Авторы

  • Muyassarxon Mansurxonova
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti pedagogika fakulteti O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 2- bosqich 202- guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46535

Ключевые слова:

nutq tovushlari to`rt aspekt fizik- akustik anatomic- fiziologik perseptiv lingvistik- funksional tovush tembri.

Аннотация

Ushbu maqola fonetikaning to`rt  aspekti ya`ni nutq tovushlarining  fizik- akustik, anatomic- fiziologik, perseptiv va lingvistik- funksional aspektlari to`g`risida.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

81

NUTQ TOVUSHLARINING TO`RT ASPEKTI

Mansurxonova Muyassarxon Maqsudxon qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

pedagogika fakulteti O`zbek tili va adabiyoti

yo`nalishi 2- bosqich 202- guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12514883

Annotatsiya

: Ushbu maqola fonetikaning to`rt aspekti ya`ni nutq tovushlarining fizik-

akustik, anatomic- fiziologik, perseptiv va lingvistik- funksional aspektlari to`g`risida.

Kalit so`zlar

; nutq tovushlari, to`rt aspekt,fizik- akustik, anatomic

-

fiziologik, perseptiv,

lingvistik- funksional,tovush tembr

i.

Annotation:

This article is about four aspects of phonetics, I.e

.

physical- acoustic, anatomical-

physiological, perceptual and linguistic- functional aspects of speech sounds.

Key words:

aspects, physical- acoustic, anatomical- physiological, perceptual and linguistic-

functional, speech, sound, timbre.

Аннотация:

В данной статье речь идёт о четырех аспектах фонетики: физико-

акустическом, анатомо- физиологическом , перцептивном и лингвофункциональном
аспектах звуков речи.

Ключевые слова:

звуки речи, четыре аспекта, тон голоса, физико-акустический,

анатомо-физиологический , перцептивный и лингвофункциональный.

Tilning tovush tomoni ancha murakkab hodisadir. Kundalik hayotimizda turli xil tovushlarni
eshitamiz, masalan, hayvonlarning qichqirig’i, parrandalarning sayrashi, suvning shildirashi
va boshqalar. Havo to’lqinlari orqali qulog’imiz bilan eshitiladigan barcha hodisalarga tovush
deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar ham ana shunday tovushlar sirasiga
kiradi.
Har qanday tovush ma’lum tashqi ta’sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil
bo’ladi. Masalan, ip yoki simni tarang tortib, uni qo’lingiz bilan chertsangiz, havoni tebratadi
va tovush chiqadi. Tovushlar

tabiiy

va

inson

tovushlariga bo’linadi. Tabiatdagi insondan

tashqarida paydo bo’lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi. Tabiiy tovushlardan
inson tovushlari, inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsadda ketma-ket talaffuz
qilinishi bilan farqlanadi. Bu esa har qanday nutq tovushining to’rt tomoni mavjudligidan
dalolat beradi. Ular quyidagilar: fizik-akustik, anatomik-fiziologik, perseptiv va lingvistik-
funksional.

Fizik-akustik aspekt.

Eksperimental fonetikaning ushbu aspekti fonetik birliklarning fizik

tabiatini tadqiq qiladi. Fonetik birliklarning fizik tabiatiga tovushning balandligi, kuchi, tembri
va cho’ziqligi kiradi. Tovushning ovoz, shovqin, qo’shimcha ton kabi komponentlari ham fizik-
akustik omillari sanaladi.
1.

Tovushning balandligi-

tovushning un paychalari tebranish chastotasiga bog’liq sifati.

Ma’lum vaqt o’lchovida un paychalarining tebranish miqdori ko’p yoki kam bo’lishiga qarab
tovush baland yoki past bo’ladi.
2.

Tovushning kuchi-

tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog’liq.

Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tarqalishiga bo’lgan bosimi qancha kata bo’lsa tovush
ham shuncha kuchli bo’ladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

82

3.

Tovush tembri-

tovushning asosiy ton va yordamchi tonlar qo’shilmasidan tarkib

topadigan sifati. Tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqinin
ko’rsatuvchi chastotalar fermentlar deyiladi.
4.

Tovush cho’ziqligi-

tebranishning oz yoki ko’p vaqt davom etishi. Tovush cho’ziqligi

ikki xil bo’ladi: a) fonologik cho’ziqlik- bunday cho’ziqlik odatda ma’no farqlash uchun xizmat
qiladi; b) fonetik cho’ziqlik- urg’uli bo’g’indagi unli biroz cho’ziladi, ammo u so’z ma’mosini
farqlash uchun xizmat qilmaydi. Nutq tovushlarining blandligi, kuchi va tembri ularning sifat
belgisi sanaladi, ammo cho’ziqligi miqdor belgisi hisoblanadi.

Anatomik fiziologik aspekt.

Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning biologik asosini –

inson organizmidagi ayrim a’zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning
tuzilishi va faoliyatini o’rganadi.
Nutq tovushlarining biologik

asosini quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) nutq a’zolarining

anatomiyasi; 2) nutq a’zolarining fiziologiyasi; 3) nutq a’zolarining ijro kechimi.
Nutq a’zolarining anatomiyasi deyilganda shu a’zolarning shakli, tuzilishi, o’rni nazarda
tutiladi. Bunday a’zolar quyidagi apparatlarga birlashadi:
a)

nafas apparati – o’pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko’krak qafasi;

b)

bo’g’iz bo’shlig’I – traxeyaning yuqori (kengaygan)qismi. Bu apparatdagi eng faol a`zolar

un paychalaridir;
d)

halqum- bo`g`izdan yuqoriroqda joylashgan bo`shliq;

e)

og`iz bo`shlig`i- til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay, til osti

muskulidan iborat apparat;
f)

burun bo`shlig`i- qo`shimcha ton manbai.

Nutq a’zolarining fiziologiyasi deyilganda shu a’zolarning hayotiy kechimlari, muhit bilan
bo’ladigan munosabatlari nazarda tutiladi.
Nutq a’zolarining ijro kechimi – nutq a’zolarining nutq tovushlarininhosil qilishdagi ishtiroki.
Bunday kechim nutq a’zolarining fiziologiyasi bilan bog’liq. Odatda nutq a’zolarining harakati
va holati artikulatsiyani shakllantiradi.

Eshitib his etish aspekti(perseptiv aspekt).

Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning

eshitish a’zolariga his etish orqali so’zning ma’nosini yoki gap va nutq mazmunini idrok qilish
qonuniyatlarini o’rganadi. Ma’lumki inson tashqi dunyoni o’zining sezgi a’zolari orqali his
etadi, ko’radi, eshitadi, sezadi. Fonetik birliklar ham moddiy – material hodisa sifatida
insonning eshitish a’zolariga tasir ko’rsatadi, ammo bu ta’sir shunchaki moddiy ta’sirigina
emas, balki fonetik so’zning yoxud gapning ta’siri bo’ladi. Shuning uchun har qanday so’zni,
so’z shaklini yoki gapni eshitganimizda ongimizda shu birliklarning ma’nosi yoki mazmun
obrazi gavdalanadi. Bunday his etish, idrok qilishsiz tining birorta funksiyasi amalga
oshirilmaydi.

Lingvistik-funksional aspekti.

Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning til

mexanizmidagi rolini, demak, tilning ijtimoiy mohiyatini belgilashdagi ahamiyatini o’rganadi.
Tilshunoslikda fonetikaning bu aspekti fonologiya deb ataladi.

References:

1.

Shavkat Rahmatullayev “Hozirgi o`zbek adabiy tili” H.Jamolxonov “Hozirgi o`zbek

adabiy tili”

Библиографические ссылки

Shavkat Rahmatullayev “Hozirgi o`zbek adabiy tili” H.Jamolxonov “Hozirgi o`zbek adabiy tili”