nations Environment Program. http://www.unep.org/climatechange/

“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Jahon banki, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi, 2022-yil. O‘zbekistonda “Yashil” O‘sish va Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha Siyosiy Muloqotlar Turkumi: Ishlar To‘plami. Jahon banki: Washington D.C.”

Berndtsson, R. va Tussupova, K. 2020. “The Future of Water Management in Central Asia.” Suv 12 No. 8: 2241. https://doi.org/10.3390/w12082241

Yashil iqtisodiyot: Darslik. /A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiev va boshqalar. –Toshkent.: “Universitet”, 2020. -262 b.

www.worldbank.org - Jahon bankining rasmiy ma’lumotlari