Авторы

  • Mohlaroyim Bozorova
    O‘zMU “Yurisprudensiya: biznes huquqi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46478

Ключевые слова:

Inson oila huquq Yaponiya Fuqarolik kodeksi fuqarolik huquqi er xotin huquqiy munosabat Buyuk Britaniya oila instituti konsepsiya hukumat qarori farmon Konstitutsiya nikoh milliy an`ana qadriyatlar sharqona tafakkur qonunchilik Oila kodeksi qarindoshlik shajara to`g`ri shajara yon shajara ajdod.

Аннотация

Mazkur maqolada jahonda oilaga nisbatan qarashlar va ularning mamlakatimizda oilaga bo`lgan munosabat bilan qiyosi hamda qarindoshlik aloqalari va ularning huquqiy asosi to`g`risida fikr yuritiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

93

HUQUQDA OILA, QARINDOSHLIK ALOQALARI HAMDA ULARNING YURIDIK

TAHLILI VA TARTIBGA SOLINISHI

Bozorova Mohlaroyim Siroj qizi

O‘zMU “Yurisprudensiya: biznes huquqi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12741932

Annotatsiya:

Mazkur maqolada jahonda oilaga nisbatan qarashlar va ularning

mamlakatimizda oilaga bo`lgan munosabat bilan qiyosi hamda qarindoshlik aloqalari va
ularning huquqiy asosi to`g`risida fikr yuritiladi.

Kalit so`zlar:

Inson, oila, huquq, Yaponiya, Fuqarolik kodeksi, fuqarolik huquqi, er,

xotin, huquqiy munosabat, Buyuk Britaniya, oila instituti, konsepsiya, hukumat qarori,
farmon, Konstitutsiya, nikoh, milliy an`ana, qadriyatlar, sharqona tafakkur, qonunchilik, Oila
kodeksi, qarindoshlik, shajara, to`g`ri shajara, yon shajara, ajdod.


Inson tug`ilibdiki, oila qurshovida o`sib-ulg`ayadi, kamol topadi, avval o`zi unib-o`sgan,

keyinchalik esa o`zi tomonidan qurilgan oila hayotining ajralmas qismiga aylanadi. Umuman
olganda, oila inson umri davomida qiyin qarorlar qabul qilishi kerak vaqtlarda,
mushkulotlarni yengishda, shu bilan, birga baxtli fursatlarda hamnafas bo`la oladigan qadrli
ne`matlardan biridir.

Dunyoning turli burchaklarida “oila” tushunchasiga turlicha qaraladi. Xususan,

Yaponiyada davlatning fuqarolik huquqi sohasidagi asosiy kodeksi hisoblangan Fuqarolik
kodeksining 10-moddasiga ko`ra, oila — er va xotin, ota-onalar va bolalar, shuningdek, er
yoki xotin o'rtasidagi muayyan huquqiy munosabatlarni tartibga solish va uning doirasini
bilvosita belgilash usuli hisoblanadi

1

. Buyuk-Britaniyada esa oilaga asosiy vazifasi o`z

a`zolarini ta`minlash bo`lgan, ota-onalar va ularning avlodlaridan tashkil topgan birlamchi
ijtimoiy guruh sifatida qaraladi

2

.

Mamlakatimizda oila muqaddas hisoblanib, mazkur institutni har tomonlama

rivojlantirish, uning mustahkamligini oshirish va yoshlarni oilaga muhabbat ruhida
tarbiyalash borasida keng ko`lamli islohotlar olib borilmoqda. Mazkur islohotlarning huquqiy
asosini yaratish va ularga qonuniy tus berish maqsadida “O`zbekiston Respublikasida oila
institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori qabul qilindi

3

, “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish,

mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini
yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni imzolandi

4

va ularning

ijrosini ta`minlash maqsadida hukumat qarorlari tasdiqlandi.

O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 76-moddasiga ko`ra, oila

jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston
xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng
huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi. Darhaqiqat, yurtimizda oila, qarindoshlik
aloqalari to`g`risidagi normalar o`zbek xalqida uzoq yillar davomida shakllanib kelgan

1

https://www.mofa.go.jp

website of Ministry of Foreign Affairs of Japan

2

https://culturalatlas.sbs.com.au

3

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son

4

https://lex.uz

18.02.2020. PF-5938-son


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

94

qadriyatlar, milliy an`analar, sharqona tafakkur hamda hozirgi davrdagi zamonaviy turmush
tarzi tendensiyalari bilan uyg`unlikda tuzilgan. Xo`sh, qarindoshlik o`zi nima? Qarindoshlik –
odamlar orasidagi ijtimoiy-tarixiy qondoshlik munosabatlari va oʻzaro maʼnaviy yaqinlikni
ifodalaygan tushuncha

5

. Qarindoshlik guruhlari ijtimoiy birikma boʻlib, unga aʼzolik oʻziga xos

qoidalarga tayanish va har bir guruh aʼzosi faoliyatining nazorat qilinishini talab qiladi hamda
qarindoshlik atamalari tizimi soni cheklangan, ota-ona avlodi uchun ushbu tizimning toʻrttasi
va har bir avlod uchun olti tizimi mavjud boʻlib, unga aka-uka, opa-singil va togʻa-ammalar
kiradi

6

. Bundan farqli ravishda, mahalliy xalqimiz qarindoshlikni quyidagi shajara asosida

tavsiflashadi. Bular:
1)

ota-ona,

2)

farzand,

3)

nabira,

4)

chevara,

5)

evara,

6)

nobora,

7)

dubora va undan keying avlodlar begona deyiladi.
Darhaqiqat, qonunchiligimizda ham qarindoshlik masalalariga keng o`rin ajratilgan va

tushunarli tarzda yoritib berilgan. Jumladan, Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib
chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha
qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi. Bunda
bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan —
ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan — uchinchi darajadagi qarindosh
hisoblanadi va hokazo. Shuningdek, aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-
uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-
singillari va ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar
hisoblanadi va hokazo. Bundan kelib chiqadiki, to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon
shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir. Ikki shaxs o‘rtasida qarindoshlikning
uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o‘zini hisobga
qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi, ya`ni hisob ajdodlar tomon
to‘g‘ri shajara bo‘yicha ular uchun umumiy bo‘lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa,
avlodlar tomon — ulardan boshqasiga qarab olib boriladi. Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil
qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan
qarindoshlikning — uchinchi, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar
esa — to‘rtinchi darajasida turadilar

7

. Qarindoshlik ham o`z navbatida ikki xil ko`rinishda

bo`ladi:
1.

Yot aralashmagan qarindoshlik.

2.

Yot aralashgan qarindoshlik.
Bunda O`zbekiston Respublikasining Oila Kodeksida keltirilgan normaga ko`ra, aka-uka

va opa-singillar yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh bo‘lishi mumkin. Aka-uka va
opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan bo‘lsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki
aksincha ona bir ota boshqa bo‘lsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Yot aralashmagan

5

http://forum.oyina.uz

6

K.F.Kottak. “Madaniy antropologiya” darsligi

7

O`zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi. 57-modda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

95

qarindoshlikda aka-uka va opa-singillar tug‘ishgan, yot aralashgan qarindoshlikda esa, aka-
uka va opa-singillar o‘gay hisoblanadi. Demak, aytish mumkinki, er-xotinning oldingi
nikohlaridan bo‘lgan bolalari o‘zaro qarindosh sanalmaydilar.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz huquqiy tizimida oila instituti hamda qarindoshlik

aloqalariga bo`lgan e`tibor jahon qonunchiligi bilan taqqoslaganda yuqori hisoblanib, bu
sohada amalga oshirilayotgan har qanday islohotlar o`z dolzarbligini yo`qotmaydi, bunda
islohotlar zamiri hisoblanadigan huquqiy normalar va qonunchilik hujjatlarining tarixan
shakllanib kelayotgan milliylik ruhida qabul qilinayotganligi yetakchi asos bo`lib xizmat qiladi,
desak mubolag`a bo`lmaydi.

References:

1.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son

2.

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 76-modda.

3.

K.F.Kottak. “Madaniy antropologiya” darsligi.

4.

O`zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi. 57-modda

5.

https://www.mofa.go.jp

website of Ministry of Foreign Affairs of Japan

6.

https://culturalatlas.sbs.com.au

7.

https://lex.uz

18.02.2020. PF-5938-son

8.

http://forum.oyina.uz

Библиографические ссылки

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 76-modda.

K.F.Kottak. “Madaniy antropologiya” darsligi.

O`zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi. 57-modda

https://www.mofa.go.jp website of Ministry of Foreign Affairs of Japan

https://lex.uz 18.02.2020. PF-5938-son