Авторы

  • Zulxumorxon Abdug'aniyeva
    TDTU Qo’qon filiali iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo’nalishi 2- bosqich talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46467

Ключевые слова:

Kambag’allik ishsizlik tadbirkorlik sanoat korxonalar subsidiya kichik va o’rta biznes hokim yordamchisi YaTT xususiy va oilaviy tadbirkorlik.

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekistonda kambag’allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan siyosatning qanchalik samarali ekanligini, aholining ijtimoiy farovonligini,daromadini oshirish va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning natijalari va kelajakda yana qanday rejalarni amalga oshirish kerakligini tahlil qilib ko’rsatishga qaratilgan takliflar xususida fikrlar yuritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

132

O’ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH BO’YICHA CHORA

TADBIRLAR VA TAKLIFLAR

Abdug'aniyeva Zulxumorxon Alijon qizi

TDTU Qo’qon filiali iqtisodiyot

(tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo’nalishi

2- bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12783681

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O’zbekistonda kambag’allikni qisqartirish va aholi

bandligini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan siyosatning qanchalik samarali ekanligini,
aholining ijtimoiy farovonligini,daromadini oshirish va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun
amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning natijalari va kelajakda yana qanday rejalarni amalga
oshirish kerakligini tahlil qilib ko’rsatishga qaratilgan takliflar xususida fikrlar yuritilgan.

Tayanch so’zlar:

Kambag’allik,ishsizlik,tadbirkorlik, sanoat, korxonalar,subsidiya,kichik

va o’rta biznes, hokim yordamchisi, YaTT, xususiy va oilaviy tadbirkorlik.

Аннотация:

В данной статье анализируется эффективность политики сокращения

бедности и обеспечения занятости населения в Узбекистане, результаты реализуемых
мер по повышению социального благосостояния, доходов и условий жизни населения, а
также какие еще планы следует реализовать в стране. мнения были высказаны
относительно предложений, направленных на показ.

Ключевые

слова

:

Бедность,

безработица,

предпринимательство,

промышленность, предприятия, субсидия, малый и средний бизнес, помощник
губернатора, ЯТТ, частный и семейный бизнес.

Abstract:

This article analyzes the effectiveness of the policy of reducing poverty and

ensuring employment of the population in Uzbekistan, the results of the measures implemented
to increase the social well-being, income and living conditions of the population, and what other
plans should be implemented in the future. opinions were held regarding the proposals aimed
at showing.

Key words:

Poverty, unemployment, entrepreneurship, industry, enterprises, subsidy,

small and medium business, governor's assistant, YATT, private and family business.

KIRISH.

O’zbekiston Respublikasida kambag’allikni qisqartirish bo’yicha ko’plab islohotlar

amalga oshirilmoqda.2023-yil 15-mayda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida bo’lib
o’tgan yig’ilishda kambag’allik darajasi 14% ga tengligi va bu degani 5 milliondan ortiq odam
kambag’allikda yashayotganligi ma’lum qilingan edi. Kambag’allikni qisqartirish bo’yicha
hududiy,tuman,shahar va mahallalarda 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish ,aholi bandligini ta’minlash maqsadida hokim yordamchisi
lavozimi joriy etildi[1].Ular aholining tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishi va ularga ajratilgan
subsidiyalar va berilayotgan imtiyozlardan to’g’ri foydalanishini nazorat qilish va ularga
ko’maklashish bilan shug’ullanishadi.Bundan tashqari aholini kambag’allikdan chiqaruvchi
asosiy kuch bu davlat va undagi siyosat hisoblanadi.Bunga yaqqol dalil sifatida Xitoyning
kambag’allikni qisqartirish bo’yicha tajribasi butun dunyoda e’tirof etiladi.Xitoy oxirgi 40 yil
ichida 800 million nafar aholini kambag’allikdan chiqarishga erishdi.Buning uchun esa avvalo
ta’lim tizimiga,sifatli sog’liqni saqlash tizimiga va arzon uy-joy masalalariga alohida e’tibor
qaratdi[2].Aholining daromadini oshirish, narxlarni barqarorlashtirish, inflyatsiya darajasini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

133

oshishiga qarshi qaratilgan siyosat davlat tomonidan nazorat qilinishi lozim.Kichik va o’rta
biznesni rivojlantirish ,oilaviy va xususiy tadbirkorlikni yo’lga qo’yishda imtiyozlar va
subsidiyalar berish,asosan chetdan import qilinuvchi tovarlarni mamlakat ichida ko’proq
ishlab chiqarishni targ’ib qilish asosiy vazifa qilib qo’yilishi lozim.Chunki ushbu omillar nafaqat
aholi daromadini oshiradi balki davlatning iqtisodiy o’sishiga ham katta ta’sir ko’rsatadi.

MASALA BO’YICHA YECHIM VA TAKLIFLAR

Mamlakatda kambag’allikni qisqartirishda eng asosiy masala bu insonlarning

qiziqishlari, dunyoqarashlarini o’zgartirishdir.Ya’ni odamlarda berilayotgan imkoniyatlarni
qabul qilish va amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’proq foydalanish istagi bo’lishi
lozim.Imtiyozlar berilganligi bu kambag’allik qisqarib qoladi degani emas.Chunki insonlarda
xohish,bilim ,g’oya va asosiysi o’ziga bo’lgan ishonch shakllansagina natijaga erishish
mumkin.Bu nafaqat ushbu masalada balki ta’lim tizimi,biznes va boshqa sohalarda ham muhim
hisoblanadi.Buning uchun esa atrofdagi vaziyat, siyosiy-iqtisodiy,ijtimoiy jihatdan sharoit
yaratilishi kerak,insonlarni tavakkal qilishi va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishida to’siqlarga
uchramasligiga yaqqol dalillarni ko’rishi kerak.Mamlakatda erkin bozor iqtisodiyoti yo’lga
qo’yilgan bo’lishi,sog’lom raqobat muhiti shakllangan bo’lishi muhim.Nafaqat bozordagi yoki
soliqdagi imtiyozlar balki, bojxonadagi bojlarda ham to’siqlarni kamaytirish,bojxonadagi
nazoratni raqamlashtirish, ortiqcha vaqt va ovoragarchiliklarni kamaytirish lozim.Misol
uchun,oziq-ovqat va boshqa shu turdagi mahsulotlarda bojxona nazorat postida ko’plab
sertifikatlar talab etilishi,sanitariya,hujjatlar va boshqa nazoratlarda ortiqcha vaqt va
hodimlarning sonini qisqartirish kerak.Eksportda davlat ko’magini kengaytirish,importda ham
imtiyozlarni oshirish va aholi uchun zarur turdagi mahsulotlarga bojlarni kamaytirish,
mamlakatda narxlarni barqarorligini ta’minlashda va mahsulot tanlovini kengaytirishda
muhim omillar sanaladi[3].

Aholini kambag’allikdan chiqarish va bandligini ta’minlashda xususiy yoki YaTT larni

yo’lga qo’yish ham yaxshi natijalarga olib keladi lekin men mavjud bo’lgan korxona va
firmalarni ishlab chiqarish hajmini va ulardagi ish o’rinlarini kengaytirish samaraliroq deb
hisoblayman.Chunki hozirda faoliyat yuritayotgan va allaqachon oyoqqa turgan korxonalarda
ishlash oddiy aholi uchun o’zi noldan boshlab tadbirkorlik yuritishdan va tavakkal qilishdan
ko’ra ishonchli hisoblanadi.Bundan tashqari korxonani keng doirada yo’lga qo’yish yangi
korxona barpo qilishdan ko’ra qulay va kam xarajatni o’z ichiga oladi.

Men kambag’allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo’yicha o’z taklifimni

bildirmoqchiman.Taklifim shundan iboratki,aholini zamonaviy va hozirgi kunda eng daromadli
kasblarga yo’naltirish,chet tillari va kompyuter dasturlari bo’yicha o’qitish va aholining
kundalik hayotda duch keluvchi oddiy narsalardan innovatsiyalarni qo’llashni boshlash va
ularni rivojlantirishga mo’ljallangan kasb hunar markazlarini mahalla va tuman(shahar)
kesimida yo’lga qo’yish.Buni yo’lga qo’ygan insonlarni davlat rag’batlantirishi va markaz
ochilishida,uni korxonalar va ish beruvchilar bilan aloqasida, shartnomalar va huquqiy jihatdan
ko’maklashishi lozim.Buning afzalligi shundan iboratki,turli soha va yo’nalishlardagi ish
beruvchi va ishsizlarni bir joyga yig’ish,ortiqcha vaqt va ovoragarchiliklarni oldini olish va
shartnoma asosida har ikki tarafning haq-huquqlarini himoya qilish va ular uchun tanlov
imkoniyatlarini kengaytirish uchun xizmat qilishdir.Bundan tashqari ushbu markaz mehnat
resursining sifati va qadrini oshirishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Ishchiga “qora ishchi”
sifatida emas balki, huquqiy jihatdan himoyalangan kadr sifatida qarashni shakllantiradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

134

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,mamlakatimiz har jihatdan resurslarga boy davlat

hisoblanadi.Mehnat resursi,tabiiy resurslar,sharoit va geografik joylashuv jihatdan ham qulay
hisoblanadi.Faqat ushbu resurslarni to’g’ri taqsimlashni yo’lga qo’yish va aniq yo’nalishlarni
belgilashda adashmasligimiz zarur.Mavjud mehnat resurslarini chetga chiqib ketishi va
o’zimizda esa bazi ko’pgina sohalarda yetarli kadrlar yetishmovchiligi kabi bir-biriga teskari
masalalar mavjud.Bularning asosiy sababi aholi malakasi va bilimining yetishmasligi, ta’lim
sohasidagi kamchiliklar,istak- xohishlar va iqtisodiy vaziyatdagi tafovutlarning
mavjudligi,aholi daromadi va ularning xarajatlari o’rtasidagi farq.Bularni to’g’ri yo’lga qo’yish
orqali mamlakatda kambag’allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash,ularning ijtimoiy
ahvolini yaxshilash va to’g’ri daromad taqsimotini yo’lga qo’yish mumkin.

References:

1.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/01/25/poverty/

2.

https://kun.uz/news/2022/06/03/kambagallikka-qarshi-kurash-hukumat-qayerda-

xato-qilyapti-behzod-hoshimov-bilan suhbat?q=%2Fuz%2Fnews%2F2022%2F06%2F03%2F
3.

Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T.Universitet 2002 y. 7-13-boblar

4.

N.Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob.

5.

O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar.

6.

Iqtisodiy bilim asoslari_9. E.Sariqov,B. Xaydarov

Библиографические ссылки

Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T.Universitet 2002 y. 7-13-boblar

N.Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob.

O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar.

Iqtisodiy bilim asoslari_9. E.Sariqov,B. Xaydarov