ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
33
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TO‘G‘RI TALAFFUZ
KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLAR TIZIMI
Atamurodova Gulnora Shermurodovna
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil
tadqiqotchisi, Samarqand shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy va ma’rifiy
ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
https://doi.org/10.5281/zenodo.12697411
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ona tili ta’limida to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish
va unga doir talaffuz mashqlari hamda topshiriqlarni ishlab chiqish. Shuningdek, o‘quvchilarda
adabiy talaffuz me’yorlari ko‘nikmasini shakllantirish.
Kalit so‘zlar:
Nutq tovushlari, to‘g‘ri talaffuz, mahq va topshiriqlar, adabiy til me’yorlari.
Ona tili mashg‘ulotlarida to‘g‘ri talaffuz ta’limining maqsadi, mazmuni takomilini
ta’minlashda nutq tovushlariga oid mashqlarning o‘rni benihoya kattadir.
Chunki ular
yordamida o‘quvchi uchun adabiy tilda so‘zlashish, uning rang-barang imkoniyatlaridan
foydalanish sharoiti paydo bo‘ladi. Mazkur masala, ya’ni dasliklarda fonetik materiallar talqini
masalasi ingliz, nemis, fransuz tili darsliklarida ancha mukammal, to‘liq, rang-barang
shakllarda berilgan va e’tiborga molik tomoni shundaki, fonetik mashqlardan foydalanish
boshlang‘ich sinflardan keyingi ta’lim jarayonlarida ham davom ettiriladi.
Adabiy til va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan talaffuz me’yorlari millatning yuzi,
madaniyatlilik belgisi sifatida namoyon bo‘ladi, shuningdek, shu millat vakillarining o‘zaro
muloqotlari tushunarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Ona tili darslarida talaffuz ustida
ishlanar ekan, hamma tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi ham maxsus mashqni talab etavermaydi.
Har bir tilda ham talaffuz va imlosi muammoli bo‘lgan nutq tovushlari mavjud. Jumladan, o‘zbek
tilida ham. Asosan
,
o‘quvchilar, barcha soha vakillari, eng achinarlisi, ayrim mutaxassis-
o‘qituvchilar ham
[x]–[h], [u]–[o‘], [i]–[e]
va ayrim hududlarda
[q], [ng]
kabi tovushlarning
aytilishi va yozilishida muntazam xatoga yo‘l qo‘yadilar. O‘. Usmonova bu masalani hal
qilishdagi qiyinchiliklarga shevalarni sabab qilib ko‘rsatadi
1.
Tadqiqotchi talaffuz masalasi
o‘zbek tilida o‘rganilmasdan kelinayotganligini ta’kidlaydi va bu borada o‘z ishida adabiy
talaffuz me’yorlarini belgilash ishlariga birinchi bo‘lib qo‘l urgan olim F.K.Kamolov hamda
professor S.I.Ibrohimovlarning qimmatli fikrlariga tayanadi.
Bugungi kunda ham ayrim unli va undoshlar talaffuzini o‘rgatishda qiyinchiliklarga duch
kelinadi. Talaffuzdagi har xillikka sabab sheva ekanligi nazarda tutilsa, adabiy talaffuzni
shakllantirishning samarali yo‘li bu – fonetik mashqlar ustida ishlash ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Talaffuzda ham, yozuvda ham eng ko‘p chalkashlik bo‘g‘iz undoshi
[h]
bilan bog‘liq. Uni
bartaraf qilish uchun quyidagicha yondashish tavsiya qilinadi:
Agar biz videoproektor (imkoni bo‘lmasa, plakatlarga tushirib olish ham mumkin) orqali
maxsus tuzilgan fonetik mashqlar va shu tovushlar talaffuz holati aks etgan oksilografik
tasvirlardan foydalansak, natija ijobiyga o‘zgarishi mumkin. Nutqiy malakalarni
shakllantiruvchi vosita, bizningcha, quyidagicha mashqlardan muntazam foydalanishdir.
[X] va [H] harflarining talaffuzi hamda imlosi: [h]
– bo‘g‘iz undoshi bilan [
x]
– chuqur
til orqa undoshining ba’zan imloda, asosan, talaffuzda almashtirilib, xato qo‘llanilmoqda. Bu
1
Usmonova O‘. Talaffuz madaniyati.–Т.: Fan
,
1976. – 3 b.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
34
borada ko‘plab metodik tavsiyalar, hatto maxsus lug‘atlar(“h”li va “x”li so‘zlar lug‘ati) yaratilgan
bo‘lsa-da, bu borada hozirgacha sezilarli natija yo‘q.
Talaffuz qiling.
h-h-h-h-h-h
x-x-x-x-x-x
ham – (va bog‘lovchi)
xam – (egik)
hamma – (barcha, jami)
xamma – (bug‘doy saqlanadigan idish)
hil – (bug‘)
xil – (tur)
hush (es, aql)
xush – (yaxshi, ajoyib)
shoh – (podshoh)
shox – (novda)
hol – (ahvol) xol – (meng, tanadagi belgi)
Ko‘rib turganingizdek, [
h] -
bo‘giz undoshining talaffuz qilinishida
[x]
tovushidan farqli
o‘laroq, o‘pkadan kelayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida til va tanglay orasidan erkin
o‘tayotganligi sababli deyarli shovqinsiz hosil bo‘lmoqda:
h-h-h...
Ilmiy adabiyotlarda
[h]
bo‘g‘iz undoshinig o‘z qatlamga oid so‘zlarda uchramasligi
ta’kidlanadi:
“h”
konsonanti o‘zlashgan leksikaga oid so‘zlarda qo‘llanib, o‘z leksikaga doir so‘zlarda
bo‘lmaydi. Garchi u o‘zbek orfoepik me’yoriga ko‘ra artikulyatsiya qilinsa ham, jonli tilda ko‘proq
chuqur til orqa tovushiga yaqinlashtirilib yuboriladi. Shuning uchun uni Buxoro va Samarqand
shevalaridan boshqa shevalarda chuqur til orqa konsonantidan farqlay bilmaydilar”
2
.
Shunga qaramay,
hil-hil, eh, ho, himm, ha, huvv, hoy, oh
kabi o‘zbek tiligagina xos so‘zlarda
aynan bo‘g‘iz undoshi ishtirok etayotgani, bu tovushning talaffuzi o‘zbeklar uchun begona
emasligini inkor etib bo‘lmaydi.
[
x]
– undoshining aytilishida esa tilning orqa qismi qattiq tanglayga juda yaqin bo‘lganligi
sababli o‘pkadan kelayotgan havo oqimi tor oraliqdan siqilib o‘tishi natijasida qattiq titrash
orqali kuchli shovqin sodir bo‘ladi:
x-x-x...
Quyida bo‘g‘iz undoshininig talaffuzi va imlosiga doir maxsus mashq va topshiriqlarni
tavsiya etamiz:
1-mashq. Quyidagi ma’lumotlarni o‘qing va to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qiling.
[h]
bo‘g‘izda hosil bo‘luvchi yagona undosh tovush bo‘lib, o‘pkadan chiqayotgan havo
bo‘g‘izda to‘siqqa uchraydi. Unli tovushlardan farqi shovqindan iboratligidadir. Chuqur til orqa
undoshi
[x]
dan talaffuziga ko‘ra farqlanadi:
[
h]
-
talaffuzda til tanglayga tegmaydi, titramaydi.
[
x]
-
talaffuzda tilning orqa qismi qattiq tanglayga tegadi va o‘pkadan kelayotgan havo
bosimi til va tanglay orasidan sirg‘alib, titrab o‘tadi.
hal – hol – hil – ho‘l
xol – xil – xo‘r – xas
hol– xol
hush – xush
ham – xam
hil – xil
hamma – xamma
hatto – xato
O‘qituvchi shu holatni videoproektor orqali (uning hajmi katta bo‘lganligi sababli sinfdagi
barcha o‘quvchi tasvirni yaqqol ko‘rib turadi va bu eng muhimidir) batafsil izohlab, shu asosda
to‘g‘ri talaffuz qilib bera olsa, natija istalgandek bo‘ladi. So‘ng mustahkamlash uchun biror
matn, masalan, Muhammad Yusufning “Ilm istang” she’ri [
h]
va [
x]
harflari tushirilgan holda
2
Qarang. Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Т.: Fan, 2013 – 121 b.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
35
ekranga chiqarilsa, o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida mustaqil o‘rganganlarini amaliyotda qo‘llab
ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Vaqt ham tejaladi. Uyga vazifa sifatida biror sevimli asar
misolida [
x]
yoki [
h]
tovushi ishtirok etgan 20ta so‘z topib yozish topshiriladi. Bu borada she’riy
matnlar ustida ko‘proq ishlash yaxshi natija beradi.
1-mashq.
Berilgan she’riy matndagi bo‘sh o‘rinlarga kerakli harflarni qo‘ying va she’rni
ifodali o‘qing.
Alp o‘g‘lonlar o‘lkasi bu ko‘…na Turon,
Qalqonlari, qanotlari, ilm istang.
Yarim ja…on bunyod etgan So…ibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
Ilm istang, izingizdan ibrat yog‘sin,
I…losingiz sha…dingizdan shiddat yog‘sin,
Ortingizdan mag‘rur-mag‘rur millat yog‘sin
Mulki Turon najotlari, ilm istang. (M.YUsuf)
2-mashq
. “Adabiyot” darsligidan uyga vazifa sifatida o‘qishga berilgan biror asardan
[
x]
va
[
h]
undoshlari ishtirok etgan so‘zlarga 15tadan misol topib daftaringizga yozing va ularni
to‘g‘ri talaffuz qilishga odatlaning.
3-mashq
. Tez aytishlarni takrorlang va siz ham shunday tezaytishlar tuzishga harakat
qiling.
1.Hamid hali ham Hamidadan hayiqadi. 2.Xurshid xo‘rozining xunukligidan xo‘rsindi.
Tutuq belgisining ifodalanishi:
Tutuq belgisi ishtirok etgan so‘zlarning talaffuzida,
ba’zan imlosida ham kamchiliklar uchraydi. Darsliklarda mazkur belgining uch vazifasi haqida
batafsil ma’lumot berilgan bo‘lsa-da, talaffuzda chalkashliklar mavjud. Ya’ni unlidan keyin
kelganda ham, undoshdan keyin kelganda ham ajratib aytilaveradi.
Ma’/naviyat, ma’/rifat,
ma’/no.
Muammoni bartaraf etish uchun, bizningcha, masalaga quyidagicha yondashish
mumkin:
Eslatma
[:]
cho‘ziqlikni bildiradi.
1-mashq.
Talaffuzda qiyoslang.
Tana – ta’:na
ma’:no
Davo – da’: vo
ma’:rifat
Sher – she’: r
ma’:naviyat
Agar tutuq belgisi unlidan keyin kelsa, shu unli tovush cho‘ziqroq talaffuz qilinadi.
2-mashq.
Qoidaga asosan to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qiling.
San’/at – sanat
mas’/ul
Tal’/at – talat
jur’/at
Qal’/a – qala
mas’/ud
Sur’/at – surat
in’/om, tal’/at
Agar tutuq belgisi undoshdan keyin kelsa, u o‘zidan keyingi tovushdan ajratib talaffuz
qilinadi.
1-topshiriq. Dastlab tutuq belgisining unli harflardan keyin kelishiga, so‘ng undosh
harflardan keyin kelishiga xalq maqollari orasidan misollar topib yozing va talaffuz asosida
farqlang.
Va’daga vafo mardning ishidir.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
2-topshiriq. Uyga vazifa. Nutq tovushlarini aniq talaffuz qilishni mashq qiling. Qanday
hodisa yuz berayotganini yozma izohlang. Har bir so‘z ishtirok etgan she’riy misra keltiring.
Jumladan, o‘quvchilarga “Urg‘u” mavzusini o‘rgatishda ham maxsus mashqlardan unumli
foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshirishga yordam beradi. Ekranda havola etiladigan
mashq namunalari dastlab boshqa til so‘zlariga qiyoslab o‘rgatilishi maqsadga muvofiq.
1-mashq. To‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qiling.
Óna
(margarin)
– oná
(oyi)
; Samára
(joy nomi)
– samará (
natija)
Akadémik
(olim)
–
akadem
i
k (litsey)
; Alishér – Pu`shkin
Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasini aniqlash orqali o‘quvchilarning so‘z
zaxirasini boyitish:
3-mashq
. Berilganlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qiling.
it – et
is– es
il – el
ish – esh
tish – tesh
pish – pesh
in – en
iz – ez
3-topshiriq
. Berilgan matndan ma’no farqlaydigan unli va undosh tovushlar ishtirok etgan
so‘zlarni toping.
Kimki o‘z yo‘lidan borayotgan ekan, u hamma narsani biladi va uddalay oladi. Faqat bir
narsa orzuning ro‘yobga chiqishiga mone’lik qiladi – bu omadsizlikdan cho‘chish.
O‘quvchilar uchun talaffuzi hamda imlosi qiyin nutq tovushlarini o‘zlashtirishga
mo‘ljallangan maxsus fonetik mashq va topshiriqlar:
4-mashq
. Quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qiling.
nutq – huquq
qo‘l – qul
sulh – xulq
teri – tire
rol – rul
hush – xush
radio – yadro to‘zgan – tuzgan
internet – internat ajdar – ajal
[I] unlisining talaffuzi va imlosi
5-mashq
. Qanday so‘zlarda
[i]
unlisi yoziladi, lekin o‘qilmaydi? Misollar keltiring.
[i]
unlisi o‘zbekcha va arabcha so‘zlarda juda qisqa talaffuz qilinadi. Chunonchi, b
ilim, iliq,
din, asir, amir va boshq.
Rus va tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlarda aniqroq, cho‘ziqroq talalaffuz qilinadi. Masalan;
kino, bino, fizika, durbin va hk
.
6-mashq
. Berilgan ma’lumotlarni o‘qing va fonetik mashqlar ustida ishlang.
[i]
va [
u]
unlilari ayrim holatlarda [
e]
va [
o‘]
unlilari bilan almashtirilib imlo va talaffuzda
turli xatoliklarni keltirib chiqarmoqda. Uni bartaraf etish uchun darslikdagi ma’lumotlar kifoya
qilmaydi.
Fikrimizcha,
[i]
unlisining qipchoq lahjasi vakillari nutqidagi talaffuzi boshqacharoq
bo‘lib, barcha o‘rinlarda qisqa [
e]
tarzida talaffuz qilinadi. Bu muammoni bartaraf etish uchun
darslikka ilova tarzda quyidagi fonetik mashqlarni berish zarur.
7-
mashq
. To‘g‘ri talaffuz qiling.
in – en; iz – ez; iqtisod–iqtidor; iflos–nafis; iroda–ibora….
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
37
8-mashq.
Berilgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling, ma’nosini bir-biridan farqlang. Har
biriga ma’nodosh so‘z toping va ular ishtirokida jumla tuzing.
et – it
e’lon – ilon
el – il
eshon – ishon
ez – iz
echki – ichki
en – in
endi – indi
9-mashq
.
[i]–[u]
ishtirokidagi so‘z juftlarini talaffuz me’yorlari asosida o‘qing va qaysi
to‘g‘ri ekanligini aniqlang.
qurish – qurush
tuzilish – tizilish
tug‘ulish –tug‘ilish
surush – surish
tuzum – tuzim
turush – turish
turmish – turmush
tiyish – tuyish
10-mashq
. Quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling va xato yozilganlarini aniqlang.
Qipchoq lahjasiga mansub o‘quvchilar ko‘p holatlarda
[o‘]
unlisini
[u]
unlisi bilan
talaffuzda va imloda almashtirib noto‘g‘ri qo‘llashadi.
qo‘l – qul
qo‘sh – qush
g‘o‘ra – g‘ura
g‘o‘za – g‘uza
qo‘ra – qura
qo‘shiq – qushiq
qo‘zi – quzi
o‘zim – uzim
qo‘y – quy
to‘y – tuy
o‘y – uy
so‘y – suy
[a] va [o] unlilari talaffuzi hamda imlosi:
O‘zbekcha so‘zlarda
[a]
unlisi, odatda, asliga ko‘ra talaffuz qilinadi, biroq ayrim so‘zlarda
[o]
ga o‘xshab aytiladi, lekin
[a]
yoziladi. Masalan, d
avom, ravon, vagon, narvon…
11-mashq
. O‘zbek tilidagi til orqa
[o]
unlisi boshqa tillardagi
[o]
ga shaklan o‘xshasa ham,
talaffuzda farq qiladi.(O‘qituvchi yordamida talaffuz qiling.)
ton (so‘zidan
ton
di) –
ton (ohang)
tok ( uzum ) –
tok(kuchlanish)
tom (uyning tomi) –
tom (bob)
12-mashq
. Uyga vazifa. Keltirilgan xalq maqollaridagi so‘zlardan qaysilarida
[a]
unlisi
[o]
kabi talaffuz qilinadi, ammo
[a]
yoziladi
.
1. Achchiq savol berib, shirin javob kutma. 2. Toza havo – tanga davo.
[o‘]
unlisining talaffuzi va imlosi:
[o‘]
unlisinining tilimizda bir xil talaffuz etilmasligi ma’lum. Dastlab
[o‘]
unlisining ikki xil
talaffuzini farqlab olish uchun misollar shakldosh so‘zlardan keltiriladi va o‘qituvchi ko‘magida
birma-bir talaffuz qilinadi:
to‘r (uyning to‘ri)
to‘r (setka)
o‘r (sochni)
o‘r (o‘tni)
o‘t (harakat )
o‘t (maysa)
o‘sma (harakat)
o‘sma (ot)
So‘z tarkibida talaffuz qilib bo‘lgandan so‘ng quyidagi mashq orqali jumla tarkibida ham
aytib ko‘ramiz.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
38
13-mashq.
Berilgan gaplardagi tagiga chizilgan so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra to‘g‘ri o‘qing va
ma’nodoshlarini toping.
Mehmon uyning
to‘r
ida o‘tiradi. Biz
to‘r
ni olib baliq tutgani yo‘l oldik. Onasi qizining
sochini
o‘rib
qo‘ydi. Niholni erta ekkan, hosilni erta
o‘rar.
Oltin
o‘tda
bilinar – odam mehnatda.
O‘t
gan bulutdan yomg‘ir kutma.
O‘sma
qoshni
o‘stiradi.
14-mashq.
Berilgan she’riy matnni ifodali o‘qishni mashq qiling. Undan
[o‘]
unlisi
ishtirok etgan so‘zlarni talaffuz asosida ikki ustunga ajratib yozing.
Qiyosi yo‘q aslo, mehri bir daryo,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek.
Bolalariga-ku bildirmas, ammo,
Dunyoda bolam, deb yashaydi o‘zbek.
O‘nta bo‘lsa, o‘rni boshqa uning-chun:
O‘g‘lim otashimdan yaralgan uchqun,
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Yuzlari lolam deb, yashaydi o‘zbek. (M. Yusuf)
Agar o‘zbek tili ikkinchi til yoki davlat tili sifatida o‘qitilayotgan bo‘lsa, mashqlar qatorini
o‘quvchining ona tilidagi tovushlar bilan ham davom ettirish mumkin:
bol– bol but – but kon – kon
sol – sol tut – tut ton – ton
son – son tush – tush tok – tok
ton – ton shum – shum dom–dom
Bunday mashqlar birinchidan, o‘quvchi nutqini adabiy talaffuzga odatlanishini
ta’minlaydi, ikkinchidan, o‘quvchining rus va o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarini ham boyitadi.
Qolaversa, o‘qituvchi mazkur mashqdagi so‘zlarni namuna sifatida talaffuz qilib berayotganda
so‘zlarning ma’nosini o‘quvchilarga tushuntirishga harakat qilib, sinonimlardan foydalanadi,
natijada ta’lim oluvchining so‘z boyligi oshishiga ham erishiladi. Yoki talaffuz mashqi tugagach,
o‘quvchilarning o‘zlariga o‘zbekcha so‘zlarga ma’nosi to‘g‘ri keluvchi boshqa so‘zlar topish
topshirig‘i berilsa, ularning mustaqil ishlashlariga, fikrlashlariga, oldin o‘rganilganlarini
amaliyotda qo‘llashlariga sharoit yaratiladi.
References:
1.
Usmonova O‘. Talaffuz madaniyati.–Т.: Fan, 1976. – 3 b.
2.
Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Т.: Fan, 2013 – 121 b.
3.
Bobomurodova A.YA. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish. Ped.
fan nomzodi diss. – Toshkent, 1996.
4.
Ibrohimov S. Nutq madaniyati va adabiy talaffuz haqida. –T.: Fan, 1972.
5.
Mirtojiev M. O‘zbek tili to‘g‘ri talaffuzsi. – T.: Fan, 2013.