ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
28
KREDIT-MODUL TIZIMI SHAROITIDA TA’LIMNI TASHXIS ETISH
Bozorova M.
Yangi asr universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12683594
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimini joriy etishning
pedagogik asoslarining nazariy asoslari yoritib berilgan. Shuningdek, kredit-modul tizimining
ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Tayanch so‘zlar:
oliy ta’lim tizimi, kredit, modul, o‘quv yuklama, pedagogik shart-
sharoitlar, ECTS.
Аннотация
. В данной статье описывается кредитно-модульная система в системе
высшего образования. Объясняются теоретические основы педагогических основ
введения. Также подробно о значении кредитно-модульной системы в образовательном
процессе предоставляется информация.
Ключевые слова:
система высшего образования, кредит, модуль, учебная
нагрузка, педагогические условия, ECTS.
Abstract:
In this article, the credit-module system in the higher education system. The
theoretical foundations of the pedagogical foundations of the introduction are explained. Also,
in detail about the importance of the credit-module system in the educational process
information is provided.
Key words:
higher education system, credit, module, educational load, pedagogical
conditions, ECTS.
Hozirgi yashab kelayotgan davrimizning ustuvor vazifalaridan bu - ta’limda sifatni
yaxshilash va takomillashtirish hisoblanadi. Ta’limdagi islohotlar kelajakda katta samara
berishini rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yaqqol isbotlab turibdi. Bugun
mamlakatimizda aynan ta’lim sohasiga yangicha boshqaruv tizimlarini joriy etish, ta’lim
jarayonini tashkil etish darajasini jahon tajribasi asosida rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish
va kelajakda mutaxassislarning mas’uliyatini rivojlantirish dolzarb masalaga aylangan. Aynan
shu maqsadlarni ko‘zda tutgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvardagi PF60-son bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida
1
”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 31-dekabrdagi 824-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
2
”gi
qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi
bosqichma-bosqich joriy qilina boshladi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-
oktyabrdagi PF-5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
3
”da oliy ta’lim jarayonlariga raqamli
texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb
etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son bilan tasdiqlangan “2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son “Oliy ta’lim muassasalarida
ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", farmoni 1-ilovasi, 2-bandi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
29
talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o‘quv rejalarida amaliy
ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
ulushini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. Bu qabul qilingan farmondan so‘ng
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga
o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi
“Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda “Davlat oliy taʼlim muassasalariga
moliyaviy mustaqillik berish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida 2022-yil yanvar
oyidan boshlab 35 ta oliy taʼlim muassasasida ushbu tizim joriy etildi. Bizlarga ma’lumki,
hayotimizda ko‘p narsalarning o‘lchov birligi mavjud. Masalan, vaqt o‘lchov birligi – sekund,
og‘irlik – kilo, uzunlik o‘lchovi – metr, elektr kuchlanish o‘lchovi – amper, suyuqlik – litr. Shunda
savol tug‘ilishi tabiiy, ta’limning ham yoki oliy ta’limning o‘lchov birligi bormi? Aytishingiz
mumkin, ha oliy ta’limning o‘lchov birliklari bu bakalavr, magistratura va doktorantura deb.
Lekin bular ta’limning o‘lchov birliklari emas, uning bosqichlari hisoblanadi. Afsuski, hozirda
mamlakatimizda oliy ta’limning talabalar progressini, ularning mutaxassis sifatida
shakllanishini muntazam ravishda baholab boruvchi hamma uchun tushunarli bo‘lgan o‘lchov
birligi mavjud emas.
Kredit-modul tizimi avvalambor, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga ta’limning
amaldagidan ko‘ra ancha mukammaroq, zamonaviy biroq hamma uchun tushunarli bo‘lgan
o‘lchov birligini olib kiradi. Unga ko‘ra OTM o‘quv dasturlari muayyan o‘qish natijalarini
ko‘zlovchi turli fan va modullarga bo‘linadi. Har bir fan yoki modul esa undagi o‘qish yuklamasi
miqdoriga qarab muayyan miqdordagi kreditlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, har bir fan o‘rta
hisobda 5, 6 yoki 7.5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talabalar esa har semestr va o‘quv yilida
muayyan miqdorda kreditlar to‘plab borishi va tegishli miqdordagi kreditni to‘plagandan keyin
unga bakalavr yoki magistratura darajasi berilishi belgilanadi. Respublikamizda oliy ta’lim
muassasalarida kredit modul tizimini joriy etish bo‘yicha o‘zbek olimlaridan V. O‘rinov, M.S.
Sobitxo‘jayeva, M.U. Hasanova, M. G. Jumanova, D. Abdurahmonova, A. Avazboyev, Y. Jo‘rayev,
M. Daniyarov, D. Nosirov, Noraliyeva va K. Mamajonovalar tadqiqot ishlarini olib borganlar.
MDH olimlaridan T.Ye. Anatolevna, A.G. Yefremov, V.P. Chistoxvalov, L.S. Grebnev, Yu.S.
Davidov, Ye.N. Gevorkyan kabi tadqiqotchilar kredit modul tizimini o‘quv jarayonida qo‘llash
muammolarini ilmiy jihatdan yoritib berganlar. Xorij olimlaridan K. Riko, A. Trov, B. Sellin, Julia
kabi tadqiqotchilar kredit modul tizimining joriy qilinishi va uning yutuq, kamchiliklarini o‘z
tadqiqot ishlarida ilmiy asoslab berganlar.
O‘qitishning kredit-modul tizimi o‘zi nima?
“Kredit (credit)— talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi boʻyicha fanlarni oʻqib
oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligidir. Kredit —
talabalarning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va
mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit
maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli
oʻtgandan soʻng beriladi. Har bir talaba kelajakda tanlagan yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha
diplomga ega boʻlishi uchun kreditlarni yigʻib borishi lozim
4
. Toʻplangan kredit talabaga butun
4
Ахmеdоvа S. R. Mаsоfаviy tа’lim vа uning hоrijiy tillаrni o’qitishdаgi o’rni //Science and Education. - 2021.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
30
umr davomida oʻzining malakasini oshirib borish yoki qoʻshimcha oliy maʼlumot olishiga
xizmat qilib boraveradi.
Modul—bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U
talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish
salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Xorijiy
tajribaga koʻra, kredit-modul tizimida oʻquv jarayoni har semestrda 2-4tagacha moduldan
iborat boʻladi
5
. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan
amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini oʻzaro uzviy toʻldirish prinsipi
asosida shakllantiriladi. ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 akademik soatlik
o‘qish yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni qo‘lga kiritishi uchun
ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bajarishi zarur.
O‘qish yuklamasi bu talaba muayyan o‘qish natijalariga erishishga qaratilgan barcha
tizimli o‘qish mashqlari va harakatlarini bajarish uchun kerak bo‘ladigan vaqtdir. Bu degani
yuqorida 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik o‘qish yuklamasi bu talaba fanni o‘rganish
uchun sarflashi ko‘zda tutilayotgan jami o‘qish harakatlar jamlanmasidir. Unga nafaqat dars
vaqti, balki talabaning fanni o‘rganish uchun kutubxonada va uyda sarflagan vaqti, imtihonlar
vaqti, qo‘yingki talaba ushbu fanni o‘zlashtirish uchun barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab
oladi. 1 kredit o‘qish yuklamasi 25-30 soat oralig‘ida aynan necha soat bo‘lishini odatda har bir
OTM o‘zining ichki qoidalarida belgilaydi va bu qoidalar OTM veb sahifasida shaffof tarzda
joylashtiriladi. Agar fan 6 kreditli fan bo‘lsa, talaba ushbu fan bo‘yicha belgilangan miqdordagi
kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik o‘qish yuklamasini
bajarishi kerak bo‘ladi (25*6=150; 30*6=180). Bunda OTM 1 kredit uchun 30 soatlik o‘qish
yuklamasi belgilagan bo‘lsa, undan 12 soati (30*40%=12) auditoriya soatlari, 18 soati
(30*60%=18) esa talabaning 13 mustaqil o‘qish soatlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu taqsimot
asosida 6 kreditlik fan o‘qish yuklamasini aniqlaydigan bo‘lsak, talaba ushbu fan bo‘yicha
belgilangan kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 72 soat ((30*6)*40%=72))
auditoriya darslarini, 108 soat ((30*6)*60%=108)) uyda va kutubxonada mustaqil o‘qish
yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi. ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60
kreditni tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2 semestrdan iborat ekanligini hisobga olsak, talaba o‘qishi
davomida har semestr 30 kredit to‘plab borishi zarur. Bakalavr dasturi odatda 4 yil ekanligini
hisobga olsak, talaba ushbu darajani qo‘lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura
dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to‘plashi kerak bo‘ladi. Shunday ekan kredit-modul
tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan uchun belgilangan kreditlar miqdoriga
qarab, o‘qishlari hali boshlanmasdanoq har bir fanni o‘qish va o‘rganishga qancha vaqt
sarflashlari kerakligi haqida tushunchaga ega bo‘lishlari mumkin. Bu ham ta’limda
shaffoflikning bir ko‘rinishidir. ECTS kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan universitetlar
amaliyotini tahlil qilganimizda, ularning aksariyatida auditoriya soatiga ega bo‘lgan fan va
modullarda auditoriya va mustaqil o‘qish soatlari nisbati o‘rtacha 40%ga 60% ekanligini
ko‘rishimiz mumkin. Bu nisbat boshqacha aytganda 1 : 1.5 to‘g‘ri keladi. Ya’ni, talaba muayyan
fan bo‘yicha belgilangan har 1 soat dars uchun unga darsdan tashqarida bir yarim soat mustaqil
o‘qishi, tayyorlanishi kerak bo‘ladi. Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba
5
Туйчиева, И. И. (2019). Вопросы обеспечения активизации мыслительной деятельности детей в процессе
дошкольного образования. In PSYCHO-PEDAGOGICAL PROBLEMS OF A PERSONALITY AND SOCIAL
INTERACTION (pp. 22-25).
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
31
bajarishi kerak bo‘lgan ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini va talaba buning natijasida
muayyan o‘qish natijalariga erishganligini bildiradi. Bu yuklamalarni bajargandagina o‘sha fan
bo‘yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo‘lga kiritishi mumkin. Mazkur tizimning oliy
ta’limga joriy qilinishi o‘qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga barham
berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil o‘qib-
o‘rganib, o‘z ustida ishlashiga zamin yaratadi.
Bugungi kunda Evropa kredit tizimi ko‘hna qit’aning deyarli barcha oliy o‘quv yurtida
amaliyotga joriy etilgan. Kredit-modul tizimida “Maʼmuriy boshqaruv”, “Oʻquv jarayoni”, “Ilmiy
faoliyat”, “Moliyaviy boshqaruv va statistika” axborot tizimlarini oʻz ichiga olgan HEMIS axborot
tizimi ham keng maʼlumot berilmoqda. Ushbu tizim oliy ta`lim faoliyatini avtomatlashtirish
hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini
taqdim etadi.
HEMIS axborot tizimi — bu oʻqituvchilarning kaliti, shaffoflikni taʼminlaydigan yagona
platforma sifatida maʼlumotlar kiritiladigan baza hisoblanadi. Seminarlarda HEMIS dasturida
ishlash, kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, pedagoglar
faoliyati va oʻzlashtirishni baholash, tizimda meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash,
raqamlashtirish kabi muhim tamoyillariga ham urgʻu berildi. Albatta, oliy ta`lim
oʻqituvchilarining HEMIS dasturida ishlash va kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil
etishdagi bilim va tajribalari taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim oʻrin tutadi.
Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim
omil hisoblanadi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi,
boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan obyekt tomon mustaqil
harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham talabalarning mustaqil ta’lim olishiga qaratiladi. O‘quv
jarayonida mustaqil ta’lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning
mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi. Kredit-modul
tizimida universitet talabalari har doim o‘qituvchi va kursdoshlaridan yordam hamda maslahat
olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlaydi va jamoada ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tish oliy
o‘quv yurti professor-o‘qituvchilariga bo‘lgan majburiyatni ham, talabni ham oshiradi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, modulli o‘qitish tizimi bilan o‘qituvchi nafaqat axborot beruvchi
va nazorat qiluvchi funksiyalarini, balki maslahatchi hamda muvofiqlashtiruvchilik vazifalarini
ham bajaradi. Pedagogik jarayonda o‘qituvchining yetakchilik roli saqlab qolinadi. Ta’limning
kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi. Chunki bitta universitetda olingan kreditlar
ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit yo‘qotmasdan bir universitetdan boshqasiga
o‘tishi mumkin. Aynan ushbu tizim o‘zbekistonlik talabalarning ilg‘or xorijiy universitetlarda
o‘qishini davom ettirishiga hamda murakkab byurokratik to‘siqlarni olib tashlashga imkoniyat
yaratib beradi. Ammo shuni ham qayd etish lozimki, har qanday xalqaro tajribani ko‘r-ko‘rona,
o‘z qadriyatlarimizni hisobga olmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish, uning har bir
elementini chuqur tahlil qilmasdan, ilmiy asoslarga tayangan holda amalga oshirilmas ekan,
kelajakda ma’lum bir salbiy holatlarning yuzaga kelishini ham unutmaslik kerak. Ya’ni ushbu
tizim bizning dunyoqarashimiz, shart-sharoit, barkamol insonni voyaga etkazishga qaratilgan
qadriyatlarimizga to‘la-to‘kis mos keladi, degani ham emas. Shu sababli, o‘quv jarayonining faol
elementlari hisoblanmish professor-o‘qituvchi va talabaning ham bu boradagi qarashlarini
o‘zgartirishimiz, mazkur tizim talablarini ularga singdirishimiz, o‘ziga xos madaniyatni
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
32
shakllantirishimiz darkor. Zero, mehnat bozori talabiga mos kadrlarni tayyorlamas ekanmiz,
raqobatda o‘z o‘rnimizni, mavqeyimizni yo‘qotishimiz muqarrar ekanligini his qilishimiz lozim.
Ammo oldimizda bundan yaxshiroq yo‘l ham, tanlov ham yo‘q. Nega deganda, barcha
rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari ushbu yo‘ldan yurib, yuqori natijalarni
qo‘lga kiritmoqda. Kredit-modul tizimi o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishi bilan bir
qatorda talabalarni mustaqil izlanishga yo‘naltirish orqali oliy ta`lim muassasalari maxsuloti
bo‘lmish bo‘lg‘usi kadrlarni zamon talablariga munosib mutaxassis etib tayyorlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, har qanday tizim rivojlanishi uchun
yangiliklarni joriy qilishga ehtiyoj sezadi. Shunday ekan OTMlarida kredit-modul tizimini joriy
qilish va uni rivojlanishi OTMlarida yetishib chiqayotgan yosh kadrlarni o‘z mutaxassisliklari
bo‘yicha yetuk kadr bo‘lishi, ishga joylashishida, professor o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini
oshirishga, OTMlarida o‘quv-moddiy bazani rivojlantirishga, akademik mustaqilligini
ta’minlashga, OTMlarida talaba, professor-o‘qituvchilarni o‘zaro almashishda (chet el OTMlari
bo‘ycha ham) qulayliklar tug‘diradi, O‘zbekiston Respublikasini Bolonya jarayonlarida ishtirok
etish huquqini qo‘lga kiritishida va boshqalarni amalga oshirishda katta yordam beradi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son bilan
tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son “Oliy
ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi", farmoni 1-ilovasi, 2-bandi
4.
Ахmеdоvа S. R. Mаsоfаviy tа’lim vа uning hоrijiy tillаrni o’qitishdаgi o’rni //Science and
Education. - 2021.
5.
Туйчиева, И. И. (2019). Вопросы обеспечения активизации мыслительной
деятельности детей в процессе дошкольного образования. In PSYCHO-PEDAGOGICAL
PROBLEMS OF A PERSONALITY AND SOCIAL INTERACTION (pp. 22-25).