Авторы

  • Ulug‘bek Madaminov
    University of Business and Science Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46533

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda SSR hududida qishloq xo’jaligining urushdan keying rivoji va ko’rsatkichlari hamda bu sohada qilingan ishlar haqida ilmiy tahlil olib borilgan. Sohadagi vujudga kelgan jarayonlar atroflicha yoritib berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

O‘ZBEKISTON SSR II JAHON URUSHIDAN KEYINGI QISHLOQ XO‘JALIGI

RIVOJLANISHINING XUSUSIYATLARI

Madaminov Ulug‘bek Maxamadjon o‘g‘li

University of Business and Science Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12515872

Annotatsiya

: Ushbu maqolada O‘zbekistonda SSR hududida qishloq xo’jaligining urushdan

keying rivoji va ko’rsatkichlari hamda bu sohada qilingan ishlar haqida ilmiy tahlil olib
borilgan. Sohadagi vujudga kelgan jarayonlar atroflicha yoritib berilgan.

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Sovet hukumati tomonidan O‘zbekiston rahbariyati
oldiga paxta yetishtirishni qayta tiklash va rivojlantirish vazifasini qo‘yildi. 1941 yilda
respublika bo‘yicha paxta ekilgan maydonlar 927,8 ming gektardan iborat bo‘lib, paxta
yetishtirish 1 716,4 ming tonnani, 1944 yilda esa ushbu ko‘rsatkichlar 719, 6 ming gektar va
816,8 ming tonnani tashkil qilgan[1]. Bunday holat SSSR siyosiy rahbariyatini qoniqtirmas
edi. Chunki urushdan keyin sovet iqtisodiyotini rivojlantirish uchun paxta yetishtirishni
ko‘paytirish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuning uchun 1946 yil 2 fevralda SSSR Xalq
Komissarlar Sovetining “O‘zbekistonda 1946–1953 yillarda paxtachilikni tiklash hamda
yanada rivojlantirish rejasi va tadbirlari haqida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatda sovet
hukumati tomonidan qo‘yilgan topshiriqqa ko‘ra, 1953 yilga kelib respublikada paxta
yetishtirishni urushgacha bo‘lgan darajaga nisbatan bir necha baravar oshirish ko‘zda tutilgan
edi[2].
Ikkinchi jahon urushidan keyin O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining ustuvor
ahamiyatga ega bo‘lganligi va paxtachilikning muttasil o‘sib borganligini quyidagi faktlar
misolida ham ko‘rish mumkin. 1946–1950 yillarda paxtachilikka ajratilgan ekin maydonlari
148 ming

gektarga ko‘payib, hosildorlik 15,6 syentnerdan 20,7 syentnergacha ko‘tarildi. Paxta

ekin maydonlarining ko‘payishi, asosan, boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan, don
ekinlari maydonining qisqartirilishi hisobiga yuz berdi. Ayni vaqtda, qishloq xo‘jalik ishlarini
mexanizatsiyalash bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Natijada, 26 ta yangi
mashina-traktor, 16 ta mashina-ekskavator va 14 ta mashina-chorvachilik stansiyalari barpo
etildi.
Sovet hukumati O‘zbekistonda paxta yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida ushbu sohani
mexanizatsiyalash masalasiga ham o‘zining e’tiborini qaratib, 1949 yilda respublika
qo‘shimcha ravishda 2,5 mingta traktor, 28 ta ekskavator, 1000dan ortiq ko‘p yuk mashinalari
oldi. Natijada, kolxozlarda paxta ekishni mexanizatsiyalash 92,2% ga, traktor bilan
kultivatsiya ishlarini amalga oshirish esa 59,2% ga yetkazildi. Ta’kidlash joizki, bu kabi
tendensiya 1950 yil va keyingi davrda ham davom etdi. Masalan, 1950 yilda O‘zbekiston SSR
qo‘shimcha ravishda yuzlab traktor va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari – paxta terish
kombaynlari, o‘nlab ekskavatorlar va turli texnika uskunalarini oldi. Natijada, qishloq
xo‘jaligida traktor parki va traktorlar bilan bajariladigan ishlar hamda mexanizatsiyalash
darajasi ancha ko‘paydi va uni 1949 yil bilan solishtirilganda, 9,3% ga o‘sdi. Shu bilan birga,
paxta dalalarida mineral o‘g‘itlarni ishlatish 246 ming tonna ko‘paydi[3].
Ta’kidlash joizki, respublika kimyo sanoatining rivojlanishi birinchi navbatda, paxtachilik
bilan bog‘liq edi. Chunki, paxta hosildorligining oshishi mineral o‘g‘it va pestisidlarni ishlatish
bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, ularni ishlab chiqarishni sezilarli darajada ko‘paytirish sovet
hukumati hamda respublika rahbariyatlarining siyosatida muhim rol o‘ynagan. Shuning


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

88

uchun Qo‘qon superfosfat zavodining quvvatini oshirish va Samarqandda xuddi shu kabi
yangi zavodni qurish hamda Chirchiq kimyo kombinatida azot o‘g‘itlari ishlab chiqarishni
ko‘paytirish rejalashtirilgan edi va ushbu rejalar keyingi besh yillikda amalga oshirilgan.
Paxtachilikda mineral o‘g‘it va pestisidlarni qo‘llanilishi muttasil oshib, ushbu tendensiya yil
sayin barqaror xarakterga ega bo‘lib bordi. Bu esa kelajakda yerlarning sho‘rlanishi, tabiat va
inson sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan shu kabi omillarning kuchayishiga olib keldi.
Urushdan keyingi respublika qishloq xo‘jaligidagi yangi ijobiy tendensiyalardan biri bu paxta
maydonlarini haydash va paxtani kultivatsiya qilishda traktorlar qo‘llanila boshlandi, bu esa
mehnat unumdorligini ko‘tardi hamda ishchi kuchini sarflashni kamaytirdi. Aynan 1949 yilda
paxtani mashina bilan terish boshlandi, bu esa respublika paxtachiligida ro‘y bergan muhim
voqea bo‘lib, paxta yetishtirishni yanada ko‘paytirishdagi asosiy omillardan biri bo‘ldi.
Mamlakatimiz tarixshunosligida amalga oshirilgan so‘nggi tadqiqotlarda ta’kidlanganidek,
qishloq xo‘jaligining rivoji bo‘yicha O‘zbekiston uchun sovet hukumati o‘rnatgan vazifalar
asosida Markaz paxtachilikni rivojlantirishga doir ko‘plab talablarni qo‘ydi. Bu Talablarda,
to‘rt yil (1949–1952 yy)da respublikada paxta ekin maydonini 100–130 ming gektarga
kengaytirish va paxta hosilini gektardan 25 syentnergacha ko‘tarish vazifasi qo‘yilgan.
Ushbu yo‘nalishda kelajakda yanada “ulkan vazifalar” qo‘yilgan edi: “…O‘zbekistonda
kelajakda paxtachilik rivoji uchun sharoitlarni yaratish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni
amalga oshirish, keyingi yillarda paxta ekish maydonlarini 200–250 ming gektarga
kengaytirish va paxta hosildorligini gektaridan o‘rtacha hisobda 30 syentnerdan kam
bo‘lmagan holda ko‘tarishga erishish ko‘zda tutilgan edi”[4].
Lekin Markaz respublikaning iqtisodiy, insoniy va moddiy resurslari cheklanganligini hisobga
olmadi. Paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston oldida haddan tashqari yuqori
vazifalar qo‘yilanganligi bois, 1949-1950 yillarda reja topshiriqlari bajarilmadi. Lekin shunga
qaramay, respublikaning tabiiy va inson resurslarini shafqatsiz ishga solish hisobiga paxta
ishlab chiqarishning yalpi hajmi shu davrda 1948 yilga nisbatan 51 foizga oshdi[5].
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda yaratilgan mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi
paxtachilikni kompleks mexanizatsiyalashtirish, irrigatsiya-melioratsiya ishlar va qishloq
xo‘jaligining boshqa sohalari uchun zarur bo‘lgan mashinalarni keng miqyosda ishlab
chiqarishni tashkil qilishdan iborat bo‘ldi. Natijada 1949 yilning o‘zida respublika
mashinasozlik zavodlarida mahsulot ishlab chiqarish 30 foizga oshirildi[6]. Umuman olganda,
1946–1950 yillarda paxtachilik uchun mo‘ljallangan qishloq xo‘jalik mashinalarini ishlab
chiqarish 6 marta va mineral o‘g‘itlar yetkazib berish 1,8 marta oshgan[7]. Bundan ko‘rinib
turibdiki, respublikada mavjud bo‘lgan mashinasozlik, shu jumladan, qishloq xo‘jalik
mashinasozligi va kimyo sanoatining asosiy vazifasi paxtachilikni rivojlantirishni ta’minlash
edi.
Urushdan keyingi yillarda respublika aholisi, shu jumladan, kolxozchi va qishloq xo‘jaligi
ishchilarining turmush darajasi asta-sekin yaxshilanib borgan. Masalan, 1947–1950 yillarda
O‘zSSR kolxozlarining daromadi 2,5 marta o‘sdi, kolxozchilarning mehnat haqiga pul to‘lash
va ularning real daromadi sezilarli ko‘paydi: masalan pul daromadi 1950 yilda 1940 yilga
nisbatan 3,5 baravar ko‘tarildi. Shuningdek, 1946–1950 yillarda 1940 yilga nisbatan davlat
tomonidan ishchi va xizmatchilarga yuqori miqdorda pensiya tayinlandi, ko‘p bolali hamda
yolg‘iz onalarga to‘lovlar miqdori oshirildi[8].


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

89

Shuningdek, respublika aholisining salomatligini yaxshilashga ham sezilarli darajada mablag‘
ajratilgan. Davolash-sanitariya va profilaktoriylar tarmog‘i kengayib borib, ular O‘zbekiston
bo‘yicha 1950 yilda 1940 yilga nisbatan 56% ga hamda mazkur davrlar ichida shifokorlar soni
esa ikki baravar ko‘paygan.

Bu esa respublika aholisi, shu jumladan, kolxozchilarning ham

moddiy ta’minotini yaxshilanishiga xizmat qildi va turmush darajasining o‘sishini ta’minladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi bu kabi natijalarni respublika iqtisodiyoti, shu jumladan, qishloq
xo‘jaligidagi ijobiy faktor sifatida baholash mumkin. Lekin, shu bilan birga, Respublikaning
iqtisodiy rivojlanishida paxta yetishtirish va paxtachilik sanoatining rivojlanishiga asosiy
urg‘u berilishi natijasida kelajakda O‘zbekiston SSR iqtisodiyotida ro‘y bergan salbiy
yo‘nalishning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi, birinchi o‘rinda paxtachilikning
roli respublika iqtisodiyotida ustuvor ahamiyatga ega bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida, uning
mamlakatdagi sanoat rayonlariga xom-ashyo yetkazib beruvchi respublikaga aylanishi uchun
zamin yaratdi.
Paxtachilikni rivojlantirishda irrigatsiya va melioratsiya ishlarini amalga oshirish muhim
ahamiyat kasb etgan. Mazkur sohada ham respublikada urushdan keyingi dastlabki yillarda
sezilarli ishlar amalga oshirilishi sababli bir tomondan, qishloq xo‘jaligida paxta
monopoliyasini kuchaytirdi, ikkinchi tomondan esa agrotexnika qoidalarining buzilishi
natijasida sug‘oriladigan ekin maydonlarini meliorativ holatining buzilishiga olib keldi.
Ta’kidlash joizki, 1950 yillarda SSSRning agrar siyosati, shu jumladan, O‘zbekiston SSR
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda qo‘riq va bo‘z yerlarni keng o‘zlashtirish ustuvor
ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu masalaga nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy jihatdan ham urg‘u
berilib, O‘zbekiston SSR, Qozog‘iston SSR, Oltoy o‘lkasi va boshqa mintaqalardagi mavjud
qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish orqali qisqa vaqtda mamlakatda qishloq xo‘jaligidagi
ishlab chiqarishni keskin ko‘tarish hamda ziddiyatlashayotgan oziq-ovqat muammosini
muvaffaqiyatli hal qilish mumkinligi taxmin qilingan edi.
Ayniqsa, 1950 yillarning o‘rtalariga kelib SSSR Ministrlar Soveti va KPSS MKning “1954–1955
yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish hisobiga don yetishtirishni ko‘paytirish haqida
(1954 yil 27 martda qabul qilingan)” va “O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSRda sug‘orish va
qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hisobiga paxta yetishtirishni oshirish haqida (1956 yil 6 avgustda
qabul qilingan)”gi qarorlari qabul qilinganidan keyin qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish katta
sur’atlarda olib borilgan. Ushbu qarorlarning amalga oshirilishi natijasida 1950 yillarning
o‘rtalarida O‘zbekiston SSRda sug‘oriladigan va yangi o‘zlashtirilgan yerlarning har yilgi
o‘sishi

50–70

ming

gektarni

tashkil

qilgan[9].

Natijada,

1953–1961 yillarda respublikadagi ekin maydonlari 1,5 martaga ko‘paytirildi.
1950 yillarda respublika qishloq xo‘jaligini mustahkamlashda kolxoz va sovxozlarga kapital
kiritishni kengaytirish hamda ularning material-texnik ta’minotini yaxshilash muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Faqat 1953–1958 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 320 million
rubl kapital kiritildi. Mazkur davrda qiymati 180 million rubl bo‘lgan turli qishloq xo‘jalik
texnikasi – 25 ming dona traktor, 8 ming dona omoch, 6 ming avtomashina va texnika bilan
ta’minlandi[10].
Shuningdek, qishloqlarni elektrifikatsiya qilish ham ijobiy natijalar qo‘lga kiritilgan. 1950 -
yillarning birinchi yarmida respublika qishloq xo‘jaligida elektro energiyadan foydalanish
87,8 million kilovatdan 146,2 million kilovatga, 1961 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 426,4 million
kilovatga yetgan. Natijada, 1950 yilda elektro energiyadan 51% MTSlar va 77% sovxozlar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

90

foydalangan bo‘lsa, 1961 yilga kelib qishloq xo‘jalik tashkilotlarining 93% dan ko‘prog‘i undan
foydalanishni boshlagan.
Umuman olganda, urushdan keyingi va 1950 yillarning boshida qishloq xo‘jaligi og‘ir ahvolda
edi. Bunga birinchi navbatda, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimining mavjudligi
bo‘lib, kolxozlar ushbu tizimining bir qismi edi. Shuningdek, sovet iqtisodiy tizimi rejali
xarakterga ega bo‘lganligi sabab ularning erkinligi cheklangan edi, qaysi qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qanday miqdorda yetishtirish hukumat tomonidan rejali asosda qat’iy belgilab
berilar edi.
Buning natijasi o‘laroq, yuqoridan tushirilgan rejalarning ob’yektiv hisob-kitoblarga
asoslanmaganligi, shuningdek kolxozlarning iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlari hisobga
olinmaganligi sababli, ularning aksariyati reja topshiriqlarini bajarmas edilar. Masalan, 1951
yilda 1660 ta kolxoz, ya’ni ularning 72%i davlatga paxta topshirish rejasini bajara olmagan.
Shuningdek, ulardagi hosildorlik ham past bo‘lib, 191ta kolxozlar (9%)da paxta hosildorligi
har gektardan olingan hosil 10 syentnerdan past bo‘lgan. Kolxozlarning 44%i da esa
hosildorlik 20 syentnergacha bo‘lib, bu umumrespublika ko‘rsatkichlaridan ham past bo‘lgan.
Shuningdek, kolxozlarda chorvachilikning rivojlanishiga ham e’tibor berilmagan. Chorvachilik
bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan rejani bajarish uchun ko‘pgina kolxozlar
paxtachilikdan topgan daromadlarining katta qismiga ishchi va mahsuldor qoramollar hamda
chorvachilik mahsulotlarini sotib olish uchun sarflagan. Qishloq xo‘jaligining pillachilik,
uzumchilik, sabzavotchilik, asalarichilik kabi boshqa sohalarini rivojlantirishga ham kam
e’tibor berilgan.
VKP(b) MK va SSSR Ministrlar Soveti tomonidan 1950 yil 30 mayda “Mayda kolxozlarni
yiriklashtirish va partiya tashkilotlarining bu sohadagi vazifalari” qarori qabul qilindi. Ushbu
qaror asosida O‘zbekiston SSRda ushbu yilning avgust oyiga qadar 1770 ta kolxoz qayta
qurilib, ular asosida 752 ta yirik kolxozlar tashkil qilindi. Natijada, kolxozlar soni qariyb ikki
martadan ko‘proqqa qisqartirilgan, bu esa o‘z navbatida, ma’muriy boshqaruv apparatini
6582 ta shtatga qisqartirish imkoniyatini yaratgan[11].
1950 yilda qishloq xo‘jaligida yangi sug‘orish tizimiga o‘tish haqida ham qaror qabul qilinib,
unga ko‘ra, yirik gidroelektrostansiyalar, kanallar va irrigatsiya inshootlarini qurish
rejalashtirildi. Bu esa albatta, yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonini hamda irrigatsiya-
melioratsiya ishlarini jadallashtirish imkoniyatini yaratar edi.
Ko‘pgina kolxozlar chorvachilikni rivojlantirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish ishlarini
tashkillashtirish, irrigatsiya-melioratsiya tarmog‘ini ta’mirlash, elektrostansiyalar qurish
o‘rniga ishlab chiqarish rejasini hamda tushum-xarajat smetalarini qayta ko‘rib chiqish bilan
shug‘ullanayotgani respublika hukumati tomonidan tanqid ostiga olingan. Bir qator kolxozlar,
shuningdek, brigadalar o‘rtasida mehnat va moddiy-texnik resurslarni to‘g‘ri
taqsimlanmagan, mehnatni tashkil qilish hamda hisoblash esa noto‘g‘ri olib borilgan hamda
mehnat intizomi juda sust bo‘lgan. Kolxozlarning ayrim rahbarlari ekin maydonlarini
kamaytirib ko‘rsatgan, mehnatga layoqatli kolxozchilarni ijtimoiy mehnatga jalb qilmagan,
kolxozchilarning bir qismi mehnat kunlarini bajarmagan, shu bilan birga chetdan ishchi kuchi
ham yollamagan.
Lekin, shunga qaramay, sovet rahbariyati ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali
iqtisodiyotning kelajagini shubha ostiga olmagan. Masalan, KPSS MKning sentyabr (1953 y.)
Plenumida qishloq xo‘jaligida stalincha boshqaruv tuzumidan voz kechib, ushbu sohada ishlab


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

91

chiqarishning yangi usullarini joriy qilish masalasi ko‘tarilgan edi. Lekin, ushbu Plenumda
qishloq xo‘jaligida rahbarlikning iqtisodiy metodlari va tovar-pul munosabatlarini joriy
qilishga ahamiyat berilmagan. Bu kabi o‘zgarishlar sovet siyosiy tuzumi sharoitida amalga
oshishining imkoniyati ham bo‘lmagan.
Sovet rahbariyati tomonidan 1950 yillarning ikkinchi yarmida qishloq xo‘jaligini
boshqarishda bir qator ziddiyatli qarorlar qabul qilingan. Bu kabi qarorlardan biri bu
MTSlarni qayta tashkil qilish va ularga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jalik texnikasini berish bilan
bog‘liq edi. Ushbu qaror bir tomondan asosli edi, lekin boshqa jihatdan ulardan olingan
texnika kolxozlarga tekin berilmagan, balki ular sotib olishi shart bo‘lgan, natijada ko‘plab
kolxozlarning iqtisodiy ahvoliga putur yetgan. Ikkinchi tomondan esa ko‘p kolxozlar texnikani
shu zahoti sotib olish uchun mablag‘i bo‘lmaganligi sababli, mavjud qarzlarni yillar davomida
to‘lab borgan, bu esa kolxozchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Shuningdek, ushbu qarorning yana bir salbiy jihatlaridan biri bu MTSlarda faoliyat yuritgan
malakali mexanizator va mexanik kadrlarni yo‘qotish bilan bog‘liq edi. Qonun bo‘yicha ular
kolxozlarga o‘tishlari kerak bo‘lgan, bu esa ularning ko‘plari uchun hayot darajasining
pasayishiga olib kelar edi. Shuning uchun ular o‘zlariga rayon markazlari va shaharlarda ish
topishgan. Natijada texnikaga bo‘lgan munosabat yomonlashgan, chunki kolxozlarda texnika
saqlanadigan yopiq parklar bo‘lmaganligi sababli texnika qarovsiz bo‘lib, tezda ishdan
chiqqan. Buning ustiga kolxozchilarning texnik madaniyati ham past bo‘lgan[12].
Shunday qilib, yuqorida ta’kidlanganidek, paxtachilikni rivojlantirish va paxta yetishtirishning
muttasil o‘sib borishini ta’minlash kabi vazifalar O‘zbekiston SSR iqtisodiyotida muhim
ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, ushbu vazifani bajarishga respublika sanoat soha vakillari
ham keng miqyosda jalb qilingan. Demak, O‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi, umuman olganda,
uning iqtisodiyotida paxtachilikni rivojlantirish sovet rahbariyati uchun strategik ahamiyatga
ega bo‘lgan. Ushbu omil o‘z navbatida, O‘zSSR iqtisodiyotida paxtachilikni rivojlantirish
ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishi hamda uning qishloq xo‘jaligida asosiy soha bo‘lib qolishi
uchun zamin yaratdi.
Xulosa qilib shuni qayd etish mumkinki, SSSR rahbariyatining O‘zbekiston SSRni
mamlakatning xom-ashyo bazasiga aylantirish bo‘yicha olib borgan siyosati Ikkinchi jahon
urushidan keyingi davrda ham davom etdi. Respublika rahbariyati esa SSSR hukumatining
qarorlarini so‘zsiz bajarishga majbur edi.

References:

1.

Ходжиев Э. Х. История орошения и освоения Голодной степи. – Ташкент: Фан,

1975. – С. 137, 187.
2.

Очерки истории коммунистической партии Узбекистана. – Ташкент: Узбекистан,

1974. – С. 471, 768.
3.

Ўзбекистон ССР тарихи. II Том... – Б. 460.

4.

Ўзбекистон тарихи (1917–1991). Иккинчи китоб. 1939–1991 йиллар... – Б. 79.

5.

Ўзбекистон тарихи (1917–1991). Иккинчи китоб. 1939–1991 йиллар. – Тошкент:

O’zbekiston, 2019. – Б. 80.
6.

Коммунистическая партия Узбекистана в резолюциях и решениях съездов и

пленумов ЦК. Том второй. 1938–1959.... – С. 365.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

92

7.

Коммунистическая партия Узбекистана в резолюциях и решениях съездов и

пленумов ЦК. Том второй. 1938–1959.... – С. 523.
8.

Ўзбекистон ССР тарихи. II Том... – Б. 475.

9.

Ирригация в Узбекистане. В 4-х т. – Ташкент, 1975. – С. 7.

10.

Аминова Р. Х. Совхозы Узбекистана в 1961–1985 годы: опыт, проблемы, уроки. –

Ташкент: Фан, 1996. – С. 20.
11.

Очерки истории коммунистической партии Узбекистана... – С. 493–494.

12.

Аминова Р. Х. Совхозы Узбекистана... – С. 25

13.

Кадирова Х.Б., Mамедов X.B. Сопоставительный анализ икс-фемического характера

aзербайджанских, турецких и узбекских огублённых и неогублённых пословиц и
поговорок

//

SAI.

2024.

№Special

Issue

28.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/sopostavitelnyy-analiz-iks-femicheskogo-haraktera-
azerbaydzhanskih-turetskih-i-uzbekskih-ogublyonnyh-i-neogublyonnyh-poslovits-i

14.

Юсупов Ў.Қ. Тилшуносликда янги йўналишлар ва уларда ишлатиладиган айрим

истилоҳлар // Филология масалалари. – Тошкент, 2011. – № 2. – 24-б.

Библиографические ссылки

Ходжиев Э. Х. История орошения и освоения Голодной степи. – Ташкент: Фан, 1975. – С. 137, 187.

Очерки истории коммунистической партии Узбекистана. – Ташкент: Узбекистан, 1974. – С. 471, 768.

Ўзбекистон ССР тарихи. II Том... – Б. 460.

Ўзбекистон тарихи (1917–1991). Иккинчи китоб. 1939–1991 йиллар... – Б. 79.

Ўзбекистон тарихи (1917–1991). Иккинчи китоб. 1939–1991 йиллар. – Тошкент: O’zbekiston, 2019. – Б. 80.

Коммунистическая партия Узбекистана в резолюциях и решениях съездов и пленумов ЦК. Том второй. 1938–1959.... – С. 365.

Коммунистическая партия Узбекистана в резолюциях и решениях съездов и пленумов ЦК. Том второй. 1938–1959.... – С. 523.

Ўзбекистон ССР тарихи. II Том... – Б. 475.

Ирригация в Узбекистане. В 4-х т. – Ташкент, 1975. – С. 7.

Аминова Р. Х. Совхозы Узбекистана в 1961–1985 годы: опыт, проблемы, уроки. – Ташкент: Фан, 1996. – С. 20.

Очерки истории коммунистической партии Узбекистана... – С. 493–494.

Аминова Р. Х. Совхозы Узбекистана... – С. 25

Кадирова Х.Б., Mамедов X.B. Сопоставительный анализ икс-фемического характера aзербайджанских, турецких и узбекских огублённых и неогублённых пословиц и поговорок // SAI. 2024. №Special Issue 28. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sopostavitelnyy-analiz-iks-femicheskogo-haraktera-azerbaydzhanskih-turetskih-i-uzbekskih-ogublyonnyh-i-neogublyonnyh-poslovits-i

Юсупов Ў.Қ. Тилшуносликда янги йўналишлар ва уларда ишлатиладиган айрим истилоҳлар // Филология масалалари. – Тошкент, 2011. – № 2. – 24-б.