ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
83
OʻZBEK VA QORAQALPOQ TILIDAGI MAQOLLARNING
LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Aytniyazova Nargiza Farxatovna
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12514956
Annotatsiya
: Lingvokulturologiya fani, birinchi navbatda, maqollarning mazmun tomoniga
e’tibor qaratadi hamda bu borada boshqa gumanitar fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi.
Maqolada qiyoslash uchun keltirilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosligiga xos xususiyatlarni
ifodalovchi maqollarni tahlil qilish madaniyatlar qiyosini oʻrganish imkonini beradi. Oziq-
ovqat mahsulotlarining nomlarini oʻz ichiga olgan oʻzbek va qoraqalpoq maqollari manba
sifatida ishlatiladi.
Kalit soʻzlar:
til, maqol, madaniyat, milliylik, lingvokulturologiya, paremiyalar, etnik
stereotiplar
.
Abstract.
Linguistic culture primarily focuses on the content of proverbs and uses
information from other humanities in this regard. The analysis of proverbs that express the
characteristics of Uzbek and Karakalpak linguistics presented for comparison in the article
makes it possible to study the comparison of cultures. Uzbek and Karakalpak proverbs
containing the names of food products are used as sources.
Keywords:
language, proverb, culture, nationality, linguistic culture, paremias, ethnic
stereotypes
.
Lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari hamkorligida yuzaga kelgan
zamonaviy oʻzbek tilshunosligining muhim yoʻnalishidir. Bu fan qator fanlar bilan bogʻliq,
jumladan, adabiyot, etnografiya, etnolingvistika, madaniyatshunoslik, ammo tilshunoslikning
ustuvorligida shakllangan.
Tilshunoslik XIX asrda tillarning qiyosiy-tarixiy va tipologik muammolari bilan shugʻullanar
ekan, uni madaniyat bilan mushtarak holda talqin qiladi. V.fon Gumboldt, G.Shteyntal,
K.Fossler, A.Shleyxer, H.Paul, A.A.Potebnya asarlarining markazida til va madaniyat yaxlitligi
masalasi turadi.
Lingvokulturologiya tilshunoslikning yosh, yangi sohasi bo‘lsa-da, biroq unda frazeologik,
konseptologik, leksikografik va lingvodidaktik yo‘nalishlar shakllanib ulgurgan. Mazkur
fanning asosiy vazifasi – til bilan madaniyatning bog’liq tomonini, ya’ni madaniyatga oid
tushunchalarning tilda va uning turli vositalarida ifodalanish usullarini o‘rganish, til va xalq
mentaliteti o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tavsiflashdan iborat.
Lingvokulturologiyaning predmeti – madaniyatda ramziy, obrazli, metaforik ma’no kasb etgan
va natijalari inson ongida umumlashtirilib mif, afsona, folklor va diniy diskurslarda, poetik va
prozaik badiiy matnlarda, paremalarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks
etadigan til birliklari sanaladi.
Turkiy xalqlarda maqollarni lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etish tarixi “Devon-u lugʻotit
turk”
asariga
borib
taqaladi.
Lugʻatda
xalq
ogʻzaki
ijodiga
oid
300 dan ortiq she’riy parchalar, 291 ta maqol va matal keltirilgan [1:49].
Oʻzbek tilshunosligida maqollar, asosan, XX asrning ikkinchi yarmidan maxsus tadqiqot
obyektiga aylandi va xuddi shu davrdan boshlab lingvokulturologiya masalalariga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
84
bagʻishlangan ilk tadqiqotlar Sh.Safarov, N.Mahmudov, D.Xudoyberganova, Sh.Usmonova kabi
olimlar tomonidan olib borilgan. Shuningdek, oʻzbek tili turli-tuman mavzudagi maqollarga
boy ekanligi professor Oʻ.Q.Yusupov va boshqa bir qancha tilshunos va
adabiyotshunoslarning ishlarida ta’kidlab oʻtilgan.
Professor O‘.Yusupovning fikricha, lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy
ko‘rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. “Zero til – madaniy fakt, biz meros qilib
oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va, ayni paytda, quroli hamdir. Xalq madaniyati til
orqali verballashadi, aynan til madaniyatning tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga
keltiradi va ularni belgilar ko‘rinishida, ya’ni so‘zlar vositasida ifoda etadi” [9:24]. Bu birliklar
tarkibida xalq donoligini ifodalovchi soʻzlar – maqollar, aniqrogʻi, paremalar alohida ajralib
turadi. Zero, ularda xalq oʻzining bor tajribasini aql-zakovati bilan uygʻunlashtirgan holda
namoyon qiladi. Maqollar ongda stereotip darajasida oʻrnashadi va shu asosda inson atrofida
va oʻzida kechayotgan har bir hodisani baholaydi. Shu tarzda maqol va matallar borliqni
baholashning milliy-madaniy mezoni sifatida yashaydi.
Lekin har qanday maqol ham lingvokulturologik tadqiq predmeti boʻlavermaydi. Maqollar,
albatta, milliy mental xarakterga ega boʻlishi, oʻzida shu xalq madaniyati, tarixiy yashash
tarzini ifodalashi kerak.
“Oʻzbek xalq maqollari”da maqollarning 70 dan ortiq mavzu guruhlari jamlangan. Maqollarda
oʻzbek xalqining koʻp asrlik hayotiy tajribalar xulosasi tugal tarzda ifoda qilingan. Tuzuvchi
T.Mirzayev yozishicha, “maqollar soʻz san’ati mahsuli sifatida oʻz ma’nosida, koʻchma ma’noda
va har ikkala ma’noda qoʻllanilishi mumkin” [4:6]. Toʻplamda berilgan maqollarning mavzu
guruhlariga e’tibor qaratsak, ular orasida toʻgʻridan toʻgʻri oziq-ovqat yoki yegulik haqidagi
maqollar guruhini uchratmaymiz. Kundalik turmushda ishlatiladigan oshxona anjomlari, oziq-
ovqat mahsulotlari, milliy taomlar nomlari ishtirok etgan maqollarning koʻpchiligi koʻchma
ma’noda qoʻllangan boʻlib, ular orqali boshqa ma’nolar ifodalangan. Aynan shunday soʻzlar
halollik va tekinxoʻrlik, yaxshilik va yomonlik, yaxshi soʻz va yomon soʻz, adolat, insof va
insofsizlik, tinchlik va notinchlik, tenglik va tengsizlik, donolik va nodonlik, tarbiya va odat,
odob va odobsizlik, mehmon va mehmondoʻstlik, saxiylik va baxillik, kamtarlik va manmanlik,
sabr-qanoat va sabrsizlik, qadr-qimmat va qadrsizlik, oila va qoʻshnichilik, qarindosh-
urugʻchilik va begonalik, farzand va farzandsizlik, tajribakorlik va kaltabinlik, ta’magirlik va
ochkoʻzlik, erk va erksizlik, farosat va farosatsizlik, sabab, bahona va natija, rizq-nasiba va
benasiblik, tejamkorlik va isrofgarchilik, ehtiyoj va zaruriyat, me’yor va me’yorsizlik, foyda va
zarar, imkon va imkonsizlik, farovonlik va yetishmovchilik kabi mavzudagi maqollarda
mazmunni ochib berish uchun xizmat qilgan. Masalan,
“Sutini ich-u, sigirini surishtirma”.
“Tovoqqa qarab oshini ol”.
“Oʻrik o‘rikni ko'rib oqarar”.
“Qovoq ekib, qovun kutma”.
“Qovuni yo‘q kuz bo'lganini bilmas,
Sovuni yo‘q yoz bo‘lganini bilmas”[4].
Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining yashash tarzini belgilaydigan,
tirikchilik faoliyati boʻlgan chorvachilik, ovchilik, baliqchilik kabi maqollarda ifodalangan
ma’no xususiyatlarini madaniyat bilan bogʻlab tahlil qilish bu xalqlarning geografik joylashuv
jihatidan ham, tarixiy rivojlanish jihatidan ham xilma-xilligini ta’minlagan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
85
Maqollar odamzotning kundalik hayotida boshidan o‘tkazgan tajribasi natijasida paydo
bo‘ladi. Ular odamlarning oddiy kuzatishlarini, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. Ko‘plab maqollar
dehqonlar, ovchilar, chorvadorlar, ishchilar, oshpazlar tomonidan yaratilib, ularning kundalik
kuzatishlari natijasida paydo bo‘lgan. Masalan,
“Shamol kemadagilarning xohishiga qarab esmas”
.
“Yer – xazina, suv – gavhar”.
“Palov desang, payshanbaga, doʻlma desang, dushanbaga”
.
“Etning yaxshisi – qazi, Itning yaxshisi – tozi”[4].
“Iyttiń bári tazı bolmas, Ettiń bári qazı bolmas”[6]
Ushbu turg‘un birikmalar bir vaqtlar ma’lum bir guruh tomonidan ishlatilgan, ammo
keyinchalik katta omma tomonidan qabul qilinib, til tizimiga kirgan va turli vaziyatlarda
ishlatilgan.
Yuqorida aytib oʻtilgan maqollar manbalari ovchilik, dehqonchilik, oshpazlik sohalari boʻladi.
Ana shular qatoriga baliqchilik sohasini qoʻshadigan boʻlsak, qoraqalpoq xalq maqollaridan
farqli ravishda oʻzbek xalq maqollari tarkibida bu sohaga oid maqollar kam uchraydi. Sababi
tarixdan ma’lumki, qoraqalpoqlar Orol dengizi boʻylarida istiqomat qilishgan hamda asosiy
mehnat faoliyati baliqchilik boʻlgan, milliy taomlari ham, asosan, baliq goʻshtidan
tayyorlangan. Masalan,
“Shól jaǵalap qonbay, Kól jaǵalap qon”.
“Tutıp alsań sazandı, Toltırasań qazandı”.
“Balıǵı bolmaǵan kóli qurısın,
“Kiyigi bolmaǵan shóli qurısın”.
“Eki kemeniń basın uslaǵan suwǵa ketedi”.
“Jarlınıń teńi jarma, balıqshınıń teńi qarma”.
“Súmbile tússe suw suwır, Kóldegi balıq qurır”.
“Balıq basınan shiriydi”.
“Balıq jegen toq bolar, Hál-dármanı joq bolar”.
“Shortan balıq jaqsı bolsa, Xiywaǵa barmas pa edi?”
“Suwdaǵı balıqqa quwanba, ol ele seniki emes”.
“Balıqshı balıqshını uzaqtan tanıydı”.
“Segiz qırlı balıqtı, Toǵız qırlı jigit aladı”.
“Kólme dep kómpildeyseń, Ishińde bir balıǵıń joq”[5].
Boshqa tillarni oʻrganish jarayonida koʻp hollarda biror-bir tushunchaning kishi tafakkurida
mavjud boʻlmasligiga sabab boʻladigan u yoki bu tushunchani ifodalashda ekvivalentning
topilmasligidan til vositalarining yetishmovchiligi muammosi yuzaga keladi. Bunga
ekvivalentsiz leksika, ya’ni mazmun planini boshqa tildagi biror-bir leksik tushunchalar bilan
taqqoslashning iloji boʻlmagan soʻzlarga tegishli boʻladi. U soʻzlar bilan ifodalangan
tushunchalar yagona, unikal, faqat mazkur madaniyat va tilga xos boʻladi.
Zarurat tugʻiladigan boʻlsa, til ushbu tushunchalarni ifodalash uchun oʻzga tildan soʻzlarni
oʻzlashtiradi. Masalan, oʻzbek tilida
kespas, balıq qarma, aq sawlaq, juwerı gúrtik, sawkele,
jegde
kabi oziq-ovqat mahsulotlari va milliy liboslari boʻlmaganidek, qoraqalpoqlarda
hasip,
norin, yaxtak, beqasam toʻn
kabi taom va kiyim nomlanishlari mavjud emas. Shu bois, tillarda
oʻzaro bir-biridan soʻz oʻzlashtirish hodisasi roʻy beradi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
86
Bir soʻz bilan aytganda, xalq maqollari bu xalqlarning madaniy merosidir. Ularda qoraqalpoq
va oʻzbek xalqining barcha oʻy – fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarzi, fe’l-atvori va e’tiqodi
aks etadi. Har bir xalq oʻziga xos milliy-mental xususiyatlarga ega ekan, bu ularning
maqollariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Hatto ayrim maqollardagi mavzular oʻxshash boʻlsa-
da, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar
maqollardagi milliy boʻyoqdorlikni ta’minlaydi.
References:
1.
Abdurahmonov Gʻ. “Devon-u lugʻotit turk” asarining oʻrganilish tarixidan. //Oʻzbek tili va
adabiyoti. 2009, 6-son. B.49.
2.
Aytniyazova, N. (2024). Oʻzbek va qoraqalpoq tillarida oziq-ovqat mavzusidagi
maqollarning lingvomadaniy xususiyatlari. Oʻzbek tilining xorijda o‘qitilishi: ta’lim nazariyasi
va amaliyoti, 1(01), 66–69.
https://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/85
3.
kitapxana.com - Қарақалпақ әдебиятының электрон китапханасы. Халық -
Қарақалпақ фольклоры - Нақыл-мақаллар. 75-b.
4.
Oʻzbek xalq maqollari. Toshkent, 2005. 6-b.
5.
Qaraqalpaq folklori – naqıl-maqallar. Toshkent, 2019.
6.
Qaraqalpaq folklori. Nukus, 1978. 4-tom.
7.
Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. Toshkent, 2019.
8.
Кадирова Х.Б., Mамедов X.B. Сопоставительный анализ икс-фемического характера
aзербайджанских, турецких и узбекских огублённых и неогублённых пословиц и
поговорок
//
SAI.
2024.
№Special
Issue
28.
URL:
9.
Юсупов Ў.Қ. Тилшуносликда янги йўналишлар ва уларда ишлатиладиган айрим
истилоҳлар // Филология масалалари. – Тошкент, 2011. – № 2. – 24-б.