Авторы

  • Gulnoza Xudayqulova
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46507

Ключевые слова:

frazeologiya frazeologizm ibora frazeologik birliklar frazeologiyaning o'rganilishi leksema frazema lison badiiy nutq funksional jihat.

Аннотация

Frazeologiya tilshunoslik boʻlimida keng oʻrganilib kelayotgan sohadir. Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori Frazeologizmlarni, ularni tabiati va belgilarini oʻrganishga qaratiladi. Frazeologizm— ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq so’z birikmasidir. Frazeologizm so‘z kabi lug‘aviy birlik hisoblanadi. Ular ham so‘z kabi tilda tayyor holda ham  mavjud bo‘ladi, Ushbu maqolada frazeologizmlarning  shakllanish bosqichi va oʻzbek tilshunosligida o’rganilishi, shakllanish bosqichlari hamda ularning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

41

JAHON TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING TADQIQI

Xudayqulova Gulnoza Komilovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.12591413

ANNOTATSIYA

Frazeologiya tilshunoslik boʻlimida keng oʻrganilib kelayotgan sohadir. Tilshunoslik

boʻlimi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori Frazeologizmlarni, ularni tabiati va
belgilarini oʻrganishga qaratiladi. Frazeologizm— ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan,
maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq so’z birikmasidir. Frazeologizm so‘z kabi lug‘aviy birlik
hisoblanadi. Ular ham so‘z kabi tilda tayyor holda ham mavjud bo‘ladi, Ushbu maqolada
frazeologizmlarning shakllanish bosqichi va oʻzbek tilshunosligida o’rganilishi, shakllanish
bosqichlari hamda ularning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

frazeologiya, frazeologizm, ibora, frazeologik birliklar,

frazeologiyaning

o'rganilishi, leksema, frazema, lison, badiiy nutq, funksional jihat.


Frazema ko‘chma ma’noli turg‘un birikmadir. Frazeologiya til hodisasi sifatida lison va

nutqqa daxldordir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topgan,
obrazli, ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi:

kapalagi uchdi,

tarvuzi qoʻltig’idan tushdi

va hokazo. Tilshunoslikning boshqa sohalari singari frazeologiya ham

oʻzining shakllanish va taraqqiyot bosqichlariga ega. Frazeologizmlar tuzilishi, leksik–
semantik, funksional–uslubiy va sintaktik vazifalari, shuningdek, o‘ziga xos shakllanish
xususiyatilariga ega bo‘lgan til birligidir. Frazeologiya – tilshunoslikning biror tilga xos
barqaror so‘z birikmalarni va iboralarni oʻrganadigan boʻlim. Frazeologizmlar kelib chiqishi
jihatdan juda qadimiy bo’lsa-da, frazeologiya fani qariyb ikki yuz yilni oʻz ichiga oladi.
Frazeologiya ilmining asoschisi fransuz olimi Sharl Ballidir. U o’zining “Fransuz stilistikasi”
(1909) nomli asarida soʻz birlashmalari, ya’ni frazeologik birliklarni tadqiq etuvchi maxsus
boblar kiritgan.

Bundan tashqari rus tilshunos olimlari ham bu sohada koʻp izlanishlar olib borishgan.

Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida 20-asrning 40-yillarida rus
tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A. A. Potebnya, I. I.
Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror (turgʻun) soʻz
birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi — Frazeologiyada oʻrganish masalasi 20—40-
yillardagi oʻquv-metodik adabiyotlarda — Ye.D. Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy
asarlarida koʻtarib chiqilgan. V.Jukov frazeologizmlarning kategoriya va ma’nolarini aniqlagan.
V.Vinogradov esa iboralarni leksik qatlam sifatida ma’no guruhlariga ko‘ra tasniflaydi.

Ingliz tilshunosi Smirnitskiy esa frazeologiyaning alohida tilshunoslik sohasi ekanligi

tarafdori boʻlgan. Frazeologik birikmalar nazariyasi bilan leksikologiyaning bir boʻlimi boʻlgan
frazeologiya oʻrganishiga qaramasdan, u tilning sintaktik qismida o’rganilishi zarur. Agar biz
frazeologiyani alohida soha deb tan olmaydigan boʻlsak, uni alohida fan debaytolmaymiz degan
edi Smirnitskiy ―”Лексикология англисково языка” asarida.

Oʻzbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar oʻtgan asrning 50-yillaridan

boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan oʻrganilgan (Sh. Rahmatullayev, B.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

42

Yoʻldoshev, A. Mamatov va boshqalar), Frazeologiya boʻyicha bir necha lugʻatlar tuzilgan (Sh.
Rahmatullayev, M. Sodiqova), yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon,
Oydin, Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan. Frazeologizmlar ayniqsa
Sh.Rahmatullayev, M.Sodiqova, I.Qo‘chqortoyev, A.Rafiyev kabi olimlar ishlarida keng
o‘rganilgan.

Uning o‘rganilishiga boshlang‘ich va asosiy qadamni qo‘ygan tilshunos Sh.Rahmatullayev

hisoblanadi. U birinchilardan bo‘lib o‘zbek tilshunosligining frazeologiya sohasini tadqiq eta
boshlagan va natijada uning “Hozirgi o‘zbek tilida obrazli fe’lli frazeologik birliklarning asosiy
grammatik xususiyatlari” mavzusidagi monografik tadqiqoti maydonga kelib, uni 1952-yilda
muvaffaqiyatli himoya qilgan. Keyinchalik Sh. Rahmatullayev o‘zining mazkur sohadagi ilmiy-
tadqiqot ishini davom ettirib, 1966-yilda “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari”
mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1992-yilda Sh.Rahmatullayev tomonidan
nashr etilgan “O‘zbek tilida fe’l frazemalarning bog‘lashuvi” nomli monografiyasi ushbu sohada
yaratilgan dastlabki tadqiqot natijalaridan biri hisoblanadi. Unda frazeologizmlarning semantik
strukturasiga alohida ta’rif berilgan bo‘lib, ularni o‘zaro darajasiga qarab izohlab bergan.
Olimlar o‘rgangan ishlarida frazeologizm masalalari yetarli darajada tahlil qilingan. So‘zlashuv
nutqida faol foydalaniladigan hamda turli badiiy matnlarda qo‘llanilgan frazeologik birliklarga
doir misollar orqali o‘rganilganligi ahamiyatlidir. Bundan tashqari frazeologiyaga doir
dastlabki ma’lumotlar turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga,
ayrim o‘zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda
ko‘zga tashlanadi. Bunday ishlar A.G‘ulomov, U.Tursunov, V.Abdullayev, H.Zarif, N.Mallayev
singari mashhur tilshunos va adabiyotshunos olimlarning qalamiga mansubdir. Jumladan,
A.Sa’diy, V.Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning A.Navoiy asarlarida turg‘un birikmalar, xalq
iboralarining qo‘llanilishiga oid fikrlari hozir ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.
Tadqiqotchilar frazeologizmlarni o‘rganishda bir qator muammolarga duch kelis hini
ta’kidlashadi. Qoraqalpoq tilida frazeologizmlarning grammatik tarkibi va tuzilishi masalalari,
yasalish yo‘llari maxsus tarzda o‘rganilgan emas. Faqat E.Berdimuratov, J.Eshbayev va
G.Aynazarovalarning tadqiqotlarida frazeologizmlar grammatik tarkibi jihatidan fe’l
frazeologizmlar, ot frazeologizmlar, sifat va ravish ma’noli frazeologizmlar deb to‘rtta guruhga
ajratganlar. M.Y.Vafoyeva bu ilmiy tadqiqotni tayyorlash jarayonida asosiy tadqiqot manbayi
sifatida o‘zbek adabiyotining yorqin vakillari hisoblanmish Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla
Qahhhor, Said Ahmad, Pirimqul Qodirov, Tohir Malik, O‘tkir Hoshimovlarning asarlaridan
foydalangan. Dissertatsiyaning ilmiy yangiliklari sifatida o‘zbek tilidagi sinonimiya
hodisasining keng tarqalish sabablari, shuningdek, frazeologik sinonimiya hodisasining
tilshunoslikda o‘rganilishiga o‘z munosabatlarini bildirib o‘tgan. Shu bilan birgalikda o‘zbek
tilining publitsistik va badiiy uslublariga oid bo‘lgan matnlar tarkibidagi frazeologik
sinonimlarga mansub misollar to‘plangan va alohida tartib bo‘yicha joylashtirilgan. Faqat
E.Berdimuratov, J.Eshbayev va G.Aynazarovalarning tadqiqotlarida frazeologizmlar grammatik
tarkibi jihatidan fe’l frazeologizmlar, ot frazeologizmlar, sifat va ravish ma’noli frazeologizmlar
deb to‘rtta guruhga ajratganlar.

Lekin badiiy matnlarda yozuvchi uslubiga oid frazeologik birliklarni o‘rganish bilan

bog‘liq tadqiqotlar olib borish bugungi kundagi muhim ishlardan hisoblanadi. Barcha shoir,
yozuvchi olimlarning frazeologiyani asarlarida ishlatishida oʻziga xos uslubi bor.
Adabiyotimizning yetuk namoyondalari A.Qodiriy, Gʻ.Gʻulom, Oʻ.Hoshimov ijodlarini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

43

kuzatganimizda frazeologik birliklardan samarali foydalanganlarini koʻramiz. Chunki,
frazeologizmlar badiiy adabiyotda obrazli va ta’sirchan vosita sifatida qo‘llaniladi. Til birligi
hisoblangan frazeologizmlarning badiiy matnda tadqiq va tahlil etilishi muhimdir.
Frazeologizmlar badiiylikni ochib beruvchi unsur hisoblanadi. Badiiy nutqqa o‘zgacha joziba,
ko‘tarinki ruh, yengillik baxsh etadi. Albatta ma’no va mazmunini yanada tasirchanligini
oshiradi. Shuning uchun frazeologiya boʻlimini hozirgacha ham oʻrganish butun dunyoda
dalzarb mavzu hisoblanadi.

References:

1.

Sayfullayeva.R. Mengliyev.B va boshqalar. Hozirgi o‘zbek tili. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Fan

va texnologiya», 2009. – B. 117.
2.

Balli Sh. Франсузкая стилистика. M.: Из-во иностр. лит-ры, 1961. –С. 89-90.

3.

Грамматикой русского языка. Виногадов. 1952-1954 йй

4.

Jukov A.V. Фразэологичэская преходность в русском языке. Л.: ЛГПИ им.

А.И.Герцена, 1984. –C. 25-31.
5.

Раҳматуллаев Ш. Лексема ва фразема маъносини компонент таҳлилнинг баъзи

натижалари // Ўзбек тили ва аджабиёти. 1986. № 3. – Б. 19-20; Раҳматуллаев Ш. Ўзбек
тилида феъл фраземаларнинг боғлашуви.
6.

M.Y.Vafoyeva. “O`zbek tilida frazeologik sinonimlar va ularning struktural-semantik

tahlili”. Toshkent. 2009. 127-bet. Dis-378/2010.
7.

Халикова М.К. Фразеология как форма отражения национального менталитета в

языковой картине (на материале русского и узбекского языков). АКД. – Ташкент, 1999.
– 26 с.
8.

8.Абдуллаев

Ш.Д.

Таржима

асарларда

фразеологизмлар

семантикаси

(Т.Қайипбергенов асарларининг ўзбекча таржимаси асосида). НДА. - Тошкент: 2006. – 21
б

Библиографические ссылки

Sayfullayeva.R. Mengliyev.B va boshqalar. Hozirgi o‘zbek tili. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Fan va texnologiya», 2009. – B. 117.

Balli Sh. Франсузкая стилистика. M.: Из-во иностр. лит-ры, 1961. –С. 89-90.

Грамматикой русского языка. Виногадов. 1952-1954 йй

Jukov A.V. Фразэологичэская преходность в русском языке. Л.: ЛГПИ им. А.И.Герцена, 1984. –C. 25-31.

Раҳматуллаев Ш. Лексема ва фразема маъносини компонент таҳлилнинг баъзи натижалари // Ўзбек тили ва аджабиёти. 1986. № 3. – Б. 19-20; Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилида феъл фраземаларнинг боғлашуви.

M.Y.Vafoyeva. “O`zbek tilida frazeologik sinonimlar va ularning struktural-semantik tahlili”. Toshkent. 2009. 127-bet. Dis-378/2010.

Халикова М.К. Фразеология как форма отражения национального менталитета в языковой картине (на материале русского и узбекского языков). АКД. – Ташкент, 1999. – 26 с.

Абдуллаев Ш.Д. Таржима асарларда фразеологизмлар семантикаси (Т.Қайипбергенов асарларининг ўзбекча таржимаси асосида). НДА. - Тошкент: 2006. – 21 б