ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
122
RAQAMLI SAVDO VA INVESTITSIYA KELISHUVLARIDAN KELIB
CHIQADIGAN MA’LUMOTLAR MAXFIYLIGI BILAN BOG‘LIQ HUQUQIY
MASALALAR
Pirmamatova Maftuna O‘ktamovna
Master’s student of Tashkent State University of Law
E-mail: maftunpirmamatova94@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.12546568
Annotatsiya.
Ushbu tezisda xalqaro tijorat va investitsiya huquqida raqamli
shartnomalarda qo‘llaniladigan ma’lumotlar maxfiyligi va ularni tartibga solishdan kelib
chiqadigan munosabatlar tahlil qilinadi. Ma’lumotlar maxfiyligi tushunchasi ham shaxsiy, ham
tijoriy ma’lumotlarning maxfiyligini nazarda tutadi. Shu bilan birga, ma’lumolar maxfiyligi
yuzasidan xalqaro darajadagi tartibga solish hujjatlari va aynan shu mavzuga aloqador bir
qancha holatlar ham tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
xalqaro tijorat huquqi, xalqaro investitsiya huquqi, raqamli shartnoma,
konfedensiallik, maxfiy axborot, JST, GDPR, CCPA, USMCA, Cambridge Analytica Ltd., AQSh
Federal Savdo Komissiyasi, Personal Data Directive, kripto-aktivlar.
Аннотация
. В данной тезисе анализируются отношения, возникающие из
регулирования конфиденциальности данных и использования цифровых контрактов в
международном
коммерческом
и
инвестиционном
праве.
Концепция
конфиденциальности данных относится к конфиденциальности как личных, так и
коммерческих данных. При этом также анализируются международные нормативные
документы о конфиденциальности информации и несколько случаев, связанных с этой
темой.
Ключевые слова:
международное коммерческое право, международное
инвестиционное право, цифровой контракт, конфиденциальность, секретная
информация, WTO, GDPR, CCPA, USMCA, Cambridge Analytica Ltd., Федеральная торговая
комиссия США, Директива о персональных данных, криптоактивы.
Bugungi kunda butun dunyoda internet har qanday ma’lumotga kirish va ko‘rishni har
qachongidan oson va tezroq qilgani sir emas, albatta. Jismoniy shaxslar o‘zlarining shaxsiy
ma’lumotlarini onlayn ravishda bilib, ba’zan bilmagan hollarda turli xil maqsadlarda, masalan,
tovarlar va xizmatlarni sotib olish, ko‘ngilochar o‘yinlar o‘ynash, elektron ta’lim yoki davlat
xizmatlaridan foydalanish uchun taqdim qilmoqdalar. Ijtimoiy munosabatlar tobora ko‘proq
tarmoqlar orqali amalga oshirilmoqda – ayniqsa, ijtimoiy media platformalarida. Bu yangi
imkoniyatlar yaratish bilan birgalikda shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligiga ham xavf
tug‘dirmoqda. Mamlakatlar bo‘ylab erkin ma’lumotlar oqimini ta’minlaydigan internetning
chegarasiz tabiati, shubhasiz, yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Yurtimizda amalga
oshirilayotgan demokratik islohotlarning natijasi bo‘lmish yangilangan O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida ham mazkur tadqiqot mavzusini tartibga soluvchi bir qator
ustuvor qidalar o‘rnatildi. Jumladan, Konstitutsiyaning 31-moddasiga ko‘ra, har bir inson
shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini
himoya qilish huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta,
elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat
qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi. Har kim o‘z shaxsiga doir
ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
123
o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan
ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
1
Hozirgi kunda inson va davlatning o‘zaro ta’siri shaxsiy ma’lumotlar tizimini
raqamlashtirish orqali qurilmoqda va fuqarolarni raqamli profil formatida aks ettirmoqda.
Fuqaroning raqamli profili inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish va davlat oldida
majburiyatlarini bajarish uchun shaxsiy ma’lumotlar resursidir. U fuqaroning psixologik, hissiy,
jismoniy va ijtimoiy xususiyatlarining umumiyligini o‘zida aks ettiradi. Raqamli profil
ma’lumotlari fuqarolarning moliyaviy farovonligi holatini, davlatdan ijtimoiy yordam olish
uchun asoslarning mavjudligini, homiylik yoki nazoratni o‘rnatishni, moliyaviy institutlar bilan
mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sir o‘lchovini, fuqarolarning martaba o‘sishi masalasini hal qilish
darajasini va shu kabi boshqa ko‘rsatkichlar va parametrlarni aks ettiradi. Jamiyatni
raqamlashtirish va transformatsiya qilish samarasini hisobga olgan holda shaxsiy ma’lumotlar
xavfsizligi tizimini yanada rivojlantirish hamda faoliyatining huquqiy mexanizmini
shakllantirish va amalga oshirish talab etiladi. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi axborot
sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, kiberjinoyatchilikdan himoya qilish va unga qarshi
kurashish tizimini shakllantirish zarurati bilan bog‘liqdir. Axborot sohasidagi huquqiy tartibga
solish holatini o‘rganish “ma’lumotlarga cheklangan tarzda kirish” va “ma’lumotlarning
maxfiyligi” atamalarining keng qo‘llanilishidan dalolat beradi. Ammo “ommaviy axborot”,
“ommaviy xabar”, “ochiq ma’lumotlar”, “axborotning ochiqligi” va boshqa tushunchalar odatda
qonunda maxfiylik sohasida yuqoridagi tushunchalarga qarama-qarshi ma’noda qo‘llaniladi.
2
Axborot
maxfiyligini
ta’minlash
sohasidagi
ijtimoiy
munosabatlar
O‘zbekiston
Respublikasining konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, moliyaviy, soliq, jinoyat,
jinoyat protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlarining tarmoq normalari
majmuasi bilan tartibga solinadi.
Cheklangan
shaxsiy
ma’lumotlarning
xususiyatlarini
(tabiatini,
xossalarini,
xarakteristikasini) hisobga olgan holda, qanday ma’lumotlar cheklangan shaxsga doir
ma’lumotlar ekanligi to‘g‘risida olimlar va mutaxassislar V.N.Lopatinning pozitsiyasini qo‘llab-
quvvatlaydilar:
ma’lumotning hujjatlashtirilgan bo‘lishi;
axborotning qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga muvofiqligi;
himoya choralarining mavjudligi.
3
Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi huquqi yaqindan boshlab konstitusiyalarda o‘z
mustahkamligini topdi, chunki uning kafolatlari va amalga oshirilishi muammolari aynan
jamiyatni raqamlashtirish jarayonlari bilan bog‘liq. Gap shundaki, shaxsiy kompyuterlarning va
mobil telefonlarning ixtiro etilishi va keng qo‘llanilishi ma’lumotlarni, shu jumladan, shaxsiy
ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tizimlashtirish va uzatish uchun kengaytirilgan
imkoniyatlarni yaratdi. Shu munosabat bilan, jamiyat shaxsiy hayot daxlsizligining ushbu
tarkibiy qismining qo‘shimcha kafolatlariga o‘ta muhtoj bo‘lib qoldi. Shaxsiy ma’lumotlarni
uzatish, ko‘pincha, transchegaraviy xarakterga ega bo‘lishiga qaramay, ushbu masalada hali
1
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-moddasi.//
https://lex.uz/docs/-6445145?otherlang=1
2
Камалова Г.Г. Правовое обеспечение конфиденциальности информации в условиях развития информационного
общества. Москва, 2020. С. 60.
3
И.Л. Бачило, В.Н. Лопатин, М.А. Федотов. Информационное право (Information Law). M. Юридический центр
Пресс.2001.
С. 487-488.//
https://cyberleninka.ru/article/n/informatsionnoe-pravo-uchebnik
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
124
ham dunyo miqyosida yagona qoidalar mavjud emas. Turli davlatlarda shaxsiy ma’lumotlar
daxlsizligi huquqini tartibga solishning turfa modellari mavjud
4
.
Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida hech kim shaxsiy va
oilaviy hayotga o‘zboshimchalik bilan aralashishi, uyning daxlsizligi, shaxsning sharafi va
obro‘siga tajovuz qilishi huquqiga ega emasligi belgilab qo‘yilgan. Shunga o‘xshash qoidalar
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 17-moddasida va Inson huquqlari
va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning 8-moddasida bayon etilgan.
Maʼlumotlar maxfiyligi raqamli tijorat va investitsiya shartnomalarida muhim muammo
boʻlib, global raqamli iqtisodiyotda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish zaruratidan kelib
chiqadi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun turli asoslar va kelishuvlar ishlab chiqilgan
bo‘lib, ular chegaralar orqali ma’lumotlarning xavfsiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga
qaratilgan. Quyida maxfiylik siyosatining asosiy jihatlarning umumiy ko‘rinishi keltirib o‘tiladi:
General Data Protection Regulation (GDPR) – umumiy ma’lumotlarni himoya qilish
qoidalari. GDPR global miqyosda ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha eng keng
qamrovli qoidalardan biridir. U shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlaydigan
ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va uzatish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalarni talab qiladi.
5
Kompaniyalar ma’lumotlarni qayta ishlash uchun foydalanuvchilarning aniq roziligini olishlari
va ma’lumotlarning buzilishi haqida 72 soat ichida xabar berishlari kerak;
Xalqaro savdoda GDPR Yevropa Ittifoqi fuqarolari va yuridik shaxslari bilan tijoriy va
investitsion munosabatga kirishganda yuqori ta’sir kuchiga ega bo‘ladi va ular joylashgan
joydan qat’i nazar, Yevropa Ittifoqi standartlariga rioya qilishni talab qiladi.
California Consumer Privacy Act – Kaliforniya iste’molchilarining maxfiyligi to‘g‘risidagi
qonun (CCPA). CCPA Kaliforniya aholisiga shaxsiy ma’lumotlari, jumladan, qanday ma’lumotlar
to‘planganligini bilish huquqi, ma’lumotlarni o‘chirish huquqi va ma’lumotlarini sotishdan voz
kechish huquqini beradi. GDPRga o‘xshab, CCPA Kaliforniyadan tashqaridagi korxonalarga,
agar ular Kaliforniya aholisi ma’lumotlarini ishlatsa, ularga nisbatan ta’sir qiladi. Bu AQSh
bo‘ylab ma’lumotlar maxfiyligi standartlari uchun samarali vosita sifatida xizmat qiladi;
US-Mexico-Canada Agreement
–
AQSh-Meksika-Kanada kelishuvi (USMCA).
Bitim raqamli
savdoga oid maxsus boblarni o‘z ichiga oladi, bunda maxfiylik va xavfsizlikni hurmat qilgan
holda ma’lumotlarning chegaralar bo‘ylab erkin aylanishiga urg‘u beriladi. U ma’lumotlarni
mahalliylashtirish talablarini taqiqlaydi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun
qonunchilik asoslarini qabul qilishga yordam beradi.
Ma’lumotlar maxfiyligi qoidalarini
uyg‘unlashtirish orqali USMCA a’zo mamlakatlar o‘rtasida raqamli savdoni yanada qulayroq
qilish va ma’lumotlarni himoya qilishning mustahkam standartlarini ta’minlashga yordam
beradi;
Comprehensive and Progressive Agreement for Trans-Pacific Partnership – Trans-Tinch
okeani hamkorligi bo‘yicha keng qamrovli va progressiv kelishuv (CPTPP). CPTPP elektron
tijoratda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish majburiyatlarini o‘z ichiga oladi. U ma’lumotlarni
himoya qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga mos keladigan huquqiy bazani qabul qilishni
rag‘batlantiradi. Ushbu kelishuv a’zo mamlakatlarda ma’lumotlar maxfiyligining qat’iy
4
Madiyev F
.
Raqamlashtirishning konstitusiyaviy huquq rivojiga ta’sirining asosiy yo‘nalishlari. Jamiyat va
innovatsiyalar. 2021, 72-78-bet.
5
Gauthier Vannieuwnhuyse. Arbitration and New Technologies: Mutual Benefits. Journal of International Arbitration.
2018. 35(1) p. 119–129.//
https://www.semanticscholar.org/paper/Arbitration-and-New-Technologies%3A-Mutual-
Benefits-Vannieuwenhuyse/b6c6b9457cd572ca992d569cc4523108f7677a36
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
125
choralariga rioya qilishlarini ta’minlash orqali raqamli savdoga ishonchni kuchaytiradi va shu
bilan iste’molchilarning transchegaraviy elektron tijoratga ishonchini oshiradi.
Raqamli tijorat va investitsiya shartnomalarida maʼlumotlar maxfiyligi mustahkam
meʼyoriy-huquqiy baza va xalqaro hamkorlikni talab qiluvchi koʻp qirrali masaladir. GDPR va
CCPA kabi asosiy qoidalar ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yuqori standartlarni belgilaydi
va global amaliyotga ta’sir qiladi.
6
USMCA va CPTPP kabi savdo shartnomalari xavfsiz va
samarali raqamli savdoni osonlashtirish uchun ma’lumotlar maxfiyligi qoidalarini o‘z ichiga
oladi. Raqamli iqtisodiyotda ishonchni mustahkamlash va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
uchun global miqyosda izchil va uygʻunlashtirilgan maʼlumotlar maxfiyligi standartlarini
taʼminlash muhim boʻlib qolmoqda.
Raqamli tijorat va investitsiya kelishuvlaridan ma’lumotlar maxfiyligiga oid bir nechta
masalalarni keltirib o‘tish mumkin:
shartnoma tomonlarining raqamli platformadan foydalanish uchun ruxsat bergan shaxsiy
ma’lumotlar maxfiyligi;
shartnoma shartlari va shartnomada nazarda tutilgan ma’lumotlarning maxfiyligi;
investitsiya shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarning arbitrajda ko‘rilganda sud
qarori va boshqa ma’lumotlarning maxfiyligi.
Birinchi holatda tijorat, investitsiya va, umuman olganda, raqamli platformalarda amalga
oshiriladigan ijtimoiy munosabatlarda tomonlarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish va
ularni himoya qilish masalalari nazarda tutilmoqda. Bugungi kunda turli marketpleyslar,
platformalar va saytlar foydalanish sharti sifatida shaxsiy ma’lumotlar kiritishni va rozilikni
so‘rab oladi. Ammo biz bilamizki, marketpleyslar siz ushbu platformadan foydalanish
mobaynida o‘z algoritmi va qidiruv qiziqishlari orqali siz nimani istaysiz va nima ayni vaqtda
sizga kerakli ekanligini aniqlab, shu doirada sizga marketing orqali o‘zining reklamalarini
chiqarishni boshlaydi. Ushbu holatda marketpleys sizning yoshingiz, jinsingiz, oilaviy
holatingiz va qiziqishlaringiz keltirib o‘tilgan shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanadi. Ushbu
holatda amalda foydalanilayotgan platformada ushbu algoritm ishlashi bilan birgalikda, unga
aloqador bo‘lgan boshqa marketpleys va platformalarda ham ushbu qiziqishlar aks etadi. Xosh,
bularning barchasi nimaga asoslanadi? Albatta, bularning barchasi shaxsiy ma’lumotlardan
foydalanish chegaralarining buzilishidan kelib chiqadi. Shu mazmundagi ilgari “SCL USA” nomi
bilan tanilgan Cambridge Analytica Ltd. (CA) Britaniyaning siyosiy konsalting firmasi boʻlib,
Facebook-Kembrij Analytica maʼlumotlari janjali orqali mashhur boʻlgan. Facebook-Kembrij
Analytica kazusida siyosiy konsalting kompaniyasi millionlab Facebook foydalanuvchilarining
shaxsiy ma’lumotlarini ularning roziligisiz yig‘ishdagi roli bilan mashhur bo‘ladi. Keyinchalik
bu ma’lumotlar siyosiy kampaniyalarda saylovchilarning hatti-harakatlariga ta’sir qilish uchun
ishlatilgan. Firma tadqiqotchisi Aleksandr Kogan tomonidan ishlab chiqilgan «Bu sizning
raqamli hayotingiz» deb nomlangan Facebook ilovasi orqali ma’lumotlarni yig‘adi. Quiz test
sifatida taqdim etilgan ilova nafaqat viktorinada qatnashgan foydalanuvchilar, balki ularning
Facebookdagi do‘stlaridan ham ma’lumotlarni yig‘ib, platformaning o‘sha paytdagi ma’lumotlar
almashish siyosatidan foydalangan. O‘sha paytda taxminan 87 million Facebook
foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari yig‘ilgan va huquqlari buzilgan. To‘plangan
6
Ендовицкий Д. А. Комплексный анализ и контроль инвестиционной деятельности: методология и практика. –
M,:
Издательство
"Финансы
и
статистика",
2001.
–
стр
400.//
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
126
ma’lumotlar saylovchilarning psixografik profillarini yaratish uchun ishlatilgan. Keyinchalik bu
profillar turli saylovlarda, xususan, 2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida va Buyuk
Britaniyadagi Brexit referendumida saylovchilarning qarorlariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida
siyosiy reklama va xabarlarni yo‘naltirish uchun ishlatilgan. Cambridge Analytica ovoz berish
hatti-harakatlarini manipulyatsiya qilish uchun jismoniy shaxslarga shaxsiylashtirilgan
reklama va kontentni ularning psixologik profili asosida yetkazib beruvchi mikro-targetlashni
qo‘llagan.
7
Nizo 2018-yilda, Cambridge Analyticaning sobiq xodimi, ma’lumot tarqatuvchi
Kristofer Uayli, The Guardian va The New York Times kabi ommaviy axborot vositalariga
batafsil ma’lumot berganida ma’lum bo‘ldi. Yuzaga kelgan nizo ko‘plab tashkilotlar, jumladan,
Buyuk Britaniya Axborot Komissarligi Ofisi (ICO), AQSh Federal Savdo Komissiyasi (FTC) va
turli Kongress qo‘mitalari tomonidan chuqur tekshiruvlar o‘tkazdi. Ushbu nizo yuzasidan AQSh
Federal Savdo Komissiyasi – FTC Facebookka foydalanuvchi maxfiyligini himoya qilmagani va
shaffoflik yo‘qligi sababli Facebookni ma’lumotlar buzilishidagi roli uchun 5 milliard dollar
jarimaga tortdi. Cambridge Analytica firmasi 2018-yilda butunlay yopilishiga olib kelgan
koʻplab huquqiy muammolarga duch keldi. Tomonlar jazoga tortilganiga qaramay, maʼlumotlar
va uning taʼsiri allaqachon siyosiy jarayonlarga sezilarli taʼsir koʻrsatib bo‘lgandi.
8
Nizo natijasi butun dunyo bo‘ylab ma’lumotlarning maxfiyligini yanada qattiqroq tartibga
solinishiga turtki bo‘ldi. 2018-yilda kuchga kirgan Yevropa Ittifoqining umumiy maʼlumotlarni
himoya qilish toʻgʻrisidagi reglamenti (GDPR) qisman foydalanuvchilarning roziligi va
maʼlumotlar himoyasiga urgʻu berdi. Facebook va boshqa texnologiya kompaniyalari shaxsiy
ma’lumotlar ustidan shaffoflik va foydalanuvchi nazoratini kuchaytirish uchun ma’lumotlar
siyosatini qayta ko‘rib chiqdilar. Ushbu o‘zgarishlar shunga o‘xshash buzilishlarning oldini
olishga va foydalanuvchilarning ishonchini tiklashga qaratilgan edi. Cambridge Analytica ishi
ma’lumotlar maxfiyligi muhimligi, shaxsiy ma’lumotlardan axloqiy foydalanish va raqamli
asrda shaxslar huquqlarini himoya qilish uchun mustahkam me’yoriy-huquqiy bazalar zarurligi
haqida muhim saboq bo‘lib xizmat qiladi. Bu ma’lumotlarning siyosiy natijalarni
shakllantirishda o‘ynashi mumkin bo‘lgan kuchli rolini va kompaniyalarning foydalanuvchi
ma’lumotlarini himoya qilish mas’uliyatini oshirishni ta’kidlaydi.
9
Shu bilan birga, Yevropada ushbu Kambrij Analytic kazusidan keyin ko‘plab ma’lumotlar
maxfiyligi bo‘yicha hujjatlar qabul qilindi. “Shaxsiy maʼlumotlar direktivasi” (Personal Data
Directive) Yevropa Ittifoqining maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha 95/46/EC direktivasiga
taalluqlidir. 1995-yilda qabul qilingan ushbu direktiva Yevropa Ittifoqida shaxslarning shaxsiy
hayoti va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga qaratilgan. U maʼlumotlarni qayta ishlashning
asosiy tamoyillarini, jumladan, maʼlumotlarni himoya qilish, maxfiylik huquqlari va Yevropa
Ittifoqi hududida maʼlumotlarning erkin harakatlanishiga qoʻyiladigan talablarni belgilab
berdi.
10
95/46/EC direktivasi 2018-yil 25-mayda Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha
umumiy reglament (GDPR) bilan almashtirildi. GDPR Yevropa boʻylab maʼlumotlarni himoya
7
Social
Media
and
Crisis
Management:
The
Case
Study
of
Cambridge
Analytica.//
https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/1083573
8
The guardian jurnali, Kembrij Analitica ishi fayllari.2018.//
https://www.theguardian.com/news/series/cambridge-
9
The New York Times jurnali. “Facebook and Cambridge Analytica: What You Need to Know as Fallout
Widens”.//
https://www.nytimes.com/2018/03/19/technology/facebook-cambridge-analytica-explained.html
10
Yevropa
Komissiyasining
ma'lumotlarni
himoya
qilish
bo'yicha
direktivasi
95/46/EC.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
127
qilish qonunlarini modernizatsiya qilish, jismoniy shaxslar maʼlumotlarini yanada kuchliroq
himoya qilish va biznes uchun yanada aniqlik kiritishni maqsad qilgan.
Quyidagi ma’lumotlarda 95/46/EC direktivasi va GDPR o‘rtasidagi asosiy farqlarni ajratib
olish lozim:
reglament va direktiva. GDPR reglamentdir, ya’ni milliy qonunchilikka o‘tkazishni talab
qiladigan direktivadan farqli o‘laroq, u barcha Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda milliy
qonunchilikka ehtiyoj sezmasdan bevosita qo‘llanilishi mumkin;
hududiy doirasi. GDPR kompaniyaning joylashgan joyidan qat’i nazar, Yevropa Ittifoqida
yashovchi ma’lumotlar subyektlarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlovchi barcha
kompaniyalar uchun amal qiladi;
jarimalar va jazo. GDPR talablarga rioya qilmaslik uchun sezilarli darajada yuqori
jarimalarni joriy qiladi, bunda qaysi biri kattaroq bo‘lsa, yillik global aylanmaning 4 foizigacha
yoki 20 million yevro miqdorida jarima solinadi;
ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha xodimlar (DPO). GDPRga ko‘ra, ba’zi tashkilotlar
ma’lumotlarni himoya qilish strategiyalari va muvofiqlikni nazorat qilish uchun ma’lumotlarni
himoya qilish bo‘yicha xodimlar tayinlashlari shart.
11
Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha direktiva 95/46/EC Yevropa Ittifoqida
ma’lumotlarni himoya qilish uchun asos yaratdi, bu GDPR tomonidan sezilarli darajada
mustahkamlandi va kengaytirildi. GDPRga o‘tish ma’lumotlar maxfiyligining rivojlanayotgan
manzarasini aks ettiradi, raqamlashtirish va global ma’lumotlar oqimi bilan bog‘liq yangi
muammolarni hal qiladi.
Xulosa
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bugungi kunda raqamlashtirishga,
shuningdek, raqamli iqtisodiyotga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan qulay investitsion
muhitga qaramasdan mamlakatimizda ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda. Ushbu
muammolar, asosan, raqamlashtirish sharoitida shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi, raqamli
shartnomalarni tartibga solish, shu bilan birga raqamli tijorat va investitsiya shartnomalarini
tuzish uchun qulay platformalar va muhitni shakllantirish muammolari yuzaga kelmoqda.
Bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan yana biri smartkontraktlar, kriptovalyuta
aylanmasini amalga oshirish, o‘zbek provayderlarinng kuchsizligi kabi masalalar bo‘lmoqda.
References:
1.1. Rustambekov I. Xalqaro shartnomalar xalqaro xususiy huquqning manbai sifatida //
Jamiyat va huquq. Toshkent davlat yuridik universiteti yosh olimlar ilmiy maqolalari toʻplami.
– 2014. – № 1. – B. 23;
1.2. Xalqaro xususiy huquq: Darslik. / Mualliflar jamoasi // y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy
tahriri ostida. T.:TDYU, 2019. – 354 bet;
1.3.
Eshdavlatova Z.N.
Raqamli texnologiyalar davrida shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish.
Toshkent, 2022.
II. Normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro konvensiyalar
2.1. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiуаsi //; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;
11
Umumiy ma'lumotlarni himoya qilish qoidalari (GDPR) haqida umumiy ma'lumot.//
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
128
2.2. O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-
taomillari to‘g‘risida” O‘RQ-701-sonli Qonuni;
2.3. 03.07.2018-yildagi PQ-3832-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori;
2.4. “Shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlashda jismoniy shaxslarni
himoya qilish to‘g‘risida”gi Yevropa Konvensiyasi. 2016-yil 27-aprel.
III.Kitob, ilmiy nashrlar va toʻplamlar
3.1. Камалова Г.Г. Правовое обеспечение конфиденциальности информации в условиях
развития информационного общества. Москва, 2020;
3.2. Витрук Н.В. Общая теория юридической ответственности. М., 2008;
3.3. Селезнева Г.В. Проблемы уголовной ответственности за разглашение тайны
усыновления по законодательству отдельных зарубежных стран // Вестник
Челябинского государственного университета. Право. 2013;
3.4. Фатьянов А.А. Тайна как социальное и правовое явление. Ее виды // Государство и
право. 1998.
IV. Elektron ta’lim resurslari
4.1.
4.2.
4.3.
4.4.
4.5.
4.6.
4.7.