ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
73
MUSTAQILLIK YILLARID BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING IJTIMOIY
PEDAGOGIK ASOSLARI
Sayfullayev Abdirayim Narzillayevich
Osiyo xalqaro universiteti pedagogika,
psixologiya yunalishi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.12730282
Annotatsiya:
Mustaqillik yillarida pedagog kadrlarni tayyorlashning yangi tizimi ishlab
chiqilib, uzluksiz taʼlimda oʻqitish sifati va samaradorligini boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy,
maʼnaviy-axloqiy tayyorgarligi belgilab berishi haqidagi shu bilan birga malakali pedagoglarni
tayyorlashda pedagogik va nopedagogik oliy taʼlim muassasalari talabalarini pedagogik
bilimlar bilan qurollantirish, ularni yosh avlodni tarbiyalash, unga taʼlim berish jarayoni haqida
soʻz boradi.
Kalit soʻzlar:
Pedagog, individual, “barkamol shaxs”, “barkamol inson”, “kamolga etgan”,
“bekam-u ko’st”, “yetuk”, “to’kis”, “mukammal”, shaxsni aqliy, ma’naviy-axloqiy, hissiy-estetik.
СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ВОСПИТАНИЯ ЗРЕЛОГО
ПОКОЛЕНИЯ ПЕРЕД ГОДАМИ НЕЗАВИСИМОСТИ
Сайфуллаев Абдираим Нарзиллаевич
Степень магистра педагогики, психологии, Азиатский
международный университет.
Аннотация:
В годы независимости была разработана новая система подготовки
педагогических кадров и одновременно оснащения студентов педагогических и
непедагогических
вузов
педагогическими
знаниями
при
подготовке
квалифицированных педагогов, что определяет качество и эффективность
преподавания в непрерывном образовании – это процесс образования.
Ключевые слова:
Педагог, личность, «совершенный человек», «совершенный
человек»,
«зрелая»,
«гладкая»,
«зрелая»,
«полноценная»,
«совершенная»,
интеллектуальная, духовно-нравственная, эмоционально-эстетическая личность.
SOCIO-PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF EDUCATION OF A MATURE
GENERATION BEFORE THE YEARS OF INDEPENDENCE
Sayfullaev Abdiraim Narzillaevich
Master
's degree in pedagogy, psychology, Asian International
University.
Abstract:
During the years of independence, a new system for training teaching staff was
developed and at the same time equipping students of pedagogical and non-teaching
universities with pedagogical knowledge in the preparation of qualified teachers, which
determines the quality and effectiveness of teaching in lifelong education - this is the
educational process.
Key words:
Teacher, personality, “perfect person”, “perfect person”, “mature”, “smooth”,
“mature”, “full-fledged”, “perfect”, intellectual, spiritual-moral, emotional-aesthetic personality.
Inson shaxsidagi ijobiy fazilatlar avlodlardan avlodlarga o’tishi, e’zozlanishi
bilan qadriyatga aylanadi. Qadriyatlar o’z navbatida inson aqli, tafakkuri, xarakteri, tuyg’u
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
74
hissini shakllantiradi. Shu bilan birgalikda ma’naviyatning jamiyatdagi yetakchi g’oyalarga ham
bog’liqligi anglashiladi. Jamiyatimizda kelajagi buyuk huquqiy-demokratik davlat yaratish
davrning yetakchi g’oyasi sanaladiki, buyuk kelajak yaratish uchun komil avlodni, ma’naviy
yetuk, axloqan yuksak, ruhan va jismonan sog’lom avlodni tarbiyalash hayotiy ehtiyoj
hisoblanadi. Abu Nasr Forobiy “Har bir inson tabiatan shunday yaratilganki, u yashash va oliy
darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, yolg’iz o’zi bunday
narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi”
deb yozadi.
Shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga ta’sir nuqtayi nazaridan tarbiya doimo maqsadga
yo’naltirilgan
bo’lib,
birinchi
navbatda,
aniq
maqsadga
qaratilgan
jamiyatning faoliyatidir. Bunda jamiyat o’zida mavjud bo’lgan barcha imkoniyat
hamda vositalardan foydalanadi. Tarbiya – inson shaxsining rivojlanishi va
shakllanishiga kuchli ta’sir etuvchi muhim omil bo’lsa-da, biroq bu jarayonda yana
qator omillar, jumladan, muhit ta’siri va irsiyat ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“Shaxsning
o’z-o’zini
rivojlantirishi
tarbiyaning
asosiy
mohiyati
bo’lib
qoladi”, – deydi psixolog olim A.V.Petrovskiy. B.T.Lixachev, R.G.Gurova shaxs
tarbiyasida uning ongli ravishda bilim olishga intilishi, bu borada o’ziga xos
ko’nikma, malaka va mahoratga ega bo’lishi kabi muammolarni ilgari sursa, taniqli
psixolog olim E.G’oziyev shaxs tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
tayanish, shaxsni har tomonlama rivojlantirishda mehnat tarbiyasi, fuqarolik,
vatanparvarlik, axloq masalalarida an’anaviy ta’riflardan chetlanib, ularni inson
hayotini o’zgartiruvchi, shaxsning o’z-o’zini rivojlantiruvchi vosita sifatida e’tirof
etishni taklif qiladi.
Inson
shaxs
darajasiga
etishi
uchun
uning
ongi,
faoliyati,
o’z-o’zini
anglashidan
iborat
ichki
yo’naltiruvchi
mexanizmi
muhim
ahamiyatga
ega.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishi uning qiziqishi, xarakteri, qobiliyati, aqliy rivojlanganligi,
ehtiyojlari,
mehnat
faoliyatiga
munosabati
bilan
belgilanadi.
Ana
shu xususiyatlar rivojlanib, insonning ijtimoiy voqelik, mehnat, kishilar, jamiyatga
bo’lgan munosabati ma’lum bosqichga etgandagina
u barkamol shaxs
darajasiga
ko’tariladi. “O’zbek tilining izohli lug’ati”da “
barkamol
” tushunchasi lug’aviy
jihatdan “
kamolga etgan
”, “
bekam-u ko’st
”, “
yetuk
”, “
to’kis
”, “
mukammal
” degan ma’nolarni
anglatishi ta’kidlanadi.
Garchi bugungi kunda ham tarbiyaning eng oliy maqsadi barkamol shaxsni
shakllantirishdan iboratligi e’tirof etilayotgan bo’lsa-da, biroq “
barkamol shaxs
”,
“
barkamol inson
” tushunchalari hali hatto pedagogik lug’atlardan ham o’rin
olmaganligi achinarli hol, albatta.
“Komil
inson”
tushunchasiga
taniqli
adabiyotshunos
olim
N.Komilov
Aziziddin Nasafiy, Shayx ibn al-Arabiylarning ta'riflariga tayanib: “
Komil inson -
bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga
tutash, fayz-u karomatdan serob, siyrat-u surati saranjom, qalbi ezgu
tuyg’ularga limmo-lim pokiza zot
”, – deb ta’rif beradi.
Pedagogikada barkamol shaxs tarbiyasi tarixini birinchilardan bo’lib tadqiq
etgan
J.Yo’ldoshev,
O.Musurmonova,
M.
Hoshimova,
S.Nishonova,
S.Hasanov,
S.Yo’ldosheva,
rus
pedagog
olimi
I.P.Podlasiy
va
boshqalarning
ta’riflariga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
75
tayangan holda “
barkamol shaxs-bu aqlan va ruhan yetuk, yuksak iste’dod va salohiyatga
ega bo’lgan, ma’naviy boy, axloqan pok, jismonan sog’lom, nafosatli, jamiyatda o’zligini
tanigan mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor, tashabbuskor, ishbilarmon, fidoiy shaxs
”,
degan ta’rifni keltiradi.
Demak, insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun
nasl-irsiyat
(inson – biologik mavjudot sifatida), ijtimoiy muhit (ijtimoiy-iqtisodiy hayot)
hamda maqsadga muvofiq tashkil etilgan tarbiya va uning faoliyati kabilar ta’sir
etadi
. Shuning uchun ham pedagogik ta’lim jarayonida talaba-yoshlarning shaxs
sifatida
rivojlanishi,
har
tomonlama
kamolga
etishi
qonuniyatlari,
shaxs
kamolotiga ta’sir etuvchi omillar o’rganiladi.
Talabalarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda quyidagi talablarga rioya
etish muhimdir:
-
yoshlarning bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlari va qobiliyatlarini
rivojlantirish;
-
ta’lim jarayonida talabalar faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil
etish;
-
talaba-yoshlarning har biriga individual yondashish;
-
pedagogik nazokatni shakllantirish;
-
kasb-hunarga tayyorlash;
-
murakkab vaziyatlardan to’g’ri yo’l topib chiqib keta olish qobiliyatiga ega
bo’lishlariga erishish;
-
ijtimoiy faollik, fuqarolik rolini shakllantirish va hokazolar.
Yuqoridagi
talablarni
amalga
oshirish
uchun
barkamol
shaxsni
shakllantirishning quyidagi mezonlari asos bo’lib xizmat qiladi:
-
shaxsni aqliy, ma’naviy-axloqiy, hissiy-estetik, jismoniy rivojlantirish;
-
ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishga yo’llash;
-
insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish;
-
yosh
xususiyatlarini
hisobga
olgan
holda
shaxsning
individual
o’ziga
xosligini namoyon etishga sharoit yaratish;
-
fuqarolik nuqtayi nazarining tarkib topishiga erishish;
-
hayotga, mehnatga, ijtimoiy ijodkorlikka tayyorlash;
-
o’z-o’zini boshqarish, demokratik tamoyillarni anglash, Vatani va xalq
oldida o’z mas’uliyati va burchini his etish.
Tarbiya qonuniyatiga ko’ra shaxsning kamolga etishi jamiyat rivojlanishidan
orqada
qolsa,
ijtimoiy
maqsadni
amalga
oshirish
uchun
shart-sharoitlar
yaratilmagan bo’lsa, uni amalga oshirish qiyin.
Yuqoridagilardan
kelib
chiqib
barkamol
shaxs
tarbiyasining
asosiy
yo’nalishlari quyidagilardan iborat deb belgilashni ma’qul topdik:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
76
Quyidagidan shu xulosaga kelamiz
barkamol shaxs individ – shaxs – inson
tizimida o’z
dunyoqarashi,nuqtayi nazariga ega bo’lish, o’z haq-huquqini hurmat qilishga o’rganish, shaxslik
xislatlarini tushunish, shuningdek, o’z bilim, qobiliyat va ko’nikmalarni namoyon etib, o’z
“
Men
”ini qaror toptirish asosida shakllanadi.
References:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni // Oʻquvchi maʼnaviyatini
shakllantirish. – Toshkent: “Maʻrifat-Madadkor”, 2000.– 7-b.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi // Oʻquvchi
maʼnaviyatini shakllantirish / Nashr uchun masʼul: J.Gʻ.Yoʻldoshev. Tuzuvchilar J.Fozilov,
R.Sultonov., H.Saidov. – Toshkent: “Maʻrifat Madadkor”,2000.–46-52b.
3.
Тураев С.Ж. Solution of problems on subject physics with the help of borland. Инновации
в технологиях и образовании. 2018г.258-259 c
4.
Turaev S.J. (2019) “Methods of using the programming language in preparing students for
research activities” Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and
Technology: 2020. –P. 294-299.
5.
Одилов Ё.Ж. Informatsionno-kommunikatsionniye texnologii (ikt) v obrazovanii. Ikt
kompetentnost v professionalnom razvitii kadrov // Scienceweb academic papers collection.
ISSUE 9. ISSN 2181-1784. Scientific Journal Impact Factor.–Тошкент.2019/1/1.436-441.
6.
Одилов Ё.Ж. Methods of preparing students for professional activity on the basis of
teaching physics // O‘zbekiston Milliy Universiteti Xabarlari. 2022,[1/11] ISSN 2181-7324
7.
Одилов
Ё.Ж.
Физика
фанини
ўқитиш
асосида
талабаларнинг
лойиҳавийконструкторлик фаолиятини ривожлантириш. Муғәллим ҳәм үзликсиз
билимлендириў. Илмий-методикалық журнал.–Нөкис. 2021й. 103-106.