Авторы

  • Farrux Narzulloyev
    Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46473

Ключевые слова:

Ibtidoiy Okladinokov Neandertal Alekseyev Gerasimov Teshiktosh Zavtalashsoy Seleng'ur Islomov Fergantrop.

Аннотация

Ushbu maqolada qadimgi davrlarda hozirgi O'zbekiston hududida istiqomat qilib kelgan ibtidoiy odamlarning manzilgohlari va ularning turmush tarzi va ular tanasining genetik tuzilishi haqida ma'lumotlar beriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

112

O'ZBEKISTON HUDUDIDA ISTIQOMAT QILGAN IBTIDOIY ODAMLAR

Narzulloyev Farrux

Buxoro davlat universiteti

Tarix va yuridik fakulteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12747866

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qadimgi davrlarda hozirgi O'zbekiston hududida

istiqomat qilib kelgan ibtidoiy odamlarning manzilgohlari va ularning turmush tarzi va ular
tanasining genetik tuzilishi haqida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar:

Ibtidoiy, Okladinokov, Neandertal, Alekseyev, Gerasimov, Teshiktosh,

Zavtalashsoy, Seleng'ur, Islomov, Fergantrop.

Kirish.

XX asrning boshlariga kelib inson o'zining asl tarixini va genetikasini o'rganish

borasida juda katta kashfiyotlarni amalga oshirdi desak sira adashmagan bo'lamiz.


Bu kashfiyotlarni amalga oshirishda bevosita arxeologik tadqiqotlar muhim o'rin

egallaydi. Tog' yonbag'ir hududlari, o'rmonlardan ibtidoiy odamlarning manzilgohlari bilan
birgalikda ularning suyak qoldiqlarining topilishi insoniyat o'zining ajdodlari kim bo'lganligi
haqidagi izlanishlarga turtki bo'ldi.Shunday odamlarning eng qadimgi tiplari hozirgi Afrika
qit'asida uchramoqda.Uzoq yillik tadqiqot natijalarida shu narsa ma'lum bo'ldiki "Homo
sapiens" ( Aql idrokli odam) tipi inson evolyutsiyasining kutilmagan mahsuli ekanligi
isbotlandi. Hozirgi kunda esa bu o`zgarmas haqiqatga aylandi. Antropolog Glin Isaak : Homo
Sapiensning qandaydir xususiyatlari tarixga bo`lgan qiziqishni ifodalaydi- deb ta`kidlab o'tgan
edi.[Isaak, 1993. B.56] Hozirda ham O'zbekistonning shimoli-sharqiy va janubiy hududlarida
ibtidoiy odamlarning manzilgohlari va suyak qoldiqlari topilmoqda.

Asosiy qism.

Yer sayyoramiz tarixda bir nechta muzlik davrini boshdan

kechirgan.Ammo yerda doim ham muzliklar bo'lmagan.Birgina Antarktidadan ko'mir topilishi
fikrimizning isboti bo'ladi.Geologlarning fikricha yirik muzliklar davri muntazam 180-200
million yilda takrorlanadi.Ma'lumki muzliklar paydo bo'lishiga Yerda quyosh nurlarining
kamayishi asosiy sabablardan biri bo'lgan.Ammo astronomlarning so'nggi yillardagi
tadqiqotlariga ko'ra yer sovishiga u galaktika bo'ylab harakatlanayotganida koinotning ayrim
qismlarida fazoning gaz va kosmik changlar tufayli quyosh nurlarining yerga yetib borishiga
to'sqinlik qilgan.Bu hodisa fanda "kosmik qish" nomi bilan ataladi.So'nggi muzlik davri
bundan 26 000-19 000 yil sodir bo'lgan.

Natijada yer yuzasining butun Shimoliy mintaqa hududlari xususan, Shimoliy Amerika,

Yevropaning shimoli, hozirgi Rossiya, Osiyoning shimoli( Mongoliya, Qozog'iston, Xitoy,
qisman O'zbekistonga ham ta'siri mavjud). Muzlik boshlanishi yer yuzidagi barcha flora va
faunalarga katta ta'sir qila oldi, sovuqqa jidamli katta hayvonlar shimolda hayot
kechirib,issiqsevar jonzotlar esa janubga keta boshlagan.Ibtidoiy odamlar ham bundan
mustasno emas.[Sagdullayev, 2017. B. 35] Endilikda ular sovuqdan saqlanish uchun o'zlariga
tabiiy boshpana izlay boshladilar. Ibtidoiy odamlarning turar-joylari geografik joylashuviga
qarab turlicha.Xususan, tog' yonbag'irlarida yashovchi odamlar g'orlarga, suv bo'yida
yashovchi odamlar yer ostidagi sun'iy yerto'lalarda istiqomat qilishgan.Buyuk muzlik davri ilk
paleolitning so'nggi davrida boshlanib, o'rta paleolit davriga kelib yerning katta qismini
egallaydi.Bu davrda Neandertal tipdagi odamlar hayot kechirgan bo'lib, endilikda bu tip
haqida batafsilroq ma'lumotlar bermoqchimiz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

113

1856-yil avgust oyida Germaniyaning Neandertal vodiysidagi Dussel daryosi yoqasida,

Feldxofer g`orida kon ishchilari odamsimon mavjudodga tegishli suyaklarni topib olishga
muvafaqq bo'lishadi.. Kon ishchilari tosh qotgan bosh chanog`ining qopqog`I, oyoq va
qo`llarning ayrim suyaklarini matematika o`qituvchisi va o`lkashunos Karl Fulrottga olib
kelishadi. Bu suyaklar Fulrot ko`rgan odam suyaklardan ancha farq qilgani bois uni Bonn
universiteti anatomiya professori German Shaafgauzenga ko`rsatishga qaror qiladi.Topilgan
suyaklar olimlar o`rtasida turli xil fikrlarni yuzaga kelishiga olib keldi. Ayrimlar uni odamning
primitiv irqiga mansub desa, yana boshqalar uni kasalman kishiniki deb hisoblagan bo'lsa,
Irland anatomi Uilyam King bu topilmani homo sapienslardan farq qilishini ta`kidlab unga
1864 yilda Neandertal odami degan nomni ilgari surdi.[Reich, 2018. B. 87]XIX asr oxirlariga
kelib ko`plab qazilmalarda neandertal odamlarning suyaklarining topilishi neandertallarni
alohida paydo bo`lganligini ko`rsatdi. 1890-yillarning boshlarida Ejen Dyubuaning
pitekantrop qoldiqlarini topilishi qadimiy odamlar bir necha turlarga bo`linishi mumkinligini
ko`rsata oldi. Strasburg universiteti professori Gustav Shvalbe o`tgan asr boshlarida
pitekantrop va neandertal odamning ibtidoiy bosqichidan to zamonaviy odamgacha bo`lgan
uzviy evolyutsiyon jarayonning bir qismidir deb ta`kidlab o'tgan edi.[Shvalbe, 1987.B.127]
Ikki sababga ko`ra neandertallar ancha vaqt davomida odamning bevosita avlodi sifatida tan
olinmay keldi: birinchi navbatda 1908 yilda La Shapel Sen makonidan topilgan neandertal
suyaklarining noto`g`ri talqin qilinishi va 1912 yil topilgan, fan tarixidagi eng noaniq ilmiy
topilma hisoblanuvchi Piltduan odami mashmashasi sabablidir. La Shapel Sen neandertal
odamning suyaklari deyarli to`liq saqlanganligi bois neandertal anatomiyasini zamonaviy
odamniki bilan solishtirish imkoni tug`ildi. Bu skelet Parijdagi Tabiy Tarix Muzeyi xodimi
Marsellin Budga jo`natiladi. M.Bud suyaklar yordamida neandertallarning tana tuzilishini
tasvirladi. Ushbu rasmda neandertal bukri, qovurg`asi va tizzasi ham egik holda tasvirlangan
edi.Tasvirlar ta`sirida shakllangan qarashlar zamonaviy odam evolyutsiyasini boshi berk
ko`chaga kiritib qo`ydi desak adashmagan bo'lamiz. 1912-yilda Piltdaun odamining sahnaga
chiqishi ko`plab antropologlarning (albatta hammasini ham emas) uni zamonaviy odamning
bevosita ajdodi sifatida tan oldi. Shu nuqtai nazardan presapiens (ilk sapiens) deb ataluvchi,
inson evolyutsiyasi tarmoqqa bo`linganligi e`tirof etiluvchi teoreya rivojlanib bordi. Mazkur
teoreya kuchli qarshiliklarga qaramasdan deyarli 50 yil davomida antropologik tafakkurda
yetakchilik qilib keldi.Homo sapiens neanderthalensis- bundan 230-240 ming yil avval
Yevropa va g’arbiy Osiyoda Isroildan to O’zbekistongacha bo’lgan hududlarda, ehtimol,
Shimoliy Afrikada yashagan odamlar turi. Neandertallarning bo’yi o’rtacha 165 sm bo’lgan.
So’nggi neandertallar bundan qariyb 24 ming yil muqaddam sovuqda qirilib ketgan.
Neandertal nomi nemis teologi va kompozitori Ioxam Neandr sharafiga qo’yilgan. Buni 1858-
yilda Shaafgauzen neandertal atamasini fanga olib kirdi. Janubiy Yevropa, Yaqin Sharq va
O’zbekistongacha bo’lgan hududda neandertallar tarqalgan. Neandertallar Yevropada
Germaniyadan, Fransiyadagi La-Shapel- O-Sen g’ori Qirimdagi Kiik - Koba g’ori, Gretsiyadagi
pelepones Kavkazdagi Mezmay g’oridan, Isroildagi Karmel, Iroq Kurdistonidagi Shanidar
g’oridan ham topilgan. Neandertallarning bo’yi 140 sm bo’lgan miya qutisining sig’imi 900-
1800 sm3 gacha bo’lib, o’rtachasi 1380-1400 sm3 ga teng ekanligini hisobga olsak , ularning
kallasi katta ekanligiga qanoat qilamiz. Neandertal odamlari kalla qutisining shakli birmuncha
cho’zinchoq bo’lib, peshonasi qiya, boshining tepa qismi yassi, past bo’lishi ular uchun
harakterlidir.[Shipman, 2015. 76.B]Shu bilan birga ularda qosh ustidagi qabartma ancha


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

114

oldinga turtib chiqqan. Neandertal odamlarining burun va yuqori jag’ suyaklari juda kuchli
rivojlangan. Ularda pastki jag’ ham yaxshi rivojlanmagan bo’lib, unda baquvvat, lekin engak –
dahan u qadar taraqqiy etmagan edi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining tog'oldi
hududlarida ibtidoiy odamlarning manzilgohlari topilgan. XX asrning dastlabki choragida
Surxandaryo viloyatining Boysun tog'larida neandertal odamlarning manzilgohi
topildi.Boysun tog’lari – Pomir-Oloy sistemasi tarkibidagi Hisor tog’larining janubi-g’arbiy
tizmasiga kiradi va O’zbekistonning janubi-g’arbiy qismini,hamda qo’shni Tojikistonning bir
qancha hududlarini o’z ichiga oladi. Bu yerdan oqib o’tadigan Machay-Daryoda tosh davrini
o’rganish ishlari dastavval 1931 yilda G.V. Parfenov rahbarligidagi Surxondaryo
o’lkashunoslik muzeyi Dastavval Machay g’ori ochilgan va uni tadqiq qilish bilan birga
atrofdagi g’orlar va qoyalardan topilgan ayvonlar o’rganila boshlangan. 1938-1939 yillarda
Surxondaryo o’lkashunoslik muzeyi bilan hamkorlikda A.P. Okladnikov boshliq sobiq SSSR FA
MMTI ekspedisiyasi Teshik-tosh g’orida izlanishlarni boshlagan va shu yili bu g’ordan
neandertal bolaning qabri topilgan. Bir vaqtning o’zida atrofdagi boshqa g’orlar qidirilib,
o’rganila boshlangan. A.P. Okladnikov o’zining asarlarida Teshik-tosh va Machay g’orlaridan
tashqari, arxeologik materiallarga ega yana 6 ta g’orlar haqida ta’kidlab o’tadi. [Окладиноков,
1967.Б.135]Okladinokovning shogirdi Alekseyevning fikricha bu bola suyaklar qiz bolaga
tegishli ekanligi aniqlandi.Neandertal bolaning tashqi ko'rinishini antropolog Gerasimov
tomonidan tiklanib, uning kichik hajmdagi haykalini yaratishga muvafaqq bo'ladi. Ikkinchi
jahon urushi natijasida bu yerdagi tadqiqotlar to’xtatilib, olingan natijalarning katta qismi
chop etilmasdan qoldi. 2002 yilgi qo’shma ekspedisiyaning vazifalari qatoriga Teshik-tosh 2
g’or makonida stasionar qazish ishlarini o’tkazish, hamda o’rganilayotgan hududlarda
qo’shimcha qidiruvlar olib borish kiritilgan edi.Ammo baxtga qarshi, A.P. Okladnikov va G.V.
Parfenovlar tomonidan tilga olingan g’orlarning barchasini topishning imkoni bo’lmadi.
Shunday bo’lsada, ekspedisiya ishtirokchilari tomonidan ushbu hududlarda keng qidiruv
ishlari olib borildi. 2003 yilgacha bu vohada faqat ikkita yodgorlik – Teshik-tosh hamda Amir-
Temir g’orlari haqida ma’lumotlar mavjud edi.Bundan tashqari Farg'ona vodiysi hududlaridan
ham so'nggi paleolit davriga oid manzilgoh ham topilgan.Vatanimiz hududida yashagan ilk
ajdodlarimizning manzilgohlari Farg'ona vodiysining So'x tumanidagi Seleng'ur g'oridan va
Toshkent viloyatining Ko'lbuloq makonida topildi.

Bu borada yetakchi arxeolog olimlar A.P.Okladinokov, O'.Islomov, M.R.Qosimov,

V.P.Alekseyev, T.K.Xo'jayevlarning xizmatlari kattadir. O'.Islomov XXasrning 80-yillarida
Seleng'ur g'orida arxeologik tadqiqotlar olib boradi(Dastlabki tadqiqot 1958-yilda
Okladinokov tomonidan amalfa oshirilgan).U g'ordan topilgan tosh qurollar va hayvon
suyaklarini chuqur o'rganiv, Seleng'urda yashagan odamlar g'orni ashel davrining dastlabki
bosqichida o'zlashtirganliklarini isbotlaydi. Islomov tomonidan Seleng'ur g'oridan 40dan
ortiq suyaklar topiladi.Suyaklarning asosini chag' va tishlar tashkil etardi.Arxeolog fikricha
g'orda yashagan odamlarning yoshi yaqin bir milion yil atrofida deb ta'kidlaydi.[Исломов,
1988. Б. 162]Seleng'ur odamining qoldiqlari Farg'ona vodiysi hududlarida topilganligi sababli
fanga " Fergantrop odami"- " Fergantrop" nomi bilan kiritiladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bizning yurtimiz O'zbekiston hududlari ham

ibtidoiy odamlar uchun hayot kechirishda nihoyatda qulay ekanligini arxeologik manbalar
orqali ko'ramiz. So'nggi yillardagi tadqiqotlar natijasiga tayangan holda shuni ayta olamizki,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

115

Markaziy Osiyo hududlarida qadimda insoniyat tamaddunining beshigi sifatida e'tirof
etishimiz mumkin.

References:

1.

Исламов У. И. Итоги и перспективы изучения пещерной стоянки Сель-Унгур //

Проблемы взаимодействия природы и общества в палеолите в Средней Азии : Тезисы
конференции, посвященной 50-ю исследований стоянки Тешик-Таш. — Ташкент, 1988.
2.

Батыров Б. Х., Батиров А. Р. Ископаемые млекопитающие пещеры Сель-Унгур //

Проблемы взаимосвязи природы и общества в каменном веке Средней Азии. —
Ташкент, 1988.
3.

Исламов У. И., Крахмаль К. А.. Палеоэкология и следы древнейшего человека в

Центральной Ази. Ташкент: Фан, 1995 — 165-166 bet.
4.

Вишняцкий Л. Б.. Палеолит Средней Азии и Казахстана. СПб.: Европейский дом,

1996 — 102-107 bet.
5.

Shipman, P. (2015). "How humans and their dogs drove Neanderthals to extinction". The

invaders: how humans and their dogs drove Neanderthals to extinction. Harvard University
6.

Reich, D. (2018). "Encounters with Neanderthals". Who we are and how we got here:

ancient DNA and the new science of the human past. Oxford University Press.
7.

Окладников А. П. Утро искусства. — Л.: Искусство, 1967. — 135 с.

8.

8.Рогинский Я. Я. Внеевропейские палеоантропы // Ископаемые гоминиды и

происхождение человека. М., 1966. Тешик-Таш. Палеолитический человек. М., 1949
9.

9.Окладников А. П. Мустьерская стоянка в гроте Тешик-таш в Узбекистане //

КСИИМК — Вып. II. — 1939
10.

Berdiev X., Ermatov X. Surxondaryo tarixidan lavhalar, T., 1991.

11.

Xolto’rayevich, M. A. (2022). The Last Period in the Resistance Movement in

Surkhandarya and the Repression of the National Forces CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
SOCIAL SCIENCES AND HISTORY, 3(12), 17-20.
12.

Pugachenkova G.A.,Rtveladze E.V., Severnaya Baktriya Taxaristan problemi istorii i

kulturi, T. «Fan», 1990.

Библиографические ссылки

Исламов У. И. Итоги и перспективы изучения пещерной стоянки Сель-Унгур // Проблемы взаимодействия природы и общества в палеолите в Средней Азии : Тезисы конференции, посвященной 50-ю исследований стоянки Тешик-Таш. — Ташкент, 1988.

Батыров Б. Х., Батиров А. Р. Ископаемые млекопитающие пещеры Сель-Унгур // Проблемы взаимосвязи природы и общества в каменном веке Средней Азии. — Ташкент, 1988.

Исламов У. И., Крахмаль К. А.. Палеоэкология и следы древнейшего человека в Центральной Ази. Ташкент: Фан, 1995 — 165-166 bet.

Вишняцкий Л. Б.. Палеолит Средней Азии и Казахстана. СПб.: Европейский дом, 1996 — 102-107 bet.

Shipman, P. (2015). "How humans and their dogs drove Neanderthals to extinction". The invaders: how humans and their dogs drove Neanderthals to extinction. Harvard University

Reich, D. (2018). "Encounters with Neanderthals". Who we are and how we got here: ancient DNA and the new science of the human past. Oxford University Press.

Окладников А. П. Утро искусства. — Л.: Искусство, 1967. — 135 с.

Рогинский Я. Я. Внеевропейские палеоантропы // Ископаемые гоминиды и происхождение человека. М., 1966. Тешик-Таш. Палеолитический человек. М., 1949

Окладников А. П. Мустьерская стоянка в гроте Тешик-таш в Узбекистане // КСИИМК — Вып. II. — 1939

Berdiev X., Ermatov X. Surxondaryo tarixidan lavhalar, T., 1991.

Xolto’rayevich, M. A. (2022). The Last Period in the Resistance Movement in Surkhandarya and the Repression of the National Forces CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY, 3(12), 17-20.

Pugachenkova G.A.,Rtveladze E.V., Severnaya Baktriya Taxaristan problemi istorii i kulturi, T. «Fan», 1990.