ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
13
XX ASRDA QASHQADARYO VOHASI AHOLISINING ETNODEMOGRAFIK
HOLATINI OʻRGANILISHI VA TADQIQ ETILISHI
F.Sh.Salayev
Tarix fani oʻqituvchisi, Toshkent shahar Yunusobod tumani
96-sonli maktab, +998 97 386 95 55
https://doi.org/10.5281/zenodo.13268017
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XX asrda Qashqadaryo vohasi aholisining
etnodemografik holatini olimlar va soha mutaxassislar tomonidan oʻrganilishi va tadqiq
etilishi yoritilgan. Maqolada voha aholisining demografik holati va etnik tarkibining
oʻrganilishi va tadqiq etilishi doir XX asrdagi ilmiy tadqiqotlar va asarlar tahlili hamda
Oʻzbekiston mustaqilligi davrida yaratilgan asarlar, ilmiy va nazariy tadqiqotlar tahlil
qilingan.
Kalit soʻzlar:
Oʻrta Osiyo, Janubiy Oʻzbekiston, Qashqadaryo vohasi, Sharqiy Buxoro,
etnodemografik jarayonlar, aholi roʻyxati, oʻzbek urugʻlari, Yuqori Qashaqadaryo vohasi,
demografik holat.
Etnik tarix va etnik tarkib masalalarini oʻrganish etnologiya fanining dolzarb
muammolaridan hisoblanadi. Oʻzbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi
masalalarining oʻrganilishiga tarixshunoslik tadqiqotlarida umumiy darajada yetarli e’tibor
qaratilgan. Lekin biz yoritishimiz kerak boʻlgan XX asrdagi Oʻzbekistondagi etnodemografik
holat ya’ni XX asrdagi oʻzbek xalqining etnik tarkibi yetarli darajada oʻrganilmaganli bilan
ajralib turadi. Aynan Oʻzbekistonda XX asrdagi etnodemografik jarayonlarni Qashqadaryo
viloyati misolida oʻrganar ekanmiz, voha aholisining shu davrga oid etnik tarkibi, etnoslar
orasidagi munosabatlari, etnik va demografik jarayonlarni bir qancha tadqiqotlar, asarlar,
ilmiy ishlar, ilmiy izlanishlar hamda shu davr mobaynida oʻtkazilgan aholi roʻyxatlari
ma’lumotlari orqali bilib olishimiz mumkin. Tarixiy manba va adabiyotlarda voha aholisi etnik
tarkibi va tarixini yoritilishi tarixshunoslik nuqtai-nazaridan quyidagi ikki guruhga boʻlib,
tahlil qilinishi maqsadga muvofiq deb topsak boʻladi:
1.
XX asrdagi ilmiy tadqiqotlar va asarlar.
2.
Oʻzbekiston mustaqilligi davrida yaratilgan asarlar, ilmiy va nazariy tadqiqotlar.
Birinchidan, voha aholisining oʻrganilayotgan davrdagi etnodemografik holatini
oʻrganish hamda tadqiq etish uchun tarixiy manba, ilmiy asarlar va ilmiy tadqiqot ishlaridan
oʻrinli foydalanish muhimdir. Bundan tashqari XX asr davomida oʻtkazilgan aholi roʻyxati
ma’lumotlari ham mavzuni yoritib berish uchun yana bir ahamiyatli manba boʻlib xizmat
qiladi.
XX asrning birinchi choragidan boshlab Oʻrta Osiyo xalqlari, xususan Janubiy Oʻzbekiston
etnografiyasini oʻrganish borasida kundaliklar, statistik xarakterdagi adabiyotlar bilan
birgalikda bir qator ilmiy asosdagi tadqiqotlar ham amalga oshirila boshladi. Jumladan
A.A.Semyonov,
A.Senesarev,
N.F.Sitnyakovskiy,
D.N.Logofet,
S.Neustruev
kabi
tadqiqotchilarning etnografik materiallarga boy asarlari XX asr boshlarida oʻzbeklarning
etnik tarkibi haqida muhim ma’lumotlarni beradi. Bu tadqiqotchilar ichidan Buxoro amirligida
harbiy maqsadlarda tadqiqotlar olib borgan A.Y.Snesarev va D.N.Logofetlar tadqiq etilayotgan
davrning boshlarida Buxoro amirligi hududigi, jumladan, Qashqadaryo vohasida yashagan
oʻzbek urugʻlari hamda ularning joylashishi haqida ham toʻxtalishgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
14
A.Y.Snesarev 1906-yilda Sank-Peterburgda chop etilgan “Sharqiy Buxoro” harbiy-
geografik ocherki, D.N.Logofetning 1911-yili Sank-Peterburgda chiqqan “ Buxoro xonligi
Rossiya protektorati davrida” asarlari yuqoridagi gaplarimizning isbotini koʻrishimiz mumkin
[1]. XX asrning boshlarida yashagan mualliflar oʻzlaridan oldingi tadqiqotchilarning boy
materialllaridan keng foydalangan holda tadqiqotlarini yanada chuqurroq aks ettirishga
harakat qilishgan. XX asrning 20-30-yillari Oʻrta Osiyo mintaqasi uchun ancha ahamiyatlidir.
Chunki 1924-yil sentabrdan 1925-yilning fevraligacha Oʻrta Osiyoni milliy-hududiy
chegaralash boʻyicha maxsus komissiya ish olib bordi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Janubiy Oʻzbekiston mintaqasini etnografik
yoʻnalishda oʻrganish borasida alohida oʻziga xos davr boʻldi deb aytishimiz mumkin. Aynan
shu davrga oid K.L.Zadixina va B.X.Karmisheva singari olimalarning tadqiqotlari va asarlari
juda qimmatli hisoblanadi. Bu davrda K.L.Zadixina Yuqori Qashaqadaryo vohasi aholisining
etnik tarkibi borasida tadqiqotlar olib boradi [2] va etnik guruhlarning xususiyatlari
chunonchi, oʻzini qoʻsh etnonim ya’ni urugʻi bilan birgalikda oʻzbek titul nomini qoʻshib
ataydigan komponentlar haqida fikr yuritadi [3].
Janubiy Oʻzbekiston va Tojikiston hududlari aholisining etnik tarixi masalalari borasida
1945-yildan boshlab to XX asrning 80-yillarigacha ilmiy tadqiqotlar olib borgan elshunos
olima B.X.Karmisheva [4] tadqiqotlari muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Olima mintaqada bir
nech oʻn yillar davomida olib borgan qator ilmiy ekspeditsiyalari va shaxsiy kuzatishlari
natijasida koʻplab ilmiy maqolalar hamda “Tojikiston va Oʻzbekistonning janubiy tumanlari
etnik tarixidan ocherklar” deb nomlangan fundamental asarini yaratdi [5].
Ushbu monografik asarda Tojikiston va Oʻzbekistonning janubiy tumanlari aholisining
XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi etnik tarkibi va tarixi borasida ma’lumotlar berish asnosida
voha aholisining mintaqada joylashuv xususiyatlari,ilmiy manbalar va toʻplangan dala
etnografik materiallari asosida teran yoritilgan [6]. Shuningdek, muallifning boshqa ilmiy
maqolalarida mintaqadagi oʻzbeklar tarkibidagi qadimiy turkiy urugʻlar, Oʻzbekiston va
Tojikistonning janubiy tumanlari aholisining shakllanishi hamda mazkur hududda yashovchi
qarluqlarning an’anaviy turar-joylari qurilishidagi mahalliy hamda etnik oʻziga xos
madaniyati borasida muhim ilmiy ma’lumotlar keltirilgan [7].
Ikkinchi guruhdagi adabiyotlar tahliliga oʻtar ekanmiz bu davrda ham anch asamarali
ishlar amalga oshirilganligini koʻramiz. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach Oʻzbekiston tarixi,
oʻzbek xalqining kelib chiqishi, etnik tarixiva etnogenezni oʻrganishga ancha e`tibor qaratildi.
Oʻzbek olimlar tomonidan bir qancha ishlar, tadqiqotlar oʻtkazildi. Etnik tarix maslasi ham
ilmiy asoslar bilan tadqiq etila boshlandi. Mustaqillik yillarida K.Shoniyozov, A. Asqarov,
I.Jobborov, A.Ashirov, A.Malikov, T.Salimov, O.Boʻriyev kabi akademik va olimlar buy oʻnalishd
aqator yutuqlar va yangiliklarni qoʻlga kiritdilar. Ayniqsa bu olimlarimi zichida K.Shoniyozov
va A.Asqarovlarning etnik tarix, etnik tarkib va etnogenez masalalariga bagʻishlangan asarlari,
monografiyalari va qarashlari anch ahamiyatlidir.
K.Shoniyozovning mustaqilligiizdan avval ham ancha asarlari chop etilib ilm ahliga
yetkazilgan edi. K.Shoniyozovning 1964-yil chiqqan “Oʻzbeklar – qarluqlar” (tarixiy-etnografik
ocherki), 1974-yil chop etilgan “Oʻzbek xalqining etnik tarixi” asarlari alohida tahsinga
sazovordir. Mustaqillik yillarida K.Shoniyozov ancha sermahsul ijod qilib, xalqimizning etnik
tarixi va etnogenezini oʻrganishga juda katta hissa qoʻshganlar. Olimning 1991-yil “Qangʻ
davlati va qangʻlilar”, 1999-yil “Qarluq davlati va qarluqlar”, 2001-yilda “Oʻzbek xalqining
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
15
shakllanish jarayoni” [8] asarlari oʻrganilayotgan mintaqa aholisining etnik tarkibini
aniqlashda katta yordam beradi.
Akademik A.Asqarov Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi, etnogenezi [9] borasida juda
samarali ijod qilib kelayotgan ilm-fan ahlining zabardast vakili hisoblanadi. A. Asqarovning
har bir asari orqali biz oʻzbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi haqida ma’lumot olsak
boʻladi.
Mustaqillik yillarida Qashqadaryo vohasidagi etnik jarayonlarni atroflicha tahlil etib
oʻrgangan olimlarimizdan O.Boʻriyevni ayta olamiz. O.Boʻriyev tomonidan mintaqadagi
etnoslaning xususiyatlari, madaniyati, urf-odatlari, etnik tarkibi, etnogenezi kabi masalalari
atroflicha oʻrganilagan. Olimning ayniqsa, A.Ochilov bilan hamkorlikda yozgan “Qashqadaryo
vohasi etnomadaniy qadriyatlari” [10] kitobi voha aholisining etnik tarixi va etnik tarkibi
masalalariga batafsil toʻxtalgan.
XX asrga kelib, etnodemografiyaning shakllanishi natijasida belgilangan mintaqalar
aholisining etnik tarkibini oʻrganish alohida ahmiyat kasb eta boshladi. Shu davrda
etnodemografiya tadqiqot yoʻnalishida ikkita asosiy yoʻnalish alohida rivojlandi. Birinchisi,
etnodemografiyaning tadqiqot maydonini aniqlash boʻlsa, keyingisi etnodemografik
jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar doirasining kengayishi boʻldi.
Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlash joizki, etnodemografik jarayonlarni tadqiq etish bugungu
kunning dolzarb masalasi hisoblanishi, shuni inobatga olgan holda mazkur sohaga oid
tadqiqotlarni, amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamini kengaytirish ilm ahlining oldida turgan
vazifa hisoblanadi. Demografiya va etnik tarix masalalari bir-biriga chambarchas bogʻliq
sohalar ekanligi hisobgaolingan holda, mamlakatimizda bugungi kunda mazkur sohaga
alohida e’tibor qaratilayotgani quvonarli holdir. Demografiya va etnodemografiyaga oid
yaratilgan asarlar, tadqiqot ishlari, ekspeditsiyalarni oʻrganib ularni tadqiq etish har bir soha
vakillarining vazifasidir.
References:
1.
QayumovA.R. XIXasr – XX asr boshlarida Janubiy O`zbekiston hududidagi etnik holat
(Surxon-Sherobod vodiysi materiallari asosida). Tarixfan. nom .... diss. - Toshkent – 2011.
b.11-12
2.
Задыхина К.Л. Некоторые вопросы изучения этнического состава населения
бассейна Кашкадарьи в Сурхандарьинского области Уз ССР./КСИЭА. Т. 37. – М.: 1962. –
С.30.
3.
Qayumov A.R. XIX asr – XX asr boshlarida Janubiy O`zbekiston hududidagi etnik holat
(Surxon-Sherobod vodiysi materiallari asosida). Tarixfan. nom .... diss. - Toshkent – 2011.
b.15-16.
4.
Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и
Узбекистана. – М.: Наука, 1976. – С.323.
5.
Usmonov M.SH. Janubiy O`zbekiston qo`ngʻirotlari (tarixiy-etnologik tahlil) Tarix fan.
nom .... diss. – Toshkent.: 2018. – B.20-21.
6.
Usmonov M.SH. Janubiy O`zbekiston qo`ngʻirotlari (tarixiy-etnologik tahlil) Tarix fan.
nom .... diss. – Toshkent.: 2018. – B.20-21.
7.
Usmonov M.SH. Janubiy O`zbekiston qo`ngʻirotlari (tarixiy-etnologik tahlil) Tarix fan.
nom .... diss. – Toshkent.: 2018. – B.20-21.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
16
8.
Shoniyozov K. O`zbek xalqining shakllanish jarayoni. – T.: 2001.
9.
Asqarov A. O`zbek xalqining kelib chiqish tarixi. – Toshkent.: “O`zbekiston”, 2015.
10.
Bo`riyev O. Ochilov A. Qashqadaryo vohasi etnodemadaniy qadriyatlari – T.: “Yangi
nashr”, 2014.