ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
9
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISHDA INNOVATSION
JARAYONLAR
Muhammadiyev Bahromjon Qodirjon og‘li
Namangan davlat universteti Yurisprudensiya yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12664429
Annotatsiya:
Hozirgi vaqtda barcha davlat-huquqiy sohalar ham yangi yechimlar
izlamoqda. Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi esa axborot jamiyati davrida
hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Raqamli texnologiyalar va katta maʼlumotlarning
rivojlanishi FHDYO tizimiga sunʼiy intellektni joriy etish istiqbolini isbotladi. Ushbu maqolada
O‘zbekiston fuqarolik dalolatnomalarini yozish tizimida sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari
muhokama qilinadi.
Kalit so`zlar:
Sun`iy intelekt, nizosiz munosabatlar.
INNOVATIVE PROCESSES IN REGISTRATION OF CIVIL STATUS DOCUMENTS
Аbstrаct:
Currently, all state-legal sectors are looking for new solutions. Widespread
introduction of digital technologies has become an integral part of our life in the era of
information society. The development of digital technologies and big data has proven the
prospect of introducing artificial intelligence into the Registry system. This article discusses the
prospects of introducing artificial intelligence in the system of writing civil documents of
Uzbekistan.
Key wоrds:
Artificial intelligence, conflict-free relationships.
ИННОВАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ В РЕГИСТРАЦИИ ДОКУМЕНТОВ
ГРАЖДАНСКОГО СОСТОЯНИЯ
Аннотатция:
В настоящее время все государственно-правовые отрасли ищут
новые решения. Широкое внедрение цифровых технологий стало неотъемлемой частью
нашей жизни в эпоху информационного общества. Развитие цифровых технологий и
больших данных доказало перспективность внедрения искусственного интеллекта в
систему Реестра. В данной статье рассматриваются перспективы внедрения
искусственного интеллекта в систему написания гражданских документов Узбекистана.
Ключевые:
Искусственный интеллект, бесконфликтные отношения.
Kirish.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish muhim ahamiyatga ega bo`lgan
jarayon hisoblanib, buning natijasida muayyan huquq majburiyatlar vujudga keladi, o`zgaradi
yoki bekor bo`ladi. Fuqarolik holati dalolatmolarinmi yozish organida nizoli bo`lmagan yuridik
faktlar qayd etiladi. Bunda organda sudlardagi kabi ichki ishonchga asoslanib, yoki boshqa
hissiy jarayonlar orqali (masalan sud jinoyat sodir etgan shaxsning qilgan qilmishiga chin
dildan pushaymonligini hisobga olgan holda jazoni yengillashtirishi kerak bo`lgan xolatlar
xisobbga olinmaydi) qaror qabul qilish ta`lab etilamaydi. Shu boisdan bu tizimda sun`iy
intelektdan foydalanish bir necha ijobiy foydalar taqdim etadi.
Asosiy qism.
Sun`iy intelektdan tug`ilishni, vafot etganlikni, nikoh tuzilganligini va uni
bekor qilinganini qayd etish kabi ko'plab muntazam vazifalarni avtomatlashtirish orqali sud
jarayonlari sifatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
10
Endilikda FHDYO tizimida sun`iy intelektni joriy etish foydali jihatlaridan ba`zilari haqida
to`xtalsak:
Sun`iy intelekt fuqarolik holati dalolatnomalarini uzoq muddat saqlashi mumkin
.
Oila
kodeksining 204-moddasiga ko`ra fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limlarining idoraviy arxivlarida yetmish besh yil
saqlanadi. Ushbu muddat o`tgach fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari
belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiradi. Bu esa bunday hujjatlarning yig`ilib borishi
natijasida katta joy egallashi va ularni o`z vaqtida topib bo`lmasligi mumkin. Ushbu ishning
sun`iy intelektdan foydalangan holda bajarish bu muammolarni oldini olib, ish sifatini oshirishi
mumkin.
Fuqarolik dalolatnomalarini qayd ettirish uchun manfaatdor taraf FHDYo organiga
borishi talab etiladi. Bu tizimning avtomatlashtirilishi natijasida esa manfaatdor taraf ya`ni
arizachi dalolatnoma qayd ettirish uchun FHDYO organiga bormasdan hohlagan yeridan turib
uni qayd ettirishi mumkin. Bu esa dalolatnomalarni sezilarli darajada tezlashtiradi va sud
ishlarini qisqartiradi.
Fuqarolik holati dalolatnomalari asosan tayyor dalillar bo`lganda qayd etiladi ya`ni bunda
hech qanday muammo bo`lmay balki dalolatnoma ish holatidan tayyor ko`rinib turadi. Masalan,
FHDYOda nikohsiz tug`ilgan bolaga otalik belgilashda, taraflar o`rtasida hech qanday nizo
bo`lmasligi kerak bo`lib, ikki tarafning roziligi asosida FHDYOga bergan arizasiga ko`ra otalik
belgilandi. Ushbu vaziyatda tizimni avtomatlashtiriladigan bo`lsa, arizachilar o`zlari
keltirayotgan vajlarini isbotlaydigan dalillarni FHDYOga bormasdan online tizimga kiritish
orqali ishlarini hal qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bu ishni soddalashtirib, jarayonni
tezlashtiradi. Qolaversa bu tizim joriy etilsihi natijasida bu vazifani bajarayotgan xodimlar ish
o`rni bo`shab, ularga ehtiyoj qolmaydi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda avtomatlashtirilgan tizimga o`tilishi
natiajsida arizachi kerakli hujjat va dalillarni tegishli tizimga kiritadi, sun`iy intelekt bu
kiritilgan dalillar va malumotlarni o`zidagi ma`lumotlar ba`zasi yordamida tekshirib, fuqarolik
holati dalolatnomlarini qayd etish organi xodimi qilayotgan vazifani bajarishi mumkin
Sun`iy intelektdan foydalanish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish jarayonini
sezilarli darajada tezlashtiradi, ish hajmini kamaytiradi va ishlarni hal qilishda vaqtini tejaydi
va shu bilan ish sifatini oshiradi.
Sun`iy intelekni biz faqat FHDYO organida hal etiladigan nizosiz munosabatlargagina
qo`llay olamiz xolos, ya`ni sun`iy intelektni sud tizimiga joriy etish kerakli natija bertmaydi.
Chunki garchi sun`iy intelekt sudyalar ishning barcha holatlarini har tomonlama, to'liq va
ob'ektiv o'rganish asosida ishning mohiyatini qonun va huquqiy ongga asoslangan holda
baholasalar ham, sudyalar sun`iy intelektdan farqli o'laroq, dalillarni ichki ishonchiga ko'ra
ham baholaydilar. "Ichki ishonch" sun`iy intelekt uchun begona, chunki unda hech qanday
odamga xos bo`lgan xis mavjud bo`lmay balki faqatgina o`ziga yuklab qo`yilgan ma`lumotlar
bazasidan foydalangan xoldagina ishni hal qila oladi xolos. Jinoyat ishlarida yengillashtiruvchi
va og‘irlashtiruvchi holatlarga oid huquqiy normalarni qo‘llashda ichki ishonch katta rol
o‘ynaydi. Masalan, engillashtiruvchi holatlarga chin dildan tavba qilish yoki jinoyatni ochishda
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
11
faol yordam berish kiradi
1
. Biroq, jinoyatchi tergov paytida tergovchilarga yordam bergani, bu
jinoyatchi haqiqatan ham tavba qilganligini anglatmaydi. Bunday holda, sudyaning ichki
ishonchi samimiy tavbani aniqlashga yordam beradi, ichki ishonchga ega bo'lmagan sun`iy
intelekt esa odamning chin dildan tavba qilish yoki qilmasligini aniqlay olmaydi, lekin u
qonunga oid nizolarni o'z ichiga olmaydigan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda
yahshi samara berishi mumkin. Masalan, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda
bahssiz munosabat yuzasidan qaror chiqariladi. Bunda ish yuritishning o'ziga xos xususiyati
shundaki, ish mohiyatan ko'rib chiqilmaydi, chunki qonun bo'yicha nizo yo'q. Bunday holda,
sun`iy intelekt FHDYOni to'liq almashtirishi mumkin.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda sun`iy
intelekt FHDYO organi muntazam ishini qisqartirishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida fuqarolik
holati dalolatniomalirini qayd etishni qulaylashtiradi, qolaversa FHDYO o`rnini to`liq egallab,
ularga ehtiyoj qoldirmaydi. Natijada FHDYOni sun`iy intelekt bilan almashtirilishi mumkin.
References:
1.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “. Nikoh, oila va fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish
to‘g‘risida” gi 550-sonli qarori
3.
O`zbekiston respublikasining Jinoyat kodeksi. Manba, lex uz:
https://lex.uz/docs/111453#:~:text=571%2D%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B4%D0%B0,%D1%88%D0%B0%D1%85