ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
61
SILIKAGEL CHIQINDISINI QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARI
F.R.Sabirova
Tayanch doktorant. Urganch davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12623785
Annotatsiya:
Ushbu tadqiqotda tabiiy gazni quritish jarayonida xosil bo‘luvchi silikagel
chiqindisini qayta ishlashga oid tadqiqotlar taxlil qilinib, o‘ziga xos jixatlari o‘rganib chiqilgan.
Tadqiqotlarda silikagel chiqindisini qayta ishlash va olingan maxsulotni qo‘llash soxalari
o‘rganilib chiqilgan va undan amorf kremnezemi olish maqbul deb topilgan.
Tayanch so‘zlar:
tabiy gaz, quritish, katalizatorlar, regeniratsiya, silikagel, kuydirish,
maydalash, putsolan faol qo‘shimcha.
Neft va gazni qayta ishlash tizimlarida katta miqdorda silikagel ishlatiladi. Bu asosan
tabiiy gaz tarkibidagi namlikni ushlab qolish, ba’zi kimyoviy jarayonlarda qo‘llaniladigan
katalizatorlar sifatida ishlatiladi. Respublikamizda tabiiy gazni quritish tizimida 2-3 ming
tonnadan ortiq silikagel qo‘llaniladi va o‘z muddatini o‘tagandan keyin chiqindi sifatida xosil
bo‘ladi. Bugungi kunda bu chiqindini regeneratsiya qilish yoki ulardan foydalanishga oid
texnologiyalar deyarli yo‘lga o‘yilmagan. Bizning asosiy maqsadimiz tabiiy gazni quritishda
xosil bo‘layotgan silikagel chiqindisini qayta ishlab, undan xalq xo‘jaligi uchun muxim bo‘lgan
maxsulot olishdan iborat. Ma’lumki, gaz-havo aralashmalarini namlikdan quritish uchun
silikageldan foydalanishning maqsadga muvofiqligi uning ba’zi ijobiy xususiyatlari bilan
belgilanadi [1]:
- sarflangan silikagel tarkibida ifloslantiruvchi moddalar mavjud emas, chunki u gaz-havo
aralashmalarining adsorbsiya-desorbsiyasi jarayonlarida uning yuzasida faqat namlikni
saqlaydi. Silikogelni atrof-muhitga zararli ta’siri ularni ishlatib bo‘lgandan keyin maxsus
joylarda saqlagan vaqtlarda bu uyumlardan shamol ta’sirida chang hosil bo‘lishidir;
- silikagel nofaol to‘ldiruvchi xisoblanib, undan yuqori to‘yingan kompozitsiyalar yaratish
mumkin;
- silikagelning chiqindi sifatida katta miqdorda mavjudligi;
- chiqindilarning arzonligi va uning universalligi va shu kabilar.
Biz tomondan “Uztransgaz” tizimida xosil bo‘layotgan silikagel chiqindisini qayta
ishlashga oid tadqiqotlar olib borilmoqda. Adabiyotlarda silikagel chiqindisini qayta ishlashga
oid bir qator ma’lumotlar mavjud. Jumladan, mualliflar [2] gazni tayyorlash jarayonining
ekologik xavfli chiqindisi - silikagelni zararsizlantirish maqsadida gips-sement-putssolan
bog‘lovchili suvga chidamli beton ishlab chiqarishda gidravlik qo‘shimchalar sifatida ishlatish
usulini taklif qilishadi. Shuni ta’kidlash kerakki, silikagel chiqindisini taklif qilingan usul bilan
regeniratsiya qilish ifloslantiruvchi moddalarning sorbent yuzasidan atrof-muhitga tarqalishini
sezilarli darajada kamaytiradi va uni zararsizlantirishning ishonchli usuli hisoblanadi.
Yana bir qiziqarli usul [3] manbada keltirilgan maqolada bayon qilingan bo‘lib, bunda
mualliflar neft-gaz majmuasining chiqindilari: neft quyqasi va ishlatilgan silikagelni birgalikda
regeniratsiya qilishni taklif qilmoqdalar.
Bugungi kunda sanoat miqyosida ishlatilgan selikogelni qayta ishlab undan sun’iy
seolitlar ishlab chiqarish [4,5], radioaktiv va zaharli cho‘kindilar neytrallashda [6], yengil
to‘ldiruvchi ishlab chiqarishda [7], tamponaj materiallar ishlab chiqarish [8], shuningdek,
suyuq shisha ishlab chiqarishda [9] foydalanilib kelinmoqda.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
62
Biz o‘z tadqiqotlarimizda “Uztransgaz” AJ da xosil bo‘luvchi silikagel chiqindisini qayta
ishlab undan amorf kremnezemini olishni maqsad qilib qo‘ydik. Buning uchun silikagel
chiqindisi 300-400
0
C xarorat oralig‘ida mufel pechlarida 1-2 soat davomida kuydirildi, olingan
massa sharli tegirmonda 3-4 soat davomida kuydirildi va teshik o‘lchami 10.000 otv/sm2
bo‘lgan elakdan o‘tkazildi. Tayyor bo‘lgan kukun putsolan faol modda sifatida yo undan suyuq
shisha olish maqsadida foydalanishga tavsiya qilindi.
References:
1.
Бекиров Т.М. Первичная переработка природных газов. М.: Химия, 2011. - 265 с.
2.
Альварис, Я.А. Исследование твердых отходов нефтегазового комплекса и
использование их в качестве ВМР. 2.* Утилизация отработанного силикагеля с
получением экологически безопасных строительных материалов / Я.А. Альварис, В.Ф.
Черных, Т.А. Солнцева, Т.П. Косулина // Защита окружающей среды в нефтегазовом
комплексе. -2009.-№1. – С.31-37.
3.
Литвинова, Т.А. Регенты для обезвреживания нефтешламов / Т.А. Литвинова, Т.В.
Винникова, Т.П. Косулина // Экология и промышленность России. – 2009. - №10. – С. 40-
43.
4.
Пат. 2081061 Российская Федерация, МПК6 С 01 В 39/14, С 01 В 39/22. Способ
получения цеолита типа А или Х / Ищенко Л.М., Косолапова А.П., Зозуля В.И.; заявитель
и патентообладатель Грозненский нефтяной научно-исслед. ин-т. - № 4937083/23;
заявл. 16.05.1991; опубл. 10.06.1997. – 3.
5.
Пат. 2090502 Российская Федерация, МПК6 С 01 В 39/24. Способ получения
высокомодульного цеолита типа Y / Павлов М.Л., Левинбук М.И., Савина Е.М., Смирнов
В.К.,Виденеев Г.А., Суркова Л.В.; заявитель и патентообладатель ТОО «Катахим». -
№96102219/25; заявл. 08.02.1996; опубл. 20.09.1996. – 3 с.
6.
Пат. 2090502 Российская Федерация, МПК6 С 01 В 39/24. Способ получения
высокомодульного цеолита типа Y / Павлов М.Л., Левинбук М.И., Савина Е.М., Смирнов
В.К.,Виденеев Г.А., Суркова Л.В.; заявитель и патентообладатель ТОО «Катахим». -
№96102219/25; заявл. 08.02.1996; опубл. 20.09.1996. – 3 с.
7.
Пат. 2055030 Российская Федерация, МПК6 С 04 В 14/12. Сырьевая смесь для
получения легкого заполнителя/ Сафронов В.С., Чернышова Н.Е. и др.; заявитель и
патентообладатель Самарс. госуд. технич. ун-т. - № 5026366/33; заявл. 23.12.1991; опубл.
27.02.1996. – 3 с.
8.
Пат. 2154730 Российская Федерация, МПК7 Е 21 В 33/138. Тампонажный материал
/ Вяхирев В.И., Гереш П.А., Добрынин Н.М. и др.; заявитель и патентообладатель ЗАО
«Нефтегазовая компания «Стройтрансгазойл». - № 99125240/03; заявл. 02.12.1999;
опубл. 20.08.2000. – 3 с.