Авторы

  • Dilafro`z Axmedova
    Buxoro viloyati Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Navoiy Davlat Pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46461

Ключевые слова:

Prezident maktablari ixtisoslashtirilgan maktablar ijod maktablari ong erkinligi milliy mafkuraviy brend “Steam-ta`lim”(Science-tabiiy fanlar Technology-texnologiyalar Engineering-texnik ijodkorlik Art-san`at mathematics-matematika) dasturlari.

Аннотация

Maqolada zamonaviy jamiyatdagi ta`lim –tarbiya tizimidagi islohotlar, Prezident va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari o`qitish jarayonlari va ularning umumiy o`rta maktablaridagi ta`lim berish usullarining farqli va o`xshash jihatlari   tahlil qilingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

153

TAFAKKUR ERKINLIGI, SIFATLI TA`LIM - UCHINCHI RENESSANS

POYDEVORINI YARATISHNING ZARURIY SHARTI

Axmedova Dilafro`z Qudratullayevna

Buxoro viloyati Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori,

Navoiy Davlat Pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi.

dilafrozaxmedova1@gmail.com

+998993865321

https://doi.org/10.5281/zenodo.12798282

Annotatsiya

: Maqolada zamonaviy jamiyatdagi ta`lim –tarbiya tizimidagi islohotlar,

Prezident va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari o`qitish jarayonlari va ularning umumiy
o`rta maktablaridagi ta`lim berish usullarining farqli va o`xshash jihatlari tahlil qilingan.

Kalit so`zlar

: Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, ong

erkinligi, milliy mafkuraviy brend, “Steam-ta`lim”(Science-tabiiy fanlar, Technology-
texnologiyalar, Engineering-texnik ijodkorlik, Art-san`at, mathematics-matematika)
dasturlari.

So`nggi yillarda yurtimizda ta`lim-tarbiya sohasidagi islohotlar jadallik bilan amalga

oshirilmoqda. Bu jarayonda 2019 yildan boshlab, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar
tarmog`ining yaratilishi va zamonaviy dasturlar asosida o`qitish tizimining joriy etilishi
intellektual salohiyatli yoshlarni tizimli o`qitish va tarbiyalash imkonini berdi. Tadqiqotlar
shuni ko`rsatadiki, agar O`zbekiston o`zini taraqqiy etgan xalqlar va davlatlar qatorida
ko`rmoqchi bo`lsa, avvalo, insonlar tafakkurini dogmatism va qaramlikdan xalos qila olishi
uchun zamin yarata olishi kerak. Ong erkinligi barcha sohalarda individual, jamoaviy va milliy
erkinlikning aqliy va hissiy asosidir. Tafakkur erkinligi Uchinchi Renessans poydevorini
yaratishning zarur shartidir. BMT ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan 2030 yilgacha
mo`ljallangan strategik rivojlantirish konsepsiyasida ham inson huquq va erkinliklari
kafolatlanib, OAB vositalari erkinligi o`sishi, blogerlar faoliyati uchun munosib shart –
sharoitlar yaratilishi ko`zda tutilgan. Globallashuv zamonida mafkuraviy maydondagi g`oyalar
kurashida salbiy holatga tushib qolmaslik uchun Uchinchi Renessans davri o`z oldiga
odamlarni fidokorlikka chorlaydigan, g`ururini uyg`otadigan milliy mafkuraviy brendlar
yaratish mas`uliyatini o`z zimmasiga olishi kerak.. Bu jarayonda albatta, intellektual
harakatga, aqliy tahlilga tayaniladi. Ta`lim tizimidagi oxirgi yillardagi islohotlarni tahlil qilar
ekanmiz, bilim olish va bilim berish jarayoni bir necha omillarga (oiladagi muhim, jismoniy
rivojlanish, atrof munit ta`siri va h) bog`liq holda takomillasha olishi yana bir bor o`z isbotini
topdi. Uchinchi Renessansni faqat salohiyatli, intelektual qobiliyatli, noyob iste`dod
egalarigina yarata oladi. Bu toifadagilarni vujudga keltirishda esa sog`lom tabiatli va sog`lom
vujudli aholi qatlami yuz ko`rsatishi kerak. Tarix saboqlari va taraqqiyot talablaridan kelib
chiqib ta`lim, ilm-fan, innovatsiyalar, erkin fikrlovchi, raqobatbardosh mutaxassislarni
tarbiyalash, yangi texnologiyalarni joriy qilish, raqamli iqtisodiyotga o`tish, yangicha fikrlash
va ishlash masalalariga birinchi vazifa deb qaralmoqda. Ilmga asoslanmagan jamiyatning
kelajagi yo`qligini his qilingan holda, O`zbekistonda Prezident maktablari, ijod maktablari,
ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog`i barpo etildi va takomillashtirilmoqda. Umumiy o`rta
ta`lim maktablaridan farqli ravishda bu turdagi maktablarda o`quvchilar tanlagan yo`nalishiga
muvofiq tegishli fan imtihonlaridan o`tib, ixtisoslik fahlar bo`yicha zamonaviy ta`lim
dasturlari asosida tehsil olishadi va o`z navbatida “kelajak kasblari” deya baholanayotgan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

154

sohalarga qiziqishlari bo`yicha yo`naltiriladi, xorijiy tillar mukammal dasturlar asosida
o`qitiladi va xorijiy mutaxassislar, ekspertlar xulosasi asosida rejalar belgilab olinadi. Biz
zamonaviy jamiyatda bilimning antropologik mohiyatini o`rganishni maqsad qilgan
vaqtdayoq, insonlarning tafakkuri va bilimning inson hayotidagi ahamiyati qay darajaligini
ularning tasavvuri orqali bilishni maqsad qilgan holda telegram tarmog`ida so`rovnoma
o`tkazdik va natijasi, albatta, biz anglagan haqiqatni ochib berdi. Ya`ni zamonaviy jamiyat ilm
va ilmiy texnikalarga, inson tafakkuriga singib boradigan bilimga muhtoj. Jamiyatdagi biror
bir soha yo`qki, bilimga suyanmagan, bilimsiz taraqqiyotni orzu qilmagan.

Zamonaviy ta`lim davrida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va o`qitish,ularning har

tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, tabiiy va aniq fanlarni chuqur
o`rgatish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o`zlashtirishni tashkil etish,
o`quvchilarning innovatsion g`oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish, ularda tanqidiy fikrlash,
axborot izlash, tahlil qilish, olingan bilimlarni amaliyotda qo`llash malakasini oshirish
maqsadida Prezident ta`lim muassasalari tashkil etildi va keyinchalik Ixtisoslashtirilgan ta`lim
muassasalari agentligi sifatida faoliyatini davom ettirishi belgilandi.

O`zbekiston ta`lim tizimida 2019 yildan boshlab, har bir viloyatda faoliyat yurita

boshlagan Prezident maktablarida zamonaviy ta`lim dasturlari asosida ta`limning tashkil
etilishi, bilim berishda erkinlik va demokratiya tamoyiliga nisbatan ustun ahamiyat berilishi
avvalgi ta`lim tizimidan tubdan farq qiladi, deb aytish mumkin. O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi “ Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari”
to`g`risidagi PQ-4199- qaroriga muvofiq Prezident maktablarida “Steam-ta`lim”(Science-
tabiiy fanlar, Technology-texnologiyalar, Engineering-texnik ijodkorlik, Art-san`at,
mathematics-matematika) dasturining joriy etilishi- ta'limning rivojlantiruvchi, faol tabiati
butun bilim tizimini o'zgartirishi va nazariy bilimlarning yetishmasligini yengib, nafaqat
bilimga, balki ko'nikmalarga ham e'tibor qaratishi kerakligini anglatadi. Bizning davrimizda
bilimlarni o'zlashtirish qobiliyati va uni kasbiy faoliyatda va hatto kundalik hayotda qo'llash
qobiliyati o'rtasidagi tafovut tobora ravshan bo'lib bormoqda. Ana shu jarayonda ham
gumanitar, ham aniq fanlar sohasidagi bilim, ko`nikma, malakalarni shakllantirish,
takomillashtirish – ta`lim tizimining dolzarb vazifalaridan biri sifatida e`tirof e`tiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi “Prezident ta`lim

muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog`ini kengaytirish
to`g`risidagi” farmonida ham ta`lim sohasidagi ilg`or tajribalarni o`rganish va mamlakatimizda
joriy etish bo`yicha rivojlangan davlatlar bilan ta`lim va ilm-fanni takomillashtirish borasida
o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish, dunyo miqyosida tan olingan, axborot –kommunikatsiya
texnologiyalari, tibbiyot, ekologiya, muhandislik va boshqa sohalardagi yetakchi tashkilotlar
bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ilgari surilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 maydagi “Prezident ta`lim

muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan
maktablar to`g`risidagi nizimni tasdiqlash haqida”gi qarorda zamonaviy jamiyatda
ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari va o`quv tarbviya jarayonida bilim berish
usullari, samaradorligini ta`minlash omillari to`g`risida fikr yuritilgan.

Ayni vaqtda O`zbekistonda aynan shu agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod

maktabi, 185 ta ixtisoslashtirilgan maktab, New Uzbekistan university, Pedagoglarni
mahoratini oshirish markazi, Renessans oromgohi faoliyat yuritmoqda. 2023-24 o`quv yilidan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

155

boshlab bosqichma bosqich ushbu agentlik tizimi ta`lim tarbiya jarayoni va o`qitish usullari
500 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida ham tajriba –sinov tarzida yo`lga qo`yilib,
eksprement o`tkazilmoqda. Ta`lim turlarining takomillashuvi: onlayn, offlayn, inkluzif,
masofaviy va h larning keng omma tomonidan qabul qilinishi ilmga bo`lgan e`tiborning bir
na`munasidir. Bu kabi jarayonlar ham bilim berishning samarali va hamma uchun tushunarli
usullarini kashf etishga sabab bo`ladi.

References:

1.

Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida: O`zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmoni 2020 yil 29 oktabr // Xalq so`zi–2020.–30 okt.
2.

Ta`lim to`g`risida: Ozbekiston Respublikasi Qonuni 2020 yil 23 sentabr // Xalq so`zi–

2020.–24 sent.
3.

2022-2026 yillarga mo`ljallangan yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to`g`risida: O`zbekiston Respublikasi Prezidenting farmoni 2022 yil 28 yanvar // Xalq so`zi.–
2022.– 29 yanv.
4.

Mirziyoyev. Sh.M.Konstitutsiya -erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada

taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir – Toshkent: O`zbekiston,2018.–64 b.
5.

Mirziyoyev.Sh.M. Yangi O`zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O`zbekiston, 2021.-464 b.

6.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Bosh

assambliyasining

72-

sessiyasida

so`zlagan

nutqi//

http://www.press-

service.uz/uz/lists/view/

7.

“ Uchinchi Renessans poydevori sifatli ta`lim-tarbiyaga suyanadi” maqolasi. Tarix fanlari

doktori, professor Eshqobil Xoliqov, tarix fanlari nomzodi, dotsent Xayriddin Berdiyev.“ Yangi
Ozbekiston” gazetasi 2022 yil 14 dekabr.
8.

“Yangi O`zbekiston: mo`ljal- Uchinchi Renessans” risolasi. Abdurayim Erkayev.

Toshkent. “Ma`naviyat”.2021 yil
9.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “ Ixtisoslashtirilgan maktablar

tarmog`ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora –tartiblari
to`g`risida”. 1.04.2024. №PF55
10.

Andreas Shlyaxer “Jahon miqyosidagi ta`lim” Toshkent: Zamin nashr, 2022 .-269 bet

Библиографические ссылки

Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 2020 yil 29 oktabr // Xalq so`zi–2020.–30 okt.

Ta`lim to`g`risida: Ozbekiston Respublikasi Qonuni 2020 yil 23 sentabr // Xalq so`zi–2020.–24 sent.

-2026 yillarga mo`ljallangan yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida: O`zbekiston Respublikasi Prezidenting farmoni 2022 yil 28 yanvar // Xalq so`zi.–2022.– 29 yanv.

Mirziyoyev. Sh.M.Konstitutsiya -erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir – Toshkent: O`zbekiston,2018.–64 b.

Mirziyoyev.Sh.M. Yangi O`zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O`zbekiston, 2021.-464 b.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambliyasining 72- sessiyasida so`zlagan nutqi// http://www.press-service.uz/uz/lists/view/

“ Uchinchi Renessans poydevori sifatli ta`lim-tarbiyaga suyanadi” maqolasi. Tarix fanlari doktori, professor Eshqobil Xoliqov, tarix fanlari nomzodi, dotsent Xayriddin Berdiyev.“ Yangi Ozbekiston” gazetasi 2022 yil 14 dekabr.

“Yangi O`zbekiston: mo`ljal- Uchinchi Renessans” risolasi. Abdurayim Erkayev. Toshkent. “Ma`naviyat”.2021 yil

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “ Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog`ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora –tartiblari to`g`risida”. 1.04.2024. №PF55

Andreas Shlyaxer “Jahon miqyosidagi ta`lim” Toshkent: Zamin nashr, 2022 .-269 bet